95
3. Agar YTH faqat moddiy zarar yoki odamlarning yarador
bo‘lishi bilan tugagan bo‘lsa.
4. Agar hodisa atrofi o‘ralgan korxonalarning ichida (korxona
mintaqasida) sodir bo‘lgan bo‘lsa.
5. Agar hodisa sport musobaqalari paytida sodir bo‘lgan bo‘lsa.
6. Agar hodisa tabiiy ofatlar (yer qimirlashi, suv toshishi)
natijasida sodir bo‘lgan bo‘lsa.
Agar hodisa og‘ir oqibatlar bilan tugagan bo‘lsa, bunday
hodisalar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. Bunday YTH yo‘l-
transport jinoyati deb ataladi. Demak, yo‘l-transport jinoyatlari
YTHning tarkibiy qismiga kiradi.
YTH o‘zining og‘irlik darajasiga, sodir bo‘lish
mexanizmiga
yoki joyiga (mesto proisshestviya) va boshqa belgilariga qarab uch
turga bo‘linadi:
– o‘lim bilan tugagan YTH;
– odamlarning tan jarohati olishi bilan tugagan YTH;
– faqat moddiy zarar bilan tugagan YTH.
YTH sodir bo‘lish mexanizmiga qarab to‘qqizta turga ajratiladi:
1. To‘qnashuv. Bunga transport vositalarining qarama-qarshi
tomo nidan, bir yo‘nalishda yoki yon tomondan harakatlanayotgan
vaqt
dagi to‘qnashuvi, shuningdek, temir yo‘l transporti bilan
avtomobil transportining to‘qnashuvi kiradi. Bu turdagi YTHga
to‘satdan to‘xtagan transport vositasi bilan to‘qnashish ham kiradi.
2. Ag‘darilib (to‘ntarilib) ketish. Harakatlanayotgan transport
vositasi o‘z turg‘unligini yo‘qotib ag‘darilishi. Bu turdagi yo‘l-
transport hodisasiga to‘qnashuv, to‘xtab turgan transport vositalariga
yoki to‘siqqa urilishi natijasida transport vositalarining ag‘darilishi
kirmaydi. Ag‘darilib ketishda YTHda asosan
bitta transport vositasi
ishtirok etadi.
3. Turgan transport vositasini urib ketish. Harakatlanayotgan
transport vositasining harakatlanmayotgan (V
=
0) transport
vositasiga urilishi. Bu turdagi YTHga birdaniga (to‘satdan)
to‘xtagan transport vositasining urilishi kirmaydi.
4. To‘siqlarga urilish. Transport vositalarining qo‘zg‘almaydigan
to‘siqlarga (ko‘prik tayanchiga, stolba va machta tayanchiga, yo‘l
to‘siqlariga, daraxtlarga va hokazo) urilishi.
5. Piyodalarni bosib (urib) ketish. Transport vositalari piyoda-
larni urishi yoki piyodalarni transport
vositalariga urilishi, shuning-
96
dek, tashilayotgan yukdan (yog‘och, truba, plita va hokazo)
piyodalarning shikastlanishi ham kiradi.
6. Velosipedchini bosib (urib) ketish. Transport vositasi
velosipedchini bosishi (urishi) yoki velosipedchi transport vositasini
urishi.
7. Aravani bosib (urib) ketish. Harakatlanayotgan transport
vositasi harakatlanayotgan aravani urib ketishi.
8. Hayvonlarni urib (bosib) ketish. Transport vositasi yovvoyi
yoki uy hayvonini urib ketishi.
9. Boshqa (qolgan) YTH. Bu turdagi YTHga tramvayning
relsdan chiqib, transport vositasini yoki piyodalarni urishi, yuk
avtomobillaridan yuk tushib ketishi natijasida bo‘ladigan
falokatlar,
passajirning yiqilib tushishi va hokazolar kiradi.
Amalda eng ko‘p tarqalgan YTHga quyidagilar kiradi:
– transport vositalarining (TV) to‘qnashuvi
– 21,6 %;
– transport vositalarining ag‘anab ketishi
– 14,3 %;
– to‘siqlarga urilish
– 4,6 %;
– piyodalarni bosib ketish
– 46,7 %.
YTH sonining ularning turlari bo‘yicha taqsimlanishi shuni ko‘r-
satadiki, eng ko‘p YTH bu – piyodalarni bosib ketish hodisalari ekan.
YTHni sodir bo‘lgan joyiga qarab ham bir necha turlarga
ajratish mumkin: shaharlarda, aholi yashaydigan punktlarda,
respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida, chorraha-
larda va hokazo.
Barcha yo‘l harakati qatnashchilarining, harakatni tashkil
qiluvchilarning, harakat xavfsizligi bo‘yicha
xizmatchilarning
(shu jumladan, haydovchilarning) asosiy vazifasi YTHni bartaraf
etishga qaratilgan tadbirlarni (shu jumladan, avtomo bilni xavfsiz
boshqarish usullarini) ishlab chiqish va amalga tatbiq qilishdan
iboratdir.
Buning uchun, avvalo, har bir YTHning kelib chiqish
sabablarini aniqlash kerak bo‘ladi.
Har bir hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash juda
murakkab masaladir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har 100 ta YTH
250 tadan ortiq har xil omillarning ta’siri natijasida sodir bo‘lar ekan.
YTHning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun ularni
hisobga olib borish kerak. Buning uchun hozirgi kunda «YTHni
hisobga olish yo‘riqnomasi» va ularni to‘plashning avtomobillash-
tirilgan tizimi ishlab chiqilgan. «YTHni hisobga olish yo‘riqno-
97
masi»ga ko‘ra, YTH haqidagi ma’lumotlar hisobini Davlat tomoni-
dan «Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari»
va shuningdek, hisobida
mexanik transport vositalari bo‘lgan korxonalar va YTH sodir
bo‘lgan yo‘lga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l xo‘jaliklari olib boradilar.
Bu tashkilotlarda to‘plangan ma’lumotlar tahlil qilinib, ularni
bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: