IX. AVTOMOBILNI TEJAMKORLIK BILAN
BOSHQARISH USULI
Avtomobildan foydalanilayotganda uni tejamli boshqarish
natijasida yonilg‘i sarfini kamaytirish xalq xo‘jaligi uchun ham,
shaxsiy haydovchilar uchun ham juda foydalidir.
Bugungi kunda avtomobildan foydalanish davrida asosiy xarajatlar
yonilg‘iga sarflanyapti. Shuning uchun har bir haydovchi qaysi rusum-
dagi avtomobilni boshqarmasin, yonilg‘i sarfining qanday omillarga
bog‘liqligini va avtomobilni boshqarishda qaysi usul eng kam yonilg‘i
sarfiga olib kelishini bilishi kerak. Bulardan tashqari, yonilg‘ini kam
sarflash dvigatelning ishlashidan vujudga keladigan chiqindi gazlar-
ning, ayniqsa, zaharli chiqindi gazlarning kamayishiga, bu esa, o‘z
navbatida, atrof-muhit ifloslanishining kamayishiga olib keladi.
Avtomobilning yonilg‘i bo‘yicha tejamkorligini baholashda bo-
sib o‘tilgan yo‘l yoki bajarilgan transport ishiga to‘g‘ri kelgan yonilg‘i
sarfidan foydalaniladi (l/100km yoki l/tkm). Rivojlangan mamlakatlarda
yonilg‘i tejamkorligi ma’lum hajmdagi yonilg‘i bilan avtomobil qancha
masofani o‘ta olishini aniqlab, baholash joriy etilgan.
Avtomobillarda yonilg‘i sarfining katta bo‘lishi bir qancha
omillarga bog‘liq bo‘lib, ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
– transport vositasining va unga o‘rnatilgan dvigatelning konst-
ruk siyasiga;
– transport vositasidan foydalanish qoidalari va ularning texnik
xizmat ko‘rsatish sifatiga;
– har xil yo‘l sharoitida avtomobilni boshqarish texnikasiga;
– transport vositasining massasiga;
– dvigatelning foydali ish koeffitsiyentiga.
Yonilg‘i sarfi transport vositasida qanday transmissiya
qo‘llanilishiga, dvigatelning litrli hajmi, silindrlar soni va boshqa
qism va agregatlariga qarab har 100 km uchun har xil bo‘ladi
va u transport vositasini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan
uning texnik tasnifida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yengil avtomobillarda
4 pog‘onali uzatmalar qutisi o‘rniga 5 pog‘onali uzatmaning
qo‘llanilishi ham yonilg‘ini tejaydi.
Transport vositalaridan foydalanish qoidalari va ularga texnik
xizmat ko‘rsatish deganda, dvigatel karteriga va boshqa qismlariga
91
texnik pasportda ko‘rsatilgan moy va yonilg‘ini belgilangan
miqdorda quyish, yonilg‘i uzatish tarmog‘ining bikrligini ta’min lash,
ularning ifloslanishini oldini olish, karburatorlarni to‘g‘ri sozlash, o‘t
oldirish tizimini va klapanlarni to‘g‘ri sozlash, chiqarish tizimining
ifloslanib qolishi yoki boshqa turdagi shovqin o‘chirgichlarni
o‘rnatish, buzuq termostatni qo‘llamaslik kabilar tushuniladi.
Har xil yo‘l sharoitlarida avtomobilni tejamli boshqarish texni kasi
asosan haydovchiga, uning malakasiga va bilimiga bog‘liq bo‘ladi.
Avtomobilni har xil yo‘l sharoitlarida to‘g‘ri boshqarish 25 %
gacha yonilg‘ini tejash imkoniyatini beradi.
Yonilg‘i sarfi birinchi galda dvigatelning issiqlik temperatura-
siga bog‘liq bo‘ladi. Dvigatel o‘t oldirilgandan ke yin ma’lum muddat
u qizdirilishi kerak. Har xil turdagi dvigatellar uchun optimal
temperatura uning texnik pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar dvigatel
sovuq bo‘lsa, silindrga yuborilayotgan yonilg‘i qorishmasi bug‘lan-
magan holda bo‘ladi va to‘liq yonmaydi. Dvigatelning tempera turasi
95°C dan 75°C ga tushganida yonilg‘i sarfining 3 – 5 % ga, 65°C gacha
pasayishi esa 20 % gacha yonilg‘i sarfining ortishiga olib keladi.
Ma’lumki, harakat tezligi yonilg‘i va moy sarflanishining
ortishiga olib keladi.
Polyak olimlarining «Fiat
–
127P» avtomobilida o‘tkazgan
tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bu avtomobilda 120 km/s tezlikda
yonilg‘i sarfi har 100 km. ga 8,6 l, 140 km/s. tezlikda esa,
12 l ni tashkil etgan, ya’ni tezlikning 20 km/s ga ortishi yonilg‘i
sarfining deyarli 5 % ga ortishini ko‘rsatgan.
Xuddi shunday tadqiqotlar «Fiat
–
125P» avtomobilida
o‘tkazilga nida quyidagi natijalar olingan:
Tezlik, km/s
50
70
90
120
Yonilg‘i sarfi, l/100 km
6,1
6,8
7,8
11 l.dan ko‘p
Bu tadqiqotlar Fiat – 125P avtomobili uchun eng optimal tezlik
90 km/s, Fiat – 126P avtomobili uchun esa 70 – 80 km/s bo‘ladi degan
xulosaga olib kelgan.
Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, kichik tezlikda harakat-
lanish ham yonilg‘ini tejashga olib kelmaydi, chunki avtomobil sekin
harakatlanishga majbur bo‘ladi, natijada tirsakli val tezroq aylanadi.
Avtomobilni boshqarishda tezlanish – salt holatda sekinlashishi
ham yaxshi natijalar berishi mumkin. Buning uchun haydovchi ruxsat
etilgan tezlikkacha avtomobilni tezlashtiradi (bu vaqt oralig‘ida
yonilg‘i sarfi ortadi), so‘ng uzatmalar qutisini betaraf holatga keltirib,
92
harakatni davom ettiradi. Bu vaqt oralig‘ida yonilg‘i sarfi kamayadi,
agar dvigatel o‘chirib qo‘yilsa, tejamkorlik yanada ortadi. Bu usuldan
foydalanayotganda shuni unutmaslik kerakki, karburatorli dvigatellar
salt holatda ishlaganida eng ko‘p zaharli gazlar chiqaradi, dizelli
dvigatellar esa teskarisi, ya’ni kam zaharli gaz va qurum chiqaradi.
Tezlanish
–
salt holatida harakatlanish asosan yo‘nalishlarda
harakatlanayotgan avtobuslarda keng qo‘llaniladi. Bu usuldan
bo‘ylama yo‘nalishda tik balandlik va nishabliklar bor joylarda
foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Bunday yo‘l sharoitida
haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlashni unutmasligi kerak.
Avtomobilni juda tez joyidan qo‘zg‘atadigan va tez tormozlab
to‘xtatuvchi haydovchi yonilg‘ini ko‘p sarflaydi.
Tog‘li joylarda harakatlanganda ham yonilg‘i ko‘p sarf bo‘ladi.
Buning asosiy sababi balandlik ortgan sari havo bosimi kamayadi.
Masalan, 3 – 4 ming km balandlikda dvigatelning quvvati 25 – 30 %
ga kamayadi. Bunday sharoitda tajribali haydovchilar qiyalikka
avtomobil yetib borguncha tezlikni kattalashtirib, uning kinetik
quvvatini oshiradi, pastga tushayotganda esa yaqin masofada keskin
burilishlar bo‘lmasa, avtomobil o‘z og‘irlik kuchi va yig‘ilgan
kinetik quvvati hisobiga harakatlanib boradi.
Agar avtomobilni to‘xtatish joyi avvaldan ma’lum bo‘lsa, haydov-
chi avtomobilning inersiyasi hisobiga harakatlanib borishi va iloji
boricha tormoz tizimidan foydalanmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shahar sharoitida chorrahalarda harakatlanish svetofor
yordamida boshqarilayotgan va ko‘chada «yashil chiroq» uslubi
qo‘llanilgan bo‘lsa, haydovchi shunday tezlikni tanlashi kerakki, u
ko‘chani boshidan-oxirigacha to‘xtamasdan harakatlansin.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayotgan va
foydalanilayotgan avtomobillarning asosiy qismida avtomatik uzat-
malar qutisi o‘rnatilmagan. Avtomatik uzatmalar qutisi avtomobilni
boshqarishni osonlashtiradi, ammo shu bilan bir paytda, oddiy uzat-
malar qutisi bor avtomobillarga nisbatan yonilg‘i sarfini 10 – 15 %
ga oshishiga olib keladi. Haydovchi oddiy (shesternyali) uzatmalar
qutisidan to‘g‘ri foydalanganda yonilg‘i sarfini birmuncha kamay-
tirish mumkin. Har bir uzatmada harakatlanish tezligining chega-
rasi har xil bo‘lgani uchun yonilg‘ining tejalishi haydovchi ning
mahorati va malakasiga bog‘liq bo‘lib, yonilg‘i sarfi 25 % gacha
bir-biridan farq qilishi mumkin. Haydovchilar uzatmalar qutisidagi
93
pog‘onalardan foydalanganlarida har bir uzatmadagi maksimal te-
zlik iloji boricha minimal bo‘lishiga va to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatmada
ko‘proq vaqt harakatlanishiga erishishlari kerak. Bu usulda avtomo-
bilga ortiqcha yuklanish tushmas lik asosiy omil bo‘lib qolishi ker-
ak, aks holda, yonilg‘i sarfini kamaytirib bo‘lmaydi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, avtomobilni noto‘g‘ri boshqarish
texnikasi yonilg‘i sarfini qanchaga oshirish mumkinligini eslatib
o‘tish mumkin:
1. Dvigatelni noto‘g‘ri yurgizib o‘t oldirish, belgilangan temperatu-
ragacha qizdirmaslik va avtomobilni joyidan qo‘zg‘a tish – 15 – 20 %.
2. Harakatlanish davomida uzatmalar qutisidan noto‘g‘ri foyda-
lanish – 15 – 25 %.
3. Avtomobilning kinetik energiyasidan to‘liq foydalanmas-
lik – 20 – 30 %.
4. Harakat tezligini noto‘g‘ri tanlash – 40 %.
5. Avtomobilga ortiqcha yuklanish tushirish – 15 – 25 %.
6. Qoplamasi qoniqarsiz yo‘llarda harakatlanish – 15 – 20 %.
7. Harakat jadalligi yuqori bo‘lgan yo‘llarda harakatlanish –
5 – 20 %.
Yonilg‘ini tejamli boshqarish bo‘yicha so‘nggi tavsiyalar:
– agar dvigatel sovuq bo‘lsa, yonilg‘i uzatish tepkisini 2 – 3
marta bosib qo‘yish;
– havo to‘siqchasi tugmasini (zaslonka) oxirigacha tortib ushlab
turish;
– ilashmani uzib turib, o‘t oldirish kalitini burash;
– havo to‘sqich tugmasini dvigatelning qizishiga qarab soz lash;
– agar dvigatel issiq bo‘lsa, kalitni burab o‘t oldirish;
– salt holatda dvigatelni bir daqiqadan ko‘p ishlatmaslik;
– harakatni boshlashdan oldin dvigatelni issiqlik indikatorining
strelkasi belgilangan chiziqqa kelgunicha qizdirish;
– avtomobilni joyidan shiddat bilan tezlatmaslik;
– to‘xtayotganda shiddat bilan tormoz bermay, avtomobilning
kinetik energiyasidan to‘laroq foydalanish;
– imkon boricha bir tekis tezlikda harakat qilish;
– havo tozalagichni toza tutish;
– avtomobilga zarur bo‘lmagan yuklarni ortmaslik;
– g‘ildiraklardagi havo bosimini nazorat qilib turish;
– havo konditsionerini faqat zarur vaqtlardagina ishlatish.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |