O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/118
Sana06.08.2021
Hajmi2,72 Mb.
#140410
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118
Bog'liq
yol harakati qoidalari va xavfsizligi

YTHning xizmat ekspertizasi
YTHning xizmat ekspertizasi (xizmat surishtiruvi) haqidagi 
tushunchalar IX bobning 3-bo‘limida bayon qilingan edi.
Bu bo‘limda YTHning xizmat ekspertizasiga yanada chuqurroq 
va har tomonlama yondashiladi.


161
YTH xizmat ekspertizasining asosiy maqsadi haydovchilar 
va ATXning boshqa xodimlari va bo‘limlari tomonidan harakat 
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha me’yorlar va qoidalar buzilishini 
aniqlashdan iborat.
Avval aytib o‘tilganidek, xizmat ekpertizasida ATXning rahbari 
qatnashadi, ammo barcha amaliy ishlarni harakat xavfsizligi 
xizmatining xodimlari bajaradi.
Xizmat ekspertizasi quyidagi tartibda o‘tkaziladi.
ATX bo‘yicha navbatchidan YTH sodir etilganligi haqidagi 
xabarni olgan rahbar o‘zi yoki uning ko‘rsatmasiga binoan harakat 
xavfsizligi xizmatining xodimi hodisa sodir bo‘lgan joyga darhol 
yo‘l oladi.
Agar YTH to‘g‘risida yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 
(YHXB) xabarsiz bo‘lsa, ularga xabar yetkaziladi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan YHXB xodimlari bilan 
xizmat ekspertizasi hamkorlikda o‘tkaziladi. Xizmat eks pertizasi 
bevosita quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
 –  agar YTH oqibatida jabrlanganlar bo‘lsa, ularga birinchi 
tibbiy yordam ko‘rsatiladi, so‘ng ularni shifoxonaga jo‘natiladi;
 –  agar tez buziluvchi yuklar bor bo‘lsa, ularning buzilishini 
bartaraf etish choralari ko‘riladi;
 –  agar harakat to‘xtab qolgan bo‘lsa, uni qayta tiklash masalasi 
hal etiladi.
Buning uchun guvohlar ishtirokida transport vositasining 
hodisadan keyingi holati, tormoz izlari va boshqa ashyoviy dalillar 
va ularning joylari belgilab olinadi va ularni saqlash choralari 
ko‘rilgandan so‘ng transport vositalarini chetga olib, harakatni qayta 
tiklashga imkoniyat yaratiladi. YTHning sxemasi ma’lum bir tanlab 
olingan masshtabda chiziladi;
 –  agar YTH yo‘l sharoiti va undagi kamchiliklar oqibatida sodir 
etilgan bo‘lsa, ekspertizani o‘tkazish uchun yo‘lning shu qismiga 
xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l xo‘jaligining vakillari taklif etiladi.
YTH bilan bog‘liq bo‘lgan barcha vaziyatlar o‘rganilib 
chiqilgandan so‘ng barcha qilingan ishlar va xulosalar YTHning 
xizmat ekspertizasi dalolatnomasini (akt) rasmiylashtirish bilan 
tugallanadi.


162
Aktda quyidagilar qayd etilgan bo‘lishi kerak:
 –  xizmat ekspertizasini o‘tkazgan komissiya tartibi;
 –  YTH haqida to‘liq ma’lumot;
 –  yo‘l sharoiti haqidagi ma’lumotlar (yo‘lning geometrik o‘l-
cham 
lari, yo‘l qoplamasining holati, ko‘rinish masofalari va 
hokazo);
 –  haydovchilar haqida ma’lumotlar;
 –  transport vositalari haqida ma’lumotlar;
 –  YTH sodir bo‘lishiga olib kelgan omillar;
 –   xulosa.
Aktga ilova tariqasida hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan 
kechirish bayoni, YTHning sxemasi, guvohlarning va ATX 
xodimlarining tushuntirish xatlari va ko‘rsatmalari kabilar ilova 
qilinadi.
Bu akt asosida ATX rahbari har bitta YTHni jamoa orasida 
muhokama qiladi va kelgusida shunday YTHni bartaraf etish chora-
tadbirlarini ishlab chiqadi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish