O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil yetish



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/118
Sana06.08.2021
Hajmi2,72 Mb.
#140410
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118
Bog'liq
yol harakati qoidalari va xavfsizligi

Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil yetish
Haydovchilarning qayta majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish 
muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 
2013-yil 27-iyunda 2472-son bilan ro‘yxatga olingan  O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 
2013-yil 11-iyundagi 16, 14-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga 
muvofiq amalga oshiriladi.
Ko‘pincha haydovchilar o‘z salomatliklariga yaxshi ahamiyat 
bermaydilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson salomatligidagi 
ozgina o‘zgarish ham, haydovchining avtomobilni boshqaruvchi 
«operator» sifatida, ayniqsa, ish soati ortishi bilan juda katta sal-
biy oqibatlarga, ya’ni YTHning sodir etilishiga olib kelishi mum-
kin ekan. Bulardan tashqari, haydovchi ish kunidan oldin alkogol 
ichimliklarini tanovul qilgan bo‘lsa, uning bir qismi qonda saqlanib 
qolishi va haydovchining miya faoliyatiga juda katta ta’sir etishi 
mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, haydovchining mijoziga 


159
va sog‘lig‘iga qarab organizmda alkogol qoldig‘i 5 – 8 soatdan to 
24 – 36 soatgacha, miya qonida esa 25 – 30 kungacha saqlanib qoli-
shi mumkin ekan. Shuning uchun barcha ATXlarida haydovchilarni 
reys (qatnov) oldi va reysdan keyin yalpi hamda reys orasida tanlov 
asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etilishi kerak.
Avtotransport vositalari haydovchilarini oldindan tibbiy 
ko‘rikdan o‘tkazish haydovchilar tomonidan sodir etiladigan 
YTHning  oldini  olishga  qaratilgan  profilaktik  ishlardan  bo‘lib,  u 
asosan quyidagi tartibda tashkil etiladi.
Haydovchining qatnov oldidan o‘tadigan tibbiy ko‘rikni avtotrans-
port korxonalarida tashkil etilgan va tibbiyot shifoxonasi tarkibiga 
kiruvchi sog‘lomlashtirish punktining tibbiy xodimi (nazoratchi) 
tomonidan olib boriladi. Nazoratchilar qatnov oldi tibbiy ko‘rigini 
o‘tkazishda Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan 
birgalikda ishlab chiqilgan dasturga asosan amalga oshiradilar.
Nazoratni o‘tkazuvchi tibbiy xodimlar haydovchilarning yo‘lga 
chiqishdan oldin salomatligini ko‘zdan kechiradi va uning sog‘-
lig‘iga bog‘liq bo‘lgan YTH sabablarini tahlil qilishda harakat 
xavfsizligi xizmati, foydalanish va xodimlar bo‘limlari bilan 
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi.
Qatnov oldidan haydovchilar sog‘lig‘ini tekshirish vaqtida 
quyidagi ishlar bajariladi:
 – haydovchining o‘zidan sog‘lig‘i haqidagi fikri eshitiladi;
 – tana  harorati  o‘lchanadi;
 – qon  bosimi  o‘lchanadi;
 – tomir  urishi  aniqlanadi.
Tibbiy ko‘rikdan so‘ng haydovchining yo‘l varaqasiga «Qatnovga 
ruxsat berildi» degan shtamp qo‘yiladi va uni tibbiyot xodimi 
imzolaydi.
Quyidagi hollarda haydovchiga transport vositasini boshqa rishga 
ruxsat etilmaydi:
 – vaqtincha ishga yaroqsiz belgilari aniqlanganda (tana harorati, 
ko‘tarilganda qon bosimi yuqori bo‘lganda va hokazo);
 – nafas chiqarganda alkogol hidi sezilsa.
Haydovchi mehnat qobiliyatini yo‘qotganida tibbiyot xodimi 
shifokor ko‘rigidan o‘tishi uchun yo‘llanma beradi. Haydovchini 


160
qatnovdan oldin ko‘rikdan o‘tkazishda shifokor qabuli bo‘lmasa, 
mehnatga yaroqsiz hisoblangan haydovchiga tibbiyot xodimi ishdan 
ozod qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi va kasalligi haqida 
qisqacha ma’lumot yozilib, shifokor nazoratida bo‘lishi tavsiya etiladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun ATXlarida maxsus xonalar 
ajratiladi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish