O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi



Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/86
Sana13.01.2022
Hajmi8,58 Mb.
#354847
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86
Bog'liq
iplarni toquvchilikka tayyorlash

Qayta o‘rash jarayoni nuqsonlari
a
)


41
 
Buram 
Notekislik 
Tashqi narsalar
Yigirilmagan tola 
Moyli shishlar 
Neps
b
)
  Konusdan chiqib ketish 
Piltali nuqson 
Yumshoq o‘rama
Qo‘ng‘iroqsimon bobina 
Shikastlangan bobina 
Halqali nuqson
d)
2.21-rasm. 
Qayta o‘rash jarayonidagi iplar (
a, b
) va o‘ramalardagi (
d
) nuqsonlar.


42
Tanda iplaridagi mavjud nuqsonlar qayta o‘rash jarayonida 
bartaraf etilmasa ular to‘quvchilik jarayonida ip uzilishlari sonining 
ortishiga sabab bo‘ladi.
2.12. Qayta o‘rash jarayonini rivojlantirish istiqbollari
Hozirgi paytda qayta o‘rash jarayonini takominllashtirish 3 ta 
asosiy yo‘nalishda amalga oshirilmoqda:
 
– qayta o‘rash jarayonini avtomatlashtirish darajasini oshirish;
 

qayta o‘rash avtomatlarini unifikatsiyalash;
 
– qayta o‘rash jarayonini to‘liq nazorat qilish va rostlash uchun 
elektron vositalardan foydalanish.
Qayta o‘rash jarayonini avtomatlashtirish yigirish tuftaklarini 
avtomatik tarzda yetkazib berish va o‘rnatish, ipni havo yordamida 
yo‘naltiruvchi organlarga taxtlash, ip uchlarini avtomatik 
tarzda bog‘lash yoki tugunsiz bog‘lash, robototexnika vositalari 
yordamida to‘lgan bobinalarni almashtirish, bo‘shagan patron 
va sifatsiz tuftaklarni avtomatik tarzda tashishdan iborat. To‘liq 
avtomatlashtirilgan qayta o‘rash avtomatining afzalligini «Savio» 
(Italiya) firmasi ishlab chiqargan 3 ta avtomat misolida ko‘rishimiz 
mumkin:
RAS15  –  tuftak yetkazib berish va bobina almashtirish avtomat-
lashtirilmagan.
RAS15L  –  bobina  almashtirish  ham  avtomatlashtirilgan.
RAS15CL  –  qayta  o‘rash  jarayoni  to‘liq  avtomatlashtirilgan.
Qayta o‘rash jarayoni to‘liq avtomatlashtirilmaganda ishchi-
ning 70,2 % vaqti tuftak almashtirishga, 11,8 % vaqti bobi 
na 
almashtirishga  sarflanadi.  Qayta  o‘rash  jarayoni  to‘liq  avtomat-
lashtirilganda ishchining 7,3 % vaqti konus yetkazib berish 
ga, 
qolgan vaqti jarayonni kuzatishga sarflanadi.
RAS15CL  –  avtomatida  ishchining  xizmat  ko‘rsatish  zonasi 
RAS15 avtomatiga nisbatan 4–8 barobar ko‘p. Firma mutaxassisla-
rining hisoblashicha 3-guruh avtomatlarini ishlatganda xizmat 
ko‘rsatish zonasi 4–6 barobar ortadi.


43
Avtomatlar bunkerni tuftaklar bilan ta’minlovchi avtomatik 
ta’minlash tizimi bilan jihozlanganda tuftaklarni tashish, ularning 
holatini nazorat qilish, ipning uchini topish, tuftaklarni taqsimlash 
va kerak bo‘lgan holatga o‘rnatish amallari bajariladi.
Bobina to‘lganda almashtirish moslamasi har bir urchuqqa 
o‘rnatiladi. Bobinani almashtirishga sarflanadigan vaqt 20 sekundga 
teng.
Qayta o‘rash jarayonini to‘liq avtomatlashtirish yigirish 
mashinalari bilan agregatlashtirishdir. Maxsus ishlab chiqilgan 
tashuvchi moslama yigirish mashinasidan tuftaklarni qayta o‘rash 
avtomatiga, bo‘sh patronlarni esa avtomatdan yigirish mashinasiga 
yetkazib beradi. Bunday agregatlashtirish xomashyo aralashib 
ketishining oldini oladi, xomashyo va patronlarning shikaslanishini 
kamaytiradi, bo‘sh patron va konteynerlarga ehtiyojni kamaytiradi 
va qo‘l mehnatini bartaraf etadi. EHM bilan bog‘langan boshqarish 
tizimi asosiy ko‘rsatkichlarni: iplarni birlashtirish sifatini, 
bobinadagi ip uzunligi va zichligini qayta o‘rash jarayonidagi 
taranglik va boshqa omillarni nazorat qiladi. Bunga misol qilib 
Yaponiyaning  «Murata»  firmasi  yaratgan  va  halqali  yigiruv 
mashinasi 7–11 Link Koner qayta o‘rash avtomatini keltirish 
mumkin. Bu tizim 400–1400 m/min. tezlikda ipni qayta o‘rash 
imkonini beradi.
Qayta o‘rash avtomatlarida elektronika va havo tizimlarini 
keng qo‘llash muhim ahamiyatga ega. «Autoconer DX-238» 
avtomatlarida bobinaga o‘rash zichligini, ipning yo‘g‘onligini, 
ulangan joylarining pishiqligini nazorat qilish uchun elektron 
moslamalar o‘rnatilgan. Har bir urchuq uzilishlar soni va 
o‘ralayotgan ipning uzunligini nazorat qiluvchi tizim bilan 
jihozlangan. Olingan qiymatlar mikro-EHM yordamida tahlil 
qilinadi. Olingan bobinaning sifati bahonaladi va qayta o‘rash 
jarayonini muqobillashtirish imkoni tug‘iladi. Ma’lumotlarni 
yozma ravishda berish uchun muhlovchi moslama bilan 
jihozlangan.


44

Download 8,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish