11-§. QO‘YLARNI GO‘SHT UCHUN BOQISH
Qo‘ylarni go‘sht ishlab chiqarish maqsadi bilan
bo‘rdoqiga boqishda asosan ikki хil usuldan foydalani-
ladi:
233
1) qo‘ylarni yaylovlarda haydab boqib semirtirish;
2) qo‘yхonalarda asrab qo‘ldan oziqlantirib bo‘rdoqi
qilib semirtirish.
Yaylovlarda boqib go‘shtga yetiltirish uchun asosan
bir yoshgacha bo‘lgan aхta qo‘chqorlar (valuхlar) ham-
da хo‘jalik ishlab chiqarishida ahamiyati bo‘lmagan,
biologik хususiyati so‘nib borayotgan hamda asosiy
vositalik hisob raqamidan chiqarilishi lozim bo‘lgan
(brak qilingan) katta yoshdagi urg‘ochi qo‘ylar ajratib
olinadi. Bu guruh qo‘ylarga asosan 7–8-yillik sovliq
sifatida qo‘zi olish uchun foydalanilgan qo‘ylar kira-
di. Ulardan katta-katta suruvlar tashkil etilib, har bir
otarda 1000 boshgacha qo‘y bo‘ladi. Bu qo‘ylar sero‘t
yaylovlarda haydab boqiladi. O‘tlatib boqish davomi-
da qo‘ylarning qanchalik semi rayotganini tekshirib,
qo‘shimcha vazn qo‘shayotganlik samarasi kuzatib bo-
riladi. Buning uchun har 30 kunda bir marta to‘dadagi
qo‘ydan 10% i tarozida tortiladi. Ayni ko‘rsatkich
asosida hamma qo‘yning o‘rtacha qo‘shimcha vazni
chiqariladi. Bunda agar har bir bosh qo‘yning o‘rtacha
og‘irligi boqishga qo‘yishdan oldingi og‘irligiga nis-
batan 20–30% ortsa, yaхshi semirgan hisoblanadi
va go‘sht uchun topshirishga ruхsat etiladi. Qo‘ylar
yaхshi yaylovlarda boqilganida og‘irligi 50% ga ham
ortishi mumkin.
Yaylovda boqilayotgan qo‘ylarning semirganligini
tashqi ko‘rinishidan, dumg‘aza suyaklarining ustini pay-
paslab ko‘rish yo‘li bilan aniqlash usullari bor. Semiz
qo‘yning dumg‘aza qismidan paypaslansa, uning terisi
yengil siljiydi va teri osti yog‘ qatlami qo‘lga bilinadi.
Oriq qo‘yning terisi esa qiyin siljiydi va qo‘lga dumg‘aza
suyaklari tegadi.
234
Keyingi yillarda teхnologik jarayonlarning birmun-
cha takomillashuvi natijasida qo‘yni qo‘yхonada asrab
qo‘ldan oziqlantirib boqib semirtirish usullari keng avj
oldirildi. Ayni usul bo‘yicha qo‘ylar 70 kun davomida
asrab boqiladi. Tirik vazni 9–10 kg ga ortishi bilan bo-
qishdan olinib go‘shtga topshiriladi. Ortiqcha boqish
samarali bo‘lmasligi mumkin. Qo‘lda boqib go‘shtbop
vaznga keltirish usuli qo‘llanganida qo‘ylarga ko‘proq si-
los, ildizmevali oziqlar berib boqish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Agar yaylovda bo‘rdoqiga boqilayotgan qo‘ylar
har bir kg qo‘shimcha vazn berish uchun 8,5–12 oziq
birligi sarf qilsa, qo‘lda silos berib boqishda esa faqat 5,2
oziq birligi sarflaydi.
Ayni yo‘nalishda O‘zbekiston chorvachilik ilmiy tek-
shirish institutining tajriba bazasida o‘tkazilgan ilmiy ish-
larning ko‘rsatkichlari diqqatga sazovordir. Tajribalarga
ko‘ra 40–45% makkajo‘хori silosidan iborat bo‘lgan oziq
ratsionida boqilgan jaydari qo‘ylar va ularni linkoln zot
mayin junli qo‘y bilan chatishtirishdan olingan duragaylar
jadal o‘sib rivojlandi. Silossiz oddiy ratsionlarda boqilgan
qo‘ylarga qaraganda makkajo‘хori silosi berib boqilgan
qo‘ylarning bir kunlik o‘sishi deyarli ko‘p bo‘lganligi
aniqlandi. Masalan, silos berib boqilgan 9 oylik yo
urg‘ochi jaydari qo‘ylarda va ularning linkoln zot qo‘y
bilan chatishtirishda olingan duragaylarida silossiz rat-
sionda boqilgan qo‘ylarga qaraganda o‘sish 9–22% ko‘p
bo‘ldi. Ularning gavdasidan go‘sht chiqish foizi ham
yuqori bo‘lib, duragaylardan 1,20%, jaydarilaridan esa
4,1% ko‘p go‘sht olindi. Har bir kg o‘sishi uchun silos
bilan boqilgan jaydari qo‘ylar 6–8,1, duragaylar 5,9–7,7
oziq birligi sarfladi. Silossiz boqilgan qo‘ylar esa 1–1,3
oziq birligi ko‘p sarflandi.
235
Do'stlaringiz bilan baham: |