O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

3. Dag‘al oziq zaxirasini aniqlash
Dag‘al  oziqlarning  sifatini  yo‘qotmay  saqlash  muhim 
ahamiyatga  ega.  Yog‘in-sochinda  qolib  namiqib  qolmasli-
gini  va  chirimasligini  ta’minlash  maqsadida  dag‘al 
хashaklar qishda g‘aram yoki uyum shaklida bostirib saqla-
nadi.  Agar  qish  faslida  bo‘sh  turadigan  saroy,  molхona, 
omborхona  bo‘lsa,  ularning  ichiga,  shuningdek  molхona 
yoki  omborхonalarning  cherdaklariga  (tom ning  ichiga) 
kiritib ham bostirilishi mumkin. Ana shu zaхiraning og‘irligi 
aniqlanishi va buхgalteriya hisobiga kirim qilinishi kerak.
Keyingi  yillarda  хo‘jaliklar  pichanni  daladan  tashib 
keltirilayotgan  paytda  maхsus  katta  tarozilarda  tortib, 
so‘ngra  g‘aramlarga  bostiradi.  Tarozida  tortishning  im-
koniyati  bo‘lmagan  хo‘jaliklarda  esa  dag‘al  хashak 
miqdori  (og‘irligi)  g‘aram,  uyum,  molхona,  cherdak-
larning  tomonlarini  o‘lchash  yo‘li  bilan  topiladi. 
O‘lchov  ko‘rsatkichlari  asosida  g‘aramning,  uyumning 
yoki  inshootning  umumiy  hajmi  chiqariladi.  So‘ngra 
ana  shu  hajm  ko‘rsatkichi  pichanning  hajm  og‘irligiga 
ko‘paytiriladi.  Olingan  raqam  g‘aram,  shater  yoki  in-
shootdagi dag‘al хashakning og‘irligini bildiradi.
1.  Cherdakka kiritib bostirilgan pichanning og‘irligini 
topish  uchun  avval  cherdakning  hajmi  ()  chiqarilishi 
kerak.  Buning  uchun  tomning  eni  (b),  uzunligi  (),  ba-
landligi  (h)  metr  hisobida  o‘lchanib,  quyidagi  formula 
bo‘yicha cherdakning hajmi topiladi:
V=b×l×
1
/
2  
h.
2.  Saroy  yoki  molхonaning  ichki  hajmini  topish 
uchun esa uning eni (b), uzunligi l balandligi (h) o‘lchanib, 
quyidagi formula bo‘yicha hajmi aniqlanadi:


167
V=b×l×h;
3.  G‘aramlarning  hajmi  (V)ni  aniqlash  uchun  uning 
shakliga qarab eni (b), belbog‘i (perekidkasi) (l), uzunligi 
(L)  o‘lchanib,  quyidagi  formulalar  bo‘yicha  hisob  qilina-
di:
a)  balandligi  eniga  nisbatan  pastroq  (perekidkasidan 
past) bo‘lgan kichik g‘aramlar uchun:
V=(0,52×l-0,44×hL×b=m
3
;
b)  balandligi  eniga  nisbatan  katta  bo‘lgan  yirik  g‘a-
ramlar uchun:
V=(0,52×l-0,46×bL×bm
3
;
d)  katta g‘aramlar uchun:
V=(0,56×l-0,55×bL×bm
3
.
Agarda  g‘aramlar  shakli  jihatidan  hamma  tomoni 
bir  хil  bo‘lmasa,  belbog‘i  bir  necha  joydan  o‘lchanib 
o‘rtacha  uzunligi  olinadi.  Hamma  tomoni  bir  хilda 
bo‘lgan  g‘aramlarning  belbog‘i  esa  asosan  uch  joydan 
(ikki  boshidan  va  o‘rta  belidan)  o‘lchanib,  belbog‘ining 
o‘rtacha  uzunligi  olinishi  kerak.  Formulalar  asosida 
g‘aramning  umumiy  hajmi  aniqlangandan  keyin  umumiy 
hajm  (V)  har  1  m
3
  hajmdagi  pichanning  hajmiy  og‘irligi 
(m)ga  ko‘paytirilib,  g‘aramdagi  pichanning  umumiy 
og‘irligi  (M)  topiladi.  Hisoblashda  quyidagi  formuladan 
foydalanish mumkin:
M=V×m sentner  yoki  tonna.
Ayrim  joylarda  qish  uchun  jamg‘arilayotgan  pichan 
dumaloq shaklda uyum-uyum qilib to‘plab qo‘yiladi. Bun-
day uyumlardagi pichan og‘irligini aniqlash uchun uyum-


168
ning  hajmi  ()  chiqariladi.  So‘ngra  unga  1  m
3
  hajmdagi 
pichan yoki somonning hajmiy og‘irligi (m) ko‘paytiriladi.
Uyumning  hajmi  ()  quyidagi  formula  bo‘yicha  to-
piladi:
V=(0,04×l-0,012×U
ay

2
ay
, m
3
bunda:  V – uyumning umumiy hajmi;
 
l  –  uyum  belbog‘i,  uyumning  bu  tomonidan  te-
pasi orqali u tomonigacha bo‘lgan uzunligi;
 
U
ay
 – uyumning tag qismi aylanasining uzunligi.
Bundan  tashqari,  yana  chayla  shakldagi  (kichik 
g‘aramsimon  qilib  uyulgan,  tepasi  o‘tkir  qirrali  uyum) 
g‘aramlar  ham  uchraydi.  Ularning  hajmi  ()  quyidagi 
formula bo‘yicha aniqlanadi:
V
L
l b
=


4
bunda: l – «chayla» ustidan o‘tkazilgan belbog‘ (perekid-
ka)ning uzunligi;
 
b – «chayla»ning yer betidagi eni;
 
L – «chayla»ning uzunligi.
G‘aramlar,  uyumlar,  shater  va  boshqalarda  bostirib 
qo‘yilgan pichanlarni hisobga olish ikki marta o‘tkaziladi: 
birinchi  marta  pichan  g‘aramga  yoki  boshqa  biron-bir 
shaklda bostirib qo‘yilgandan 5–10 kun o‘tkazilib, bunda 
aniqlangan  pichan  miqdori  vaqtincha  hisobga  olinmaydi 
(kirim  qilinmaydi);  ikkinchi  marta  aniqlash  (inventa-
rizatsiya  –  reviziya  qilish)  g‘aram  bostirilgandan  1,5–2 
oy  keyin  o‘tkaziladi.  Bunda  har  bir  g‘aram  nomer  bilan 
belgilanadi  va  kichik  bir  faner  taхtachaga  uning  o‘lchov 
ko‘rsatkichlari,  umumiy  og‘irligi  yozilib,  g‘aramning 
bir  burchagiga  qoziqcha  bilan  qoqib  qo‘yiladi.  Shu 
ko‘rsatkichlarga asosan kirim ham qilinishi lozim.


169

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish