O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni


Transformatorning energitikadagi o’rni



Download 1,79 Mb.
bet4/9
Sana04.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#634044
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XOLIYOROV PANJI A\'ZAMOVICHNING BMI (1)

1.2. Transformatorning energitikadagi o’rni.
Elektrotexnikaning asosiy vazifalaridan biri elektr energiyasini bir joydan ikkinchi joyga uzatishdir. Chunki elektr energiyasining iste`molchilari aksariyat hollarda yoqilg`i va gidroresurslar tabiiy joylashgan rayonlarga qurilgan elektr stantsiyalaridan bir necha o`nlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektr energiyasini uzatish liniyalarida esa quvvatning issiqlikka sarf bo`ladigan isrofi л
R I 2 va kuchlanishning pasayuvi л R I U doimo mavjuddir. Liniyaning uzunligi ortgan sari bu ko`rsatkichlar ham ortadi. Elektr tokining to`la quvvati ( I U S )ni o`zgartirmagan holdi uni turli kuchlanish va tok bilan uzatish mumkin. Quvvat formulasidan ko`rinib turibdiki, uzatishda kuchlanish qanchalik yuqori bo`lsa ( S const), tok kuchi shunchalik kichik bo`lib, u bilan bog`liq isroflar ham shunchalik kam bo`ladi. Tok kuchini kamaytirish uzatish simining ko`ndalang kesimini kichik olishga va rangli metallarni tejashga imkon beradi. Hozirgi vaqtda o`zgaruvchang tokning 35, 110, 220, 500, 750, va 1150kV kuchlanishli uzatish liniyalari mavjud. Ammo o`ta yuqori kuchlanishlarni bevosita generatorlardan olib bo`lmaydi. Odatda, elektr stantsiyalaridagi generatorlarning nominal kuchlanishi ko`pi bilan 21kVdan oshmaydi. Elektr energiyasining iste`molchilari esa 380/220; 220/127 V nominal kuchlanishlarga mo`ljallangan. Shuning uchun generatorlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasining nisbatan past kuchlanishli , ammo katta tok kuchiga ega bo`lgan quvvatini (hozirgi vaqtda 150,300, 500, 800 va 1200 ming kVli generatorlar ishlab chiqariladi) yuqori kuchlanishli va nisbatan kichik tok kuchiga ega bo`lgan quvvatga o`zgartirish kerak. Bu vazifa transformatorlar yordamida oddiygina hal etiladi. Transformatorning ixtirochisi P.N.Yablochkov hisoblanadi. U 1876 yilda elektr yoy lampasi uchun manba sifatida ilk bor transformatordan foydalangan.
Transformatorlardan foydalanish 1891 yili uch fazali transformatorning konstruktsiyasi ishlab chiqilib, elektr energiyasini uch fazali tok sistemasi 12 yordamida uzatish amalga oshirilgandan so`ng yanada kengaydi. Bu elektrlashtirishning jadal rivojlanishiga sabab bo`ldi. elektr energiyasini transformatorlar yordamida uzatish sxemasiko`rsatilgan. Sxemadan ko`rinib turibdiki, elektrostantsiyada generator ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi transformator Tr1 yordamida 6kv kuchlanishdan 35 kVgacha orttirilib, elektr uzatish liniyasi orqali taqsimlovchi podstantsiyaga berilmoqda. U erda pasaytiruvchi transformator Tr2 yordamida kuchlanish 35 kVdan 6 kVgacha pasaytirilib, iste`molchining transformatori Tr3 ga uzatilmoqda. Bunday transformatorlardan bir nechta bo`lishi mumkin.
Transformator Tr3 yordamida kuchlanish 6kVdan iste`molchi uchun zarur bo`lgan 380/220, 220/127 V kuchlanishlarga aylantiriladi. Ko`rinib turibdiki, elektr energiyasi elektrstantsiyadan iste`molchiga etib kelguncha uch marta transformatsiyalanmoqda. Real hollarda transformatsiyalanish soni bundan ham ko`p bo`lishi mumkin. Elektr energiyasini bir pog`onada bo`lgan u1 ,i1 kuchlanish va tokiniboshqa pog`onadagi, u2 ,i2 kuchlanish va tokka aylantirib beradigan static
Elektor energiyasini transformatorlar yordamida uzatish.(harakatlanuvchi qismlari bo`lmagan) elektromagnit apparati transformatordeyiladi. Transformatorlar energetik sistemalarda qo`llanishidan tashqari, kuchsiz toklarda ishlovchi hisoblash mashinalar, avtomatika, telemexanika, aloqa, radiotexnika va televidenie qurilmalari zanjirlarida va umuman, elektr kuchlanishini o`zgartirib berish kerak bo`lgan barcha joylarda ishlatiladi.
Transformatorlar bajaradigan vazifasiga ko`ra qo`yidagi turlarga bo`linadi: elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo`ljallangan katta quvvatli (uch fazali) transformatorlar; kerakli joylarda kuchlanishni keng doirada o`zgartirib berish va dvigatellarni ishga tushirish uchun mo`ljallangan avtotransformatorlar; taqsimlash tarmoqlaridagi kuchlanishni rostlab turish uchun mo`ljallangan induktsion rostlagichlar; o`lchov asboblari va himoya vositalarini sxemalarga ulash uchun mo`ljallangan o`lchov transformatorlari ;bir fozali ikki cholganishli transformator. payvandlash, qizdirish pechlari sinov, to`g`rilash va hokazolar uchun mo`ljallangan maxsus transformatorlar.
Transformator turlarining ko`p bo`lishiga qaramay, ularda bo`ladigan elektromagnit jarayonlar umumiy o`xshashlikka ega bo`lib, ularning ishlash
printsipi bir xildir. 2-rasmda bir fazali ikki chulg`amli transformatorning sxemasi
va shartli belgilanishi ko`rsatilgan. Transformator po`lat o`zak (magnit
o`tkazgich) 1 dan ikkita mis chulg`amlar 2 dan iborat. Po`lat o`zakning induktsion
toklar hisobiga qizib ketishini kamaytirish maqsadida u qalinligi 5,035,0 mm
bo`lgan elektrotexnik po`lat plastinalardan yig`iladi. Platinalarning ikki tomoniga
izolyatsion lok surtiladi yoki ular tegishlicha qizdiriladi. Po`lat o`zak plastinalarni
yig`ish tartibi 3-rasmda ko`rsatilgan. Qatlam platinalarining choklari
ustma-ust tushmasligi kerak. Po`lat o`zak magnit zanjirini hosil qilish uchun xizmat qiladi va shu tufayli asosiy magnit oqimi F po`lat o`zak
bo`ylab harakatlanadi. Po`lat o`zakning mis
chulg`amlari o`ralgan qismi sterjen` deyiladi. Transformatorning manbaga ulangan
chulg`ami birlamchi, iste`molchiga ulangani esa ikkilamchi chulg`am deyiladi. Transformator birlamchi chulgamining elskgr garmokdan iste’mol kiladigan aktiv (R,) va birlamchi chulgamdap ikkilamchisiga
(ski teskarisiga) magnit maydon orkali uzatiladigan elektromagnit (R,Ch1) kuvvatlar (1.2, a-rasm) kuyidagicha xisoblanadi:
Hozirgi zamon elektr energetikasi – mamlakatning yetakchi sohasidir. U ilmiy-texnik taraqqiyotda harqanday soha ishlab-chiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Inson o‘z faoliyatining barcha sohalarida elektr energiyadan foydalanadi. Elektr energiya boshqa energiya turlaridan quyidagi ajoyib xossalari bilan ajralib turadi:
a) boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug‘lik, atom) energiya turlaridan olinishi nihoyatda sodda;
b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsienti (FIK) bilan uzatish va yuklamalarga oson taqsimlash mumkin;
v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin;
g) turli quvvatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash mumkin;
d) turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga o‘zgartirish sodda;
ye) signallarni uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin (telefon, telegrafiya, radioaloqa).
Elektr energiyaning bu xususiyatlari qisqa tarixiy muddatda nafaqat elektro energetikanig asosiy masalalarini, balki noelektr texnikalarni yangisi fat darajaga ko‘tarishga imkon berdi. Elektro texnika fanining zamirida elektro texnik, radio texnik, elektro mexanik va avtomatik uskunalar, shu jumladan hisoblash texnikasi tez sur’atlar bilan rivojlandi.
Elektro texnikaning yuzaga kelishi o‘zgarmas tok manbaining yaratilishi va elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar bilan bog‘liq.
Qadim o‘tmishda dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya tog‘ru dalarining parchalari temir jismlarni tortish xususiyatini payqadilar va bu hodisani magnetizm deb atadilar.
Miletlik Fales eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda noq qahra boishqalanish natijasida elektrlanishi va unda elekt rmaydon paydo bo‘lishini ta’kidlagan. Elektr va magnit hodisalar qadim dunyo dan ma’lum, lekin bu hodisalar to‘g‘risidagi fan 1600 yilda ingliz fizigi U. Gilbert elektr va magni thodisalar to‘g‘risida tadqiqotlarini e’lon qilgandan keyin boshlandi. Elektr to‘g‘risidagi fanni rivojlanish bosqichida elektr hodisalarning tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan M.V. Lomonosov, G.V. Rixman, B. Franklino, Sh. Kulonlarning amaliy tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Elektr va magnit hodisalarni o‘zaro bog‘langanligini rus olimi F. Yepinus 1758 yilda o‘z ma’ruzasida aytib o‘tgan.1785 yilda fransuz olimi Sh.Kulon o‘z nomi bilan atalgan qonunni kashf etdi. U elektr maydoni kuchlanganligi tushunchasini kiritdi. Elektr zanjir tushunchasi 1794 yilda A. Volta tomonidan kiritilgan. Volt ustuni esa 1800 yilda yaratilgan. Rus akademigi V.V. Petrov 1802 yilda elektroximiya bo‘yicha birinchi tadqiqotlarini o‘tkazgan va u elektroximiyaning asoschisi hisoblanadi.
Magnit strelkaga tokning ta’siri X. Ersted tomonidan 1819 yilda, toklarning o‘zaro ta’siri yesa A. Amper tomonidan 1820 yilda o‘rganilgan. Amper birinchi bo‘lib elektr toki, tok kuchi, elektr kuchlanish atamalarini kiritgan. Magnit maydonining dastlabki tadqiqotlari J.B. Bio va M. Savar tomonidan o‘tkazilgan va Laplas tomonidan matematik ravishda umumlashtirilgan (Bio - Savar – Laplas qonuni).
Elektrostatikaga oid ayrim tenglamalarni fransuz matematigi S. Puasson tadqiq etgan. Elektromagnit maydonning materialistik konsepsiyasi ingliz olimi M. Faradey tomonidan rivojlantirilgan. U elektr va magnit maydonlarni tadqiq yetish uchun kuch va yekvipotensial chiziqlar atamalarini kiritgan.1782 y. Laplas o‘z nomi bilan ataladigan tenglamalarni og‘irlik nazariyasiga tegishli asarlarida qo‘llagan. Elektromagnit induksiya qonunini 1831 yilda ingliz fizigi M. Faradey tajriba yo‘li bilan kashf etgan va elektrokimyo qonunlarini birinchi bor o‘rgangan. Elektromagnitli telegraflar rus injeneri P.Shilling tomonidan 1832 yili yaratilgan. Rus akademigi B. Yakobi 1838 yili suv kemasi uchun elektr mashina yaratgan. Elektr zanjiriga oid Om qonuni 1826 yilda nemis olimi G. Om tomonidan kashf etilgan.Elektromagnit o‘lchash birligi absolyut tizimini nemis olimlari K.F. Gauss va T. Veber 1831-1833 yillari yaratdilar.
Tokning issiqlik ta’siri - Joul-Lens qonunini ingliz fizigi D. Joul 1841 yili va rus akademigi Ye. Lens 1842 yilda ta’riflab berishgan. 1844 yil Ye. Lens elektromagnit inersiya qonunini bayon qilgan. Nemis olimi G. Kirxgof 1845 yilda elektr zanjirlarga oid ikkita muhim qonunga ta’rif bergan.Vektor potensiali, induktivlik va o‘zaro induktivlikni birinchi bor 1845 yil nemis olimi F. Neyman ifodalagan. Buyuk ingliz olimi D. Maksvell 1873 yili siljish toklari tushunchasini kiritdi, hamda hozirda uni nomi bilan ataladigan o‘zgaruvchan elektromagnit maydon tenglamalarini tuzdi. Bundan faqat 25 yildan keyingina elektromagnit maydon mustaqil tarzdagi materiya deb isbot etildi.Elastik muhitda energiya harakati rus olimi N.Umov tomonidan 1874 yilda nazariy jihatdan tadqiq qilingan. Rus injeneri F. Piroskiy 1875 yilda quvvati 4,4 kVt o‘zgarmas tokni 1 km masofaga uzatish tajribasini o‘tkazgan.Cho‘g‘lanish lampasi 1875 yil A. Lodigin tomonidan kashf etilgan. 1884 yil ingliz olimi D. Poyting elektromagnit maydon energiyasini uzatishni nazariy jihatdan tadqiq etgan.
1889-91 yillarda rus injeneri M.O. Dolivo-Dobrovolskiy elektr energiyaning uch fazali tizimi qism(generator, transformator, motor) larini ishlab chiqqan va kuchlanishi 15 kV, quvvati 150 kVA bo‘lgan elektr energiyani 175 km masofaga uzatishni amalga oshirgan.1872 yilda rus olimi A. Stoletov fotoeffekt hodisasini kashf etgan. Dunyoda birinchi bo‘lib A. Popov radio aloqani amalga oshirgan.1887-88 yillarda nemis olimi G. Gers elektromagnit to‘lqinlarni mavjudligini eksprimental ravishda isbot etdi.
Relyativistik elektrodinamikaning rivojlanishi 1905-1908 yillarda G. Lorens va G. Minkovskilarning izlanishlari bilan bog‘liq.O‘ta o‘tkazuvchanlik hodisasi nemis olimi G. Kamerling Onessom tomonidan 1911 yilda kashf etilgan.Fransuz matematigi J.Dalamber, Peterburg fanlar akademiyasi akademiklari L. Eyler va D. Bernullilar bilan birgalikda to‘lqin tenglamalari nazariyasini hamda matematik fizika asoslarini yaratishdi.Laplasning to‘g‘ri o‘zgartirish formulasi 1782 yilda taklif etilgan. Hajm integralini sirt integraliga o‘zgartirish formulasini M.V. Ostrogradskiy 1828 yilda bergan.Differensial tenglamalarni operator usulida integrallashni rus matematigi M. Vashenko-Zaxarchenko taklif etgan. O‘rama (svertka) teoremasi birinchi bor P.L. Chebishev tomonidan 1867 yil, Dyuamel integrali yesa 1883 yil berilgan. Ma’lum harakatning turg‘unlik nazariyasini akademik A.M. Lyapunov bayon etgan. Operator usuli elektrotexnika faniga O. Xevisayd tomonidan 1892-1912 yillarda tadbiq etilgan.
Sinusoidal tok elektr zanjirlarini simvolik usulda hisoblash usulini amerika olimi Ch. Shteynmes 1894 yilda taklif etgan. Garmonik balans usulida nochiziq elektr zanjirlarni hisoblash usulini fransuz olimi M. Joli 1911 yil joriy etgan. Sekin o‘zgaradigan amplitudalar usulini 1927 yil golland olimi B. Vander-Pol taklif etgan. Kichik parametrlar usulini esa 1928 yil fransuz olimi G. Puankare taklif etgan.Nochiziq tebranishlar nazariyasidagi fundamental ishlarni akademiklar L. Mandelshtamm, N. Papaleksi va A. Andronov 1937 yil amalga oshirdilar.Nochiziq zanjirlarni chastotaviy usulda tahlil yetishni rus olimlari N.M. Krilov va N.N. Bogolyubov birinchi bo‘lib taklif etdilar. Elektr zanjirlar sintezini birinchi bor nemis olimlari I.O. Sobel (1924 y.), amerika olimi R. Foster (1924 y.) rus olimlari S. Yevlanov (1937 y) hamda B.V. Bulgakov (1949 y.) nazariy jihatdan asosladilar.
Elektr zanjirlarni signal graflar bilan tahlil qilishni rus olimi B.N. Petrov (1945 y.) va amerika olimi S. Mezon (1953 y.) taklif etishgan.
Maydon nazariyasi masalalarini yechishda integral tenglamalarni qo‘llashni rus olimlari G.A. Granberg, V.M. Alexin, O.V. Tozoni, Ye.V. Kotel nikovlar (1948 y.) taklif etdilar.
1904 yilda Peterburg politexnika institutida professor V.F. Mitkevich "Elektr va magnit xossalari" fanidan, 1915 yilda Moskva Bauman oliy texnika o‘quv yurtida professor K.A. Krug "O‘zgaruvchan toklar nazariyasi" fanidan ma’ruzalar o‘qidi.
O‘zbekistonda energetika va elektrotexnika fanlarini o‘rganish va rivojlantirish XX-asrning 30 yillaridan boshlandi. Respublikadagi energetika va elektrotexnikaning asosiy ilmiy yo‘nalishlari N. Shcherdin va akademik X. Fozilov rahbarligida belgilandi va elektr stansiyalar elektr tizimi va jihozlarini takomillashtirish, puxtaligini oshirish, samaradorligini ko‘tarishga qaratildi. Elektr tizimlarini hisoblashning ixcham usullari (X.Fozilov, K.R. Allaev, T.X. Nosirov, 1960-70 yillar) taklif etildi.Elektr tizimlari rejimini ifodalaydigan katta o‘lchamli nochiziq tenglamalarni yechish (S. Solihov) masalalari tadqiq qilindi. An’anaviy energiya hamda tiklanuvchi energiyadan kompleks foydalanish (R.A. Zoxidov) masalalari xalq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.1970-1980 yillarda akademik J.Abdullaev tomonidan energetika tizimlarida o‘lchash texnikasi aniqligi, puxtaligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim tadqiqotlar amalga oshirildi. Shu yillarda o‘zbek olimlari (M.Z.Xomidxonov, S.Z.Usmonov, N.M.Usmonxodjaev, M.Xusanov, O.O.Xoshimov, K.Mo‘minov) avtomatlashgan elektr yuritmalarning yangi avlodini hamda ko‘p rotorli asinxron motorlarni (A.Dadajonov) yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. Elektr tarmoqlari optimal rejimlarini boshqarish asoslari (Ye. Payziev) yaratildi.
Nazariy elektrotexnika sohasida nochiziq elektr zanjirlari va tizimlari nazariyasi (G.R. Raximov, Z.I. Ismoilov, P.F. Xasanov) hamda avtoparametrik tebranishlar zanjirlarida o‘zgaruvchan tok fazalar soni va chastotasini o‘zgartirish nazariyasi (A.S.Karimov, M.I. Ibodullaev) takomillashtirildi.
Tarqoq parametrli zanjirlar nazariyasi va ular asosida elektrotexnik hamda elektr o‘lchash o‘zgartkichlarini takomillashtirish (M.F. Zaripov) yo‘nalishlarida ijobiy natijalarga erishildi. Elektr o‘lchashlar fanida yangi xarakteristikalarga ega chastotasi o‘zgaruvchan o‘zgartgichlar va o‘lchash ko‘priklari nazariyasi Sh.Sh. Zoxidov tomonidan takomillashtirildi.


Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish