Trenerga tavsiyalar
Siz oldindan sitatalar yoki g‘oyalar sonini belgilab olishingiz mumkin (misol uchun, 2 ta, 4 yoki 5 tadan), - sitatalar mazmuni va yo‘nalishi mutaxasislik, fan yoki mavzuga mos bo‘lishi, kerak.
Agarda siz ijtimoiy-tarbiyaviy mavzuda bu treningni o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz g‘oyalar yoki sitatalar hayotiy-ijtimoiy mavzularda tanlanishi mumkin bo‘ladi. Bularning barchasi siz o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadga va sizning pedagogik uslubingizga bog‘liq bo‘ladi.
Ish shakllari:
uchliklarda ishlash;
kichik guruhlarda ishlash;
blits-so‘rov – siz bir qator talabalardan faqat bitta sitatani va faqat birgina sharhni o‘qib berishni so‘raysiz;
Fidbeyk.
YAkunlar munozara tayyorlash yoki o‘tkazish, insho yozish yoki asoslangan esse yozish uchun xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |