O‘quv -uslubiy majmua Bosh ilmiy-metodik markaz Ilmiy-metodik Kengashining 2016 yil dagi - sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.
MUNDARIJA
ISHCHI DASTUR 4
NAZARIY MATERIALLAR 12
KEYSLAR BANKI 122
MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI 129
V.GLOSSARIY 131
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 147
ISHCHI DASTUR
Kirish
Mustaqillik yillari tom ma’noda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashga intilish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o‘rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi o‘z samarasini berayotgan bo‘lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat ko‘rsatishni talab etmoqda.
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidir. Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega bo‘ladilar. SHunday ekan, oliy ta’lim muassasalarida kadrlarni tayyorlash jarayonida davrning mazkur talabini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.
Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida turli ixtisosliklar o‘qituvchilarining intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda ularni innovatsion ta’lim texnologiyalari, o‘qitishning yangi, innovatsion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish, pedagoglarda kasbiy kompetentlik sifatlari va kreativ qobiliyat mohiyati bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Malaka oshirish tizimida “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” o‘quv modulining o‘qitilayotganligi pedagog kadrlarni zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalarining tashkiliy, texnik va didaktik imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishlari, ta’lim amaliyotida o‘qitishning innovatsion texnologiyalaridan foydalanish, kompetentlik sifatlari va kreativlik qobiliyatini izchil rivojlantirib borish ko‘nikma-malakalarini hosil qilish uchun sharoit yaratib qolmay, kasbiy faoliyatda ulardan samarali foydalanish borasidagi malakalarining mustahkamlanishini ham ta’minlaydi.
Ayni vaqtda “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” o‘quv moduli oliy ta’lim peagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirilayotgan kasbiy bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentlik sifatlarini yanada rivojlantirish, keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqotlarni olib borish, kuchli
raqobat mavjud bo‘lgan mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini saqlab qolishlariga yordam beradi.
O‘quv moduli doirasida tinglovchilar innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, nazariy asoslari, samarali shakl, meto va vositalari bilan tanishadi, kasbiy faoliyatda pedagogik texnologiyalarni samarali, maqsadli qo‘llash malakalariga ega bo‘ladi, ta’lim jarayonini oqilona loyihalashtirishga doir tajribalarini yanada boyitadi. SHuningdek, tinglovchilar pedagogik innovatsiyalarni asoslash, yaratish va amaliyotga samarali tatbiq etish yo‘llaridan xabaror bo‘ladi, innovatsion xarakterga ega mualliflik dasturlarini ishlab chiqish malakalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtiradi. Bu esa o‘z navbatida o‘qitish jarayonida talabalarning faolliklarini ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |