O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari



Download 1,48 Mb.
bet8/158
Sana14.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#361707
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158
Bog'liq
Innovasion-talim-конвертирован lotin

Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari. Ta’lim sifatini ta’minlash - bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajsi bilan birga o‘quv jarayonining qanday tashkil etilishi va uning belgilangan sifat mezonlariga javob berishida ko‘rinadi. Ushbu vazifa bir qator qonunchilik va me’yoriy hujjatlarda, xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish misolida aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan ko‘rsatma va tamoyillar ko‘rinishida o‘z aksini topgan.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov mazkur muammoning ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy ahamiyatini “Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga katta zarurat sezila boshladi” deb asoslaydi.1

SHu bois, hozirgi davrda ta’lim samaradorligini oshirish, mutaxassislarning kasbiy kompetentlik darajasini rivojlantirish, rahbar va pedagog kadrlarning innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga innovatsion ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish va maqsadli yo‘naltirish oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashdagi dolzarb







1 Karimov.I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: O‘zbekiston, 2011.-B.15- 16.

vazifalar sifatida belgilandi. Bu esa o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv-uslubiy faoliyat mazmunini takomillashtirish, o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish zaruratini shakllantirdi.

Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash (ingl. modern – yangilangan, zamonaviy, tekor o‘sish) ta’lim jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvni talab etadi.

Ta’limni modernizatsiyalashdan maqsad ta’limning taraqqiyotini ta’minlash va tizimda XXI asrda yashayotgan jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlari, har bir shaxsning va oilaning ehtiyojlari aks etishi lozim. Bunday taraqqiyot tizimini yaratish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:



  • davlat tomonidan to‘liq ta’lim olish huquqini ta’minlanishi;

  • ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy ta’lim sifatini ta’minlash;

  • ta’limning xuquqiy-me’yoriy bazasini takomillashtirish va tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlarni yangi resurslarini aniqlash va jalb etish;

  • pedagog kadrlarning kasbiy-innovatsion kompetentligini rivojlantirish va rag‘batlantirish;

  • ta’lim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining so‘nggi yutuqlarini keng joriy etish;

  • fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi konsorsiumni rivojlantirish;

  • uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarning kreativ ko‘nikmalarini, intelektual sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish va b2.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning





2 Biggs, John & Tang, Catherine 2007, Teaching for Quality Learning at University, 3rd edn, Open University Press McGraw-Hill Education, UK.

yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, tafakkurga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog‘liq”, deya ta’kidlaydi. Darhaqiqat, hozirgi kunda respublikamizning iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ijtimoiy sohaga, xususan, ta’lim, kadrlar tayyorlash sohasiga katta e’tibor qaratilib, uzluksiz ta’lim tizimda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi 4732-son Farmoni ham mazkur sohaga qaratilgan katta e’tibor ifodasidir.



Mazkur Farmonda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilanadi:



  • oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining pedagogik va kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha innovatsiyalar, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so‘nggi yutuqlarni chuqur o‘rganish;

  • yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy o‘quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash;

  • oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining global Internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etishi;

  • oliy o‘quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o‘zlashtirish darajasini oshirish va undan o‘z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi.

SHuningdek, Farmon mazmunida oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiluvchi, respublikadagi etakchi 15 ta oliy ta’lim muassasalarini Tayanch oliy o‘quv yurtlari sifatida belgilanishi, mazkur Tayanch oliy o‘quv yurtlari bazasida oliy ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malkasini oshirishning ilg‘or tajribalar va sohaga oid innovatsiyalarni o‘zida mujassam etgan zamonaviy o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Mazkur Farmonda idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari uch yilda kamida bir marta 288 soatlik maxsus dasturlar bo‘yicha ikki oy davomida ishdan ajragan holda amalga oshirilishi va uning yakunida rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini baholashga xizmat qiluvchi attestatsiyani tashkil etilishi, ularga beriladigan imtiyozlar bilan bog‘liq jarayonlarning asoslanishi oliy tahlim tizimi pedagog kadrlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi eng muhim islohotlardan biri bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011 yil

20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va u o‘z mohiyatiga ko‘ra oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning yangi bosqichini ifoda etadi. Bu qaror oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, ta’lim standartlarini takomillashtirish hisobiga ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish shakllarini joriy etish, o‘qituvchi kadrlar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan.

Mazkur Qaror mazmunida oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiyalash, ularning zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda o‘qitish shakllarini joriy etish, o‘qituvchi kadrlar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiy soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadlarini qamrab olgan.

Darhaqiqat, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida ustuvor vazifalardan biri sifatida iqtisodiyot sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun rivojlangan xorijiy davlatlarning etakchi oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari hamda rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmunini modernizatsiyalash va takomillashtirish, o‘quv amaliyotiga ilg‘or

xorijiy tajribalar zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, elektron o‘quv modullari, o‘quv-uslubiy majmualar, multimediya ishlanmalarini yaratish, masofali o‘qitish shakllarini joriy etish orqali ta’lim sifatini takomillashtirish, malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

SHu bois, bugungi kun oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchisi nafaqat yaxshi mutaxassis sifatida, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda sohaga oid ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirgan va kasbiy faoliyatida keng foydalana oladigan ijodkor mutaxassis bo‘lishini davrning o‘zi taqazo etmoqda.




  1. Download 1,48 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish