1-jadval
Qishloq va o’rmon xo’jaligida asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning hajmi va salmog’i dinamikasining tahlili (2005-2014 yy.)(mlrd. so’m)*
Yillar
|
Jami investisiya hajmi
|
Shu jumladan, qishloq va o’rmon
xo’jaligida
|
Hajmi
|
Salmog’i, %
|
2005
|
3165,2
|
138,2
|
4,4
|
2006
|
4041,0
|
164,4
|
4,1
|
2007
|
5903,5
|
200,9
|
3,4
|
2008
|
9555,9
|
261,2
|
2,7
|
2009
|
12531,9
|
385,9
|
3,1
|
2010
|
15338,7
|
531,0
|
3,5
|
2011
|
17953,4
|
942,5
|
5,2
|
2012
|
22797,3
|
1089,2
|
4,8
|
2013
|
28694,6
|
1334,0
|
4,6
|
2014
|
35233,3
|
1445,5
|
4,1
|
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
2014 yilga kelib jami investisiyalarning umumiy hajmi keskin oshgan. Ya’ni, bu davrga kelib. Ularning hajmi 11,1 martaga oshgan, jumladan shu davrda qishloq xo’jaligida ham asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi 138,2 mlrd. so’mdan 1445,5 mlrd. so’mga yoki 10 martadan ziyod oshgan. Qishloq va o’rmon xo’jaligining jami investisiya hajmidagi salmog’i esa deyarli o’zgarmasdan kolgan.
2.Kapital qo’yilmalar tushunchasi, foydalanishning asosiy yo’nalishlari, tarkibi va moliyalashtirish manbalari
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayonida harakatdagi asosiy vositalarning asta-sekin eskirishi, so’ngra esa hisobdan chiqarilish ro’y beradi, bu esa ularni – oddiy yoki kengaytirilgan takror ishlab chiqarish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Asosiy vositalarni takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish kapital qo’yilmalar manbalari hisobiga amalga oshiriladi.
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar deb harakatdagi asosiy vositalarni tiklashga va kengaytirishga yo’naltirilgan pul vositalariga aytiladi.
Kapital qo’yilmalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bo’linadi.
1.Ishlab chiqarish kapital qo’yilmalarga mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar traktor, qishloq xo’jalik mashinalari, ishchi va mahsuldor mollar, binolar va inshoatlar, yo’l qurilishi va boshqalarga sarflanadi. Ishlab chiqarish kapital qo’yilmalariga, iqtisodiy mohiyati bo’yicha, shuningdek asosiy podani vujudga keltirish xarajatlari ham kiradi. Lekin mavjud uchyot sistemasida kapital qo’yilmalar sistemasiga bu xarajatlar kirmaydi va alohida hisobga olinadi. Asosiy poda uchun kapital qo’yilmalar asosan brak qilingan, ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi;
2.Noishlab chiqarish kapital qo’yilmalariga uy-joy qurilishi madaniy-maishiy binolar va sog’liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlar kiradi.
Kapital qo’yilmalar - bu potensial asosiy vositalar bo’lib, ular ma’lum obyektlarni foydalanishga topshirilgandan keyin asosiy vositalarga aylanadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda kapital qo’yilmalardan foydalanishning asosiy yo’nalashlari quyidagilardir:
1.O’simlikchilik va chorvachilik ishlab chiqarish binolari, ustaxonalar, uy-joy, madaniy-maishiy obyektlar va boshqalarining kapital qurilishi va rekonstruksiyasiga;
2.Ishlab chiqarish qurollari(mashina, uskunalar) ishchi hayvonlar sotib olinadi, shuningdek mahsuldor hayvonlar podasi shakllantiriladi.
3.Yerlarni meliorasiyalash, ko’p yillik daraxtlarni o’tkazish, hosilga kirgancha o’stirish va boshqalar.
Bevosita qishloq xo’jaligini rivojlantirishga ajratilgan pul vositalaridan tashqari, butun kompleks ishlar bo’yicha qishloq xo’jaligini rivojlantirishga sarflanadigan kapital qo’yilmalar o’ziga quyidagi bir qator xarajatlarni oladi:
1.Davlat va jamoa xo’jaliklarini texnika bilan ta’minlaydigan korxona va tashkilotlar qurilishi uchun vositalar;
2.Qishloq xo’jaligi ilmiy tadqiqot muassasalari qurilishiga;
3.Qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha korxonalar barpo qilishga;
4.Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa maqsadlarga.
Ma’lum bir davrga mo’ljallangan kapital qo’yilmalarning jami summasi kapital qo’yilmalarning to’plamini tashkil qiladi(KQ). Kapital qo’yilmalarning sig’imi (KQS) deganda 1 ga yer maydoniga (qishloq xo’jalik yaroqli yeriga, haydaladigan yerga) to’g’ri keladigan kapital qo’yilmalar summasi - (Yer) yoki 1 mol o’rni - (MO’)ga to’g’ri kelgan kapital qo’yilmalar summasi tushiniladi va quyidagi formula bilan hisoblanadi.
Kapital qo’yilmalarning miqdor va sifat xarakteristikasi ularning tarkibini, ya’ni u yoki bu elementning umumiy hajmdagi nisbatini aks ettiradi.
Kapital qo’yilmalarning tarmoq, takror ishlab chiqarish va texnologik tuzilishi mavjud. Kapital qo’yilmalarning tarmoq tuzilishi qishloq xo’jaligida turli tarmoqlar yoki ishlab chiqarish turlari bo’yicha investisiyalar nisbatini ifodalaydi. Takror ishlab chiqarish nuqtai nazardan tuzilishi kapital qo’yilmalarning turli yo’nalishlari bo’yicha foydalanish salmog’ini ifodalaydi. Texnologik tuzilish esa, uskunalarga, qurilish-montaj ishlariga va loyiha-qidiruv ishlariga foydalaniladigan kapital qo’yilmalarning salmog’ini ifodalaydi.
Kapital qo’yilmalarning tarkibiy tuzilishi:
I - Tarmoq tuzilishi:
1.Chorvachilik binolari qurilishi va jihozlash;
2.Suv xo’jalik qurilishi;
3.Elektrlashtirish;
4.Bog’lar va boqqa ko’p yillik daraxtlar barpo qilish;
5.Traktorlar, mashina va uskunalar sotib olish;
6.Uy-joy va madaniy-maishiy qurilish;
II-Takror ishlab chiqarish tuzilishi:
1.Ishlab chiqarishni rekonstruksiyalash;
2.Mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish;
3.Yangi qurilish.
III-Texnologik tuzilishi:
1.Uskunalar;
2.Qurilish-montaj ishlari;
3.Loyiha-qidiruv ishlari;
4.Boshqa qo’yilmalar.
Xo’jalik yuritishning barcha shaklllari va qishloq xo’jalik korxonalarning barcha turlari uchun umumiy ishlab chiqarishda mustaqillik va o’zini-o’zi moliyalashtirishni taqozo qiladigan, bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital qo’yilmalarni moliyalashtirishni bosh manbai sifatida xususiy manbalar - asosiy vositalar amortizasiyasi, foyda va boshqalar hisoblanadi. Bunda amortizasiya ajratmalari oddiy takror ishlab chiqarish manbai sifatida, foyda esa ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish manbai sifatida tashkil topadi. Agar shu maqsadlarga xususiy vositalar yetmay qolsa, bank kreditlari jalb qilinadi. Davlat qishloq xo’jaligi korxonalarida katta miqdordagi pul vositalarini asosiy podani tashkil qilishga sarflaydi. Mahsuldor va ish hayvonlari asosiy podasini tashkil qilish xarajatlari va moliyalashtirish manbai umumiy holda kapital qo’yilmalarga qo’shilmaydi. Davlat korxonalarining podani tashkil qilish xarajatlari xususiy vositalari hisobiga moliyalashtiriladi: brak qilingan mollarni sotishdan kelgan tushum, ishchi hayvonlar amortizasiyasi va boshqa manbalar. Agar bu mablag’lar korxonada yetishmasa, u holda moliyalashtirish bank kreditlari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat qishloq xo’jaligi korxonalariga byudjet vositalari faqat muhim maqsadlarni (yirik ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlariga, meliorasiyaga va boshqalarga) moliyalashtirishga ajratadi.
Jamoa xo’jaliklarida kapital qo’yilmalarni moliyalashtirishning bosh manbai xususiy vositalardir. Unga amortizasiya ajratmalari, voyaga yetgan mahsuldor va ishchi hayvonlarni sotishdan kelgan pul tushumi, xo’jalik o’rmonidan daraxt sotish, sof daromaddan ajratmalar, asosiy vositalar sug’urtasi qaytimi va boshqa manbalardir. Davlat xo’jaliklaridan farq qilgan holda jamoa xo’jaliklari xususiy mablag’lari yetmay qolganda kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish bankning faqat uzoq muddatli kreditlari orqali qoplanadi. Uzoq muddatli kredit miqdori kapital qo’yilmalar xarajatining rejadagi hajmi va jamoa xo’jaligining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Xo’jaliklararo korxonalar va birlashmalarda kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish paychilar ajratgan vositalar hisobiga, amortizasiya ajratmalari va birlashma hamda ularning kengashi ustavi aniqlagan miqdorda foydadan ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi. Davlat korxonalarida, qishloq xo’jaligi kooperativlarida va aksionerlik korxonalari va birlashmalarida kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbai – ta’sischilarning pul va material vznoslari, qimmatbaho qog’ozlar (aksiya, obligasiya)dan keladigan daromadlar, xayriya vznoslari, korxona tashkilot va fuqarolarning ehsonlari hisoblanadi. Dehqon xo’jaligi asosiy vositalarni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni o’z mablag’lari hisobiga amalga oshiradilar. Ular zarur bo’lib qolganda, bankdan uzoq va qisqa muddatli ssudalarni davlat korxonalari amal qiladigan qoidalar asosida olish huquqiga egadirlar. Bundan tashqari shaxsiy mol-mulklarini garovga qo’yib, ipoteka banklar kreditlaridan foydalanadilar.
3.Kapital qo’yilmalardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash usullari
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligi deganda, rejadagi yoki haqiqatdagi erishilgan samarani, shu samaraga erishishga olib kelgan kapital qo’yilmalarga nisbati tushuniladi. Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligini hisobga olish va tahlil qilish uchun ko’rsatkichlar sistemasidan foydalaniladi. Qaysi maqsadda aniqlanishiga qarab kapital qo’yilmalarning umumiy(absolyut) yoki taqqoslama iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. Kapital qo’yilmalarnig umumiy(absolyut) iqtisodiy samaradorligi kapital qo’yilmalarning natijasini baholashda, shuningdek rejalashtirishda va loyihalashtirishda, qaysiki sof mahsulot, sof daromad yoki foydani aniqlash imkoniyati bo’lganda hisoblaniladi. Kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligi umumiy(absolyut) koeffisiyenti, shuningdek kapital qaytimi ko’rsatkichi (Kkay), sof mahsulot, sof daromad yoki foydaning qo’shimcha o’sishini shu o’sishni ta’minlagan kapital qo’yilmalarga nisbati bilan o’lchanadi:
Kapital qo’yilmalar, agarda olingan umumiy(absolyut) samaradorlik koeffisiyenti normatividan kam bo’lmasa, shuningdek oldingi haqiqatdagidan kam bo’lmasa samarali hisoblanadi. Kapital qo’yilmalarning umumiy(absolyut) samaradorligining teskari ko’rsatkichi ularning qoplash muddati hisoblanadi (KM) va kapital sig’imi ko’rsatkichi deyiladi.
Qoplash muddati, samaradorlikning teskari ko’rsatkichi bo’lganligi uchun u quyidagicha ham hisoblanadi:
Kapital qo’yilmalar, boshqa barcha teng sharoitlarda qisqa muddatlarda qoplansa, u ancha samarali hisoblanadi. Masalan: 0,07 koeffisiyenti kapital qo’yilmalarning 14 yilda qoplanishini bildiradi.
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligi, shuningdek yerdan - bosh ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni yaxshilash bilan ham ifodalanishi mumkin. Shuning uchun kapital qo’yilmalarning umumiy(absolyut) samaradorligini bilvosita ko’rsatkichi 1ga qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerga yoki 1 ga haydaladigan yerga to’g’ri keladigan qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining(qiymat shaklida) qo’shimcha o’sishi hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar umumiy(absolyut) iqtisodiy samaradorligini, shuningdek, kapital qo’yilmalar hisobiga mehnat unumdorligining oshishi va mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxining pasayishi bilan ham xarakterlanadi.
Mehnat xarajatlarini pasayishi quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: X-mehnat xarajatlarini pasayishi, k/s, %;
Xa-kapital qo’yilmagacha mehnat xarajati, k/s;
Xb-kapital qo’yilmadan keyingi mehnat xarajati, k/s.
Mahsulot va bajarilgan ishning tannarxini pasayishi quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: T-tannarxnning pasayishi so’m, %;
Ta-kapital qo’yilmagacha tannarx, so’m;
Tb-kapital qo’yilmadan keyingi tannarx, so’m.
Kapital qo’yilmalarning taqqoslama iqtisodiy samaradorligi xo’jalik bir qancha variantlarini, yangi texnikani joriy qilishni, harakatdagi korxona yoki alohida inshoatlarni rekonstruksiya qilish yoki yangisini qurishni taqqoslashda ishlatiladi. Kapital qo’yilmaning taqqoslama iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichi eng qulay variantda keltirilgan xarajat miqdori ko’rinishida hisoblanadi. (KX)
bu yerda: X-joriy ishlab chiqarish xarajatlari(tannarx), so’m
MK-kapital qo’yilmalar samaradorligining me’yoriy koeffisiyenti.
Keltirilgan xarajatlar o’z ichiga joriy ishlab chiqarish xarajatlarini va kapital qo’yilmalar taqqoslama iqtisodiy samaradorligi bir xil miqdorda yagona me’yoriy koeffisiyent orqali keltirilgan kapital qo’yilmalarni oladi. Qishloq xo’jaligi uchun kapital qo’yilmalarning taqqoslama iqtisodiy samaradorligi me’yoriy koeffisiyenti 0,12 ga teng deb tavsiya qilingan, o’simlikchilik uchun – 0,20, chorvachilik uchun – 0,08. Bu shuni bildiradiki, mahsulot tannarxi pasayishidan qilingan tejam 1 so’mlik qo’shimcha kapital qo’yilmaga mos ravishda- 12; 20 va 8 tiyindan kam bo’lmasligi kerak.
Taqqoslanayotgan variantlarda keltirilgan xarajatlar summasi qancha oz bo’lsa, boshqa barcha teng sharoitlarda kapital qo’yilma shuncha samarali bo’ladi.
Quyidagi misolda bu yaqqol ko’zga tashlanadi:
I-variant II-variant
T 8800 m.s 10560 m.s
KK 26400 m.s 17600 m.s
MK 0,12 0,12
I-variant: KX=8.800+26.400*0,12=8.800+3.168=11.968 ming so’m
II-variant:KX=10.560+17.600*0,12=10.560+2.112=12.672 ming so’m
Misoldan shu narsa ko’rinib turibdiki, boshqa teng sharoitlarda I variant garchi u 1,5 baravar ko’p kapital qo’yilma talab qilsa ham ancha samarali. Keltirilgan xarajat I variantda 11698 ming so’m, II variantda esa 12672 ming so’m bo’lar ekan.
4.Yangi mashinalarni iqtisodiy baholash va ko’rsatkichlarini hisoblash usullari
O’z vaqtida qishloq xo’jaligi texnikasini takror ishlab chiqarish, ancha yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichga ega bo’lgan yangi mashinadan foydalanishni kengaytirish - qishloq xo’jaligida texnika siyosatini amalga oshirishning asosiy masalalaridan biri. Yangi texnika yaratishdagi ishda bosh yo’nalish har bir tabiiy-iqtisodiy zonada ish sharoitini hisobga olgan holda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizasiyalashtirish uchun yuqori unumli, iqtisodiy va ishonchli mashinalar ishlab chiqarishdir. Qishloq xo’jaligida yangi texnikani joriy qilishning ma’lum tartibi o’rnatilgan va harakat qilmoqda. Mashinalarning yangi konstruksiyasi va tajriba namunalari asosan maxsus konstruktorlik byurolarida, ilmiy-tadqiqot institutlarida, tajriba stansiyalarida va boshqa korxonalarda ishlab chiqiladi. Yangi texnikani ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin u davlat, ma’muriy va xo’jaliklarda sinaladi. Sinovdan yaxshi o’tgan mashinalar, ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Ancha takomillashgan mashinani almashtirishning iqtisodiy samaradorligi mehnat unumdorligining o’sishida, mahsulot(ish, xizmat) tannarxining pasayishida, ishlarni qulay muddatda amalga oshirish asosida mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishda o’z ifodasini topadi. Bu hamma omillar qishloq xo’jaligi texnikasini baholashda hisobga olinadi. Yangi texnikadan foydalanishdan olingan yillik iqtisodiy samara (taklif etilayotgan, kutilayotgan, rejalashtirilgan, haqiqatdagi) keltirilgan xarajat tejami bo’yicha va quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: YS – yillik iqtisodiy samara, so’m;
Tb,Tya - mahsulot(ish, xizmatlar) birligi tannarxi, baza va yangi variantda, so’m;
KKSb, KKSya - kapital qo’yilmalarning baza va yangi variantdagi (mahsulot birligi hisobida) salmog’i, so’m;
MK - kapital qo’yilmalar samaradorligining me’yoriy koeffisiyenti 0,15 ga teng;
Kxyat - hisoblangan yilda yangi texnikani joriy qilish hajmi.
Agar yangi texnika natijalarini foydalanishda ishlab chiqariladigan mahsulot sifati o’zgarsa(ancha yuqori xarid narxi sharoitida), unda yillik iqtisodiy samara mahsulotning, yalpi foydaning qo’shimcha o’sishini hisobga olib aniqlanadi:
bu yerda: Nya va Nb - yangi va baza variantida mahsulot birligining xarid narxi, so’m.
Yuqori sifatli mahsulot sotishning yillik iqtisodiy samarasi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
bu yerda: FQO’ - yuqori sifatli va ilgarigi mahsulotni sotishdan kelgan foydaning qo’shimcha o’sishi, so’m.
5.Kapital qo’yilmalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar samaradorligini oshirishning foydalanilmagan anchagina imkoniyatlari mavjud. Ular quyidagilar iborat:
1.Kapital qo’yilmaning kompleksligini va proporsionalligini ta’minlash. o’simlikchilikda qishloq xo’jaligi texnikasiga, yerlarni meliorasiyalashga, dehqonchilikni kimyolashtirishga mablag’ni uyg’unlashtirish zarur. Chorvachilikda bino va inshooatlarni qurish xarajatlarini asosiy sermahsul podani yaratish, shuningdek kompleks mexanizasiyani joriy qilish xarajatlari bilan qo’shib olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari meliorativ tadbirlar hisobiga ozuqa bazasini yaxshilash, ozuqa sexlari va omuxta yem zavodlari va sexlari qurilishi bilan bog’lash zarur;
2.Vositalarni sarflash va iqtisodiy samara olish o’rtasidagi vaqtni, farqni qisqartirish, ayniqsa kapital qurilishda. Qishloq xo’jaligida qurilishda kapital qo’yilmalar hajmi yildan-yilga o’sib boradi va bir vaqtning o’zida tugallanmagan qurilish hajmi ko’payadi. Buning asosiy sabablaridan biri qurilishlar muddatining cho’zilib ketishi. Hozir qishloq xo’jalik obyektlari qurilishining o’rtacha me’yoriy muddati 3,5 yilni tashkil etadi;
3.Mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish, tejamkorlik rejimiga qattiq rioya qilish, shuningdek qurilish-montaj ishlarini yuritishning ilg’or metodlaridan foydalanish hisobiga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish kapital qurilishining tejamkorligini oshirish.
4.Ishlab chiqarish binolari va inshootlari xususiyatlariga qarab, harakatdagi asosiy vositalarning rekonstruksiyasiga investisiyani ko’paytirish. Rekonstruksiyaga ketgan xarajatlar yangi qurilishga tashlangan mablag’larga qaraganda 2-2,5 marta tezroq qoplanadi, bunda asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi muddati 10-15 yilga suriladi;
5.Qurilishdagi kapital qo’yilmalarni kerakli mehnat va moddiy resurslar bilan, ayniqsa qurilish materiallari bilan to’la ta’minlash;
6.Xo’jalik hisobi munosabatlaridan foydalanish asosida kapital qurilish muddatlarining qisqarishi va qurilish-montaj ishlaridagi tejamkorlik va sifatni oshirish uchun xodimlar moddiy manfaatdorligi;
7.Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligini oshirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish va h.k.
Tayanch iboralar:
Kapital qo’yilmalar, investisiya, moliyalashtirish, kapital qurilish, kapital sig’imi, qoplash muddati, iqtisodiy samaradorlik, absolyut samaradorlik, nisbiy samaradorlik, xarajatlarning pasayishi, tannarxning pasayishi, keltirilgan xarajat.
Savollar
Kapital qo’yilmalar deb nimaga aytiladi?
Kapital qo’yilmalarning manbalari nimalar?
Kapital qo’yilmalarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi roli?
Kapital qo’yilmalarning samaradorlik ko’rsatkichlari?
Kapital qo’yilmalarning samaradorligini oshirish omillari va imkoniyatlari?
Do'stlaringiz bilan baham: |