Ishlab chiqarish munosabatlari nuqtai nazaridan samaradorlikning muhim omili, bu kishilarni samarali mehnatga undovchi va bozor munosabatlarini rivojlantirishga bo’lgan motivlari hisoblanadi, ularni quyidagi sxemada ko’rish mumkin:
2-rasm. Qishloq xo’jaligida samaradorlikning motivlari.
Ma’lumki, sof daromad va foyda - ikki xil iqtisodiy kategoriyadir. Agar sof daromad vujudga kelgan barcha qo’shimcha mahsulot qiymatini ifodalasa, foyda - tovar mahsulotini sotishdan olingan qisminigina ifodalaydi. Sof daromadning bir qismi baho va soliq siyosati va har xil to’lovlar orqali davlat va mahalliy buyudjetlarga borib tushadi va umumxalq ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Foyda - sotilgan tovar mahsulotidan tushgan pul mablag’idan shu mahsulotni to’la ishlab chiqarish xarajatlarini (markazlashgan to’lovlar ham shunga kiradi) chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Samaradorlikning eng muhim qiymat ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |