O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Suniy yoritish. 
Sun’iy yoritilishning sanitariya normalari QMQ 
2. 01. 05 - 98 bilan belgilangan. Bu hujjat sanoat va qishloq xo’jalik 
korxonalariga taalluqli bo’lib, ishlab chiqarish xonalari va ish 
bajarish yuzalarini, shuningdek, turar joy binolarini yoritilishning 
talab etiladigan darajasini belgilaydi. Yoritilish normalari sohalararo
va umumiy xarakterga egа. Ular asosida va ishlab chiqarish 
xususiyatlarini hisobga olish bilan har xil turdagi sanoat korxonalari 
uchun soha normalari ishlab chiqiladi. Sun’iy yoritish umumiy yoki 
kombinatsiyalashgan 
bo’lishi 
mumkin. 
Kombinatsiyalashgan 
yoritishda umumiy va mahalliy yoritish birgalikda qo’llaniladi.
Umumiy yoritishda
xona ichi umumiy chiroqlar yordamida 
yoritilsa, mahalliy yoritishda esa chiroqlar bevosita ish joyiga yoki 
ish jihozi oldiga o’rnatiladi. Masalan, ish stoli ustida o’rnatilgan 
ko’chma chiroqlar, stanoklar yoki boshqa ish qurilmalarida 
o’rnatiladigan chiroqlar mahalliy yoritishga misol bo’ladi. Umumiy 
yoritish ish jihozi va ish joyining joylashishiga bog’liq holda tekis 
yoki lokal ko’rinishda bo’ladi. Bundan tashqari sun’iy yoritish ishchi 
yoki avariyaga oid bo’lishi mumkin. Ishchi yoritishdan me’yoriy ish 
rejimini ta’minlash maqsadida tabiiy yoritish bo’lmagan yoki еtarli 
darajada emas joylarda foydalaniladi. Avariyaga oid yoritishdan 
asosiy yoritish qo’qqisdan o’chib qolgan vaqtlarda yong’in, portlash, 
ishchilarni zaharlanishi, jarohatlanish xavfi, texnologik jarаyonni 
uzoq to’xtab qolishi yoki buzilishi, aloqani uzilishi, suv, gaz 
ta’minoti to’xtab qolishi extimoli bor bo’lgan joylarda hamda 
navbatchilik postlarida, turli xil sistemalarning, boshqarish 
punktlarida foydalaniladi. 


187 
Yoritilganlikni me’yorlashni еngilatish maqsadida barcha ishlar 
aniqlilik darajasiga ko’ra 6 sinfga bo’lingan: o’ta yuqori aniqlikdagi 
ishlar – I sinf; juda yuqori aniqlikdagi ishlar – II sinf; yuqori 
aniqlikdagi ishlar – III sinf; o’ta aniqlikdagi ishlar - IV sinf; kam 
aniqlikdagi ishlar – V sinf; dag’al ishlar –VI sinf. 
Eng yuqori yoritilganlik I sinfdagi ishlar uchun belgilangan bo’lib 
5000 Lk.ni tashkil etadi, kichik yoritilganlik esa IV sinfdagi ishlar 
uchun –75 Lk.qilib belgilangan. 
Tashqi muhitda bajariladigan ishlarda ish turiga bog’liq holda 
yoritilganlik 2 dan 50Lk.gacha bo’ladi. Masalan, MTA larida 
mashinalarning old qismidagi yoritilganlik 5 Lk, ishchi a’zolardagi 
yoritilganlik 10 Lk bo’lishi mumkin. 
Suniy yorug’lik manbalari va yorug’lik chiroqlari
. Sun’iy 
yorug’lik manbalari sifatida cho’g’lanma va gazrazryadli
chiroqlardan foydalaniladi.
Cho’g’lanma chiroqlar 127 va 220 Vt nominal kuchlanishda 
ishlaydi, hamda 15 dan 1500 Vt.gacha quvvatga egа bo’ladi. 
Chiroqlarning quvvati qanchalik yuqori bo’lsa yorug’lik berish 
qobiliyati shunchalik kuchli bo’ladi. Bir xil quvvatdagi chiroqlar 127 
Vt kuchlanishda ishlaganda 220 Vt ga nisbatan kuchliroq yorug’lik 
tarqatadi. 
Mahalliy yoritishda
12 va 36 Vt kuchlanishdagi quvvati 50 Vt 
gacha bo’lgan chiroqlardan foydalaniladi. Chug’lanma chiroqlarning 
ishlash muddati 1000 soatgacha, yorug’lik berish qobiliyati – 7 - 20 
Lm/Vt.ni tashkil etadi. 
Gazrazryadli chiroqlar cho’g’lanma chiroqlarga nisbatan gigienik
talablarga to’liqroq javob beradi. Bunday chiroqlarning ishlash 
muddati – 14000 soatgacha еtadi, yorug’lik berishi – 100 Lm/Vt ni 
tashkil etadi. Eng keng tarqalgan gazrazryadli chiroqlarga tsilindrik 
truba shaklidagi lyuminetsent chiroqlarni misol keltirish mumkin. 
Ular turli xil markada ishlab chiqariladi. Lyuminestsent chiroqlarda 
yorug’lik oqimining tebranish chastotasi, elektr tokining tebranish 
chastotasiga (50Gts) teng bo’ladi. Bu esa ularning asosiy kamchiligi 
hisoblanadi. Chunki bu ko’rsatkichga mos holda pulsatsiya
koeffitsienti ham o’zgaradi.


188 
Simobli chiroqlar lyuminestsent chiroqlarga nisbatan ancha 
turg’un yoritadi va haroratning turli xil oralig’ida, ya’ni ham past 
ham yuqori haroratlarda yaxshi ishlaydi. Bunday chiroqlar yuqori 
quvvatga egа bo’lib, ulardan ko’chalarni va katta ishlab chiqarish 
binolarini yoritishda foydalaniladi. 
Ksenon chiroqlar kvarts trubkalardan iborat bo’lib, bu trubkalarda 
ksenon gazi to’latilgan bo’ladi. Ulardan sport inshootlarini, temir yul 
stantsiyalarini, qurilish maydonlarini yoritishda foydalaniladi. Bu
chiroqlar ultrabinafsha nurlar chiqaradi va yoritilganlik 250 Lk.dan 
oshganda havfli hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda goloid, natriyli va svеtоdiоd (LED) chiroqlar eng 
istiqbolli chiroqlardan hisoblanadi. Ularning yorug’lik tarqatishi 
110...130 Lk/Vt.ni tashkil etadi.
Yuqoridagilardan 
tashqari 
ultrabinafsha 
nur 
tarqatuvchi 
chiroqlardan ham ishlab chiqarishda foydalaniladi. Masalan, bunday 
chiroqlar hayvonlar va o’simliklarga ta’sir etishda, tibbiyotda 
ishlatiladi. Bunday nurlarning inson tanasiga ta’siri 
eritem
nurlanish 
deb ataladi va uning ta’sirida terida kam sezilarli darajada qizarish 
paydo bo’ladi. Yuqori darajadagi eritem nurlanish xavfli 
hisoblanadi.
Yoritilganlik lyuksmetr bilan o’lchanadi. Buning uchun Yu-117, 
Yu-116 markali lyuksmetrlardan foydalaniladi. Eritem nurlanish 
darajasi esa ufimetr bilan aniqlanadi. 
24-jаdvаl
Sun’iy yorug’lik chiroqlarining yorug’lik оqimi 
YOrug’lik 
оqimi 
450 lm 700 lm 
900 lm 
1100 lm 
1800 
lm 
Svеtоdiоd 
4Vt 
8Vt 
9Vt 
12Vt 
15-
20Vt 
Lyuminissеnt 
9Vt 
12Vt 
15Vt 
20Vt 
20Vt 


189 
Gаlоgеn 
28VT 
42vt 
53Vt 
70Vt 
70Vt 
cho’g’lanma 
40Vt 
60Vt 
75Vt 
100Vt 
150Vt 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish