O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi


Terrorizmni iqtisodiyot va aholi uchun xavfli oqibatlari



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Terrorizmni iqtisodiyot va aholi uchun xavfli oqibatlari. 
XX 
asrning ohiri va XXI asr boshlarida terrorizm o’zining niyatini 
oshkora eta boshladi: Nyu-Yo’rk (AQSH) shahridagi butunjahon 
savdo markazining ikki binosi sanoqli daqiqalar ichida er bilan 
yakson bo’ldi; Irlandiya va Angliyadagi "UPA"; Ispaniyadagi 
"ETA"; Osiyoda jinoyatkorona faoliyat olib borayotgan "AL- Qoida", 
"Khamas" kabi er yuzasining turli burchaklaridagi 500ga yaqin 
terrorchilik tashkilotlari turli ko’rinishdagi qabih ishlarni amalga 
oshirdilar va hozirda ham olib bormoqdalar. Rasmiy ma’lumotlarga 


406 
qaraganda 1975 yildan to bugungi kungacha dunyoning turli 
mamlakatlarida 10 mingga yaqin terroristik harakatlar sodir etilgan.
Avvallari terrorizm, odamlarni garovga olishdan maqsad pul 
undirish bo’lgan bo’lsa, hozirda terrorchilar asosan, xalqaro 
munosabatlar sohasida va mamlakatlarda beqarorlikni keltirib 
chiqarish borasida mo’ljallangan siyosiy maqsadlarga erishishni 
ko’zlaydilar va hozirgi kunda XXI asrning "global" muammosiga 
aylanib qoldi.
Terrorchilik tashkilotlar o’zlarida mavjud bo’lgan barcha 
imkoniyatlarni ishga solib, o’z maqsadiga erishish uchun qonli 
yurishlarni ham qilmoqdalar. Terroristlar tomonidan qo’llaniladigan 
qurollarning foydalanish ob’ektlari - odamlar ko’p to’planadigan 
joylar: metro bekatlari, aeroportlar, temiryo’l va avtomobil bekatlari, 
katta binolar, yopiq turdagi konsert va sport zallari, kinoteatrlar, yirik 
shaharlardagi suv haydash tizimlari, suv omborlari va boshqa 
ob’ektlar.
Ular ko’proq portlovchi modda va qurilmalardan: fugas, mina, 
granatalardan foydalanadilar.
55-jadval 
Portlovchi moddalar
xavfli maydoni, 

granata parchasining tarqalishi 
50-100 
mina parchasining uchishi 
100-300 
keysning xavfli
250-300 
jomadon, sumkaga solingan portlovchi 
moddalar 
350-400 
avtomobilga qo’yilgan portlovchi modda 
50-300 
"o’lim belbog’i" 
50-300 
Terroristik harakatlarning hususiyatlari quyidagilardan iborat: 
-
terroristik 
harakatlar 
qonun 
ustivor 
bo’lmagan, 
o’zaro 
jipslashmagan, rivojlanish darajasi ancha past bo’lgan hududlarda 
shakllanadi; 
-
birinchi bo’lib o’zi shakllangan, birlashgan hududni o’z 
tasarrufiga olishga harakat qiladi;


407 
-
ozga rivojlangan mamlakatlarda homiy izlashga harakat qiladi va 
har qanday homiy yordamini rad etmaydi;
-
tarqibotni har qanday usullardan: reklamalardan, matbuot, 
materiallaridan, og’zaki tashviqotlardan, turli mish - mishlardan va 
yolg’on gaplar tarqatishdan o’z maqsadlari uchun samarali 
foydalanishga urinadilar; 
-
ular o’zini portlatib yuboradigan (kamekadze) lar guruhini 
tayyorlaydi va o’z harakatlarini bilvosita amalga oshiradi; 
-
ular hozirgi kunda fan, tehnika va tehnologiyalar yutuqlaridan 
foydalanib, 
terrorizmni 
"global" 
muammolarga 
aylantirishga 
urinadilar; 
-
ular o’zlari panoh topgan mamlakatlar boshqaruvini garovga 
olish yoki nazoratda ushlab turgan holatda keng jamoatchilikni 
qo’rqitish, vahimaga solish, bo’ysudirish maqsadida ko’proq kuchli 
rivojlangan mamlakatlarda terroristik harakatlarni amalga oshiradilar 
va bu bilan o’zlarini namoyish etishga urinadilar. Bundаy tаshkilоt vа 
tеrrоrchilik hаrаkаti guruhlаrigа: Saudiya Arabistonning "Al - 
Qoida", Iordaniyaning "Xamas", Ispaniyaning "Eta", Palestin islom 
jihoti “SHakaki”, “Abu Nidala” kabilarni ko’rsatish mumkin).
Ayni paytda, terrorizmning ham muhim jihatlari mavjud. Bu 
hususiyatlar hususida AQSH davlat departamentining 2017 yildagi 
global terrorizm to’g’risidagi ma’ruzasida ko’rsatib o’tilgan. Bular 
quyidagilardan iborat:
-
yahshi tashkil qilingan terroristik guruhlardan tuzilgan halqaro 
jinoiy uyushmaga aylanishi. Bularni mahalliy homiy davlatlar qo’llab 
- quvvatlab turadilar;
-
siyosiy terrordan diniy yoki g’oyaviy asoslari ustun bo’lgan 
terrorizmga aylanishi; 
-
terrorizm markazining Yaqin Sharqdan Janubiy Osiyoga, 
hususan, Afg’onistonga ko’chishi, terroristik tashkilotlar tomonidan 
ular jazosiz harakat qilishi mumkin bo’lgan mintaqalardan joy 
qidirishi; 
-
moliyalashtirishning hususiy homiylar, narkobiznes, uyushgan 
jinoyachilik va noqonuniy savdo - sotiq kabi manbaalaridan 
foydalanishi kabi hususiyatlari ko’rsatib o’tilgan.


408 
Bularning ichida halqaro terrorizmning eng asosiy va havfli 
hususiyatlaridan biri, "zo’rlik - davlatni qulatvuchi va hokimiyatga 
erishishni osonlashtiruvchi, parokandalikka olib keladi" - degаn 
g’oyaga asoslanib harakat qilishdir. Bunda siyosiy masalalarni zo’rlik 
yo’li bilan hal qilishga harakat qilinadi.
Bu haqda, amerikalik mutahassis B. Jenkins "Terrorizm eng 
avvalo, qurbonlardan ko’ra, guvohlarga qaratilgan va vahima 
uyg’otishga yo’naltirilgan zo’rlik" deb baholaydi.
Boshqa bir amerikalik siyasatshunos J.Lonsning ta’rifiga ko’ra, 
terrorizm bevosita qurbonlardan ko’ra ko’proq odamlar fikriga ta’sir 
o’tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir.
Demak, har bir terrorchilik hurujining maqsadi - davlat 
to’ntarishini amalga oshirish, fuqarolar urushini keltirib chiqarishga 
asoslanadi.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish