O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

 

 
 
II 
 
 
III 
51 - rasm.: I- Freza uchun to’siq vositasi:a- metall to’siq qoplamasi 
b- to’r to’sig’i; II - yeg’iladigan to’siq eshiglari; III- plastmassali 
shit 
 
To'siq vositasi sifatida ishlatiladigan materiallar to'siqning qanday 
texnologik jarayonni yoki qanday xavfli zonani qo'riqlash uchun 
o'rnatilayotganligiga bog'liq. Masalan, ular mustahkam texnika 
materialidan payvandlash yo'li bilan yoki quyma holatda, mustahkam 
po'lat parda, panjara, mustahkam asosli to'r va boshqalar bo'lishi 
mumkin. To'siqlar plastmassa, yog'och, metalldan tayyorlangan 
bo'lishi mumkin. Agar ish bajarilayotgan zonani kuzatish lozim 
bo'lsa, to'siq vositalarini ko'rinadigan materiallardan, masalan, 
organik oyna, tripleks va boshqalardan tayyorlash mumkin.
To'siq vositalari sifatida qo'llaniladigan materiallar, metallarga 
qirqish yo'li bilan ishlov berilayotganda metall zarralarining uchib 
ketishi natijasida urilish zarbasiga va ishlab chiqarish jarayonida 
ishlayotganlarning bexosdan urilib ketish zarbalariga chidash bera 
oladigan mustahkam bo'lishi kerak. Stanoklarga o'rnatiladigan to'siq 
vositalarining mustahkamligini tekshirganda, ularga qirquvchi 
asboblar va ishlov berilayotgan metall mahsulot uchib ketishi 
mumkinligini va uning zarbasiga ham chidash bera oladigan qilib 
tanlanadi.
Saqlovchi muhofaza vositalar
 
va tormoz qurilmalari.
 
Saqlovchi
muhofaza qurilmalari, asosan, mashina va mexanizmlarda 
zo'riqish vujudga kelganda yoki ishlayotgan ishchi hayoti va 
sog'lig'iga putur yetkazadigan vaziyat vujudga kelganda mashina va 
mexanizmlar harakatini to'xtatib qo'yishga xizmat qiladigan


261 
qurilmadir. Zo'riqish hodisasi ishlayotgan stanokkal lozim 
bo'lganidan ko'proq kuch bilan ta'sir qilinganda vujudga keladi, 
masalan, qirqish stanogiga o'rnatilgan jismning yo'nish qirqimi 
mumkin bo'lgan darajadan ancha katta bo'lsa, bu qirqimni ko'chirish 
uchun stanokning kuchi yetmasligi mumkin, buning natijasida 
stanokni harakatlantiruvchi elektr motori kuyib ketishi mumkin yoki 
qirquvchi vosita sinib ketishi ham ehtimoldan holi emas, bunday 
hollarda stanokka o'rnatilgan saqlovchi qurilma elektr motoriga
kelayotgan elektr tokini uzib qo'yadi. Buning bilan stanokka 
yetkaziladigan zararni oldi olinadi. 
I
II
52 - rasm.: I- saqlovchi qurilmaning tuzilishi: 1-zolotnik; 2- shtok; 
3-tayanch; 4-prujina; II- portlashdan saqlovchi past bosimdagi suvli 
zatvorlarning 
Xuddi shunday vazifani bajaruvchi vosita sifatida bosim ostida 
ishlaydigan idishlarda o'rnatilgan saqlovchi klapanlarni misol sifatida 
ko'rsatish mumkin. Ko'pgina sanoat korxonalarida har xil zararli 
moddalar ajralib chiqishi natijasida kasb kasalliklariga olib keladigan 
omillarning ko'pligini aytib o'tgan edik. Bunday omillarning havo 
muhitida ko'payib ketishidan saqlovchi qurilmalar ham mavjud. 
Bunday qurilmalar havo tarkibidagi zararli nioddaning eng zararlisi 
yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan darajadan oshib ketmasligini nazorat 
qilib turadi. Bunday qurilmaga o'rnatilgan gaz aniqlagich avtomatik 
ravishda gaz miqdorini aniqlab, uning miqdori chegara belgidan 
oshib ketsa, xonaga o'rnatilgan shamollatish qurilmasini ishga 
tushiradi va buning natijasida xonadagi zaharli modda miqdori 


262 
mo'tadillashtiriladi. Bunday qurilmadan sexlardagi havo tarkibida 
portlashga va yong'inga xavfli bo'lgan moddalar miqdori ortib ketgan 
vaqtda ham qo'llaniladi. Bunday qurilmaning asosini sezgir asbob 
tashkil qiladi. Asbobning ishlashi unga joylashtirilgan modda ma'lum 
gaz zichligining oshib ketishiga qarab qisqarishi yoki kengayishi 
mumkin yoki rangini o'zgartiradi, bu esa tezda ma'lum signal 
vositasiga aylanadi. Buni signalni kuchaytiruvchi qurilma qabul qilib 
oladi va uni kuchaytirib, o'lchash asboblariga o'tkaziladi. O'lchash 
asboblarida ma'lum chegaradan ortib ketganda xabar beruvchi yoki 
avtomatik ravishda shamollatish tizimini ishga tushirishga moslangan 
qurilma o'rnatilgan bo'ladi. 
Bundan tashqari saqlovchi qurilmalarning namg'likka va 
issiqlikka asoslangan turlari ham bor. Ma'lumki, sanoat korxonalarida 
havo muhitidagi zararli moddalar miqdorini aniqlashda indikator 
(ma'lum moddalarning boshqa moddalar ta'sirida o'z rangini 
o'zgartirishi) usulidan foydalaniladi. Masalan, rangsiz suyuqlik 
yorug'lik nurini yaxshi o'tkazadi. Agar biz rangsiz suyuqlik solingan 
shisha idish orqali fotoplastinkaga yorug'lik tushirib, unda ma'lum 
miqdorda elektr yurituvchi kuch hosil qilishimiz mumkin. Agar bu 
rangsiz suyuqlik indikator vazifasini bajarsa va bu suyuqlik orqali 
koncona xonasidagi havo sinamasi o'tkazib turilsa, unda havo tarkibi 
toza bo'lganda suyuqlikda hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. Agar 
havo tarkibida zararli moddalar zichligi oshaversa, shishadagi 
suyuqlik rangi o'zgara boshlaydi va bu bilan u orqali o'tayotgan 
yorug'lik xiralashadi, fotoplastinkada esa hosil bo'layotgan elektr 
yurituvchi kuch kamaya boshlaydi va nihoyat xavfli vaziyat vujudga 
kelishi bilan suyuqlik rangi butunlay o'zgaradi, elektr yurituvchi kuch 
juda kuchsizlanib, avtomatik ravishda shamollatish qurilmasini ishga 
tushirib yuboradi. 
Bunday usullarni moddalar tarkibining o'zgarishi ularning issiqlik 
o'tkazishiga ta'siri, shuningdek, ionlar ta'sirida hosil bo'ladigan 
toklarning o'zgarishi usulida bajarilgan saqlovchi qurilmalarning 
turlari mavjud. 
Gaz 
bilan 
payvandlash 
ishlarini 
amalga 
oshirishda 
foydalaniladigan atsetilen hosil qilish generatorlarida portlash xavfini 
oldini olishda ishlatiladigan alangani shlanglar orqali generatorga 


263 
qaytishini bartaraf qiluvchi 
suvli zatvorlardan 
va qaytish 
klapanlaridan foydalaniladi.
Kompressor qurilmalari resiverlarida qisilgan havo miqdori ruxsat 
etilgan chegaradan ortib ketsa va bu portlash xavfini tug'dirsa, unda 
havo qisilishi natijasida hosil bo'ladigan issiqlik ta'sirida ishlaydigan 
issiqlik relelaridan foydalanib, ortiqcha havoni chiqarib yuborishga 
erishiladi. Sanoati korxonalarida ishlatiladigan ko'pchilik stanoklarda 
detallarni mahkam ushlab turish uchun qisilgan havodan keng 
foydalaniladi. Bunday quril-malarni mabodo biron bir ko'zda 
tutilnlagan vaziyat taqozosi bilan (masalan, havo bilan ta'minlovchi 
shlanglarning yorilib ketishi va boshqalar) mahkam ushlab turilgan 
detalni qo'yib yubormaslik chora-tadbirlarini ko'rish muhim 
hisoblanadi. Bunday hollarda qaytish klapanlari bilan ta'minlangan 
vositalar 
o'rnatiladi. 
Elektromagnit 
yordamida 
detallarni 
mustahkamlash ishlarini bajarganda, shuningdek, elektromagnit 
kranlari yordamida materiallarni bir yerdan ikkinchi yerga 
ko'chirishda, bunday elektromagnit plitalarini qo'shimcha elektr 
manbalari bilan ta'minlash, asosiy elektr rnanbayi uzilib qolganda yuz 
berishi mumkin bo'lgan baxtsizliklarning oldini oladi. 
Aylanuvchi qisrnlarga ega bo'lgan stanoklarni ishlatishda ularning 
xavfsizligini ta'minlovchi vosita sifatida to'xtatish vositalari muhim 
o'rin tutadi. Stanok shpindelini o'z vaqtida to'xtatib qolish 
birinchidan, xavfsizlikni ta'minlasa, ikkinchidan, uni to'xtashini 
kutish qimmatli vaqtnj yo'qotishga olib keladi. Bajaradigan 
vazifasiga ko'ra, to'xtatish vositalari — to'xtatuvchi, sekinlashtiruvchi 
va tezlikni muvofiqlashtiruvchi turlarga bo'linadi. Tuzilish jihatidan 
— lentali, kolodkali, diskali va markazdan qochma kuchga 
asoslangan bo'ladi. Bular bajariladigan vazifalari va tuzilishi 
jihatlaridan kelib chiqib, yuk ko'tarish kranlarida, stanoklarning 
harakatlanish zonalarini chegaralashda, ba'zi bir ko'tarilgan yuklarni 
ma'lum balandlikda ushlab turishda, shuningdek, ba'zi bir tushib 
ketishi odam hayoti uchun xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan lift 
kabinalarini tushirib yubormasdan ushlab qolishda foydalaniladi. 
Bundan tashqari to'xtatish vositalaridan yuqoriga ko'tarilgan 
yuklarning barabanlarining teskari aylanib ketishi natijasida tushirib 


264 
yubormaslikni ta'minlaydigan tirgak vositalaridan ham keng 
qo'llaniladi. 
Stanoklarning yana saqlovchi qurilmasi sifatida ularda o'rnatilgan 
ba'zi bir xavfli vaziyatlarda stanokka yetkaziladigan zararni 
kamaytirish maqsadida ulaiga kuchsizlantirilgan qismlar o'rnatiladi. 
Sunday kuchsizlantirilgan qismlar stanokda ro'y berishi mumkin 
bo'lgan xavfli vaziyatni oldini olishda ishlatiladi. Masalan, stanokka 
berilayotgan kuch oshib ketsa, stanokda yuz berishi mumkin bo'lgan 
sinib ketish yoki butunlay buzilib qolish hollari vujudga kelsa, unda 
bu kuchsizlantirilgan qism uzilib ketadi va stanokka berilayotgan 
kuchlanish to'xtatiladi. 
Bunday 
kuchsizlantirilgan 
qismlarga 
kesilib 
ketishga 
mo'ljallangan shtift va shponkalar, qo'shish muftalari, ishqalanishga 
asoslangan sirg'anuvchi muftalar, elektr qurilmalarida erib ketuvchi 
saqlovchi qurilmalar, katta bosim ostida ishlaydigan idishlardasitilib 
ketuvchi membranalar va boshqalar kiradi. Kuchsizlantirilgan 
qismlar asosan ikki turga bo'linadi: birinchisi uzatilayotgan kuch 
muvofiqlashgandan keyin avtomatik ravishda (inson ishtirokisiz) ish 
bajarishni davom ettiradigan qurilmalar (masalan, sirg'anuvchi 
muftalar) va ikkinchisi ishdan chiqqan kuchsizlantirilgan qismni 
almashtirish yo'li bilan ishlatiladigan turlari mavjud, masalan, sitilib 
ketuvchi membrana, erib ketadigan saqlovchi qurilma va boshqalar. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish