O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Blokirovka qurilmalari

Blokirovka qurilmalarining asosiy 
vazifalari mashina va mexanizmlarning xavfli zonalariga odamning 
tushib qolib jarohat olishiga xalaqit beradigan qurilma hisoblanadi. 
Bu qurilmaning ishlash jarayoni birinchidan, odam tanasi qismlarini 
xavfli zonaga tushirmaslik yo'liga g'ov bo'lsa, ikkinchidan, agar 
mabodo odam shu zonada ish bajarishi zarur bo'lsa, unda shu 
xonadagi xavfli vaziyatni vujudga keltiruvchi harakatlanuvchi yoki 
aylanuvchi qismlar harakatini to ishchi shu xonadan chiqib ketgunga 
qadar to'xtatib turadi. Bunday qurilmalarning mohiyati to'siq 
vositalarini o'rnatganda juda qo'l keladi. Masalan, aylanuvchi baraban 
atrofi to'siq bilan to'silgan bo'lsin. Agar blokirovka qurilmasi 
o'rnatilmagan bo'lsa, bunday to'siq vositalarini olib tashlab xavfli 
zonaga kirib ish bajarish natijasida odam xavfli zonada jarohat olishi 
muqarrar bo'lib qoladi. Agar shu to'siq vositalarini ajraluvchi va 


265 
ochiluvchi qismlariga blokirovka qurilmasini o'rnatsak, bu xavf o'z-
o'zidan yo'qoladi. Chunki aylanuvchi yoki harakatlanuvchi qismni 
harakatga keltirayotgan elektr quwatini mana shu ajraluvchi qismlar 
orqali o'tadigan qilib qo'ysak, bu masala o’z-o'zidan yechiladi. 
Buning uchun ajraluvchi yoki ochiluvchi qism oralig'iga, ochilganda 
yoki ajralganda o'chib qolishni ta'minlaydigan knopka qo'yish kifoya. 
Agar biz biror ish bilan bu to'siqni olib ichkariga kirsak, baraban 
to'xtagan bo'ladi. To biz bu to'siqni yopib qo'ygunimizga qadar bu 
barabanni harakatga keltirish imkoniyati yo'q. 
53 - rasm Fotoelement yordamida blokirovka qurilmani ishlash 
sxemasi: 1 – yorug’lik manbayi; 2, 4 – linzalar; 3 – parallel nur 
oqimlari; 5 – nur oqimlarini qabul qiluvchi element; 6 – nazorat 
relesi; 7 – usilitel 
 
54 - rasm.
 
 Eshikni elektr blokirovka sxemasi: 1- eshik, 2- blok-
kontakt, 3-prujina, 4- quluf mexanizmi, 5-elektromagnit, 6-o’zak, 7- 
kuchlanishi yuboradigan kontakt bloki, 8- elеktr uskunasi 
 
Ishlash mohiyatiga asosan blokirovkalar mexanikaga asoslanib 
ishlaydigan, elektr toki ta'sirida harakatga keladigan, fotoelektr 
tizimi, radiatsiyali, gidravlikaga va pnevmatikaga asoslangan va 


266 
bulardan ikkitasining qoshilmasidan tashkil topgan turlari bor. 
Mexanik blokirovka bu mashinani ishga tushirish qurilmasi bilan 
uning muhofaza qopqog'i orasidagi uzviy bog'lanishga asoslangan 
bo'ladi, 
Elektr toki ta'sirida harakatga keladigan blokirovkalarni har 
qanday 
elektr 
sistemalarida 
va 
mashinasozlik 
texnologik 
jarayonlarida qo'llash imkoniyatlari mavjud. Masalan, har qanday 
to'siq qopqog'ini oxirgi o'chirish tizimi bilan birlashtirilgan holati, 
agar qopqoq ochilganda yoki olib qo'yilganda oxirgi o'chirish tizimi 
tomonidan elektr motoriga kelayotgan tokni o'chirib qo'yishga 
asoslangan. Agar qopqoq butunlay yopilmasa yoki noto'g'ri yopilsa, 
unda elektr motoriga tok o'tishi ta'minlanmaydi va faqat to'g'rilab 
yopilgandagina tok o'tishi ta'minlanadi. 
Fotoelektr xususiyatiga ko'ra ishlaydigan blokirovka tizimining 
ishlashi asosida yorug'lik nurining elektr yurituvchi kuch hosil 
qilishiga asoslangan. Masalan, ma'lum maydonda press qurilmasi 
ishlatilayapti deb faraz qilaylik. Albatta, press bosqoni ishlaydigan 
joy bu mashinaning eng xavfli joyi hisoblanadi. Aytaylik press 
bosqoni o'rnatilgan tayanchlardan biriga ma'lum bir quwat bilan nur 
oqimi hosil qiluvchi manba o'rnatilgan bo'lsin. Press bosqoni 
tayanchining ikkinchisiga xuddi shu nurni qabul qilib olish uchun 
fotoelement ma'lum miqdorda elektr yurituvchi kuchi hosil qiladi. 
Bu elektr yurituvchi kuch ma'lum kuchaytirgichlar orqali press 
bosqonini to'xtatish qurilmasiga ulab qo'yilgan bo'lsa, unda o'sha 
tayanchlar orasiga tushib qolgan odam yoki uning ma'lum bir qismi 
nur oqimini to'sib soya hosil qilsa, unda fotoelementda hosil 
bo'layotgan elektr yurituvchi kuch hosil bo'lmay qoladi va buning 
natijasida bosqon to'xtatish vositasi ishga tushadi va uni juda tez 
muddatda to'xtatib qo'yadi. Xuddi shunday fotoelektr tizimida 
ishlaydigan muhofaza qurilmasining chizmasi keltirilgan. 
Izotoplardan foydalanib muhofaza qilish qurilmalari ham mavjud. 
Bunday vositalar yordamida stanoklarning qirqadigan qismlarini, 
qayishli va zanjirli uzatmalarni, tishli g'ildiraklami qopqoqlarini 
jihozlash mumkin. Qopqoqlar olinishi bilan bunday uzatmalarda 
harakat to'xtaydi va qopqoqni joyiga qo'ymaguncha uni harakatga 
keltirish imkoniyati yo'q. 


267 
Ba'zi bir xavfli vaziyatlarda ogohlantirish vositasi sifatida signal 
tizimlaridan foydalaniladi. Bajaradigan vazifasiga ko'ra signal 
vositalari amaliy, ogohlantiruvchi va belgilovchi turlaiga bo'linadi. 
Bundan tashqari, tovushli va ko'rinadigan bo'lishi mumkin. Tovushli 
signal tizimiga sirena, qo'ng'iroq, gudok va boshqalar kiradi. 
Ko'rinadigan turlariga har xil yorug'lik tarqatuvchi vositalar 
yordamida qizil, sariq, ko'k va boshqa ranglar yordamida xavf 
darajalarini belgilash va ulaiga kerakli bo'lgan harakatlar bilan javob 
berish tartibi belgilangan. Tovush yordamida beriladigan signal 
sanoat korxonasi muhitida bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday 
tovush va shovqinlardan farqli iloji boricha quyi chastotadagi (2000 
Gs gacha) tovushdan tashkil topgan bo'lishi va sexning har bir 
nuqtasida keskin eshitilishni ta'minlashi kerak. Bunday signal 
vositalarini u yerda ishlayotgan kishilarning holatlari qanday 
bo'lishidan qat'i nazar eshitadilar. 
Yorug'lik signali keng tarqalgan vositalar qatoriga kirsa ham, 
uning asosiy kamchiligi signal berilayotgan tomondan qarama-qarshi 
tomonga qarab turgan odam bu vositalarni ko'rmay qolishi mumkin. 
Shuning uchun ham yorug'lik signallari doimiy kuzatib turuvchi 
operator bo'lgan vaqtda yaxshi natija beradi. Yorug'lik signallari 
asosan ikki yoki uch xil rang beruvchi lampalar yordamida bajariladi. 
Bunda, masalan, qizil va yashil ranglardan foydalanish mumkin. 
Qizil rang xavfni, yashil rang xavfsizlikni anglatadi, agar mabodo 
ikkala rangli lampa ham yonmayotgan bo'lsa, unda signal tizimi 
ishlamayotganligini anglatadi. 
Uch xil qizil, yashil va sariq ranglardan iborat lampalar 
o'rnatilgan vositalardan ham keng foydalaniladi. Masalan, ko'cha 
harakatini tartibga keltiruvchi svetoforlarni misol tariqasida keltirish 
mumkin. 
Ba'zi bir avtomatlashtirilgan jarayonlarni boshqarish uchun 
o'rnatilgan yorug'lik signallari parallel ravishda joylashtirilgan 
qo'shaloq lampalardan tashkil topadi. Unda ularning bittasi ishdan 
chiqsa, ikkinchisi ishlab turishi mumkin. 
Amaliy 
signal 
vositalaridan 
ma'lum 
miqdordagi 
ish 
bajarilganligini yoki texnologik jarayonning ma'lum bosqichi 
bajarilganligini bildiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Bunday 


268 
vositalardan bajarilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tizim sifatida 
ham foydalanish mumkin. 
Ogohlantiruvchi signal yositalaii, biron bir xavfli vaziyat 
vujudga kelishidan ogohlantiradi. Bunday signallarga har xil 
plakatlar, ogohlantiruvchi yozuvlar, har xil datchiklarga asoslangan 
signal tizimlari, mashina ishlash holatini ko'rsatuvchi moslamalar 
(masalan, qizib ketishi, moylash tizimlarida moy borligi va 
boshqalar) kiradi. Bular uchun maxsus ranglardagi moslamalardan 
foydalaniladi. 
Quyidagi tartibda signal ranglari belgilangan: qizil - tayin xavf, 
sariq - xavfli vaziyat oldidan ogohlantirish, yashil - xavf yo'q. 
Tushuntirish xatlari ham ma'lum fondagi materiallarga yozilishi 
kerak. Masalan, oq yozuv-qizil va yashil fonga, qora-oq yoki sariq 
fonga. 
ta’qiqlaydigan’ 
belgilari qizil rang 
yong’in xavfsizlik 
belgilari qizil rang 
ogoxlantiruvchi 
belgilari sariq rang

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish