4. Ish bo’yicha hisobotda: Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, Ozuqa me’yorlagichlar va aralashtirgichlarning tuzilishi va (Yuqoridagi rasmlarga asoslangan holda amalga oshiriladi ) ish jarayoni ko’rsatiladi
8-Amaliy mashg‘ulot
Ozuqa tarqatgichlarning sinflanishi, tuzilishi, ishlashi va rostlanishini o‘rganish
1. Ishning maqsadi: Ozuqa tarqatgichlarning sinflanishi, tuzilishi, ishlashi va rostlanishini ning vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayoni va ularni ishga tayyorlash bo’yicha ko’nikmalar berish.
2. Kerakli jihozlar: Ozuqa tarqatgichlarning sinflanishi, tuzilishi, ishlashi va rostlanishini, ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari.
3.Ishni bajarish tartibi:
1. Yuklarning turlari va transport vositalarining tasnifi
Yuklarning turlari. Chorvachilik va parrandachilik fermalarida har kuni katta hajmda yuklash-tushirish va transport ishlari bajariladi. Tashiladigan yuklarni qattiq va suyuq (suv, sut, go’ng shaltog’i, suyuq yoqilgi) turlariga bo’lish mumkin. Qattiq yuklar sochiluvchan, donador va hajmiy yuklarga bo’linadi. Sochiluvchan yuklarga donlar, sochiluvchan va granullangan omuxta yem, ildiz mevalar, mineral qo’shilmalar va boshqalar kiradi; donador yuklarga — har xil konteynerlar, bidonlar, gaz balonlari, idishlar (qoplar, yashiklar va boshqa) kiradi; hajmiy yuklarga — ko’k massa, pichan, somon, silos, senaj va boshqalar (zichligi 0,3... 0,4 kg/m3 dan kam bo’lmagan) kiradi.
Ko’chma ozuqa tarqatgichlar, turg’un oziqa tarqatgichlarga qaraganda katta unumdorlikka ega, turli xil sharoitda ishlay oladi va fermalarda ozuqalarni tashish, tushirish ishlarini bajara oladi. Shu bilan birga bu turdagi ozuqa tarqatgichlarning umumiy kamchiligi:
- ferma binolari va hayvonlarni saqlash maydonlarida kengligi 1,6...2,5 metrdan kam bo’lmagan ozuqa yo’laklarining bo’lishi:
- binodagi havoni ifloslantirish va shovqinli ishlashi;
- kontsentrlangan ozuqalarni tarqatishda berilgan normadan 15...20% chetlashishi;
- kichik hajmli fermalarda ishlatishda iqtisodiy samaradorligining past bo’lishi.
Fermalar uchun ozuqa tarqatish texnologiyasini va texnika tizimini asoslaganda bu kamchiliklarni inobatga olish va avvalo iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlagan holda yondoshish lozim. Fermalarda keng tarqalgan ayrim turdagi ko’chma ozuqa tarqatgichlarning texnik tavsifnomalari 3.4.2-jadvalda ko’rsatilgan.
3.4.2-jadval
Ko’chma ozuqa tarqatgichlarning texnik tavsifnomalari
Ko’rsatkichlar
|
O’lchov birligi
|
Ozuqa tarqatgich rusumi
|
KTU-10-A
|
RMM-5
|
RSP-10
|
KUT-3,0
|
ARS-10
|
Yuk ko’tarishi
|
Kg
|
3300
|
1750
|
4000
|
3000
|
3800
|
Unumdorligi
|
t/soat
|
30
|
3...38
|
120
|
13
|
134
|
Bunkerning sig’imi
|
m3
|
10
|
5
|
10
|
3
|
10
|
Tezligi:
transport jarayonida
ish jarayonida
|
km/soat
|
30
-
|
16
0,5...0,6
|
20
1,5...5,0
|
33
0,87...1,5
|
46
3,1...10,0
|
Gabarit o’lchamlari:
uzunligi
kengligi
balandligi
|
Mm
|
6670
2270
2450
|
5260
1870
1870
|
5400
2300
2600
|
5950
2890
2630
|
7330
2810
2655
|
KoleYasi
|
Mm
|
2200
|
1542
|
1600
|
1500
|
1800
|
Massasi
|
Kg
|
2700
|
1450
|
3940
|
4100
|
7320
|
Fermalarda uning sharoiti uchun mos keladigan universal va chidamli turdagi ko’chma ozuqa tarqatgichlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |