O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o `zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi



Download 34,91 Mb.
bet36/164
Sana09.03.2022
Hajmi34,91 Mb.
#487275
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   164
Bog'liq
Чорвачиликни Мва А УМК-(охирги)

Nazorat savollari
1.Qoramolchilikda foydalanilayotgan sog‘ish qurilmalarining tasnifini sanang?
2. Stanoklari parallel o‘tiladigan qilib o‘rnatilgan sog‘ish qurilmalari joylashtirish tartibini ayting?
3.Og‘illarda sigirlarni sut quvurlari orqali sog‘ib olish qurilmalari ISH jarayonini tushuntiring?
4. «Tandem» tipidagi sog‘ish qurilmalari ishlashini tushuntiring?
5.Sutga dastlabki ishlov berish tizimi va mashina jihozlari ajydalanish tartibini ayting?
6.Ochiq sug‘orib sovutgichlar haqida nimani bilasiz?
7. Yopiq sug‘orib sovutgich asosiy tuzilishini ayting?
8. Plastinkali sovutgichlar ishlash tartibini ayting?
9. Sut saqlagich jihozlar haqida nimani bilasiz?
9. Sut pasterizatorlari va separatorlari asosiy tuzilishini ayting?
10. Separatorlar ishlash tartibini ayting?
10-Ma’ruza: Qo’ylarning junini olishni va Cho’miltirish ishlarini mexanizatsiyalash
Reja
1. Qo’ylarning junini qirqib olish texnologiyasi.
2. Jun qirqish tsexlari.
3. Jun qirqib olish agregatlari.
4. Jun qirqib olish mashinkalari.
5. Qo’ylarni Cho’miltirish qurilmasi.
1.Qo’ychilikda ma’suliyatli va sermexnat jarayonlardan biri jun qirqish hisoblanadi. Mashinada jun qirqishni qo’llash jun qirquvchilarning mexnat unumini qo’lda qirqishdagiga nisbatan 3...5 marta oshiradi. Masalan, tajribali usta qo’lda qaychilari bilan bir kunda 15...20 qo’yning junini qirqib olsa, mashinada 60 tagacha qo’yning junini qirqib olishi mumkin. Mashinada jun pastroqda va tekis kirqiladi, bu esa qirqilgan jun miqdorini 5...7% ga ko’paytiradi, uzunligining ortishi hamda tekis qirqilishi hisobiga sifati yaxshi lanadi.
Qo’ylarning fiziologik xususiyatlariga qo’ra jun qirqish davrining davomiyligi xo’jaliklarda 10... 15 sutkani tashkil etishi kerak. Shu muddatda qirqimni tugatish uchun xo’jalikda kerak bo’ladigan jun qirqish mashinalarining soni (dona) qo’yidagicha aniqlanadi:
(8.1)

bunda - juni qirqiladigan qo’ylar soni, bosh;


- smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti (Ь=0,7...0,75);
- smena davomiyligi, soat;
S1 - ish smenalari soni;
S2 - bitta mashinkaning soatlik ish unumi, qo’y/soat;
S3 - qirqim davomiyligi, soat.
Jun qirqish stolda, maxsus stol-telejkada va yerda amalga oshiri-lishi mumkin. Hozirgi vaqtda jun qirqishning Orenburg usuli progressiv hisoblanadi. Bunda qo’ylar "o’tirgan" holatida juni qirqib olinadi. Jun qirqishda qo’ylarga jaroxat yetkazmasdan, biron joyi tirnalmasdan kirqilishi zarur. Tolalarning o’zilishiga va qayta qirqishga yo’l kuiilmasligi shart. Olingan jun navlarga ajratiladi va presslanib toylanadi.
Yuqorida aytib o’tilgan ishlar ko’chmas yoki ko’chma jun qirqish punktlarida bajariladi. Bu punktlar jun qirqish mashinkalari, jun qirqish stollari, charxlash apparatlari, navlarga ajratish stollari, presslar, transportyorlar, moslamalar, tarozilar va boshqa asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo’ladi.
Qo’ychilik tizimi, qo’ylar soni, jun qirqish joyi va vaqtiga qarab qirqish punktlarining qo’yidagi turlari joriy etilgan:
1. Maxsus binolarda doimiy o’rnatiladigan va 24 ta mashinkaga mo’ljallangan yiriklashtirilgan punkt.
2. Namunaviy qo’tonlarda qo’llaniladigan va 12...24 ta mashinkaga mo’ljallangan doimiy o’rnatiladigan punkt.
3. 12...24 ta mashinkaga mo’ljallangan ko’chma jun qirqish punkti.
Yiriklashtirilgan jun qirqish punktlari qo’ylarni yaylovlardan yaylovlarga haydab o’tish yo’llariga quriladi. Ular bir smenada 1200... 1500, qirqim davrida esa 30...35 ming qo’yning junini qirqib olish imkoniyatiga ega.
Tajribalar shu narsani ko’rsatadiki, ko’p ming sonli qo’ylarni bir joyda qirqish katta maydondagi o’simliklarni yo’qalishiga va eroziyaga olib keladi. Bundan tashqari, kasallik tarqalish xavfi ham ortadi. Shu sababdan yiriklashtirilgan jun qirqish punktlaridan voz kechish ma’qul ko’rinadi.
Jun qirqish texnologik sxemasini qo’yidagicha tasvirlash mumkin: qo’ylarni qirqimga tayyorlash -> junni qirqib olish -> junlari qirqilgan qo’ylarni profilaktik Cho’miltirish -> qirqilgan junlarni navlarga ajratish -> presslash -> toylash.
Texnologik sxemadan ko’rinib to’ribdiki, asosiy jarayon junni qirqib olish hisoblanadi. Bu ish ikki usulda - ketma-ket yoki alohida-alohida holda bajariladi. Bunda qo’yning junini bir kishi qirqib olsa, bu usul alohida, bir necha kishi qirqib olsa, bu usul ketma-ket deb hisoblanadi.
Ketma-ket usulda qo’y aravacha ustiga yotqizilgan holda bog’lanadi, aravacha navbat bilan qirquv qirquvchiga o’tkaziladi. Karuselь usulidagi qirqishda ham qo’ylar navbat bilan ma’lum vaqt oralig’ida qirquvchidan qirquvchiga o’tkaziladi. Alohida-alohida usul bilan qirqishda qo’ylar asosan yerda qirqiladi.

Download 34,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish