O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o `zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi



Download 34,91 Mb.
bet35/164
Sana09.03.2022
Hajmi34,91 Mb.
#487275
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   164
Bog'liq
Чорвачиликни Мва А УМК-(охирги)

JB-OOB-ochiq tipdagi separator. Bu separator SOM-3-1000 ning o’zgartirilgan varianti bo’lib, uzatish mexanizmi bo’yicha farqlanadi.
SPMF-2000 yarim yopiq tipdagi separator. Bu separator sut kom-binatlarida qo’llaniladi. 10...40% li qaymoqni ajratib oladi. Unumi 2000 l/soat.
OMA-ZM separator-suttozalagich. Uning avtomatlashtirilgan plastinkali pasterizatsiyalash qurilmalari komplektiga kiradi. Unumi 5000 l/soat bo’ladi.
6. Sutlarni qayta ishlash
Sutlarni qayta ishlash deb, sutning boshlang’ich xususiyatlarini o’zgartirib, undan ichimlik suti, qaymoq, qatiq, so’zma, sariyog’, pishloq va boshqa sut mahsulotlari olishga aytiladi.
Qatiq tayyorlash. Qatiq tayyorlash uchun yog’i olinmagan va olingan sutlardan foydalanish mumkin. Bunda sutni achituvchi mikroblardan ivitki (tomizg’i) sifatida foydalaniladi. Sifatli qatiq tayyorlash uchun ivitki sifatida sutga solingan mikrobning normal rivojlanishi, Shuning dek sut tarkibidagi kazeinning yaxshi shishishi uchun optimal harorat bo’lishi eng muxim shartlardan biridir.
Qatiq turlari juda ko’p bo’lib, ularning eng asosiylari: oddiy qatiq, janubiy qatiq, pishirilgan qatiq, atsidofilin qatig’i, kefir va boshqalar hisoblanadi.
Oddiy qatiq tayyorlash uchun sut 85-87°S da pasterlanadi, 35-38°S gacha sovutiladi, so’ngra unga 5% ivitki solinib, yaxshi lab aralashtiriladi. Keyin 8-10°S haroratli termostatga solinadi yoki uning atrofi issiq materiallar bilan yaxshi lab (sovuq kirmaydigan qilib) o’rab qo’yiladi. Shu holatda 8-10 soat saqlangach qatiq qo’yuqlashadi hamda iste’mol qilish uchun sifati va xushxurligi yaxshi lanadi.
Sariyog’ tayyorlash. Sariyog’ barcha sut mahsulotlari orasida o’zining yengil xazm bo’lishi va yuqori kalloriyaga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibida 81-83 % - yog’, 16 % - suv, 1% - atrofida oqsil, uglerod va boshqa har xil moddalar uchraydi. SHirin sariyog’ tayyorlash uchun yog’lilik darajasi 33-35 % bo’lgan qaymoq 85-90°S haroratda tayyorlanadi va 6-8°S gacha sovutiladi.
Yog’ idishga solib aralashtiriladi va 3-5 mm kattalikdagi yog’ qo’ymoqlari vujudga kelgunga qadar 30-45 minut davomida kavlab turiladi. Yog’ qo’ymoklari 3-5 marta 6-16°S haroratli suv bilan yuviladi. Tayyor bo’lgan mahsulot maxsus yashiklarga joylashtiriladi. Kublab yog’ tayyorlash uchun yog’ tayyorlash qurilmalaridan foydalaniladi. Yog’ tayyorlagichlar davriy ishlaydigan valetsli va valetssiz turlarga bo’linadi. Ular ma’lum bir sig’imli idish bo’lib 25-40 foiz qaymoq bi­lan tuldiriladi va qo’lda yoki elektr dvigateli bilan aylanma harakatga keltiriladi.
Yog’ ishlab chiqarish uchun uzluksiz ishlaydigan yog’ tayyorlash qurilmalari ham ishlatiladi (7.4-rasm). Bunda qaymoqka apparatning kublash tsilindrida aylanma harakatlanayotgan kurakli baraban intensiv ta’sir etadi va hosil bo’lgan yog’ yupqa qatlamda bir necha sekundda kublanadi. Yog’ qo’ymoqlari va sut zardobi ishlov bergichga tushadi, u yerda yog’ga Shnekli zichlagich bilan ishlov beriladi. Tayyor yog’ nasadkadan chiqib idishga yig’iladi. Yog’ni ketma-ket ishlab chiqarish uslubida (7.5-rasm) separator yog’liligi 83% bo’lgan qaymoq hosil qiladi. So’ng qaymoq yog’ tayyorlagichga beriladi va sovutiladi, natijada oddiy tarkibdagi yog’ hosil bo’ladi.

7.4-rasm. Uzluksiz ishlaydigan yog’ tayyorlagich: 1-qaymoq qabul qilgich; 2-kublagich; 3-yog’ga ishlov bergich; 4-yog’ chiqishi uchun nasadka; 5- qaymoq zatishni rostlagich; 6-yog’ uchun yashik; 7-zardob chiqarish quvurchasi; 8-elektr dvigateli.
Pishloq tayyorlash. Pishloq ishlab chiqarish muxim xalq xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan tadbirlardan biri hisoblanadi. Unga ixtisoslashgan korxona, tsex yoki fermalar arzon va zamonaviy asbob-uskunalarga ega bo’lishi talab etiladi. Uskunalar bir qancha o’zaro bog’lik bo’lgan qismlardan, jumladan; quvur o’zatgich, issiqlik beruvchi apparat, koagulyator, kaogulyatorlangan massani saqlovchi rezervuar, zardobni ajratib berishga moslashgan sut va koagulyantni aralashtirgich, mahsulotni qadoqlovchi apparat va transportyordan iborat. Yumshoq pishloq tayyorlash uskunalari tarkibida me’yorlashtirilgan sutni saqlashga, sovutishga va haroratini boshqarishga moslashtirilgan apparat, hamda koagulyant massani saqlash va haroratini boshqarish uchun yana bir moslama, apparat bo’ladi. Apparat, Shuning dek to’xtatish moslamasi, tashish transportyori, zardob chiqargich, issiqlik ta’minlagich, shakl beruvchi va qadoqlovchi uskuna bilan jihozlangan. U sut va koagu­lyant aralashtirgich ikkita naydan tashkil topgan bo’lib, uning ichki qismi koagulyant, tashqi qismi esa sut yetkazib berishga moslashgan.

7.5-rasm. Oqimli yog’ tayyorlash sxemasi: 1-sut tarozisi; 2-qabul qilish vannasi; 3- pasterizator; 4-yog’liligi yuqori qaymoq olish separatori; 5- yog’ hosil qilgich; 6-transportyor.

Sut sut sog’ish blokidan quvur orqali taroziga, so’ng nasos orqali sut tozalash separatoriga kelib qo’yiladi. Sut sovutilgach, nasos yordamida separatorning me’erlagichi orqali o’tkaziladi. Keyin sut sovutgich (tank)ga o’tadi va unda 10-14 soat davomida saqlanadi. Shu tarzda olingan qaymoq savdoga chiqariladi yoki sariyog’ tayyorlanadi. Sovutgichda saqlangan sut yetilib, me’yoriga keladi hamda nasos yordamida pasterizatsiya qurilmasiga va undan pishloq vannasiga o’tkaziladi. Bu yerda sut sovutish haroratgacha saqlanadi. Natijada donachalar hosil bo’ladi va ular shakl berish apparatiga tushib presslanadi. Presslash ishlari 2±0,5 soat davomida olib boriladi. So’ngra massa uch kun davo­mida tuzlab saqlanadi va pishloq yetishtirish kamerasiga o’tkazilib parafinlash ishlari olib boriladi. Tayyor xolga keltirilgan pishloq tayyor mahsulot kamerasida saqlanadi va savdo tashkilotlariga jo’natiladi. Pishloq tayyorlash jarayonida olingan sut zardobidan turli xushxur ichimliklar tayyorlanadi yoki korxona va xo’jaliklarga sotiladi.





Download 34,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish