O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o `zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi



Download 34,91 Mb.
bet145/164
Sana09.03.2022
Hajmi34,91 Mb.
#487275
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   164
Bog'liq
Чорвачиликни Мва А УМК-(охирги)

Ish bo’yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo’yich tuzilishi va olingan ma’lumotlarga asosan mashinaning ko’rinishi yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan holda chiziladi va uning o’lchamlari ko’rsatiladi.


ADABIYoTLAR:
1. Aleshkin V.R., Roщin P.M. Mexanizatsiya jivotnovodstva.-M.: Agropromizdat, 1985.
2. Belyanchikov N.N. i dr. Mexanizatsiya texnologicheskix protsessov.-M.: VO "Agropromizdat", 1989.
3. Melьnikov SV. Texnologicheskoe oborudovanie jivotnovodcheskix ferm i kompleksov.-L.: Agropromizdat. 1985

8- Laboratoriya
Elektr ta’minoti tizimlari.
Ishning maqsadi: Elektr ta’minoti tizimlari o’zilishi va ishla jarayonini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Elektr ta’minoti tizimi qurilmalari yoki uning maketi,ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari, adabiyotlar
Asinxron elektryuritgichlar uch fazali tok hosil qiluvchi aylanuvchi magnit maydonidan foydalanib ishlashga asoslan­gan. Aylanuvchi magnit maydonining fizik xususiyatlari Lens qonuni bilan tushuntiriladi.
Rotorning aylanish chastotasi stator magnit maydonining sinxron deb atalgan aylanish chastotasiga teng bo‘lmagan (nos­inxron) va yuklamaga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan tok mash­inalari asinxron elektryuritgichlari deb ataladi. Asinxron elektryuritgichlar generator va yuritgich rejimlarida ishlashi mum­kin. Asinxron elektryuritgichini generator rejimida ishlatish iqt­isodiy jihatdan foydali emas. Shu sababli asinxron yuritgich­lar faqat ayrim hollardagina dizel yuritgichlarni chiniqtirishda qo‘llaniladi. Konstruksiyasining soddaligi, nisbatan arzonligi, puxtaliligi sababli asinxron yuritgichlari Chorvachilik ni mexanizatsiyalash tirish­da keng foydalaniladi.
Asinxron yuritgichlarda rotorni magnit maydoni aylanishidan ortda qol­ishi sirpanishi (0,01–0,06) bilan tavsifla­nadi. Magnit maydoni bilan qisqa tutas­htirilgan o‘ramning o‘zaro munosabati asinxron elektryuritgichi konstruksiya­sining asosi sanaladi. Asinxron elektryuritgichlari qisqa tutashtirilgan rotor­li va faza rotorlilarga (kontakt halqali) bo‘linadi.

154-chizma. Uch fazali qisqa tutashtirilgan asinxron elektryuritgich:
1–ventilyatsiya teshigi; 2–podshilnikning himoya to‘siqlari; 3–korpus; 4–o‘zak; 5–stator o‘rami; b–qopqoq; 7–rotor; 8–ventilyator.
Qishloq xo‘jaligida ko‘proq kollektorsiz uch fazali qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron elektryuritgichlari keng tarqal zontal panjada, gorizontal flanesda va vertikal holda bo‘ladi.
Uch fazali qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron elektryuritgichi (154-chizma) qo‘zg‘almas stator va aylanuvchi rotordan tuzilgan.
Stator cho‘yan yoki po‘lat korpus (3) ichida ichi bo‘sh po‘latdan tayyorlangan sirti ariqqa o‘yiqli silindr – o‘zak joylashgan. O‘zak o‘zaro laklab izolyatsiyalangan ayrim-ayrim elektrotexnik po‘lat listdan tayyorlangan. Statorn­ing ariqqa o‘yiqlariga uch fazali o‘ram (5) lar joylashtiril­gan. Rotor (7) ayrim elektrotexnik po‘lat listlardan yig‘ilib izolyatsion lak bilan qoplangan po‘lat silindrdan iborat. O‘rama qisqa tutashtirilgan rotor ariqcha o‘yiklariga olmaxon g‘ildiragiga o‘xshash halqaga qotirilgan mis va alyumin tayoqchalarga o‘xshatib joylashtiriladi. Rotor chetlari himoya to’sig’i (2) bilan yopilgan podshipnikli valga qotirila­di. Elektryuritgichdan jihoz va qurilmalarga harakatni uza­tish uchun valga shkiv yoki mufta o‘rnatiladi. Stator korpusi himoya to’sig’iga faza o‘ramlarining uchi va oxiri chiqarib qo‘yilgan (155-chizma): birinchi faza uchi – C1 o‘rami, ox­iri – C4; ikkinchi faza uchi – C2, oxiri – C5; uchinchi faza uchi – C3 va oxiri – C6.

155-chizma. Uch fazali elektryuritgich o‘ramlarining uchi va oxiri shakli:
a–stator o‘ramlari o‘zaro ulanmagan; b–stator o‘ramlari uchburchak shaklida ulangan; d–stator o‘ramlari yulduzcha shaklida ulangan;
C1, C2, C3 birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘ramlar uchi;
C4, C5, C6 – birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘ramlar oxiri
Amaliyotda ko‘p hollarda elektryuritgichlarni o‘ramlarida rusumi ko‘rsatilmagan holda ulashga to‘g‘ri keladi. Bunda har bir faza o‘ramining uchi va oxiri akkumulyator batar­eyasi bilan tutashtirilgan megaommetr yoki yoritish lam­pasi orqali topiladi. Buda lampa yoki megaommetrning bir tarmog‘i o‘ramning bittasini chiqishiga ulab, ikkinchisi bilan qolganlariga navbati bilan ulab qo‘radi. Megaommetr ko‘rsatgichining nulga tengligi yoki lampa yonishi o‘ram uchining izlanayotgan fazaga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Agar ulash nazorati davrida barcha faza o‘ramlari reaksiya qilmasa, ya’ni megaommetr qarshiligi juda katta bo‘lsa yoki lampa yonmasa, demak, fazada uzilish mavjud.
Faza o‘ramlari juftligi topilgandan so‘ng, o‘ramlarning uchi va oxiri qo’yidagicha aniqlanadi. Faza o‘rami jufgliklari uchlari ixtiyoriy ravishda 1–2, 3–4 va 5–6 qilib belgilanadi. Uchliklar-ning 2–4–6 uchlari yulduzcha qilib bir joyga birik­tiriladi. 1– 3–5 uchlari rubilnik orqali uch fazali elektr tarmog‘i o‘ramlariga tutashtiriladi. Agar elektryuritgich ishlab ketsa, demak, faza o‘ram uchlari to‘g‘ri topilgan bo‘ladi. Aks holda navbati bilan faza uchlari qayta yulduzcha qilib ulanadi. Ma­salan, 1–4–6 uchlar yulduzcha va 2–3–5 tarmoqqa ulanadi. Bu holda ham elektryuritgich me’yorda ishlamasa, ikkinchi va uchinchi faza almashtiriladi.
Fazalarning uchi va oxiri aniqlan­ganidan so’ng yulduzcha bilan ulan­gan uchlariga C4, C5, C6 va elektr tarmog‘iga ulangan qismiga C1, C2 va C3 deb rusum beriladi.
Elektryuritgich o‘ramlarini yulduz­cha yoki uchburchak shaklda ulani­shi tarmokdagi kuchlanish va sta­tor o‘ramlaridagi nominal faza kuch­lanishiga bog‘liq. Agar elektryurit­



156-chizma. Shkivlar kengligi har xil bo‘lganda vallar parallelligini tekshirish:
a–lineyka yordamida;
b–ip yordamida261
gich pasportida 220/380 V va uchburchak (yulduz belgisi) ko‘rsatilgan bo‘lsa, stator o‘rami 220 V kuchlanishda uchburchak va 380 V kuchlanishda yulduz­cha shaklida ulanishi lozim.
Elektryuritgich o‘rnatilishida unga qulay xizmat ko‘rsatilishi inobatga olinishi lozim. Elektryuritgich va bino devori orasi 1m, parallel o‘rnatilgan elektryuritgichi oralig‘ida 0,3 m masofa qoldirilishi zarur. Ochiqhavoga o‘rnatilgan elektryuritgichlarni yomg‘ir va qo’yosh nurlari tegishidan saqlash lozim.
Boshqarish apparatlari elektryuritgichga yaqinroq joylashtiriladi. Elektryuritgich jihoz yoki qurilma bilan tas­ma yoki zanjir orqali harakatga kelsa, sirpanib sozlanuvchi qilib o‘rnatiladi. O‘rnatilishda tasma yoki zanjirning bir o‘qda yotishini ta’minlash lozim. Aks hollarda agregatni vibratsiya bo‘lishi, tasma va zanjirlarning yeyilishiga olib kelishi mum­kin. Elektryuritgich va mashinaning bir xil gorizontal tekis­likda joylashishi tekshiriladi va qistirmalar bilan rostlanadi. Vallarning bir o‘qda joylashishi lineyka yo shnur yordamida tekshiriladi (156, 157-chizmalar).
Elektryuritgich o‘rnida, fundamentda qotirish boltlari uchunbelgi qo‘yiladi, so’ng elektryuritgich yana olinib, boltlar se­mentlanganidan so’ng qayta o‘rnatiladi. Elektryuritgich va mashina umumiy fundamentga o‘rnatilib, ularning vallarini bir o‘qda yotganligi qat‘iy ravishda tekshiriladi. Elastik muftalar uchun agregatning bir o‘qli emasligi 0,08–0,12 mm, qo’lachokli muftalar uchun 0,12–0,15 mm gacha ruxsat etiladi.
Montaj qilishda agregatni yer bilan sim orqali ulanganligi ta’minlanishi lozim. Agregatning tok yuruvchi qismlaridan me’yo-riy izolyatsiya qilingan korpusi, qobig‘i va barcha de­tallari erga tutashtirilgan nul simi bilan biriktiriladi. Erga tut­ashtirilgan sim elektryuritgichning boltigi qotiriladi.



157-chizma. Vallar o’qining uzaro bir chiziqda yotganligini tekshirish:
1–vallar; 2–lineyka.

Download 34,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish