Ish bo’yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo’yich tuzilishi va olingan ma’lumotlarga asosan mashinaning ko’rinishi yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan holda chiziladi va uning o’lchamlari ko’rsatiladi.
7- Laboratoriya
Sutga dastlabki va qayta ishlov berish qurilmalari
Ishning maqsadi: Sutga dastlabki va qayta ishlov berish qurilmalari ituzilishi va ishla jarayonini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Sutga dastlabki va qayta ishlov berish qurilmalari yoki uning maketi,ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari, adabiyotlar
. Sutga dastlabki ishlov berish texnologiyasi
Umumiy holda sutning sog’ilgan paytdagi holatini saqlashda dastlabki ishlov berish qo’yidagi ishlardan iborat: tozalash, sovitish, saqlash, hisobga olish. Ba’zi hollarda unga qo’yidagi jarayonlar ham ki-ritiladi: pasterizatsiyalash, separatsiyalash, normallashtirish.
Qayta ishlov berish jarayonlari sutning berilgan xususiyatlarini o’zgartirishga, ya’ni ichimlik suti, qaymoq, tvorog, yog’, pishloq va sut mahsulotlarini olishga mo’ljallangan.
Xo’jaliklarda sutga faqat dastlabki ishlov berib qolmasdan, balki uni qayta ishlab, tayyor mahsulotlar, jumladan; sut, qatiq, qaymoq, pishloq, yog’ va boshqalar olinadi. Bu mahsulotlarni olish uchun bajari-ladigan ishlar asosiy va yordamchi ishlarga bo’linadi. Asosiy ishlarni gomogenizatsiyalash, aralashtirish, presslash, yog’ olish va boshqalar tash-kil qiladi. Issiqlik bilan ishlov berish (pasterizatsiyalash, qizitish, sovitish). Yordamchi jarayonlarga biokimyoviy (bijg’itish, uyutish, vita-minlash, yetiltirish, kimyoviy ishlov berish va boshqalar): mexanik (tozalash, normallashtirish, qabul qilish, o’lchash, namuna olish, sifatini aniqlash, tashish, shisha idishlar va yog’ o’lchagichlarni yuvish, sterizatsiya-lash, mahsulotni saqlash va topshirish) kiradi.
Fermada sut sog’ish va unga ishlov berish ketma-ketlik bilan yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bu texnologik sxema qo’yidagicha bo’lishi mumkin: sog’ish - tozalash - 7°S haroratgacha sovitish - qabul qilish - qaydlash - topshirish.
Ichimlik suti tayyorlash qo’yidagi texnologik sxemasi bo’yicha amalga oshiriladi: nordonligi 20 gr dan yuqori bo’lmagan sutni qabul qilish - sortlarga ajratish - tozalash - yog’liligi 3,2 yoki 2,5% bo’lguncha normallashtirish - pasterizatsiyalash - sovitish - idishlarga qo’yish - idishlarning og’zini mahkamlash - topshirish.
Sutni tozalash
Sutni mexanik qo’shimchalardan tozalashning ikki usuli qo’llaniladi: 1). Filьtrlash yo’li bilan tozalash; 2). Maxsus markazdan qochma tozalagichda tozalash.
Tozalash usulini tanlash sog’ish qurilmasining tanlangan rusumiga bog’liq. Jumladan, chelakga sog’ish qurilmalari (DAS-2B, AD-100) dan tashqari boshqa barcha sog’ish qurilmalaridagi dastlabki ishlov berish tarmog’ida maxsus filьtrlar ko’zda tutiladi va ularda sut mexanik qo’shimchalardan tozalanadi. Bunda sut, sut nasosidan korpus ichiga tushib, undagi lavsan material orqali o’tishda iflosliklardan tozalanadi. Filьtrlash materiali har sog’ishdan keyin almashtiriladi yoki vannada yuviladi.
Sutga dastlabki ishlov berish uchun OOU-M va OM-1A tozalash-sovitgichlari qo’llaniladi.
7.1-rasm. Oraliq sovuq haydagichli rezervuar-sovitgich sxemasi:
1-kompressor; 2-sovitish agentining filьtri; 3-elektr dvigatellari; 4-suv filьtri; 5-bug’latgich; 6-sovuqlik akkumulyatorining baki; 7-miqdorni ko’rsatkich; 8-issiqlik rostlagich ventili; 9-qarash oynasi; 10-suv nasosi; 11-aralashtirgich reduktori; 12-rezervuar-sovitgich; 13-regenerator;14-filьtr quritgich; 15-ventil; 16-resiver; 17-kondensator; 18-bosim relesi; 19-bosimni nazorat qilish asboblari; h-suv sathining ruxsat etilgan tushishi (h=150...500 mm) (rezervuarning havo chiqarish krani bilan bakdagi suv sathi bilan)
Do'stlaringiz bilan baham: |