Bug’ va suv kaloriferlari. Fermalarda markaziy qozonxona mavjud bo’lganda bug’ va suv kaloriferlari yordamida bino havosi isitilishi ham mumkin. Bug’ va suv kaloriferlari quvurlarining qator soniga qarab uch model (kichik - 2 qator, o’rta _ 3 qator va katta - 4 qator) ga bo’linadi. Har bir model qizdirish yuzasiga qarab 14 nomerga bo’linadi. Kaloriferlar KFSO, KFBO ko’rinishida rusumlanadi.
Elektr kaloriferlar. SFOA rusumidagi elektr kaloriferlar (2.5 b-rasm) elektr kalorifer, TSCH-70 rusumli markazdan qochma Shamollatgich va boshqarish qutisidan tashkil topgan. Qizdirish elementlari -TEN lar vertikal qatorlarga birlashtirilgan bo’lib, har biri issiqlik sektsiyasi sifatida xizmat qiladi va bino havosi haroratiga bog’lik holda qo’shilib-ajratiladi. Qizdirish sektsiyalari soni bittadan uchtagacha bo’lib, har birining isitish quvvati 4,8...30,0 kVtni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda elektrlashtirilgan SFOTS (EVOU) rusumidagi elektrlashtirilgan Shamollatish-isitish (2.5 v-rasm) sistemalari keng tarqalgan. Ularda o’rnatilgan quvvat 5...20 kVt ga teng. Chorvachilik bi-nolarini isitishda elektr kaloriferlar eng ratsional qurilmalar hisoblanadi. Ularning tuzilishi sodda, ishonchli ishlashi, yonginga xavf-sizligi yuqori, oson avtomatlashtiriladi hamda zootexnik talablarga to’liq javob beradi.
Mahalliy elektr qizdirish jihozlari. O’stirishdagi qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalar uchun yuqoriroq harorat talab etiladi. Bunday hollarda mahalliy elektr qizdirish jihozlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Issiqlik uzatish usuliga qarab ular nurli. kontaktli, qonvektivli ta’sir etuvchi moslamalarga bo’linadi. Nurli ta’sir etuvchilarga IKO rusumidagi yorug’ va VP-1 rusumidagi qora nurlagichlar, kontaktli jihozlarga har xil turdagi pol elektrqizdirgichlar (qizdirish gilamchalari, panel va boshqalar) kiradi.
5. Yoritilganlik *
Yorug’likning Qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalari mahsuldorligiga ta’sirini ulardagi modda almashinuviga ta’siri orqali ifodalash mumkin. Chorvachilik ni sanoat asosiga o’tkazish munosabati bilan bino ichkarisi mashina va uskunalar bilan to’lib ketadi. Bu esa yoritilganlikka e’tiborni yanada oshirishni talab etadi. Ayniqsa,qo’ylar va parrandalar uchun faqatgina yoritilganlik emas, balki yorug kun davomiyligi ham muxim ahamiyatga ega.
Binolar ichidagi yoritilganlik tabiiy ichki yoritilganlikning tashqi muhitning gorizontal tekislikdagi yoritilganligiga nisbatiga bilan baxolanuvchi tabiiy yoritilganlik koeffitsienti orqali ifodalaniladi:
, (2.14)
younda. Ke - tabiiy yoritilganlik koeffitsienti; Ye — binoning ichki yoritilganligi, lyuks; Yet - tashqi muhitning yoritilganligi, lyuks.
Sun’iy yoritilganlikni baxolash uchun binodagi chiroqlar soni sa-nalib, umumiy quvvati «Vt» da hisoblanadi, so’ngra o’tkazish koeffitsienti orqali «lyuks»da ifodalanib, polning kv.m. dagi yuzasiga bo’linadi. Sun’iy yorug’lik sifatida cho’g’lanish chiroqlari, past yoki yuqori bosimli simobli lyuminestsent chiroqlar qo’llaniladi. Sun’iy yorug’likni avtomatik boshqarish uchun yorug’likni boshqarish moslamasi PRUS-1 yoki PRUS-2 ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |