O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o `zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi



Download 34,91 Mb.
bet95/164
Sana09.03.2022
Hajmi34,91 Mb.
#487275
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   164
Bog'liq
Чорвачиликни Мва А УМК-(охирги)

Q=h b , (5.5)
bunda: h - surilayotgan shaltoq prizmasining balandligi, m;
b - shaltoq kanali kengligi, m;
- shaltoqning zichligi, kg/m3;
- transportyor zanjirining tezligi, m/s;
K - uzatish koeffitsienti.
Transportyorning tortishga qarshilik kuchi (N):
R = R1 + R2 + R3 + R4 + R5 , (5.6)
bunda: R1 - shaltoqning kanalga ishqalanishidan hosil bo’ladigan qarshilik kuchi, N;
R2 - shaltoqning kanal yon devorlariga ishqalanish qarshilik kuchi, N;
R3 - shaltoqning qiya transportyorda ko’tarilishiga qarshilik kuchi, N; R4 - transportyor zanjiri ko’chishiga qarshilik kuchi, N;
R5 - taranglik yuldezchasi yo’nalishida shaltoqning qarshilik kuchi, N.
Elektr dvigatelning quvvati (kVt) qo’yidagicha topiladi:
N = , (5.7)
bunda: -zanjirning yetaklash yuldo’zchasida taranglanishini hisobga olish koeffitsienti; - uzatmaning F.I.K.
Ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi kurakchali transportyorlar qoramolchilik, cho’chqachilik va parrandachilik fermalarida ishlatiladi (5.2, b-rasm). Ular aylanma harakatli transportyorlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Masalan, go’ng massasini qisqa masofalarga ko’chirish, ishlatishda ishonchliligi, tayyorlashning soddaligi. xizmat ko’rsatishning osonligi. Shtangali transportyorlarni o’rinlari toq qatorli bo’lgan molxonalarda o’rnatish mumkin. Bundan tashqari, ulardan ozuqa tarqatishda ham foydalaniladi. Ularning texnik maьlumotlari 5.3-jadvalda keltirilgan.
Shtangali transportyorlar kurakchalari sharnirli mahkamlangan shtanga, yunaltiruvchi bloklar va boshqarish stantsiyasi - elektrdvigateldan, aylanma harakatni Shtanganing ilgarilanma-qaytma harakatiga o’zgartiruvchi qurilmadan to’zilgan.
Skreperli go’ng yig’ish qurilmalarining texnik ma’lumotlari
5.3-jadval

Ko’rsatkich

US-15

US-10

TS-1

USN-8

Uzatishi, t/soat

10

10

10

10

Xizmat ko’rsatiladigan qoramollar soni, bosh




312

1000...2000 cho’chqa

4 tagacha molxona

Zanjirning shtangalar bilan birgalikdagi uzunligi, m

170

170

96

160 (kanat)

Kurak uzunligi, mm

-

1175

650

530

Kurak balandligi, mm

-

150

-

-

Kuraklar qadami, m

-

10

22

-

Kurakning harakati tezligi, m/s

0,04

0,137

0,25

0,41

Shtanganing ishchi yo’li, m

-

12,5

-

- -

O’rnatilgan quvvat, kVt

1,1

3,0

3,0

5,5

Kanal o’lchamlari, m: uzunligi
kengligi
chuko’rligi

-
1,8...3 0,2

96,7 1,79 0,58

-
-


1,05...1,06 1,08...1,56
-

Massasi, kg

2024

1775

1500

1315

Shtangali transportyorning ishchi yurishida kurakchalar burilish paytida chegaralovchi to’siqlarga tayanadi va tarnov devoriga perpendiqo’lyar holatni egallaydi. Bunda kurakchalardagi go’ng portsiyasi shtanga yurishining bitta qadamiga teng masofaga ko’chiriladi.


Salt yurish (orqaga qaytish)da shtanga dastlabki holatiga qaytadi va kurakchalar shtangaga qisilib go’ng portsiyasini olmay o’tkazib yuboradi. Navbatdagi ishchi yurishda kurakchalar yana perpendiqo’lyar holatga qaytadi va go’ng portsiyasini ko’chiradi. Shunday qilib, jarayon qaytariladi. Kurakchalarning perpendiqo’lyar holati shtangaga mahkamlangan yoki kurakchada o’rnatilgan maxsus tayanch to’siqlar yordamida hosil qilinadi.
Osish o’qining joylashishiga qarab kurakcha-Shtangali transportyorlar ikki guruhga bo’linadi. 1) vertikal o’qli, bunda kurakchalar tarnov tagligiga parallel bo’lgan gorizontal tekislikda buriladi; 2) gorizontal o’qli, bunda kurakchalar buylama-vertikal tekislikda buriladi.
Shtangali transportyorlarning asosiy ishchi organi uzunligi 4...6 m li sektsiyadan iborat bikr shtanga bo’lib, u har 3...5 m uzunlikda joy-lashtirilgan yunaltiruvchiga o’rnatiladi. Transportyor uzunligi 60...70 m va undan uzunrok bo’lganda shtanga bir-biriga qo’shilgan sektsiyalardan iborat bo’ladi. Bir Shtangali transportyorning tortuvchi organi sifatida tros, zanjir, po’lat sim qo’llanilishi mumkin.
Shtangali transportyor yuritmasi konstruktsiyasiga qarab krivoship-shatunli, zanjir-qo’lisali, trosli va gidravlik bo’lishi mumkin.

5.3-rasm. UN-3 universal qurilma ko’rinishi:
1-kurak; 2-tovon; 3;6-kontrgaykalar; 4-tayanch; 5-stopor halqasi; 7-mufta; 8-o’ng kurak; 9-shtanga; 10-o’tqazgich; 11-burilish qurilmasi; 12-tekis planka; 13-tayanch planvasi; 14;15-barmoqlar; 16-kronshteyn; 17-gidrotsilindr.
5.3-rasmda ilgarilanma-qaytma harakatli kurakchali transportyor tasviri keltirilgan. Qurilma ikkita P-simon ochiq qonturdan iborat bo’lib, har biri kurakcha 8 li shtanga - 9 lardan tashkil topgan.
Shtangalar o’zaro birlashgan bo’lib, bir uchi plastinkali zanjir bilan tugagan va ko’ndalang tarnovga joylashtirilgan. Shtanganing ikkinchi uchi yuldo’zchalar va uzunligi 3 m bo’lgan plastinkali zanjirlar orqali gidrotsi­lindr bilan tutashgan.
Har bir qontur 100 bosh qoramolga mo’ljallangan va ikkita gid­rotsilindr va bitta reversiv mexanizmdan iborat. Gidroyuritma stantsiyasi, gidrotsilindrlar va reversiv mexanizmidan tashkil topadi. Bir shtanga ishchi yurish qilganda, ikkinchisi salt yuradi. Go’ng kurakchalar yordamida kanal ichidagi yo’llar bo’ylab ko’chiriladi va ko’ndalang yig’ish kanaliga tashlanadi.
Arqon-skreperli qurilmalarga USN-8, US-15, US-10, US-250 lar kiradi. Ular Chorvachilik binolarida tirqishli pollar o’rnatilgan ka-nallardan to’shamasiz shaltoqni yig’ish va go’ngxonalarga chiqarish uchun xizmat qiladi (5.2 v - rasm).

5.4-rasm. US-15 qurilmasining umumiy ko’rinishi: 1-yuritma; 2-burish qurilmasi; 3-sirpangich; 4,5-kurakchalar; 6-zanjir.
Arqon-skreperli qurilmalar skreper, tros, boshqarish stantsiyasi, yo’naltiruvchi roliklar va elektr dvigatelini avtomatik qayta qo’shish mexanizmlaridan tashkil topgan. Skreperli qurilmalarda "Quti", "Quloch", "Kurak" va "Karetka" tipidagi skreperlar qo’llaniladi. Arqon-kurakli transportyorlar ilgarilanma-qaytma harakat kidali.
"Karetka" rusumli TS-1 transportyori keng tarqalgan. Qormollarni boksli va kombinatsiyali saqlashda US-15 qurilmasi qo’llaniladi (5.4-rasm).

5.5-rasm. US-15 qurilmasi delьta-kuragi va USN-8 (yoki TS-1) qurilma-
sining "Quti" tipidagi chumich-skreperining ko’rinishlari: a) - US-15 qurilmasining delьta-kuragi; 1-sirpang’ich; 2-taranglash vin­ti; 3,5-kuraklar; 4-sharnirli qurilma; b) - USN-8 (yoki TS-1) qurilmasining "Quti" tipidagi chumich-skreperi.

Yig’ilgan shaltoqni ko’ndalang kanalga tashlash usuliga qarab ular uch ko’rinishga bo’linadi: shaltoqni binoning bir chetiga to’kish; shaltoqni binoning ikki chetiga to’kish va molxonaning o’rtasiga to’kish. US-15 kengligi 1,8...2,3 m va Chuqur ligi 0,2 m bo’lgan ikkita ochiq go’ng ka­nalidan go’ng yig’adi.


Ishchi organ go’ngni yig’ish uchun xizmat qiladi va sharnirli kurak-lardan, taranglash qurilmalaridan va zanjir bilan birlashtirilgan sirpang’ichdan tashkil topgan. Sirpang’ichga boltlar bilan sharnirli qurilma mahkamlanadi va sharnir o’qiga kuraklar taxlanadi. Kuraklarga yassi tekis rezina mahkamlanadi, rezina bevosita go’ng kanali poliga tegib harakatlanadi.
Ishchi yurishda kuraklar polga ishqalanish natijasida ochiladi va go’ngni yig’ib ketadi. Xuddi shu vaqtda ikkinchi kanaldagi kurakchalar polga ishqalanishi natijasida yopiladi, ya’ni salt yurish qiladi.

Download 34,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish