8.2-rasm. Osma plug ramasining dala yuzasiga parallelligini sozlash:
1-pastki tortqich; 2-pastki tortqich kashagi; 3-markaziy tortqi; 4-plug ramasi; 5- korpus; 6-rostlash mexanizmi
Tirkama pluglarda ramaning oldinga og’ishi uning tortqisini pasaytirgichda pastga tushirib, orqaga og’ishi esa ko’tarib to’g’rilanadi. Rama ko’ndalang yo’nalish bo’yicha o’ngga og’sa plug egat g’ildiragini pastga tushirish, chapga oqqanda esa ko’tarish kerak bo’ladi.
Plug birinchi korpusining qamrov kengligi boshqa korpuslarga nisbatan ko’p bo’lsa, plug traktorga nisbatan chap tomonga, kam bo’lganda esa o’ng tomonga suriladi.
Pichan uchun uriladigan utlar tarkibidagi karotin, protein va boshqa foydali moddalar poyalarning uzida emas, balki ularning bargi va gullarida bo’ladi . Urilgan utning bargi va guli poyaga nisbatan tez kuriydi. Poya kurishini kutilsa, oldin qurib ulgurgan gul va barglardagi foydali moddalar qo’yosh nuri ta’sirida kamayib ketadi. Shu sababli pichanbop utni tezroq quritish uchun uni urish bilan bir vaqtda poyalarini ezgan ma’qul bo’ladi .
O’ziyurar pichan o’rgich-ezgich (1- rasm) pichanbop utlarni o’rib , ezib, ensiz uyumlarga tuplab, qisman quritish uchun uni dalaga tashlab ketadi. Bunday pichanurgich yurituvchi qism 9 va urgich 1 dan tuzilgan. Urgich ish holatida to’rtta boshmoqga tayanib yuradi, uni kutarib-tushirish uchun gidrotsilindrlar xizmat qiladi. Asosiy qismlari: urish apparati 2, motovilo 4, uzatuvchi shnek 5, ezuvchi juva 7 va 8 lar, uyumlovchi moslama 6 lardan iboratdir.
Pichanurgichga segment-barmokli, baland uruvchi urish apparati o’rnatilgan. Segmentlar tli kertiklangan. Motovilo 4 poyalarni urish apparatiga engashtirib, urilganini shnek 5 ga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. SHnek 5 m kenglikda urilgan poyalarni urtaga tuplab, 2,0 m kenglikka keltirib, ezuvchi juva 7 va 8 larga uzatadi.
Ezuvchi apparat qirrali ikkita juvalardan iborat bo’lib, ustki juva pastkiga prujina yordamida siqib qo’yilgan. Prujinaning siqilish kuchini sozlab, poyalarning ezilish darajasi uzgartiriladi.
Texnologik jarayon qo’yidagicha bajariladi: eguvchi brus baland poyalarni engashtirib, ularni kesishga sharoit tug’diradi. Kesilgan poyalar shnekka uzatiladi. Undan uzatilgan poyalarni juvalar sindirib, ezadi. Ezilgan poyalar ensiz (1,6 m) uyum kurinishida yerga tushib qoladi.
Boshmoqlarga tushadigan yuk 200—250 N bo’lishi kompensatsion prujinalar yordamida, urish balandligi (min 8 sm) esa boshmoqlar holatini o’zgartirish hisobiga sozlanadi. Sharoitga karab, urish apparatining barmoqlari gorizontal yoki oldiga engashtirilgan holda o’rnatiladi.
Bunday pichan o’rgichdan ezuvchi juvalarini yechib olib, gallani o’rib , qatorga uyumlab ketishda ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |