Ish bo’yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo’yich tuzilishi va olingan ma’lumotlarga asosan mashinaning ko’rinishi yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan holda chiziladi va uning o’lchamlari ko’rsatiladi.
4- Laboratoriya
Hayvonlarni sug‘orish qurilmalari.
Ishning maqsadi: Hayvonlarni sug‘orish qurilmalari tuzilishi va ishlash jarayonini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Hayvonlarni sug‘orish qurilmalari yoki uning maketi,ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari, adabiyotlar
AVTOSUG`ORGICHLAR, ULARDAN FONDALANISH VA MONTAJ QILISH
Chorvachilik fermalarida, yaylovlarda hamda hayvonlarni lager-larda saqlaganda sugorish qo’zgalmas yoki harakatlanuvchi avtosugorgichlar yordamida amalga oshiriladi. Bir yo’lasiga sugoriladigan hayyunlar bosh soniga qarab sug`orgichlar guruh va individualga bo’linadi. Ish jarayoniga qarab sug`orgichlar avtomatlashgan yoki avtomatlashmagan holda bo’lib, qo’shimcha qurilmalari mavjudligiga qarab suvni isi-tib yoki isitmasdan beradi. Konstruktiv tuzilishi bo’yicha sug`or-gichlar klapan yoki vakuum asosida ishlovchi bo’ladi.Klapanli sug`orgichlar o’z navbatida pedalli va qalqili bo’ladi.
Sug`orgichlar molxonalarda suv tarqatish tarmog`i tizimiga, yaylovlarda, yozgi lagerlarda suv tashib kelinadigan sisterna va rezervuarlarga ulanadi. Ayrim hollarda sug`orgichlar o’rniga suv tarqatgichlardan foydalaniladi.
Xo’jaliklarda keng qo’llaniluvchi bir kosalik individual avtosug’orgich bir vaqtning o’zida ikkita yonma-yon joylashgan hayvonga xizmat ko’rsatishi mumkin (39-chizma).
Sug’orgich qo’yidagicha ishlaydi. Suv tarmog’i (1) bilan kosa (5) oralig`ida klapan (2) to’siq bo’lib joylashgan. Tinch holatda prujina (3) klapauni korpusga so’rib suv tushuvchi teshikni yopadi va suvni quvurdan kosaga o’tkazmaydi. Hayvon suv ichmoqchi bo’lib tumshug`i bilan pedalni pastga bosadi. Natijada pedal orqasida joylashgan turtki klapani prujinaning kuchini engib suradi. Klapan va kosa orasidagi tirqish ochilib suv kosaga tushadi. Hayvon suv ichishdan to’xtashi bilan prujina klapanni o’z holatiga qaytarib teshikni yopadi. Qoramollarni va otlarni yayratish maydonlarida isitilgan suv bilan sug’orish uchun 80—100 bosh hayvonga mo’ljallangan guruh tipidagi avtosug`orgichlardan foydalaniladi (40-chizma). Ularni molxona ichiga ham o’rnatish mumkin.
Guruh avtosug`orgichi termoizolyatsiyali korpus (1), sug’orish kosasi (4), klapan-qalqili mexanizm (9), suv quvuriga ulash shlangasi, elektroisitgich elementi (11) va termoizolyatordan tashkil topgan. Kosadagi suv sathi qalqili mexanizm bilan sozlanib turadi. Sug’orish kosasi ostida joylashgan elektroisitgich belgilangan suv haroratini avtomatik holda saqlab turadi.
Qo’ylar guruh avtosug`orgichlari, sug’orish tog`oralari yoki individual sug`orgichlar yordamida sug`oriladi. Qo’tonlarda boqish davrida qo’ylar isitiladigan guruh avtosug`orgichlari yordamida sug`o-riladi. Suvning harorati 10°S dan past bo’lmasligi lozim. 25—30 qo’yga bir sugorish joyi rejalashtiriladi. Atrofi panjara bilan o’ralgan qo’ralarda qo’ylarni sug`orishda individual sug’orgichlardan foydalanish mumkin. Sug`orgichning kosasi usti panjara-li poddan 200—500 mm, somon to’shama bilan boqilganda 400—450 mm balandliqda joylashtirilishi lozim.
Qo’ylarni yaylov va yozgi lagerlarda joylashganda 0,9—1,4 klassdagi traktorlar bilan agregatlanuvchi suv tarqatgich yordami-da ham sug’orish mumkin (41-chizma). Suv tarqatgich to’rt g`ildirakli shosse (5)ga o’rnatilgan tsilindrsimon sisterna (6), suv nasosi (10)dan tashkil topgan.
VUOZA sug`orgichi VUZA bazasida yaratilgan (42-chizma). Yaylovlarda havo harorati 0°S dan bo’lganda 850 bosh qo’yga xizmat ko’rsatadi.
Sug’orish togoralari barchasi bir xil shaklga va sig’imga ega bo’lib yig’uvchi , o’rta va Chekkadagilarga bo’linadi. Yig’uvchi tog’ora yon devorining ichki tomonidagi kh onshteynga vakuum sozla-gich va to’kuvchi quvurcha biriktirilgan. Urta tog`oraning boshqala-ridan farqi ikki yon devori orqali boshqa tog`oralar quvurcha bilan biriktirilgan. Chekka tog`oralari bittadan teshikka ega. Tog`oralar tubida chiqitlarni tozalab turish uchun teshik qoldirilgan. Sisternani suvga to’latishdan avval, to’kish shlangalari yopiq va bosim quvurchasi ochiq bo’ladi. Sisterna suvga to’lgach bosim quvurchasi ham yopiladi. Togorani vakuum trubasining pastki chetiga suv etguncha to’ldiriladi, sisternaga havo kirishi to’xtaydi. Natijada sisternada vakuum hosil bo’lib tog`oraga suv kelishi to’xtaydi. Tog`oraga suv iste`mol natijasida vakuum quvurchaning pastki darajasidan tushganda, togora yana suvga to’la boshlaydi.
Chorvachilik fermalarida ularning biologik turiga ko’ra hayvonlarini mexanizatsiyalash tirilgan holda suv bilan ta’minlash tizimida suvni isitilgan va isitilmagan holda sug’orish uchun induvidual guruhli, turg’un va ko’chma avtosug’orgich lar ishlatiladi.
Fermalarda qoramollar uchun PA-1, AP-1 (3.2.14, 3.2.15-rasmlar), cho’chqalar uchun PSS-1 rusumli avtosug’orgich lar ishlatiladi. PA-1 va AP-1 avtosug’orgichi qo’yidagicha ishlaydi. Hayvon avtosug’orgich kosasining tagida qoladigan oz miqdordagi suvni ichish uchun uning pedalini tumshug’i bilan bosadi. Sug’orgich klapani ochilib trubadan sug’orgich kosasiga suv jo’mrak orqali tushadi. Suv ichib bo’lgan hayvonning tumshug’i pedalni qo’yib yuboradi va sug’orgichning prujinasi klapanni berkitadi. Kosaga suv tushishi to’xtaydi.
3.2.14-rasm. PA-1 kosali avtosug’orgich :
|
Do'stlaringiz bilan baham: |