III.Bosqich.
O’quvchilarning bilish
faoliyatini tashkil etish
(5 minut)
O’quv topshiriqlarining didaktik maqsadi,
bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan
tanishtiradi.
O’quv topshiriqlarining didaktik
maqsadi, bajariladigan o’quv
topshiriqlari yuzasidan
ko’rsatmalarni anglaydi.
IV. Bosqich. Yangi
mavzuni o’rganish.
(15 minut)
O’quvchilardan ,,mutaxasislar’’tayyorlash
guruhlarini va ularning mustaqil ishini
tashkil etish, O’quv dasturidan o’rin olgan
topshiriqlarni mustaqil o’zlashtirishni
ta’minlash. “mutaxasislar” uchrashuvi
guruhini tashkil etish. Har bir guruhda
o’quv materialini yaxlit holda chiqarishini
amalga oshirish. Tegishli hollarda yordam
uyushtiradi.
O’z o’quv faoliyatini tashkil etish.
“mutaxasislar” guruhi
topshiriqlarini bajaradi.
1-guruh.Surxondaryo
viloyatining
geografik o’rni.
2-guruh.Tabiiy sharoiti va tabiiy
boyliklari.
3-guruh.Viloyatning yengil sanoat
tarmoqlari.
4-guruh.Viloyatning o’g’ir sanoat
tarmoqlari.
“mutaxasislar” uchrashuvi guruhida
o’zlashtirgan qismini bayon etib
guruhda o’quv materiali yaxlit holda
ishlab chiqarishida ishtirok etadi/
V. Bosqich. O’quvchilar
bilimini nazorat qilish va
baholash (10 minut)
O’rganilgan mavzu yuzasidan test
topshiriqlari, savollar va didaktik jadvallar
beradi.
Test topshiriqlarini
bajaradi berilgan
savollarga javob topadiva didaktik
jadvallarni to’ldiradi.
VI. Bosqich. Darsda
erishilgan natijani tahlil
qilish. Uyga vazifa
berish va yakun
yasash.(5 minut).
O’quvchilar faoliyati va natijani tahlil
qiladi. Uyga vazifa va ijodiy ish
topshiriqlarini beradi.
O’z o’quv fasoliyati va erishgan
natijasini tahlil qiladi. Uyga vazifa
va ijodiy topshiriqlarini oladi.
X U L O S A
Ushbu bitiruv malakaviy ishida O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy
jihatdan nisbatan past darajada rivojlangan mintaqalaridan biri – Surxondaryo
viloyatida sanoat tarmoqlarini rivojlanish masalalari o’rganib chiqiladi. Ishni
yozish natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
● Sanoat moddiy ishlab chiqarishning muhim tarmog’i sifatida mintaqalar
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. CHunki, mazkur tarmoqda
rivojlanish holatiga ega bo’lmay turib, iqtisodi rivojlangan davlatlar qatoriga
chiqish mumkin emas.
● Sanoat tarmoqlari rivojlanishida bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Har
qanday mintaqada sanoatni rivojlantirish uchun u yerdagi omil imkoniyatlari tahlil
etilib, u asosda tarmoqlarni hududiy joylashuvini tashkil etish zarur.
●Mintaqada sanoatni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud
bo’lsada, o’tgan tarixiy davrlar davomida uning iqtisodiy jihatdan rivojlanishida
deyarli ahamiyatga ega bo’lmagan. Bunga Surxondaryo viloyatining iqtisodiy va
geosiyosiy o’rni xususiyatlari sababchi bo’lgan.
● Surxondaryo sanoatining hududiy rivojlanishida tafovvutlar mavjud
bo’lib, tumanlar orasida Denov, Jarqo’rg’on, SHo’rchi kabi nisbatan rivojlangan
tumanlar o’z salmog’iga ko’ra ajralib turadi. Toshg’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on
temir yo’li faoliyati orqali kelajakda Boysun, Qumqo’rg’on tumanlarida ham
sanoatni rivojlantirish imkoniyatlari kengaydi.
● Viloyatning siyosiy geografik o’rni yaqin yillargacha mavjud tabiiy
resurslardan to’liq foydalanish imkonini bermagan. Hozirda mineral, iqlimiy, suv,
yer, biologik hamda rekreatsiya resurslaridan samarali foydalanish asosida viloyat
iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin. Mineral resurslar bilan ancha yaxshi
ta’minlangan bu o’lkada og’ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatlari
katta.