O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

– topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang

Download 173 Kb.
bet5/11
Sana31.12.2021
Hajmi173 Kb.
#233334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
60560 21 variant bobur tarix

1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

  1. Rim imperiyasining inqirozi.

  2. VI-XI asrlarda Vizantiya imperiyasi

  3. VI-XI asrlarda slavyan xalqlarining ijtimoiy ahvoli va ularda ilk davlatlarning vujudga kelishi.

  4. Salb yurishlari va ularning ahamiyati

Javoblar:

1.Konstantinning imperatorlik davri (306-337 yy.). Diokletiandan

keyin taxt uchun kurashda sezarlardan birining o‘g‘li - Konstantin

g‘olib chiqdi. U Sharqiy viloyatlardagi zodagonlarga tayanib ish

ko‘rgan va jamoalarning qo‘llab-quvvatlashiga erishishga intilgan.

313 yili Konstantin “diniy e'tiqod erkinligi” to‘g‘risida farmon

chiqarib, Buyuk Konstantin nomini oladi. Imperator hokimiyati diniy

munozaralarda faol ishtirok etib, hukmron rasmiy cherkov ta'limotini

qo‘llab - quvvatlagan. Konstantin Vizantiyada yunon koloniyasi

o‘rnida yangi poytaxt ta'sis qiladi. Bu poytaxt Sharqdagi savdo-sotiq

bilan bog‘liq zamindor zodagonlarning siyosiy va iqtisodiy tayanchi

bo‘lib qoldi. Shahar 10 yil davomida qurilib: unda imperator saroyi,

ko‘shklar, kutubxona va ippodrom bino qilingan

Dominat boshqaruv idoralari Konstantin taxt tepasida bo‘lgan

davrda tugallangan. Imperiyaning butun hududida yagona ma'muriy

taqsimot vujudga keldi. Fuqarolik hokimiyati harbiy hokimiyatdan

ajratilib, hokimiyatni zo‘rlik yo‘li bilan tortib olish imkoniyatiga

barham berildi.

325 - 326 yillarda shahar aholisi (kurial)lar istiqomat qilib turgan

joyiga biriktirilgan. Milodiy 332 yilda kolonlar uchun yangi farmon

chiqariladi. Farmonga ko‘ra kolonlar o‘z yerini tashlab ketmasligi,

shahar hunarmandlari qo‘shin va ma'muriyatni mahsulot bilan

ta'minlab turishga majbur bo‘lgan. Rim va Konstantinopolga g‘alla va

boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish savdogarlar

zimmasiga yuklangan. Shahar kuriallari jamoat binolarini ta'mirlash

va soliq to‘lamaganlarning qarzini to‘lashga majbur etilgan.

Yulianning ijtimoiy va diniy siyosati muvaffaqiyat qozonmadi,

uning ko‘p farmonlari amalga oshmay qoldi. Imperator Valentin

davrida (364 - 373 yillar) esa eski Rim aristokratiyasi bilan birga

majusiylikka qarshi kurash olib borildi. Majusiylar ommaviy qirg‘inga

uchrab, xristian dini vakillari ustun keldilar.

Rim imperiyasining parchalanishi va G‘arbiy Rim imperiyasining

inqirozi. Imperiyaning feodallashuvi. Zamindor zodagonlar dominat

davrida o‘z mavqyelarini mustahkamlab olib, qishloq erkin va qaram

aholisining turli qatlamlarini ekspluatatsiya qila boshladilar. Aholi

qaramlik darajasi ortishi oqibatida erkin va qaram dehqonlarning

ahvoli o‘zaro tenglashib bordi.

455 yili Rim vandallar tomonidan talon-taroj qilinadi. Italiya

varvarlar bilan to‘lib toshdi. V asrda varvar askarlaridan iborat qo‘shin

haq ololmaganligi tufayli joylashish uchun yer berilishini talab qiladi.

476 yili qo‘shin o‘z boshlig‘i Odoakrni qirol deb e'lon qiladi va

Rimning so‘nggi imperatori Romul Avgustul taxtdan ag‘darib

tashlanadi. G‘arbiy Rim imperiyasi qulab, quldorlik tuzumiga

asoslangan tuzum va ijtimoiy munosabatlarga barham beriladi.

2.Konstantinning imperatorlik davri (306-337 yy.). Diokletiandan

keyin taxt uchun kurashda sezarlardan birining o‘g‘li - Konstantin

g‘olib chiqdi. U Sharqiy viloyatlardagi zodagonlarga tayanib ish

ko‘rgan va jamoalarning qo‘llab-quvvatlashiga erishishga intilgan.

313 yili Konstantin “diniy e'tiqod erkinligi” to‘g‘risida farmon

chiqarib, Buyuk Konstantin nomini oladi. Imperator hokimiyati diniy

ominat boshqaruv idoralari Konstantin taxt tepasida bo‘lgan

davrda tugallangan. Imperiyaning butun hududida yagona ma'muriy

taqsimot vujudga keldi. Fuqarolik hokimiyati harbiy hokimiyatdan

ajratilib, hokimiyatni zo‘rlik yo‘li bilan tortib olish imkoniyatiga

barham berildi.

325 - 326 yillarda shahar aholisi (kurial)lar istiqomat qilib turgan

joyiga biriktirilgan. Milodiy 332 yilda kolonlar uchun yangi farmon

chiqariladi. Farmonga ko‘ra kolonlar o‘z yerini tashlab ketmasligi,

shahar hunarmandlari qo‘shin va ma'muriyatni mahsulot bilan

ta'minlab turishga majbur bo‘lgan. Rim va Konstantinopolga g‘alla va

boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish savdogarlar

zimmasiga yuklangan. Shahar kuriallari jamoat binolarini ta'mirlash

va soliq to‘lamaganlarning qarzini to‘lashga majbur etilgan.

Yulianning ijtimoiy va diniy siyosati muvaffaqiyat qozonmadi,

uning ko‘p farmonlari amalga oshmay qoldi. Imperator Valentin

davrida (364 - 373 yillar) esa eski Rim aristokratiyasi bilan birga

majusiylikka qarshi kurash olib borildi. Majusiylar ommaviy qirg‘inga

uchrab, xristian dini vakillari ustun keldilar.

Rim imperiyasining parchalanishi va G‘arbiy Rim imperiyasining

inqirozi. Imperiyaning feodallashuvi. Zamindor zodagonlar dominat

davrida o‘z mavqyelarini mustahkamlab olib, qishloq erkin va qaram

aholisining turli qatlamlarini ekspluatatsiya qila boshladilar. Aholi

qaramlik darajasi ortishi oqibatida erkin va qaram dehqonlarning

ahvoli o‘zaro tenglashib bordi.

455 yili Rim vandallar tomonidan talon-taroj qilinadi. Italiya

varvarlar bilan to‘lib toshdi. V asrda varvar askarlaridan iborat qo‘shin

haq ololmaganligi tufayli joylashish uchun yer berilishini talab qiladi.

476 yili qo‘shin o‘z boshlig‘i Odoakrni qirol deb e'lon qiladi va

Rimning so‘nggi imperatori Romul Avgustul taxtdan ag‘darib
tashlanadi. G‘arbiy Rim imperiyasi qulab, quldorlik tuzumiga

asoslangan tuzum va ijtimoiy munosabatlarga barham beriladi.

Sharqiy Rim imperiyasi

G'arbiy Rim imperiyasi qulagandan keyin ham sharqiy Rim imperiyasi yana uzoq vaqt yashab keldi. sharqiy rim imperiyasi ham Rim imperiyasi nomi bilan faoliyat ko'rsatdi. Ularning asosiy tili grek tili bo'lib "Vizantiya imperiyasi" degan nom bilan yuritildi. Qadimgi poytaxt nomi Vizantiya bo'lib, 330 yilda konstantin Buyuk bu shaharga Konstantinapol deb nom bergan edi. ayrim tarixchilar xuddi shu yildan boshlab, Vizantiya imperiyasiga asos solingan deb hisoblasalar, lekin tarixchilarning ko'pchiligi Vizantiya imperiyasi 395 yilda, yani Feodosiy I o'lgach, imperiya uning o'g'illari o'rtasida taqsimlanib, sharqiy Konstantinapol shahri bilan birga Arnadiyga o'tgan vaqtda tuzilgan deb hisoblaydilar.

Bolqon yarim orolidan va egey dengizidagi ko'pdan - ko'p orollardan tashqari, Vizantiya imperiyasiga yana kichik Osiyo, Suriya bilan Falastin, Misr Mesopatamiya bilan Zakovkazvening bir qismi, Qirmning Janubiy qirg'oqlari kirar edi.

Sharqiy Rim imperiyasidagi iqtisodiy munosabatlar G'arbiy Rimga nisbattan ancha taraqqiy topgan va mustahkam bo'lgan Sharqaiy Rim imperiyasi territoriyasida Misrdagi Aleksandriya, suriyadagi Antioxiya, kichik Osiyodagi Smerna va Efes, Bolqon yarim orolidagi Konstantinapol va Fesalonika kabi rivoj topgan savdo - sotiq markaz shaharlari bor edi. Ayniqsa III asrlarda Saksoniylar podsholigi davrida savdo munosabatlari avj olgan edi.

Bu shaharning yana bir slovyancha nomi - solun edi. Sharqiy Rim imperiyasida quldorlik tuzumi G'arbiy rimda nisbatdan ancha uzoq davom etdi. Buning asosiy sabablari:

Imperiyaning sharqiy viloyatlarida qishloq xo'jaligida quldorlik katta rol o'ynamadi.

Sharqiy Rim ekonomikasida qullar bilan bir qatorda erkin hunarmandlar va qishloqlardagi jamoachi dehqonlar katta o'rin tutar edi.

Xiyla ko'p sonli mustaqil dehqonlar qisman qadimiy iptidoiy tuzumni saqlab qolgan bo'lib, Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida isteqomat qilar edilar.

Shu bilan birgalikda bu yerlarda greklarning ellin tili qadimiy grek shahar - davlat tuzulishining anchagina tomonlarini o'zida saqlab qolgan. Turli diniy e'tiqodlarning mavjudligi ularning o'zaro aralashib kelishi Grek - Vizantiya hokinyatining vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qildi. Ammo ayrim viloyatlarning etnik, maishiy, diniy tafovutlari tamoman yo'q bo'lib ketmagan edi. Vizantiyaning bundan keyingi butin bir tarixida bu narsa keskin sezilib turdi.

Vizantiyaning etnik , ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning varvarlarga bo'lgan munosabatlari bilan o'zgacha xarakterga ega edi. Varvar qabilalari Vizantiyaga hujum qila olmadilar vizantiyaliklar ostgotlar, vestgotlar va boshqa german qabilalarining hujumlarini qaytara oldilar. Vizantiya imperiyasida hatto V - VI asrlarda ham quldorlik tuzumi yashab kelayotgan edi. VI asrlarda G'arbda varvarlar tomonidan bosib olingan viloyatlarda qaytadan tiklashga ha vizantiyaliklar harakat qilgan edilar.

Shu bilan birgalikda Vizantiya imperiyasida ijtimoiy tuzum sohasidagi an'analarning saqlanib qolinishi bilan birga unig ijtimoiy tuzumi feodalizm tomon tezlashib bordi. Bolqon yarim orolidagi bir qancha territoriyalarni bosib olgan Slovyanlar bu yerda (G'arbda bo'lgani singari Bilgariya, Serbiya, Xorvatiyani barpo qildilar) qisman vizantiya qo'lida saqlanib qolgan territoriyaga dehqon-kolonist bo'lib ко'chib keldilarva bu yerga o'zlari bilan birga ibtidoiy - jamoa tuzumi tartiblarini olib keldilar. Shunday qilib, Germanlar G'arbiy Rim imperiyasiga nisbatdan qanday rol o'ynagan bo'lsa, slovyanlar ham Vizantiya taqdirida shunday rol o'ynadilar. g'arbiy rimda ham, Vizantiya imperiyasida ham quldirlik tuzilishining yemirilishi va ancha progressivroq ijtimoiy -feodal munosabatlarning rivojlanishi uchun shart - sharoitlar yaratilishiga yordam berdi.

Yustinian zamonida Vizantiyaning kengayishi Konstantinning imperatorlik davri (306-337 yy.). Diokletiandan keyin taxt uchun kurashda sezarlardan birining o‘g‘li - Konstanting‘olib chiqdi.

U Sharqiy viloyatlardagi zodagonlarga tayanib ish

ko‘rgan va jamoalarning qo‘llab-quvvatlashiga erishishga intilgan.

313 yili Konstantin “diniy e'tiqod erkinligi” to‘g‘risida farmon

chiqarib, Buyuk Konstantin nomini oladi. Imperator hokimiyati diniy

munozaralarda faol ishtirok etib, hukmron rasmiy cherkov ta'limotini

qo‘llab - quvvatlagan. Konstantin Vizantiyada yunon koloniyasi

o‘rnida yangi poytaxt ta'sis qiladi. Bu poytaxt Sharqdagi savdo-sotiq

bilan bog‘liq zamindor zodagonlarning siyosiy va iqtisodiy tayanchi

bo‘lib qoldi. Shahar 10 yil davomida qurilib: unda imperator saroyi,

ko‘shklar, kutubxona va ippodrom bino qilingan

Dominat boshqaruv idoralari Konstantin taxt tepasida bo‘lgan

davrda tugallangan. Imperiyaning butun hududida yagona ma'muriy

taqsimot vujudga keldi. Fuqarolik hokimiyati harbiy hokimiyatdan

ajratilib, hokimiyatni zo‘rlik yo‘li bilan tortib olish imkoniyatiga

barham berildi.

325 - 326 yillarda shahar aholisi (kurial)lar istiqomat qilib turgan

joyiga biriktirilgan. Milodiy 332 yilda kolonlar uchun yangi farmon

chiqariladi. Farmonga ko‘ra kolonlar o‘z yerini tashlab ketmasligi,

shahar hunarmandlari qo‘shin va ma'muriyatni mahsulot bilan

ta'minlab turishga majbur bo‘lgan. Rim va Konstantinopolga g‘alla va

boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish savdogarlar

zimmasiga yuklangan. Shahar kuriallari jamoat binolarini ta'mirlash

va soliq to‘lamaganlarning qarzini to‘lashga majbur etilgan.

Yulianning ijtimoiy va diniy siyosati muvaffaqiyat qozonmadi,

uning ko‘p farmonlari amalga oshmay qoldi. Imperator Valentin

davrida (364 - 373 yillar) esa eski Rim aristokratiyasi bilan birga

majusiylikka qarshi kurash olib borildi. Majusiylar ommaviy qirg‘inga

uchrab, xristian dini vakillari ustun keldilar.

Rim imperiyasining parchalanishi va G‘arbiy Rim imperiyasining

inqirozi. Imperiyaning feodallashuvi. Zamindor zodagonlar dominat

davrida o‘z mavqyelarini mustahkamlab olib, qishloq erkin va qaram

aholisining turli qatlamlarini ekspluatatsiya qila boshladilar. Aholi

qaramlik darajasi ortishi oqibatida erkin va qaram dehqonlarning

ahvoli o‘zaro tenglashib bordi.

455 yili Rim vandallar tomonidan talon-taroj qilinadi. Italiya

varvarlar bilan to‘lib toshdi. V asrda varvar askarlaridan iborat qo‘shin

haq ololmaganligi tufayli joylashish uchun yer berilishini talab qiladi.

476 yili qo‘shin o‘z boshlig‘i Odoakrni qirol deb e'lon qiladi va

Rimning so‘nggi imperatori Romul Avgustul taxtdan ag‘darib

tashlanadi. G‘arbiy Rim imperiyasi qulab, quldorlik tuzumiga

asoslangan tuzum va ijtimoiy munosabatlarga barham beriladi.

Vizantiyada quldorlik "Rim imperiyasi" mavjud bo'lgan davrda VI asrda imperator Yustinian hukmronlik qilgan vaqtda eng katta muvaffaqiyatga erishdi, yustinian 527- 565 yillarda podsholik qildi. U atoqli ma'mur edi, qonun chiqaruvchi edi, u imperiyaning Sharqiy va G'arbiy chegaralarini mustahkamlab olish edi.

U o'zidan oldin o'tgan Feodosiy dinastiyasi o'rniga kelgan yangi dinastiyaning vakili edi. Uning amakisi imperator Yustin I oddiy dehqondan chiqib, harbiy xizmatlari orqasidan, imperatorlik darajasiga ko'tarilgan.

Yustinian esa rim - vizantiya ta'limotini juda yaxshi bilgan. Yustinian davrida vizantiya germanlar, slovyanlar va boshqalarning hujumini qaytara olgan va hatto ularga hujumga o'tgan. Yustinian ilgari G'arbiy chegalarni tiklashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan yustinian sarkardalari Velizariy va Narses Shimoliy Afrikadagi Vandal korolligini ( 534 у) Italiyadagi Ostgot korolligini (555 y) va ispaniyaning Janubiy qirg'og'ini (Bitikani ) bosib oldi.

Shunday qilib, O'rta dengiz vizantiyaliklarniki bo'lib qoldi. albatta, shu bilan birga german korolliklari Vizantiyani G'arbda bosib olgan yerlaridan siqib chiqarishga harakat qilayotgan edilar. Bundan tashqari mamlakat ichki dushmanlari ham kuchayib borayotgan edi.

Yustinian o'z davlat territoriyasini mustahkamlashga intilishiga qaramay, shimolda gunlar, qisman slovyanlar bolqon yarim oroliga siljib kira boshladilar. yustinian ularni ittifoqchi federatlar sifatida joylashtirishga majbur bo'ldi . ayrimlari hatto Janubdagi Egey dengizidagi yerlarga kolanist - yer egalari sifatida kirib keldilar. Yustinian imperiyaning qrimning Janubiy qirg'ogidagi va qisman, zakavkazedagi yerlarni qaytarib oldi. Lekin u Mesopatamiyaning bir qismini Eron shohiga berishga va sulh tuzilganidan keyin unga katta-katta pul to'lab turishga majbur bo'ldi.

Shunday qilib, Yustinian ulug' davlat davlat tuzish siyosati bir qadar muvaffaqiyatli bo'lsada, unig vaqtida imperiyaning chegaralari ancha kengaygan bo'lsada, lekin keyingi davrlarda Vizantiya imperiyasi ma'lum darajada yutuqlardan mahrum bo'layotgan edi.
Yustinianning qonun chiqarish faoliyati

Yustinian podsholigi davrida Vizantiyaning ichki tarixida juda katta о'zgarishlar sodir bo'ldi. Ayniqsa, Yustinian mamlakat ichki siyosatigadaxldor bolgan qonunlar chiqarishga alohida e'tibor berdi. U atoqli yuristlardan iborat ichki komissiya Tribonian rahbarligida Rim qonunlarini to'plab tartibga solish ustida juda katta ish olib bordi. bu komissiyalarning 528 - 534 yillar mobaynida olib borilgan ish natijasida "Grajdan huquqlari to'plami" vujudga keltirildi, bu to'plam rim imperiyasidagi butun qonunlarni yakunlovchi eng katta yuridik yodgorlik bo'ldi.

1)12 tomlik Yustinian kodeksi- Rim imperatorlarining qonunlari to'plami;
2) digestlar- bu kitob 50 tomdan iborat bo'lib, Rim qonunlarni sharxlagan mashhur rim yurislarining asrlaridan olinganlarni o'z ichiga olgan edi;
- 3) Institutsiyalar - sudyalar va o'quvchi yuristlar uchun qisqacha yuridik qo'llanma (bir kitob)
4) Novellalar - Yustinianning kodeksiga kirmagan yangi qonunlardan (535 yildan to o'z podsholigining oxirigacha) iborat edi.
Qonunlar to'plamida quldorlik tuzumi belgilari bilan birga yangi feodal munosabatlar ( kolonat , qullarni bo'shatish ) to'g'risida ko'plab moddalarni o'rgatish mumkin . imperator hokimyati obsalyut hokimyat deb aniq yozilgan. (Imperator idorasi - qonun manbaidir). To'plamda xususiy mulkni himoya qilishga, mulkiy muomala masalalarini rasimiylashtirishga ham alohida e'tibor berilgan. Yustinianning "Grajdan huquqlari to'plami" keyingi asrlarda ayniqsa XII, XIII-XIV asrlarda G'arbiy Yevropaning turli mamlakatlarida korollar chiqargan qonunlarda Rim qonunlaridan foydalanilganini ko'rish mumkin.

Yustinian qonunlar to'plami mamlakatda quldorlik tuzumini yemirilishidan saqlash maqsadidan iborat bo'lib, u boshlangan xalq ommasining revalyutsion chiqishlariga qarshi kurashda qurol bo'lib xizmat qildi. Yutinian davrida katta - katta xalq qo'zg'alonlari bo'lib o'tgan. 532 yilda konstantinapolda bo'lib o'tgan qo'zg'alon ayniqsa kuchli edi.

Bu qo'zg'olonga asosiy sabab mamlakatning qashshoqlashuvi, Konstantinapol hukmdori bo'lib turgan Ioann Koppadokiyskiyning xazinani talashi edi.
"Nika qo'zg'oloni"

Qozg'olon 532 yil 11 yanvarda Konstantinapol sirki (ippodrom) da imperator huzirida boshlandi. "Yashil" deb ataladigan sirk oppoziyachi partiyalaridan biri aholi nomidan shikoyat yozib, unda yuqori mansabdor chinovniklarni jazolash talab qilingan edi. Yustinian rad etib, jahl bilan ippodromni tashlab chiqib ketdi. Bunga javoban qo'zg'alon ko'tarilib ketdi. Qo'zg'alonchilar «Nika» (Grekcha – “G'alaba qozon”! - demakdir) degan shior ko'tardilar. Qo'zg'olon butun poytaxt va unung atrofiga yoyildi. Yustinian nochor ahvolga tushib qoldim, deb o'ylab, u hatto Konstantinapoldan qochib ketmoqchi ham bo'ldi.

Qo'zg'olon besh kun davom etib, Yustinianning sarkardasi Vilizariy tomonidan daxshatli shavqatsizlik bilan bostirildi. 30 mingtagacha kishi o'ldirildi.

«Nika» qo'zg'olonining harakatlantiruvchi kuchlari Yustinian siyosatidan norozi bo'lgan senatorlar va shahar xalq ommasi edi. Harakatda qatnashgan sirk guruhlarining o'zi - «Yashillar « va « Ko'klar « deb atalgan guruhlar sport tashkiloti bo'lib, shu bilan bir vaqtda muhim siyosiy rol o'ynar edilar. «Ko'k» larni Yustinian saroy ahli qo'llab - quvvatlardi, «Yashil» laming esa aristokratik oppoziyachilar orasida juda kuchli homiylari bor edi. Shu bilan bir vaqtda «Ko'klar» ham «Yashillar» ham Konstantinapoldagi ancha keng demokratik tashkilotlar bilan - dimlar bilan bog'langan edi. Dimlar eski vaqtdagi shahar o'z -o'zini idora qilish boshqarmasining qoldig'i bo'lmish o'ziga xos rayon xalq uyushmalari bo'lib, Yustinian vaqtida xalq ancha e'tibori bor edi8 va hukumat aristakratlar ham ular bilan hisoblashishga majbur edi. Ma'muriy va moliyaviy zulmning kuchayishi

532 yil voqealari Yustinia va uning ichki siyosatiga katta ta'sir ko'rsatdi. 532 yildan keyin dimlar faoliyati ancha o'zgardi, yustinian senatorlarga qarshi kurash olib borib, magnatlarning juda katta yerlarini musodara qildi. Provoslav cherkoviga, episkoplarga, monastirlarga homiylik qilib, ularga ko'p yerlarni bo'lib berdi. Yustinian harbiy xizmatidagi o'rta darajali elementlarga ko'proq tayandi, musodara qilingan yerlarning ko'p qismi ularga berildi.

Yustinian mamlakatni bohqarishi sistemasini qattiq markazlashtirdi. Yustinian hukumati davlat moliyasiga ham katta e'tibor berdi. Aholidan olinadigan soliqlar bir necha hissa ko'paydi. Imperator xazinasi aholidan yer, jon, hunarmandlik (hunarmandlardan) va savdo soliqlari soliq yo'li bilan juda katta mablag'lar olar edi. Yustinian ipak, tuz va hokazolarga imperator mmonapolyasidan keng foydalandi. Imperator davlat ishxonalarida qullar mehnatidan keng foydalanildi. Moliyaviy tuzum mamlakatning iqtisodiy hayotiga juda yomon ta'sir qildi va xalq ommasining vayron bo'lib ketishiga sabab bo'ldi . Provoslav cherkoviga yon bosib, ularnung ta'limotiga qo'shilmovchi yeriklarni juda keskin ta'qib ostiga oldi. Bularning hammasi aholi orasida norozilikning keskin kuchayishiga sabab bo'ldi. Shaharliklar ,dehqonlarning norozilik g'alayonlari boshlandi, qullarning asirlikdan qochishlari to'xtamay davom qilib turdi.

Yustinian zamonidagi qurilish

Yustinian zamonida davlat mablag'larining xiyla qismi qurilish ishlariga ketdi. yustinian yuzlab qal'a va yuzdan ortiq maydaroq istehkomlar qurdirdi. Uning zamonida -vodapravodlar, yo'llar, xammomlar, teatrlar, har turli hukumat binolari qurildi. Bular orasida saroy va ibodatxonalar katta o'rin oldi. Ilk Vizantiya arxitikturarasi orasida eng muhimi ayo Safiya ibodatxonasi bo'lib, u Yustinian tomonidan 532 - 538 yillarda (“Ollohning donoligi sharafiga”) qurildi, bu ayo Safiya ibodatxonasida Ilk Vizantiya arxitekturasi uslubining xususiyatlari yaxshi aks etgan.

VI asrda Vizantiya madaniyati

Ayo Safiya ibodatxonasining qurilishi o'sha davrda Vizantiyada qanchalik darajada mohir ustalar, matematiklar, injenerlar, rassomlar bor bo'lganligidan dalolat beradi. Bu davrda yaratilgan gumanitlar, asrlar hozirgacha yetib kelgan. Yustinian zamonidagi yirik tarixchi Prokopiy kesariyskiy buning misolidir. Uning «Urushlar tarixi» ( forslar, gotlar va boshqalar bilan) «Qurilishlar», «Sirli tarix» kabi asarlar yaratib qo'ydi. U o'zining asrlarida faqat vizantiyaliklar to'g'risida emas, balki qo'shni davlatlar xalqlari to'g'risida, slovyanlar, ostgotlar, vandallar va boshqalar to'g'risida juda ko'p ma'lumotlar qoldirgan.

Prokopiy o'zining “Sirli tarixi”da aksincha podsholik davrining sirli, qorong'u tomonlarini ochib tashlagan, ayniqsa Yustinian siyosati natijasida soliqlarning og'irlashib, xalq ommasining tobora qashshoqlashib ketganligini qayd qilgan.

Vizantiyaning yana bir yirik iga ancha muhim qo'shimchalar kiritib, ularni to'ldiradi, tuzatadi, ayrim ma'lumotlarni ma'qullaydi.

Vizantiyaning VI asrdagi yirik olimlari orasida mediklardan Aleksandr Tralskiy va Pavel Egmnskiy va Anfimiy Tralskiy (bular ayo Safiya ibodatxonasining asosiy quruvchilari bo'lgan ), geograflardan Kozma Indikoplavt asarlarida Afrika, Hindiston, qizil dengiz va Hind okeani to'g'risida ko'plab qimmatli ma'lumotlar qoldirgan. Uning koinotga nisbatdan geosentrik qarashlari o'rta asr kishilarining geografiya to'risidagi tasavvurlariga (XV oxiriga qadar) juda katta ta'sir ko'rsatgan.

3. Markaziy va Sharqiy Yevropada qadimdan slavyan qabilalari yashab kelganlar. Ular yashagan hududlar Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bolgan ulkan maydonni egallagan. VII asrda slavyan xalqlari garbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bolinib ketganlar. Chexlar, polyaklar va slovaklar garbiy slavyanlarni; bolgarlar, serblar va xorvatlar janubiy slavyanlarni; ruslar, ukrainlar va beloruslar esa sharqiy slavyanlarni tashkil etganlar. Sharqiy slavyanlarda IX asrgacha davlat bolmagan. Bungacha ular urugchilik tuzumida yashaganlar. Yer qishloq yoki urugchilik jamoasining mulki bolgan. Qabila hayotiga tegishli masalalar vecheda. korib chiqilgan.

Kiyev Rus davlati tashkil topishi arafasida sharqiy slavyanlar yerlari kichik-kichik knyazliklarga bolinib ketgan edi. Ulardan biri Novgorod knyazligi edi. Novgorod knyazi Oleg 882- yilda Kiyevni egallagan. Bu galaba unga Shimoliy va janubiy Rusni birlashtirish imkonini bergan. Kiyev shahri poytaxt etib belgilangan. Shu tariqa Kiyev Rus davlati tashkil topgan. Kiyev shahri hozirgi Ukraina davlatining poytaxti. Shaharning nomi uning bunyodkori Kiy nomidan olingan.

Kiyev Rus davlati uch qardosh xalq - rus, ukrain va beloruslarning umumiy tarixiy beshigi edi. Bugungi Rossiya Federatsiyasi va Belorus Respublikasi nomida qadimgi Rus nomi saqlanib qolgan. Rus slavyan qabilasi nomida „o" va „u" harflari doimo almashib turgan. Masalan, Ros daryosi yoki „Rus tili".

Knyazlar oz davlati chegaralari xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor berganlar. Chunki xazar va pechenglar deb ataluvchi kochmanchi qabilalar Rus yerlariga doimo hujum uyushtirib turganlar. Kiyev Rus davlati knyaz Svyatoslav hukmronligi davridan boshlab (964 - 972) kuchaya boshlagan. Svyatoslav Rusning rivojlanishiga tosiq bolib turgan Volga Bolgariyasi va Xazar podsholiklarini maglubiyatga uchratgan.

Vladimir Monamax 1113- yilda Kiyevning Buyuk knyazi taxtini egalladi. U Kiyevning Buyuk knyazi -bobosi Yaroslav Mudriy vafotidan song (1054- yil) mamlakatda boshlanib ketgan ozaro ichki urushlarni bartaraf etishga muvaffaq boldi. Ayni paytda Rusga tobora katta xavf solayotgan yangi dushman-qipchoqlarga qarshi kurashish ham zarur edi. Bu maqsad yolida u barcha rus knyazliklarini birlashtirdi. Birlashgan Rus qipchoqlarni tor-mor etdi. Vladimir Monamax 1125- yilda vafot etdi. Vladimir Monamax Kiyev Rus davlatining songgi Buyuk knyazi edi. Uning vafotidan song Rusda ham feodal tarqoqlik boshlandi. Kiyev Rus davlati ondan ortiq mustaqil knyazliklarga bolinib ketdi.

Davlat tashkil topishi bilan feodal votchina lar qaror topa boshlagan. Votchina urug-qabila zodagonlarining yerga oz huquqlarini zorlik bilan qaror toptirishlari asosida vujudga kelgan. Bosib olingan yerlarni ham ular egallab olardilar. Kiyev Rusida boyarlar deb ataluvchi tabaqaning nufuzi katta edi. U mol-mulkini meros qilib qoldirish huquqiga ega bolgan. Knyaz, boyarlar va drujinachilar eng katta yer egalari edilar. Votchinalar oziga xos mitti „davlatlar" edi. Yuqorida nomlari qayd etilgan hukmron tabaqalarning qasrlari esa bu mitti „davlatlar"ning oziga xos „poytaxtlari" hisoblanardi. Votchina oz tarkibiga „fuqarolar" deb ataluvchi jamoachi dehqonlarni; harbiy xizmat otashga majbur kishilar - qaram dehqonlarni; zakuplarni, tiun va ryadovichlami, xizmatkorlarni, drujinachi askarlarni biriktirgan.
Davlat jamiyatdagi mavjud tartibni mustahkamlash choralarini korgan. Shu maqsadda 1072- yilda Kiyev Rusi knyazining yangi qonuni qabul qilingan. Bu qonun tarixga „Russkaya Pravda" nomi bilan kirgan. „Russkaya Pravda" knyaz amaldorlarining manfaatini himoya qilgan. Masalan, qonunda boshqaruvchini oldirganlik uchun 80 bosh hokiz yoki 400 bosh qoy tolash jarimasi belgilangan. Bunday jarima butun bir qishloqni xonavayron etar yoki barcha dehqonlarni knyazga butunlay qaram qilib qoyar edi.

4. Salib yurishlari – 10961270 yillarda Gʻarbiy Yevropa zodagonlari va katolik cherkovi tomonidan Yaqin Sharqqa (Suriya, Falastin, Shim. Afrika) qilingan bosqinchilik urushlari. Salib yurishlarining bosqinchilik mohiyati diniy shiorlar [gʻayridin (musulmonlar)larga qarshi kurash va "xudo qabri" hamda "muqaddas yer" (Falastin)ni ozod qilish] bilan niqoblangan.

Salibchilar, odatda, kiyimlariga salib (xoch) belgisini tikib olishgan (yurishlarning nomi shundan). 11-asrning soʻnggi choragida saljuqishshr tomonidan Vizantiyaning Kichik Osiyodagi yerlarini hamda diniy anʼana boʻyicha "muqaddas shahar" boʻlgan Quddusni egallab olishlari salibchilarning Oʻrta dengizning sharqidagi yerlarga bostirib kirishiga sabab boʻlgan. Vizantiya saljuqiylarga qarshi kurashish uchun Gʻarbdagi davlatlardan bir necha bor harbiy yordam soʻragan. Salib yurishlari ning bevosita tashkilotchisi boʻlgan Rim payasi bundan foydalangan. Papalar katolik cherkovining taʼsirini kuchaytirish va kengaytirish, pravoslav cherkovini Rimga boʻysundirish maqsadida diniy fanatizmni avj oldirganlar. Salibchilarning koʻpchiligini qashshoqlashib qolgan ritsarlar, yirik senʼorlar hamda dehqonlar tashkil qilgan.

1S.yu. (1096—99) 1095 y. Klermonda papa Urban II tomonidan eʼlon qilingan. 1099 y. iyulda salibchilar saljuqiylardan Quddus (Iyerusalim) shahrini tortib olishgan va Quddus qirolligini tashkil etishgan;2S.yu. (114749) ga 1144 y. saljuqiylarning Edessa shahrini bosib olishlari bahona boʻlgan. Bu yurish magʻlubiyatga uchragan;Salib yurishlari (1189—92)ning boshlanishiga 1187 y. Misr sultoni Salohiddin tomonidan Quddusning egallab olinishi sabab boʻlgan. Bu yurish ham barbod boʻlgan;4S.yu. (1202—04) ni 1199 y. papa Innokentiy III uyushtirgan. Uning natijasida fransuz, nemis va italyan salibchilari dastlab Misrga moʻljallangan yurishning yoʻnalishini oʻzgartirib, xristianlar yashaydigan shaharlar — Zadar [Dalmatsiya, 1202 y. noyabr, Konstantinopol (Vizantiya poytaxti, 1204 y., aprel)]ni bosib olib, Lotin imperiyasini tuzishgan.

5(121721), 6(1228—29), 7(1248— 54), 8(1270) Salib yurishlari samarasiz boʻlgan.

1291 yilda Akra shahrining musulmonlar qoʻliga oʻtishi natijasida salibchilar Sharqdagi mulklarini butunlay yoʻqotganlar.

Nemis zodagonlarining 12—13-asrlarda slavyanlar va boshqa Boltiqboʻyi xalqlariga qarshi yurishlari hamda 1209—29 yillarda papalik tashabbusi bilan Shim. Fransiya ritsarlarini Jan. Fransiyadagi diniy harakat qatnashchilari — albigoychilarga qarshi Albigoy urushlarini ham koʻpincha Salib yurishlari deb atashadi.[1]

Salib yurishi Salib yurishi 1095 yilda boshlanib 1272 yilda moʻgʻillar tomonida zarba berilib tugatilgan.Bu urush toʻxtab-toʻxtab davom etgan.Salib yurushi toʻqqiz marta boʻlib oʻtgan. Birinchi salib yurishi: 1096-1099 yillarda boʻlib oʻtgan. Ikkinchi salib yurishi: 1147-1149 yillarda boʻlib oʻtgan. Uchinchi salib yurishi: 1187-1192 yillarda boʻlib oʻtgan. Toʻrtinchi salib yurishi: 1200-1204 yillarda boʻlib oʻtgan. Beshinchi salib yurishi: 1217-1221 yillarda boʻlib oʻtgan. Oltinchi salib yurishi: 1228-1229 yillarda boʻlib oʻtgan. Yettinchi salib yurishi:1248-1254 yillarda boʻlib oʻtgan. Sakkizinchi salib yurishi: 1270 yillarda boʻlib oʻtgan. Toʻqqizzinchi salib yurishi: 1271-1272 yillarda boʻlib oʻtgan. 1095-yillarda yevropaning Xristian papasi (yaʻni islom dinida shayxdir) shunday degan.Farzandlarim bizning Iso xazrati paygʻmbarimizning vatanini yaʻni Falastinni (Quddusni) Muslmonlardan tozalash kerak deb aytgan.Agar kim shu yurishda ishtirok etsa u baxtli va boy toʻq yashaydi, agar kim shu yurishda xalok boʻlsa u nargi dunyoda Xudo tomonidan jannatga kirur deb aytgan.Shunday keyin Yevropadagi koʻp odamlar bunga ishonadilar. Xattoki qirollar ham bu gapiga ishonganlar. Yevropada koʻp dehqonlar shu urushda ishtirok etganlar. Chunki ular yashash tarzi qiyin va kambagʻallikda oʻtgan,va shunday keyin birinchi salib yurishi boshlangan.

Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish