O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


II- BOB. Boshlang‟ich sinflarda ta‟lim samaradorligini amalga oshirish



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#83454
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
boshlangich sinfda talim samaradorligini amalga oshirish

 

II- BOB. Boshlang‟ich sinflarda ta‟lim samaradorligini amalga oshirish       

               metodikasida darslarni tadbiq etishning shakl va metodlari. 

2.1.Boshlang‟ich sinfda ta‟lim samaradorligini amalga oshirish 

metodikasini  pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish. 

 

  Pedagogik texnologiyalar  mohiyatini to‘laqonli anglash uchun  mazkur iboraning 

lug‘aviy  ma‘nosini  tushunib  olish  taqozo  etiladi.  «Texnologiya»  yunoncha  so‘z 

bo‘lib, «techne» - mahorat, san‘at va ―logos‖ - tushuncha, ta‘limot, fan ma‘nosini 

anglatadi. ―Ta‘lim texnologiyasi‖ iborasining ma‘nosi - (inglizcha ―An educational 

technology‖)  Boshlang‘ich  sinf  mehnat  ta‘limi  darslarini  yuksak  mahorat  bilan 

san‘at  darajasida  tashkil  etish  to‘g‘risida  ma‘lumot  beruvchi  fan,  ta‘limot 

demakdir.  Ayni  vaqtda  mazkur  tushunchaning  ta‘rifi  hamda  uning  mohiyati 

borasida  yagona  g‘oya  mavjud  emas.  Bu  nazariya  mohiyatining  yoritilishiga 

nisbatan turli yondashuvlar mavjud.  

 So‘nggi yillarda o‘zbek olimlari tomonidan ham ta‘lim texnologiyasi nazariyasiga 

oid  bir  qator  maqola,  risola  va  qo‘llanmalar  yaratildi.  Xususan,  pedagog  olim 

P.A.Mavlanova  mazkur  iborani  «Pedagogik  texnologiya  -  tizimli,  texnologik 

yondashuvlar  asosida  ta‘lim  shakllarini  qulaylashtirish,  natijasini  kafolatlash  va 

ob‘ektiv  baholash  uchun  inson  salohiyati  hamda  texnik  vositalarning  o‘zaro 

ta‘sirini  inobatga  olib,  ta‘lim  maqsadlarini  oydinlashtirib,  o‘qitish  va  bilim 

o‘zlashtirish  jarayonlarida  qo‘llanadigan  usul  va  metodlar  majmuidir»  deya 

sharhlasa , N.Saidahmedov esa quyidagicha: ―Pedagogik texnologiya bu o‘qituvchi 

(tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta‘sir 



30 

 

ko‘rsatish  va  bu  faoliyat  mahsuli  sifatida  ularda  oldindan  belgilab  olingan  shaxs 



sifatlarini shakllantirish jarayoni‖, - degan ta‘rifni beradi.  

 Yuqorida  keltirilgan  fikrlardan  anglashiniladiki,  «pedagogik  texnologiya» 

tushunchasi  o‘zida  boshlang‘ich  sinf  mehnat  ta‘limi  darslarini  tashkiliy-metodik 

majmualar  yordamida  tashkil  etish  va  bu  jarayonda  muayyan  yutuqlarga  erishish 

mumkinligini  ifodalaydi.  Pedagogik  texnologiyalar  an‘anaviy  ta‘lim  shakl  va 

metodlaridan  farqli  ravishda pedagogik  faoliyatni  oldindan  loyihalash, maqsad va 

vazifalarni  aniq  belgilash,  o‘quvchi,  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  tomonidan 

o‘zlashtirilishi  nazarda  tutilayotgan  bilim,  ko‘ngikma  va  malakalar  darajasini 

tashqislash,  ta‘lim  samaradorligini  aniqlash  va  baholash  kabi  harakatlarning 

amalga oshirilishini taqozo etadi. 

Boshlang‘ich sinf  mehnat ta‘limi  darslaring  maqsadini  aniq va  puxta belgilanishi 

yaxlit  pedagogik  faoliyat  muvaffaqiyatini  ta‘minlashga  poydevor  yaratadi. 

Boshlang‘ich  sinf  mehnat  ta‘limi  darslarining  maqsadi  DTS,  o‘quv  rejasi  va 

dasturi,  shuningdek,  darslik  va  qo‘llanmalar  mazmunida  o‘z  ifodasini  topgan 

ma‘lum    mavzular  hamda  o‘quv  fanining  o‘ziga  xos  jihatlari,  o‘quvchilarning 

yosh,  psixologik  xususiyatlari,  ehtiyoj,  qiziqishlari,  pedagoglarning  bilimi,  kasb 

mahorati, ijodiy layoqati pedagogik vaziyatlarni inobatga olish asosida belgilanadi. 

Pedagogik  faoliyatning  maqsadi  aniq,  puxta,  shuningdek,  tashhislangan  bo‘lishi 

maqsadga muvofiqdir. Bu quyidagi holatlarni vujudga keltiradi: 

a)  shaxsning  ma‘naviy-axloqiy  sifatlari  va  aqliy  salohiyati    shunday  aniq  va 

ravshan  ifodalanadiki,  natijada  hosil  bo‘ladigan  intellektual-axloqiy  sifatlarini 

o‘quvchi  yoki  o‘quvchining  boshqa  xislatlaridan  farqlay  olish  imkoniyati 

yaratiladi; 

b)  shaxsning  tashhislangan  ma‘naviy-axloqiy  sifatlari  va  aqliy  salohiyatining 

shakllanadigan darajasini haqqoniy nazorat qilishga yo‘naltirilgan aniq usullarning 

mavjudligi ta‘minlanadi; 

v)  shaxsning  avvaldan  tashhislangan  sifatlarini  aniqlashga  yo‘naltirilgan  nazorat 

unda  hosil  bo‘lgan  aqliy-axloqiy  sifatlar  darajasini  belgilabgina  qolmay,  balki 

pedagogik faoliyat samarador-ligini ham aniqlaydi; 



31 

 

g)  tashhislash  maqsadi  doirasida  shaxsning  aqliy-axloqiy  sifatlari  drajasini 



belgilovchi  mezonlarning  ishlab  chiqilishi  hamda  ularga  tayangan  holda  faoliyat 

olib  borish  shaxs  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarining  sifatini  baholovchi 

ko‘rsatgichlar  mavjud  bo‘ladi.  Pedagogik  faoliyatni  tashhislash  bir  necha 

bosqichlarda  olib  borilib,  ushbu  bosqichlarning  har  birida  ma‘lum  vazifalar  hal 

qilinadi. Pedagogik faoliyat jarayonini loyihalash quyidagi bosqichlardan iborat: 

1)  muayyan  o‘quv  predmeti  mundarijasidan  o‘rin  olgan  mavzu  yoki  faoliyat 

mazmuniga  doir  manbalarni  yig‘ish,  ularning  mazmunini  o‘rganish,  asosiy 

g‘oyalarni  umumlashtirish,  turkumlashtirish  va  yaxlitlashtirish  kabi  vazifalar 

bajariladi; 

2)  ma‘lum  o‘quv  predmeti  tarkibiga  kirgan  mavzu  yoki  faoliyat  mazmuni 

yuzasidan yagona, umumiy maqsadni aniq belgilab olish, ushbu maqsad doirasida 

kichik bo‘lim yoki bandlar bo‘yicha xususiy maqsadlarni ham aniqlash, pedagogik 

faoliyat  yuzasidan  umumiy  maqsadga  erishish  yo‘lida  ijobiy  hal  etilishi  taqozo 

qilinadigan  vazifalar  ishlab  chiqiladi.  Mazkur  bosqich  natijalari  hamda  samarasi 

xususiy  maqsadlarning  umumiy  maqsad  doirasi  aniq  va  puxta  belgilanishida  aks 

etadi. 


3)  muayyan  o‘quv  predmetining  ma‘lum  mavzusi  yoki  faoliyat  yuzasidan 

belgilangan  maqsad  va  vazifalarga  tayangan  holda  mavzu  bo‘yicha  tashkil 

etiladigan mashg‘ulot yoki faoliyat (faoliyatni yo‘lga qo‘yish stsenariysi) mazmuni 

ishlab  chiqiladi.  Mavzu  bo‘yicha  olib  boriladigan  mashg‘ulot  yoki  faoliyat 

mazmunida  ularning  yaxlit  mohiyatini  ifoda  etuvchi  nazariy  va  amaliy  bilimlar 

tashkil qiladi. SHuningdek, mashg‘ulot yoki faoliyat mazmunida boshlang‘ich sinf 

o‘quvchilari  tomonidan  o‘zlashtirilishi  ko‘zda  tutilgan  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalarning hajmi ham o‘z aksini topishi lozim. Ushbu holatlarning mashg‘ulot 

yoki faoliyat mazmunida aks etishi uchinchi bosqich samarasini belgilaydi. 

4) mashg‘ulot yoki faoliyat mazmunining to‘laqonli ochib berilishida muhim o‘rin 

tutadigan  shakl,  metod  va  vositalarni  tanlanadi.  O‘qitish  faoliyati  shakli,  metod 

hamda  vositalarining  uning  muvaffaqiyatini  ta‘minlashdagi  ahamiyatini  nazarda 

tutgan  holda  tanlanishi  maqsadga  muvofiqdir.  «boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini 



32 

 

ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr yurtishga yo‘naltira oluvchi ta‘lim shakli, metod 



va vositalarining tanlay olinishi mashg‘ulotlarning qiziqarli, bahs-munozaraga boy 

bo‘lishi,  ijodiy  tortishuvlarning  yuzaga  kelishiga  turtki  beradi.  Mana  shu 

holatdagina  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  tashabbusni  o‘z  qo‘llariga  oladilar, 

ta‘lim  beruvchining zimmasida  esa  ularning  faoliyatini  ma‘lum  yo‘nalishga  solib 

yuborish,  umumiy  faoliyatni  nazorat  qilish,  murakkkab  vaziyatlarda  yo‘l-yo‘riq 

ko‘rsatish, maslaqat berish hamda ular faoliyatini baholashdan iborat vazifalargina 

qoladi» . 

5)  muayyan  o‘quv  fani  mazmunidan  o‘rin  olgan  mavzu  bo‘yicha  yoki  faoliyat 

yuzasidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan o‘zlashtirilishi talab etiladigan 

bilim,  ko‘nikma  va  malakalarning  hosil  bo‘lishi  uchun  sarflanadigan  vaqt  hajmi 

belgilanadi; belgilangan vaqt hajmi nazariy bilim hamda amaliy faoliyat ko‘nikma 

va  malakalarning  o‘zlashtirilishi  uchun  xizmat  qilishi  lozim;  boshlang‘ich  sinf 

o‘quvchilari zo‘riqishlarining oldini olish maqsadida vaqtning oqilona belgilanishi 

muhimdir; 

6)  o‘zlashtirilgan  nazariy  bilimlarni  yanada  mustahkamlash,  shuningdek,  amaliy 

faoliyat  ko‘nikma  va  malakalarini  hosil  qilishga  yordam  beradigan  mashq, 

topshiriqlar  tizimi  ishlab  chiqiladi;  ularning  samaradorligi  ushbu  bosqichning 

yakuniy  natijasini  belgilab  beradi;  mashq  va  topshiriqlar  mavzu  doirasida  bo‘lib, 

bir-birini  to‘ldirishi,  o‘zaro  bog‘liq  va  aloqadorlik  xususiyatlarini  namoyon  eta 

olishi kerak; 

7)  Ta‘lim  beruvchi  tomonidan  o‘quvchining  yaxlit  faoliyatlari,  ya‘ni  nazariy 

bilimlari  va  amaliy  ko‘nikma  hamda    malakalarni  o‘zlashtirish  va  qo‘llash 

darajasini  nazorat qilish  maqsadida  uning shakl, metod  va vositalarini aniqlanadi; 

bular  mashg‘ulot  yoki  faoliyat  mazmuni,  yo‘nalishi,  shuningdek,  bosh  g‘oyasi 

mohiyatining  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  tomonidan  ularning  qay  darajada 

o‘zlashtirilganligini batafsil ochib berishga xizmat qilishi lozim; 

8) ishlab chiqilgan loyihani faoliyat jarayoniga amaliy jihatdan tatbiq etiladi. 

O‘qitish  jarayonini  loyihalashga  nisbatan  texnologik  yondashuvning  muhim 

xususiyati  uning  izchillikka  egaligida  namoyon  bo‘ladi.  Ta‘lim  texnologiyasi 



33 

 

ta‘lim maqsadlarini aniqlash, yaxlit jarayonni qismlarga ajratish, boshlang‘ich sinf 



mehnat  ta‘limi  darslarida  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  o‘rtasida  yuzaga  keluvchi 

munosabat mazmunini takomillashtirish, ijodiy kayfiyatni haror toptirish, texnik va 

axborot vositalaridan unumli foydalanish kabi muammolarning ijobiy hal etilishiga 

xizmat  qiladi.    Ta‘lim  muammolarini  ijobiy  hal  etishga  yo‘naltirilgan  pedagogik 

texnologiyalar quyidagi tamoyillarga tayanadi: 

Yaxlitlik tamoyili. Mazkur tamoyil mazmunida quyidagi ikki jihat aks etadi: ta‘lim 

va shaxs kamolotining birligi; pedagogik texnologiyaning muayyan, qat‘iy tizimga 

egaligi.  Asoslilik  tamoyili.  Ushbu  tamoyil  muayyan  o‘quv  fanlari  yoki  faoliyat 

o‘zining negizini ifodalovchi tushunchalar, bosh g‘oyasi hamda ma‘lum asoslariga 

ega ekanligini ifodalaydi. 

Ijtimoiy  madaniyat  taraqqiyoti  bilan  uyg‘unlik  tamoyili.  Ayrim  adabiyotlarda 

ushbu  tamoyil  madaniyatni  anglash,  madaniy  hayotning  rivojlanishiga  nisbatan 

muvofiqlik  tamoyili  tarzida  qayd  etilgan    bo‘lsada,  mazmun  jihatidan    yagona 

fikrni  ifoda  etadi.  Mazkur  tamoyilning  mohiyati  ta‘lim  faoliyati  ijtimoiy  jamiyat 

rivoji,  madaniy  taraqqiyoti  darajasi,  shuningdek,  ijtimoiy  munosabatlar  mazmuni 

va g‘oyasidan kelib chiqib belgilanishini  ifodalashga xizmat qiladi. 

boshlang‘ich  sinf  mehnat  ta‘limi  darslarini  insonparvarlashtirish  tamoyili.  Ushbu 

tamoyil  boshlang‘ich  sinf  mehnat  ta‘limi  darslarining  shaxsga  ta‘lim  berish,  uni 

rivojlantirishni  ifodalaydi.  Boshqacha  aytganda,  «…insonparvarlashtirish  -  bu 

insonning jamiyat bilan bog‘liq barcha munosabatlari jarayonida inson omili uning 

qadr-qimmati,  sha‘ni,  or-nomusi,  huquq  va  burchlarini  hurmatlashga  asoslangan 

faoliyat  jarayoni  bo‘lib,  insonparvarlashtirish  barcha  sharoitlar  inson  va  uning 

kamoloti    (taraqqiyoti)  uchun»  degan  g‘oya  asosida  tashkil  etiladigan  faoliyat 

jarayoni ekanligini anglatadi. 

O‘qitib  tadqiq  etish,  tadqiq  etib  o‘qitish  tamoyili.  Ushbu  tamoyil  ham  o‘zida 

quyidagi ikki jihatni ifodalaydi: har bir o‘qituvchi o‘z sohasida boshlang‘ich sinf 

o‘quvchilarini  jalb  etgan  holda  tadqiqot,  ijodiy  izlanish  olib  borishi  lozim; 

o‘qituvchi  faoliyat  texnologiyasini  ishlab  chiqadi,  uni  amaliyotda  sinab  ko‘radi, 

kuzatadi va uning mazmuniga tuzatishlar kiritadi, bevosita amaliyotga tatbiq etadi. 



34 

 

O‘qitish faoliyatining uzluksizligi. Ushbu tamoyil boshlang‘ich sinf mehnat ta‘limi 



darslari boshlang‘ich sinf o‘quvchilariiga nazariy bilimlarni berish, ularda amaliy 

faoliyat  ko‘nikma  va  malakalarini  hosil  qilishni  uzluksiz  ravishda  tashkil  etish 

lozimligini anglatadi. 

Faoliyatli yondashuv tamoyili. Mazkur tamoyil nazariy-amaliy faoliyatning o‘zaro 

aloqadorligini ta‘minlaydi. 

Pedagogik  texnologiya  nazariyasi  uchun  yuqorida  bayon  etilgan  tamoyillar  bilan 

birga quyidagi qonuniyatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi: 

Boshlang‘ich  sinf  mehnat  ta‘limi  darslarini  optimallashtirish  qulay  shart-sharoit 

yaratib, oz vaqt va kam kuch sarflab, pedagogik faoliyatni amalga oshirishda qulay 

natijalarga erishish; 

pedagogik  faoliyatga  fan-texnikaning  yangi  yutuqlari,  shuningdek,  didaktik 

qonuniyatlarni  tatbiq  qilish,  ta‘lim  mazmunini  uzluksiz,  izchil  va  maqsadga 

muvofiq ravishda yangilab borish; 

boshlang‘ich sinf mehnat ta‘limi darslarining mohiyati, ilgari surilgan maqsad va 

vazifalarning  ijobiy  yechimini  ta‘minlashga  xizmat  qiluvchi  shakl,  metod  va 

vositalardan  samarali  foydalanish,  pedagogik  muloqot  jarayonining  ilmiy 

asoslarini o‘rganish, tadqiq etish, doimiy ijodiy izlanishda bo‘lish; 

boshlang‘ich sinf mehnat ta‘limi darslarining sub‘ektlari (o‘qituvchi va o‘quvchi-

o‘quvchi)  faoliyati,  ular  o‘rtasidagi  munosabatni  oqilona  tashkil  etish,  o‘qituvchi 

tomonidan  pedagogik  faoliyat  jarayonining  umumiy  manzarasini  ko‘ra  olish, 

vaziyatlarning to‘g‘ri baholanishga erishish; 

o‘quvchi  pedagogik  faoliyat  jarayonining  faol,  yetakchi  sub‘ektiga  aylanishi,  o‘z 

imkoniyati va iqtidorini erkin ro‘yobga chiqara olish layoqatiga ega bo‘la olishi; 

pedagogik  faoliyatni  jadallashtirish,  shu  maqsadda  axborot  texnologiyalari 

xizmatidan foydalanish; 

pedagogik  faoliyatni  tashkil  etish  uchun  zarur  bo‘lgan  moddiy-texnik  bazani 

vujudga keltirish; 

pedagogik faoliyat natijalarining xolis baholanishi; 




35 

 

boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  nazariy  bilimlari  hamda  amaliy  ko‘nikma  va 



malakalari,  shuningdek,  pedagogik  texnologiyalar  samaradorligini  baholashni 

avtomatlashtirish va hokazolar. 

Ta‘lim  texnologiyalari  doirasida  yangi  o‘quv  materialining  o‘quvchi  tomonidan 

o‘zlashtirilishiga  muhim  ahamiyat  qaratiladi.  O‘quv  materialini  o‘zlashtirish 

muayyan  fan  asoslari  yoki  mavzu  yuzasidan  kerakli  ma‘lumotlarni  olishdangina 

iborat bo‘lmay, balki shaxs dunyoharashi, fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun 

xizmat  qilishi  lozim.  Ta‘lim  texnologiyasida  o‘quv  materialini  o‘zlashtirish  bir 

necha bosqichdan iborat bo‘lib, ular quyidagilardir: 

1-daraja:  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  muayyan  topshiriq  yoki  masalani 

yechishdan  ko‘zlangan  maqsad,  hal  etilishi  lozim  bo‘lgan  vaziyat  va  harakat 

yo‘nalishi  ko‘rsatiladi.  O‘quvchi  tavsiya  etilgan  topshiriq  yoki  masalani  ob‘ekt, 

vaziyatlar, ularni sodir bo‘lishi va bartaraf etilishi, shuningdek, harakatlar mohiyati 

haqidagi avval o‘zlashtirilgan axborotlarni yodga olish asosida hal qiladilar. O‘quv 

materialini o‘zlashtirishning ushbu bosqichi boshlang‘ich daraja hisoblanadi. 

Yuqorida  qayd  etib  o‘tganimizdek,  pedagogik  texnologiyalarning  markazida 

o‘qituvchi  hamda  o‘quvchi  o‘rtasidagi    muloqotga  asoslangan  faoliyat  turadi. 

An‘anaviy  ta‘lim  texnologiyasidan  farqli  ravishda  ushbu  faoliyat  jarayonida 

o‘quvchi  yetakchilik  rolini  bajaradi.  O‘quvchining  o‘quv-biluv  jarayonidagi 

yetakchiligi quyidagi pedagogik vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi: 

 o‘quvchida nazariy bilimlar hamda faoliyatni o‘zlashtirishga bo‘lgan ichki ehtiyoj 

hamda rag‘batni haror toptirish; 

 nazariy  bilimlar  hamda  faoliyatni  o‘zlashtirishga  nisbatan  ongli  yondashuvni 

vujudga keltirish; 

 ularda mustaqil faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish; 

 boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faolligini ta‘minlash; 

 boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  mustaqil  fikr  yuritish,  nazariy  va  amaliy 

bilimlarning  mohiyatini  tahlil  etish,  anglash,  ular  xususida  ma‘lum  xulosalar 

chiqarish,  umumlashtirish  va  ularni  amaliy  faoliyatga  tatbiq  etish  borasidagi 

ko‘nikmalarni shakllantirish hamda takomillashtirish; 



36 

 

 o‘z faoliyatini nazorat qilish va baholash layoqatini haror toptirish. 



Pedagogik  texnologiyalarni  ta‘lim  amaliyotida  qo‘llash  bilan  birga  ularning 

samaradorligini ham baholashga alohida ahamiyat berish kerak. 

Pedagogik  texnologiyalarning  samaradorligini  aniqlash  mezonlari  pedagogik 

faoliyatni  tashkil  etishdan  ko‘zlangan  maqsad  va  uning  natijalanganlik  darajasini 

aniqlashga  imkon  beradi.  Shu  maqsadda  yangi  pedagogik  texnologiyalarning 

samaradorligini  aniqlash  mezonlari  mavjud  bo‘lib,    ular  quyidagi  guruhlarga 

bo‘linadi: 

Pedagogik texnologiyalarni loyihalash va ularni qo‘llash bosqichida baholash. 

Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta‘lim natijalarini baholash. 

Bugungi  kunda  rivojlangan  mamlakatlar  ta‘limi  tizimi  amaliyotida  yangi 

pedagogik  texnologiyalardan  tobora  kengroq  foydalanilmoqda.  O‘zbekiston 

Respublikasida ham bu borada bir qator samarali ishlar  olib borilmoqda.  

O‘zbekiston  Respublikasi  uzluksiz  ta‘lim  muassasalari,  jumladan,  boshlang‘ich 

sinf  mehnat  ta‘limi  darslarini  pedagogik  texnologiyalar  asosida  tashkil  etishning 

nazariy-amaliy    asoslarini  ishlab  chiqish  dolzarb  pedagogik  muamo  ekanligini 

asoslash imkonini berdi. O‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni faol tadbiq 

etish imkoniyatlari. Boshlang‘ich sinf  ta‘limi darslarini pedagogik texnologiyalar 

asosida  tashkil  etish  muammosining  nazariy-amaliy  jihatlarini  batafsil  o‘rganish, 

bu  boradagi  harakat  muvaffaqiyatini  ta‘minlash  omillaridan  biri  mazkur  o‘quv 

yurtlari  faoliyatini  yangi  pedagogik  texnologiyalar  asosida  tashkil  etishning 

mavjud holatini tahlil qilish va unga to‘g‘ri baho berishdan iboratdir. Zero, mazkur 

o‘quv  yurtlarida  tashkil  etilayotgan  ta‘lim-tarbiya  jarayoniga  pedagogik 

texnologiyalar  tatbiq  etilishining  mavjud  ahvolini  o‘rganish,  eng  avvalo,  tadqiq 

etilayotgan  muammoning  dolzarbligini  asoslash,  tadqiqot  doirasida  amalga 

oshirilishi nazarda tutilayotgan tajriba-sinov ishlarining  mazmunini  ishlab  chiqish 

hamda  yo‘nalishini  belgilash  imkonini  yaratadi.  Shunga  ko‘ra  tadqiqot  ishlarini 

amalga  oshirish  jarayonida  muammoning  mazkur  jihatini  o‘rganishga  alohida 

ahamiyat  qaratdik.  Bizning  bosh  maqsadimiz  bo‘lgan  o‘zbek  modelini  amalga 

oshirishda  iqtisodiy,  siyosiy,  ijtimoiy  va  madaniy,  ma‘rifiy  yo‘nalishlardagi 



37 

 

islohatlarni  amalga  oshirishda  demokratik,  fuqorolik,  jamiyatimizning  tarkibiy 



qismlarini tashkil etuvchi erkin shaxs tarbiyasi, uning mustaqil tafakkurini uzluksiz 

ta‘limning  dastlabki  bosqichlaridan  shakllantirib  borish  fuqorolik  jamiyatining 

asosiy talablaridan biridir. 

Aynan, o‘quv faoliyati orqali o‘quvchilarning ta‘lim mazmunini egallashi darajasi 

asosida, ya‘ni respublikamizda qabul qilingan DTS doirasida shaxs dunyoqarashi, 

tafakkuri  shakllanadi,  ijtimoiy  tuzumga  ongli  munosabati  tarkib  topadi.  Demak, 

ta‘lim mazmunini chuqur o‘zlashtirishni mustaqil tafakkurini shakllantiruvchi omil 

deb  qaraymiz.  Ushbu  nuqtai  nazardan  o‘quv    faoliyatini  yangi  pedagogik 

texnologiya  asosida  tashkil  etish  nafaqat  o‘quv  jarayonining  samaradorligini 

oshirish  bo‘lib  qolmay,  balki  ijtimoiy  zarurat  talabidan  kelib  chiqqan  holda 

demokratik, fuqorolik jamiyatining faol ishtirokchisini shakllantiruvchi omil bo‘lib 

xizmat qiladi. Ma‘lumki, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta‘lim tizimiga 

ilg‘or  pedagogik  texnogiyalarni  joriy  qilish,  ularni  har  tomonlama  o‘zlashtirish 

zarurligi    ko‘p  karra  takrorlanadi.  Umuman    olganda  bu  iboraning 

leksikologiyamizga  kirib  kelganiga  ko‘p  fursat  bo‘lgani  ham  yo‘q.  SHu  o‘rinda 

pedagogik  texnologiyaning  mazmuni  nima?.  Tushunchaning  pedagogik  va 

umuman ta‘lim jarayoniga qanday aloqasi bor?-savol  tug‘ilishi tabiiy hol. 

 To‘g‘ri,  ta‘lim  texnologiyasida  o‘quv–tarbiya  jarayonini  metodik  ta‘minlashga 

katta 

imkoniyatlar 



bor. 

Pedagogik 

texnologiyalarni 

qo‘llash 

orqali 

o‘qituvchilarning  metodik  mahoratini  oshirish  masalasining  bir  tomoni  xolos. 

Keng  ma‘noda  esa    o‘quv–tarbiya  jarayonining    yaxlit  tarzda,  mazmunli  amalga 

oshirish  texnikasi,  uning  pirovard  natijalari  samaradorligini  belgilovchi  omil, 

o‘qituvchi,  kadrlarni  mahoratga,  samarali  mehnat  qilishga  yetaklovchi 

yo‘ldir.Boshlang‘ich  maktab  har  qanday  holda  ham  o‘quvchilarda  bilimlarni 

shakllantirishda  va  ularning  qobiliyatlarini  aniqlashda  asosiy  rolь  o‘ynaydi  va 

undan keyin ham shunday bo‘lishi kerak. Ammo boshlang‘ich maktabdagi barcha 

o‘qituvchilar  bolalarning  qobiliyatlarini  aniqlash  va  rivojlantirish  uchun  tegishli 

ishlarni amalga oshirayotirmi?. Masalan, nima uchun yuqori sinflarda a‘lo bahoga 

o‘zlashtiradigan bolalar soni kamayib bormoqda?. 



38 

 

  Iste‘dodli, qobiliyatli bolalar yo‘qmi yoki o‘qitish jarayoni shunchalik samarasiz 



bo‘lib qolganmi?. Bularning sababi nima?. Sababi ko‘p. Birinchidan, boshlang‘ich 

sinf  o‘qituvchisi  bolalar  bilan  induvidal  ish  olib  borish  imkoniyati  cheklangan. 

Sinflarda  bo‘sh  o‘zlashtiradigan  o‘quvchilarga  alohida  e‘tibor  berish  zarur. 

Ikkinchidan,  mazkur  o‘qituvchilarning  metodik  saviyasi  yetarli  emas.  Sinfdagi 

umumiy  ishlar  jarayonida  qobiliyatli  bolalarning  ijodiy  imkoniyatlari  cheklanib 

qolmoqda.  O‘sib  kelayotgan  yosh  avlodda  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini 

shakllantirish,  sog‘lom  va  barkamol  naslni  tarbiyalab  etishtirish  murabbiylarning 

muhim  burchidir.  Chunki  mustaqil  fikrlovchi  o‘quvchilargina  kelajakda  har 

tomonlama  yetuk,  barkamol  insonlar  bo‘lib  yetishib,  mustaqil  respublikamizni 

ilg‘or  jahon  davlatlari  qatoriga  olib  chiqadilar.  Umuman,  boshlang‘ich  sinflarda 

joriy etiladigan yangi pedagogik texnologiyalar avvalo fanlar orasidagi bog‘liqlikni 

ta‘minlash, bolalarni ortiqcha qiyinchiliklardan ozod etish, buning uchun fanlarni 

integratsiyalash, o‘quvchi faliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, 

sinfda  va  sinfdan  tashqari  vaqtlarda  bolalar  orasida  tashabbuskorlik  muhitini 

yuzaga keltirish, erkin fikrlash, ijodiy izlanish tizimini yaratish kabi qator ishlarni 

amalga  oshirishdan  iboratdir.  Umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktablarida  mehnat 

ta‘limining  o‘quv  mashg‘ulotlari  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  orasidagi  o‘zaro 

munosabat  va  muloqot  asosida  tashkil  etiladi.  Bunda  o‘quv  omillarini  yaratishga 

asoslangan  pedagogik  texnologiya  o‘qituvchilarning  o‘quvchilarga  muloqot 

asosida  ta‘sir  etish  yo‘llarini  ham  o‘z  ichiga  oladi.  Keng  tarqalgan  metod  yoki 

muloqot ta‘sirlari quyidagilardan iborat: ishontirish, isbotli natijalarga asoslanish, 

bevosita hamda bilvosita ta‘sir, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zaro ta‘sir metodlari. 

Pedagogik texnologiyani o‘quv mashg‘ulotlariga faol tadbiq etish hisobiga ta‘lim 

jarayonining  rag‘bati  (motivatsiyasi)  kuchaytirilishi  mumkin.  Ma‘lumki,  tayyor 

holda  olingan  bilimlar,  odatda,  ularni  amaliyotda  qo‘llashni  qiyinlashtiradi,  bu 

ayniqsa, aniq biror buyumni tayyorlashda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun bilim, 

ko‘nikma  va  malakalarni  o‘zlashtirishda  o‘quvchilarning  bevosita  faoliyat 

ko‘rsatishlari  talab  etiladi.  Bu  muammoning  yechimi  boshqaruvga  asoslangan 

pedagogik texnologiyaning qo‘llanishi bilan bog‘liqdir. 



39 

 

Pedagogik  texnologiya  turlarini  tanlash  shakllanayotgan  bilim,  ko‘nikma  va 



malakalar,  tashkil  etilayotgan  mehnat  ta‘limi  darslari  shakli  va  qo‘llanilayotgan 

metodlar hamda metodik usullarning xususiyatiga bog‘liq. Masalan, o‘quvchilarda 

ijodiy  tafakkurni  rivojlantirish,  o‘quv  materiallariga  tanqidiy  yondashish 

ko‘nikmasini  shakllantirish  hamda  maxsuldor  faoliyat  turlarini  tashkil  etish  bilan 

bir qatorda ularni rivojlantirish uchun o‘quv mashg‘ulotlarining an‘anaviy shakllari 

(uyg‘unlashtirilgan  darslar)  bilan  birgalikda  konferentsiya  darsi,  ishchan  o‘yin 

darslari,  intergallashtirilgan  (ikki  komponentli)  darslardan  foydalanish  lozim. 

Mazkur  vaziyatda  ta‘lim  metodlari  o‘quv  maqsadlari  bilan  mutanosib  (adekvat) 

bo‘lishi kerak. Pedagogik texnologiyani o‘quv mashg‘ulotlariga faol tadbiq etishda 

topshiriqlar mazmuni bilimlarni turli vaziyatlarda qo‘llashga yo‘naltirilgan, yangi 

sharoitda faoliyat ko‘rsatishga undovchi, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida sxemalar 

to‘zish,  ularni  tasniflash,  qiyoslash,  izchil  tizimga  solish  va  umumlashtirish  kabi 

masalalarni yechishga qaratilgan bo‘lishi lozim. O‘quv mashg‘ulotlarining didaktik 

jihatdan  takomillashuvi  faqatgina,  ushbu  jarayonni  tashkil  etish  va  boshqarish 

yo‘llarini  tug‘ri  tanlash  bilan  ta‘minlanadi.  Bunda  faoliyat  boshqarilishi  hamda 

o‘quvchilar  jamoasi  boshqarilishi  ko‘zda  tutiladi.  O‘quv  mashg‘ulotlarida 

muayyan pedagogik texnologiyani tanlash o‘quv vaziyatining o‘zgarishiga imkon 

beradi va bu faoliyat maqsadiga qarab amalga oshiriladi. 

Pedagogik  texnologiyani  o‘qitish  jarayoniga  faol  tadbiq  etishda  o‘quvchi  ta‘lim 

tizimiga  moslashtirilmay,  aksincha,  ta‘lim  tizimi  turli  shaxsga  xos  barcha 

xususiyatlari  (erkinlikka  intiluvchanlik,  mustaqillik,  shaxsiy  fikrlarning  mutloq 

o‘ziga  xos  tizimga  ega  bo‘lishi,  o‘z-o‘zini  tasdiqlash  extiyojining  mavjudligi  va 

boshqa  holatlar)ni  hisobga  olgan  holda,  o‘quvchi  individualligini  rivojlantirish 

imkonini berishi hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘zligini namoyon etish uchun 

sharoit  yaratish  lozim.  SHuningdek,  bu  jarayonda  o‘quvchi  shaxsiga  faoliyatli 

yondashish  orqali  shaxsni  «sub‘ekt»  sifatida  erkinlikka  intilishi,  o‘z-o‘zini 

rivojlantirishi,  mustaqil  uqishi,  o‘zligini  namoyon  etishi  va  faollashtirishi 

ta‘minlanadi.  O‘quv jarayoni tarkibiy qismlari – maqsad, mazmun, metod, shakl, 

usul va vositalar o‘quvchi uchun shaxsan ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy tajribasi 



40 

 

maxsuli sifatida tadbiq etiladi. Masalan, agar o‘quvchi o‘quv faoliyati mohiyatini 



anglay  olmasa,  o‘quv  maqsadini  tan  olmaydi,  o‘qituvchi  qo‘ygan  vazifalarni 

tushunmaydi  va  qabul  qilmaydi,  u  tomonidan  sodir  etiladigan  barcha  hatti-

harakatlar  majburiyat  va  taziyq  ostida  sodir  bo‘ladi.  Natijada  uning  bilimlari 

rasmiy  xarakterga,  o‘qituvchining  faoliyati  esa  rasmiyatchilik  mazmuniga  ega 

bo‘ladi.  Bilim  esa  ularni  amaliyotga  tadbiq  etishga  qaratilgan  faoliyat 

natijasidagina  shakllanadi.  Bu  darslik  mazmunidan  ba‘zi  ilmiy  ma‘lumotlarni 

shunchaki  ko‘r-ko‘rona  yodlab  olish  bo‘lmay,  balki  o‘quvchining  shaxsiy, 

sub‘ektiv  tajribasiga  asoslangan  xaqiqiy  bilimlar  bo‘ladi.  O‘quvchi  muayyan 

bilimlarga nisbatan befarq bo‘lmay, bilimlar uning uchun shaxsiy mazmunga ega 

bo‘lsagina  puxta  o‘zlashtiriladi.  O‘qituvchi  bunga  o‘quvchida  o‘quv  predmetiga 

nisbatan  qadriyatli,  ijobiy  sub‘ektiv  munosabatni  tarkib  toptirish  natijasida 

erishadi. 

 


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish