5.2.-MAVZU: QOG’OZDAN BUKLASh YO’LI BILAN O’YINChOQ YaSASh (“ORIGAMI USULI”)
Reja :
1. «Origami» so’zining kelib chiqishi
2. «To’tiqush» ni origami usulida yasash.
3. «Do’ppi» ni origami usulida yasash.
«Origami» so’zining kelib chiqishi yapon tiliga mansub bo’lib, ikki ibora “ori” – buklangan va “gami” – qog’oz degan ma’nolarni anglatadi. Origami deyilganda odatda to’rtburchakli qog’ozlarni buklab turli buyum va o’yinchoqlarni yasash tushuniladi. Origami san’at sifatida ilk marotaba IX-XII asrlarda Yaponiyada paydo bo’lgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib‚ bu san’at Evropa mamlakatlariga ham tarqalib, rivoj topa boshladi.
Har qanday buyumlarni yasashning izchil tizimiga ega chizma suratlar sifatida tasvirlash urfga kirdi. Zero, rasmlarga qarab qog’oz buklamlaridan turli buyum o’yinchoqlar yasash 4-5 yoshli bolalardan tortib maktabning boshlang’ich sinfi o’quvchilarining ham tasavvur doirasini kengaytirishi, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o’stirishi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |