O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va maxsus psixologiya fanidan mustaqil ta`lim topshiriqlari


– Topshiriq: Test savollariga javob bering



Download 48,61 Kb.
bet3/11
Sana09.08.2021
Hajmi48,61 Kb.
#143162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
-17 - (3)

2– Topshiriq: Test savollariga javob bering
1.Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalaming pedagogik tasnifi

1.Karlik eshitishning turg'un yo'qolishi bo'lib, unda mustaqil holda nutqni egallash, hatto quloqqa yaqin bo'lgan masofadagi nutqni ravshan idrok etishning imkoniyati bo'lmaydi. Total (to'liq) karlik, xuddi total ko'zi ojizlik uchramagani kabi, juda kam uchraydigan hodisadir. Ko'pincha karlikda baland nutqiy bo'lmagan tovushlami, quloq suprasiga yaqin masofadagi ba’zi nutqiy tovushlami idrok etish darajasida bo'lgan eshitish qoldiqlari saqlanib qoladi. Audiometrik tekshiruv eshitishning 80 db. (detsibel - tovushni idrok etishni o'lchashda qo'llanuvchi o'lchov birligi) dan yuqori darajada yo'qolganini ko'rsatadi. Zaif eshituvchilik eshitishning turg'un pasayishi bo'lib, unda ushbu eshitish qoldig'i asosida nutqiy zaxirani minimal holatda mustaqil ravishda egallash, murojaat etilgan nutqni quloq suprasiga yaqin masofada idrok etish imkoniyati bo'Iadi. Audiometr tekshiruvi eshitishning 80 db.dan kam bo'lmagan pasayishini ko'rsatadi. Eshitish muammolari holatidagi nutqning rivojlanish darajasi quyidagi to'rt omilga tobedir: 1) eshitishning darajasi; 2) eshitish muammosining sodir bo'lish vaqti; 3) bolaning individual xususiyatlari; 189 4) eshitish muammosi sodir boMgandan so‘ng bola uchun yaratilgan pedagogik sharoit. Shundan kelib chiqqan holda har ikki guruhdagi eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar, o‘z navbatida, yana ikkitadan guruhga bo‘linadi: Karlar: 1) tug‘ma yoki ilk yosh davrida eshitish qobiliyati yo‘qolgan va nutqni egallay olmagan kar bolalar; 2) eshitish qobiliyati kech yo‘qolib, nutqi saqlanib qolgan kar bolalar. Zaif eshituvchilar: 1) nutqida qisman chetga chiqishi (nutqining grammatik tizimida me’yordan chetga chiqishlar: qo‘shimchalami noto‘g‘ri qoMlash yoki tushirib qoldirish, ba’zan talaffuz muammolari) bo‘lgan zaif eshituvchi bolalar; 2) chuqur nutqiy muammolarga ega boMgan (lug‘at zaxirasi o‘ta chegaralangan, nutqi qisqa, noto‘liq so'zlardan, grammatik tizimi so‘z-gapdan, bo‘g‘in-so‘zlar qatoridan iborat) zaif eshituvchi bolalar.Tadqiqotlaming natijasi shuni ko‘rsatdi-ki, kar va zaif eshituvchi bola bir-biridan keskin farq qiiadi. Zaif eshituvchi boladagi inson uchun о 4a zarur bo‘lgan analizator - eshitish faoliyatining toMiq emas, qisman buzilishi nutqning birmuncha shakllanishiga imkon beradi. Lekin bunday yo‘l bilan nutqni egallashning o‘ta chegaralanishi bola tomonidan tushuncha va tasawurlar (nutqning keyingi idroki va tushunilishi)da o‘zgachalikni yuzaga keltiradi. Zaif eshituvchi bolaning nutqi rivojlanmasdangina qolmay, balki buzilgandir ham. Masalan, lug'at zaxirasining kamligi bilan bir qatorda so‘zlaming boshqa ma’noda qo‘llanishi, grammatik tizimning rivojlana olmasligi bilan bir qatorda, ular ma’nolarining noto‘g‘ri tushunilishi kuzatiladi. Bularning barchasi bilish faoliyatiga ta’sir ko'rsatadi: taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish kabi psixik jarayonlar zaif eshituvchilarda o‘ziga xos tarzda namoyon boMadi. Eshitishida nuqsoni boMgan bolalarni eshitish darajasiga ko‘ra guruhlarga tasniflash va mazkur tasnif asosida maxsus ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish ijobiy samara beradi. Eshitishida nuqsoni boMgan bolalarni differensial tashkil etish uchun har xil tamoyilli tasniflash mavjud. Maxsus maktab o‘quvchilarini o‘rganish, shuni 190 ko'rsatdiki, bu maktablarda o‘qitish ishlari asosan birlamchi nuqsonni hisobga olgan holdagina olib borilar ekan.Birinchi tasniflash XVI asrga to'g'ri keladi. Italiya olimi D.Kardano karlikning vujudga kelish vaqti va nutqiy rivojlanish darajasiga asoslanib, 3 guruhga karlami ajratgan: Tug‘ma karlar. Erta kar bo‘lganlar (nutqi rivojlangunga qadar); Kech kar bo‘lganlar (nutqi saqlanib qolganlar). XVIII asr Fransuz pedagogi R.A.Sikar eshitish nuqsoni har xil bo‘lgan bolalami guruhlarga bo‘lishni va ulami bo'lak holda o‘qitishni taklif qilgan. XIX asming birinchi yarmida Rus surdopedagogi V.I.Fleri kar va zaif eshituvchi o'quvchilami, kech kar bo‘lib qolganlarni va zaif eshituvchilami bo'lak holda o'qitish kerakligini taklif qilgan. Parijdagi kar va zaif eshituvchi o'quvchilar instituti vrachi J.Itar besh guruh karlami ulaming tovushlar va nutqlar eshitishiga qarab ajratgan: yuqori nutq va tovushlami qulog'ining yaqinida eshituvchilar; unli va undoshlami ajratuvchilar; ayrim unli va undoshlami ajratuvchilar; nutqlami eshitmaydigan, lekin baland tovushlami eshituvchilar; umuman eshitishida nuqsoni bo'lganlar. Biroq kar bolalaming tabaqalashtirishni, faqat turli darajadagi eshitish qobiliyatini yo'qotganlami o'qitish bilan ijobiy natijalar bermadi. XIX asming ikkinchi yarmida Peterburg kar va zaif eshituvchi o'quvchilar bilim yurtida Ya.T.Speshnev ikkita bo'linma tuzdi: turli xildagi nutqlarga ega bo'lgan kar bolalar uchun; imo-ishora asosida muloqot qiluvchilar uchun.Ya.T.Speshnev tomonidan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar nutq imkoniyatini yaxshilash bo'yicha tabaqalashtiradi, asosiy nuqson darajasi hisobga olinmaydi. Bunday hoi ulami o'qitish mobaynida kerakli samara bermadi. Eshitish qobiliyati juda nuqsonli bo'lgan bolalaming yuqori o'zlashtiruvchanliklari boshqa tomondan eshitish qobiliyati saqlangan bolalaming nuqsonli bo'lgan o'zlashtiruvchanliklari kuzatiladi. Bunday hoi esa o'qituvchilar tomonidan o'quvchilami aqliy rivojlanishi bo'yicha ajratib o'qitishga majbur qiladi. L.V.Neyman bolalar eshitish qobiliyatining buzilishini o'rganish va tasnifini yaratish tarixida uch bosqichni belgilaydi: kar va zaif eshituvchi o'quvchilarda eshitish qobiliyatini tekshirishni tizimlashtirish boshlang'ich urinishidan, amaliyotda eshitishni o'lchagich uskunasini kamerton to'plamidan faydalanishni amaliyotda qo'llash; kamertondan to audometrgacha bo'lgan davr; hozirgi talabga javob beradigan amaliyotga kiritilgan 191 audiometr. L.V.Neyman eshitish chastotalari maydoni yordamida qabul qilish diapazoniga asoslanib, karlami to‘rtta guruhga ajratadi. 1-guruhda 250Gc chastotalami qabul qiladiganlar. Bu bolalar tovushlaming birortasini ham ajrata olmaydilar, faqat quloq oldida baland ovozni eshitadilar. (Baqiriq, poyezd gudogining ovozi.) 2-guruh 125-250-500 Gc chastotalami qabul qiiadi. Bu bolalar faqatgina eshitibgina qolmay, «о», «и» unlilarini ajratadilar. Yaqin masofada atrof-muhitdagi tovushni eshitadilar. 3-guruh 125-250-500-1000 Gc chastotalami qabul qiiadi. Bu guruh bolalari quloq oldida so‘zlashuv balandligidagi ovozlarga e ’tibor beradilar, 3-4 unlilami anglaydilar, ulaming ko‘pchiligi ba’zi tanish so‘zlami anglashadi. 4-guruh 125-2000 Gc. Bu guruhdagi ko‘pchilik bolalar quloq oldida va uzoq boMmagan masofadagi gaplami eshitadilar. Tanish gaplar va so‘zlarni, unli va undoshlami ajratadilar. Eshitishda kamchiligi bo‘lgan bolalarda nutqiy rivojlanishlaming darajasi va xarakteri bir qator omillar asosida yuzaga keladi. R.M.Boskis nutqiy rivojlanish darajasining quyidagi to‘rt omil bilan aloqadorligini ko'rsatib o‘tgan. Zaif eshituvchi bolalarni eshitish chastotasi hajmiga qarab kar bolalarnikidek guruhlash to‘g‘ri kelmaydi. Chunki ko‘pchilik zaif eshituvchilar keng diapazondagi 4000Gc va yuqori chastotada qabul qiladilar. Har bir guruh zaif eshituvchilar tomonidan ayrim gaplarni eshitish imkoniyatlari bo‘yicha belgilanadi. 1-darajali zaif eshituvchilarda tovush diapazonida eshitishning pasayishi 50dBdan oshmaydi. Ulaming chastotalami qabul qilishi 125-8000Gc atrofida. lwdan ortiqroq masofada so‘z!i tovush balandligida gaplami ajratish imkoniyati bor. Ular bilan muloqotda bo‘lish mumkin. 2-darajali zaif eshituvchilarda eshitishning diapazonini pasayishi 70<#?gacha. lmdan kamroq masofada me’yordagi balandligikdagi gaplami ajratish imkoniyati bor. Ular bilan muloqotda bo‘Iish birmuncha qiyinroq. 3- darajali zaif eshituvchilarda tovush diapazonida eshitishning pasayishi lOdBdan yuqori. Me’yordagi balandlikdagi gaplami ajratish quloq oldida ham qiyinlashadi; muloqot qilish faqat baland ovozda quloq yaqinida amalga oshiriladi. Zaif eshituvchilarda 15-20dBda mustaqil nutq jarayonining qiyinlashuvi, eshitish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Buni L.V.Neyman me’yordagi eshituvchilar bilan zaif eshituvchilar 192 o‘rtasidagi taxminiy chegara deb qabul qilishni taklif etadi. Zaif eshituvchilar bilan karlar o‘rtasidagi taxminiy chegara esa 80db dir.


Download 48,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish