O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


I-bob. 2-qism. Ajdodlarimiz merosida ma’naviyat masalalarining



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/39
Sana22.12.2022
Hajmi1,49 Mb.
#894382
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n

I-bob. 2-qism. Ajdodlarimiz merosida ma’naviyat masalalarining 
o’rganilishi. 
 
Ahli bashar ma’naviyatsiz bo’lmaydi, chunki aslida inson mohiyati 
moddiyat va ma’naviyatning tutashuvidadir. Har bir shaxs, har bir ijtimoiy guruh 
yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa xalqlarining o’ziga xos ma’naviy olami 
mavjud. Ushbu ma’naviy olamlar doimo bir xil saqlanmaydi, zamon va makonda 
o’zgarib, goh kamolot sari yuksalib, goh qashshoqlashib turadi. Lekin ma’naviyat 
xodisasini tadqiq etish oson ish emas, bu hozirgi kunda ushbu ilmni 
rivojlantirishga urinishlar o’ta qiyinchilik bilan samara berayotganida ham 
sezilmoqda. Ammo yoshlarimiz ongiga ma’naviyat hodisasi mohiyatini singdirish 
uchun ajdodlarimiz merosini o’rganish samarali bo’lar edi. 
Ma’naviyat hodisasi asosan ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: shaxs 
ma’naviyati va millat ma’naviyati. Agarchi tarixan va nazariy jihatdan millat 
ma’naviyati, tom ma’noda olganda, ushbu millatga qaysidur bir jihatdan aloqador 
hisoblanuvchi, o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyatining 
majmuidan iborat bo’lsada, voqelikda har bir shaxs ma’naviyati millat 
ma’naviyatidan oziqlanadi, uning asosida kamol topadi. Prezidentning g’oyatda 
xikmatli iborasi bilan aytganda har bir inson ,,o’zini xalqning bir zarrasi deb 
sezgandagina, u haqda o’ylab mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan 
tutashadi’’
36
.Agar bir millat vakili o’z ajdodlarining ma’naviy merosidan butkul 
bebahra qolgan bo’lsa va muayyan sharoitda to’liq boshqa millat ruhida tarbiya 
olsa, uni endi o’z millatining to’la qonli vakili deyish qiyin. 
Xalq ma’naviyatini, millat ma’naviyatini sun’iy ravishda qandaydir o’ylab 
topilgan aqidalarga, dogmalarga tayanib yuzaga keltirib ham, keskin o’zgartirib 
ham bo’lmaydi. Chunki ma’naviyat tushunchasining mazmuni bir kunda, bir yilda, 
hatto bir asrda shakllanadigan narsa emas, u har bir xalqning juda uzoq tarixi 
qa’ridan oziq olib teranlik kasb etib keladi. 
36
Islom Karimov. Asarlar. 1-jild, T., 1996-yil, 81-bet.


25 
Shuningdek milliy ma’naviyatimizning shakllanishi ham bir necha 
mingyilliklarni o’z ichiga oladi. Bunda asosiy maqsadimiz: ,,Birinchi navbatda 
milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim. 
Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan.Tarixning ne-ne sinovlaridan 
o’tgan. Insonlarga og’ir damda madad bo’lgan. Bizning vazifamiz shu xazinani 
ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish, so’zda emas, amalda har bir 
kishining vijdon erkinligini, e’tiqotining erkinligini, ta’minlashimiz kerak’’
37
.
Ajdodlarimizning ma’naviyat masalalariga qay darajada e’tibor berganligi 
haqidagi fikrlar ichida Prezidentimiz Islom Karimovning: ,,Ajdodlarimiz tafakkuri 
va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tashyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi 
namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 
ming –minglab qo’lyozmalar, ularga mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, 
siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, kimyo, astranomiya, me’morlik, 
dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy 
boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan-kam 
topiladi”
38

Xo’sh ajdodlarimiz ma’naviyat masalariga oid qanday ulkan meros 
qoldirgan? Ularning salmo’g’ini o’lchab bo’ladimi? Tadqiqot ishidan ularning 
barchasini ochib bera olmasakda, ma’lum bir qismini yoritib berishning imkoni 
bor. 
Avvalo miliy ma’naviyatimizning tarixiy takomil davrlarini uch bosqichga 
bo’lib olsak o’rinli bo’lar edi : 
1.Islomgacha milliy ma’naviyatimizning shakllanishi (eng qadimgi 
davrlardan –VIII asr boshlarigacha ). 
2. Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimizning takomili –
(VIII-XV asrlar ). 
3.Yangi davr jahon madaniyati miqyosida milliy ma’naviyatimizning ahvoli 
-(XVI -XX asrlar).
39
37
Islom Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. T., O’zbekiston, 1994-yil, 65-66-bet.
38
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yil, 30-31-bet.
39
M. Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimizning rivojlanish tarixi. TDPU, 2012-yil, 16-bet.


26 
Milliy ma’naviyatimiz millatimizning ma’naviy takomil jarayonida tashkil 
topgan va bugungi kunda ham mavjudligini saqlab turgan ko’p o’lchamli voqelik 
bo’lib, ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy merosda o’z aksini topgandir. 
Islomgacha milliy ma’naviyatimiz shakllanishini 3 bosqichga bo’lib 
o’rganamiz :
1. Ilk ma’naviyat unsurlarning shakllanishi . 
2. Ilk shahar jamoasi ma’naviyati. 
3. Millat tuyg’usi va milliy birlik g’oyasining shakllanishi.
40
Islomgacha ma’naviyatimiz takomili haqidagi eng muhim manbalar 
o’lkamizning bugungi milliy hududlaridan tashqarida topilgan bo’lib, asl 
matnlarning yaxlit va nisbatan mukammallari ,,Aveto’’ kitobi va turkiy 
toshbitiklardir . 
,,Avesto’’ kitobi ajdodlarimiz din jumladan ma’naviyat sohasida biz 
avlodlarga meros qilib qoldirgan eng qadimgi manbalardan biri hisobladi. 
Islomgacha milliy ma’naviyatimiz shakllanish davrining o’ziga xos eng 
umumiy xususiyati uning asosan asotir tafakkur zaminida rivojlanganidadir. Bu 
narsa ayniqsa ,,Avesto’’ kitobi misolida yorqin nomoyon bo’ladi . 
Ushbu bebaho ma’naviy obidada ,,borliqning yaxlitligi va bir butunligi, 
inson hayotining tabiat bilan uyg’unligi masalasi, odamning ruhiy olamiga 
chambarchas bog’liq holda ko’rsatilganligi”
41
alohida e’tiborga molik. Ayniqsa, 
undagi ulug’ ahloqiy tamoyil ,,ezgu fikr ,ezgu so’z ,ezgu amal’’birligi bugungi 
kunimizda ham ma’naviy ahamiyatini to’liq saqlab kelayotganligini ko’rishimiz 
mumkin . 
Ma’lumki ,yurtimizdagi bizga ma’lum ilk shakllangan yaxlit ma’naviyat 
tizimi ,,Avesto’’ kitobida o’z aksini topgan. Bu kitob mustaqillik sharofati bilan 
hozirgi o’zbek tiliga to’liq tarjima qilinib nashr etildi. Bir paytlar bu kitob 
muqaddas ,,mazdayasna’’diniga asos bo’lgan bo’lsa, bugun biz unga yirik adabiy 
yodgorlik sifatida qaraymiz . ,,Avesto’’matnlari shakllangan, yig’ilgan va qayta 
40
M. Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimizning rivojlanish tarixi. TDPU, 2012-yil, 18-bet.
41
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yil,32-bet.


27 
yig’ilgan davrlar asotir tafakkur davri bo’lganligi sababli bu kitobda bayon etilgan 
ma’naviy qadriyatlar tizimi keyinchalik boshqa yurtlarga tarqalib, turli siyosiy, 
g’oyaviy ta’sirlar osida ko’p joylarida mushriklik aqidalari bilan chalkashib ketdi. 
Masalan, Zardusht gohlarida tilga olingan 7 amshosipandlar mohiyatiga e’tibor 
qaratidigan bo’lsak, qadim avesto tilida Spinta Maynyu (Sipand Miynu ) - 
,,tafakkur olami’’, Ashah Vahishta (Ardabehesht)-,,go’zal haqiqat”, ,,mukammal 
nizom’’, Vuhuvmana(Bahman)- ,,ezgu niyat”, Spinta Ormaitiy (Ispandormaz)-
,,komil aql”, Zashra Vayrayak (Shahriyor) -,,umid dunyosi’’, Amirmitota 
(Amurdod ) -,,umrboqiylik’’, ,,abadiyat’’, Xavravatot (Ho’rdod ) ,,komillik’’, 
,,to’g’rilik’’ ma’nolarini anglatib kelgan .Keyinchalik kohinlar talqinida bularning 
har biri ilohiy hilqat sifatida tasavvur qilinib , ularga sig’inish qoidaga aylangan, 
ya’ni Zardusht da’vatidagi yagona Parvardigor – Axura Mazda (ilohiy bilim egasi, 
ma’nosida)ga e’tiqod qilish o’rniga yuqoridagi kabi ma’naviy qadriyatlarni ilohlar, 
ya’ni sig’inish obektlariga aylantirish holati yuz bergan . 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ,,Avesto’’ kitobi ajdodlarimizning 
ma’naviyat sohasida qoldirgan ulkan merosidan biri hisoblanadi .,,Bunday o’lmas 
osori atiqalar bu ko’hna o’lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan, 
buyuk madaniyat mavjud bo’lganidan guvohlik beradi”
42

,,Avesto’’ bizgacha yozma manba shaklida yetib kelgan bo’lsa, 
ajdodlarimizdan xalq og’zaki ijodi shaklida yetib kelgan ma’naviy boyliklarimiz 
mavjud. Ana shulardan biri ,,Alpomish’’ dostonidir. ,,Alpomish” dostonini 
ma’naviy meros sifatida qabul qilishimizga sabab, ,,Bu o’lmas asarni xalqimiz 
asrlar davomida yaratgan, o’z iymon–e’tiqodidek asrab–avaylagan, qancha avlod–
ajdodlarimiz ,,Alpomish’’ dostoni asosida tarbiya topgan, o’zligini anglagan, 
ma’naviy boylikka ega bo’lgan’’
43

,,Alpomish’’dostonini eshitgan yoki o’qigan insoning ma’naviyati bir 
pog’ona yuqoriga ko’tariladi desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Chunki dostonda 
vatanparvarlik, adolatli va haqgo’y bo’lish, yurtimiz, oilamiz, do’stu yorimiz, or-
42
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yil, 31-bet.
43
O’sha asar. 33-bet.


28 
nomusimizni, ota–bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajavuzdan 
himoya qilish haqida gap boradi. Shuningdek dostonda yana tarixiy ildizlarimiz 
qanchalik chuqur ekanini, xalqimiz qanday tabiiy – ijtimoiy muhitda shakllanib 
rivojlangani va ajdodlarimiz olis davrlarda ham jamoa bo’lib, qiyinchiliklarni 
birgalikda yengib yashagani yorqin bo’yoqlarda tasvirlab berilgan.
Prezidentimiz I.A.Karimov : ,, Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi 
tuganmas bir doston bo’lsa, ,, Alpomish’’ ana shu dostonning shoh bayti, desak, 
to’g’ri bo’ladi’’
44
, -deb dostonning ma’naviy qimmatiga yuksak baho berdilar. 
1999-yili yurtimizda ,,Alpomish’’ dostonining ming yilligi keng nishonlanishi 
xalqimizning ushbu suyukli dostonga bo’lgan muhabbatining yana bir isboti bo’ldi
Ajdodlarimiz merosida din va ma’naviyat uyg’unligi ko’rishimiz mumkin. 
Lekin ular ayni bir hodisa sifatida tahlil etilmaydi. Din va ma’naviyat o’zaro bir-
birini to’ldiruvchi, ammo turli ma’nolarda keluvchi keng qamrovli tushunchalardir.
Mustaqillik sharofati bilan 1300 yil mobaynida ota-boblarimiz e’tiqod qilib 
kelgan islom diniga munosabat ham tubdan o’zgara boshladi. Sobiq ,,Ittifoq’’ 
davrida butun O’zbekistonda bor-yo’g’i 80 ga yaqin masjid faoliyat ko’rsatgan 
bo’lsa, mustaqillikning dastlabki yillaridayoq minglab yangi masjidlar ishga 
tushdi.
,,Din odamzotni hech qachon yomon yo’lga boshlamaydi’’
45
,- deydi 
Prezident. Dinni niqob qilib nizolar chiqarishga urinish ostida esa doimo muayyan 
xudbin niyat, g’arazgo’ylik yoki jaholat yotadi. 
,,Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, din-u 
diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Allox bizning qalbimizda 
yuragimizda”
46
, -deydi I. Karimov. Bu shunchaki gap emas, ayni shu ma’no 
Allohning kitobida qator oyatlar mazmunini tashkil etadi ,,Nur’’ surasining 35-
oyatida esa bu g’oya bevosita ifodalangan. 
Ma’naviyat insonning Haq bilan bevosita bog’lanishidir. Bu – asos 
mohiyatiga ko’ra g’ayri moddiy munosabat. 
44
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yil, 33-bet.
45
Islom Karimov. Asarlar. 1-jild. 26-bet.
46
Islom Karimov. Asarlar, 7-jild, 351-bet.


29 
,,Islom dini bu ota –bobolarimiz dini, - deydi I.Karimov, u biz uchun ham 
imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik’’
47
.Ushbu fikr 
islom dini hududimizga kirib kelgach, ajdodlarimizning ma’naviyatga munosabati 
asosan islomiy nuqtai nazardan bo’lganini ko’rishimiz mumkun. Demak 
ajdodlarimiz merosida ma’naviyat masalalarning o’rganilishida islom dinining 
o’rni beqiyos darajada ortiq. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish