O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
Maktabgacha ta’lim fakultet dekani
_________ M.T.Hamdamova
«___»________2022-yil
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 205-guruh talabasi
Mullayeva Nargizaning
“Maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtni idrok qilishni o’rgatish ” mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: _________katta o‘qituvchi I.T.Nurmatova
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Maktabgacha ta’lim metodiksi”
Kafedra mudiri ______________
p.f.n. dotsent, SH.A.Sodiqova
“___” ___________ 2022 yil.
Toshkent – 2022
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………….3
I BOB. Bolalarni vaqt haqidagi tasavvurlarini shakllantirishning ahamiyati
1.1. Vaqt va uning xususiyatlari ………………………………………………...6
1.2. Turli yoshdagi bolalarning vaqtni idrok qilishi…………………………...9
II BOB. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtni his qilishni rivojlantirish…………………………………………………………………….
2.1 .Kichik va o’rta guruhlarda sutka qismlari bilan tanishtirish………………..17
2.2. Katta va maktabga tayyorlov guruhida kun, hafta va oylarning ketma – ket kelishi va nomlari bilan tanishtirish......................................................................19
XULOSA………………………………………………………………………..23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………26
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. : Matematika umumbashariy madaniyatning muhim qismi hisoblanadi. Bu jihat matematikani gumanitar yo'nalishdagi talabalar ham o'rganishini bildiradi. Gumanitar fanlarda matematikaning ahamiyati katta. Barcha gumanitar fanlar biror ob'yektlar umumiyligi, ularning xossalari va ular orasidagi munosabatlarga ega.
Shunday qilib, matematika o'zining qo'llanilish oshasini kengaytiradi. Matematika asosan gumanitar fanlarni tartiblanishiga xizmat qiladi. Matematika optik uskunaga o'xshatish mumkin, unda oddiy ko'z bilan ko'rinmaydigan narslalarni ko'rish mumkin. U bizga ijtimoiy izlanishlarning ob'yektlari orasidagi munosabatlarni ochadi va o'ta effiktiv matematik apparatni taqdim etadi.
Matematikani egallamagan odam, murakkab o'zgaruvchi ob'yektlar orasidagi chuqur strukturaviy munosabatlarni tushunmaydi. Matematikani o'rganish shu bilan birga insonning shaxsiy sifatlarini shakllanishiga yordam beradi: har bir mulohazani to'liq asoslashga va asossiz umumlashmalardan saqlaydi. Gumanitar fanlarni matematiklashtirish hayotdagi inqirozlarni tushunish, boshqarish, baholash va oldini olishga yordam beradi.
Gumanitar ta'limda matematika fanining qo'yilishi nafaqat matematik fikrlashga o'rgatadi, balki hozirgi zamon jamiyatida to'la qonli faoliyat yuritishga asosiy zamin yaratadi. Inson matematikani o'rganayotib qanchalik chuqurroq o'rganishiga qarab o'zining "aqillilik" darajasi oshayotganini anglab boradi.
Insonning fazoda mo’ljal olish muammosi keng va ko’p qirrali. Fazoda farqlash va fazoni idrok qilish, fazoviy tasavvurlar va har xil fazoviy munosabatlarni, masalan, obyektlarning shakli, o’lchami, fazoviy yo’nalishlari, fazoda joylashgan o’rni, hajmi, bo’yicha, eni, balandliklari kabi masofalarining hammasi har xil fazoviy kategoriyalardir. Ularni idrok qilish va ular haqidagi tasavvurlar, fazoviy idrok tasavvur qilishdir.
Professor V.S.Sverdlovning tavsifi bo’yicha, fazoda mo’ljal olish “fazoviy idrok va tasavvurlarning amaliy ifodasi”dir. Fazoda mo’ljal olish fazoni bevosita idrok qilish va aytib o’tilgan kategoriyalarni bilish asosida amalga oshadi. Bunda diqqat, xotira, tafakkurning qatnashishi majburiydir.
Mana shuning uchun ham “fazoda moljal olish” tushunchasining mazmunini aniqlashda ba’zi mualliflar atrof tevarakdagi buyumlarning holatlari, o’zaro masofalari, kattaliklari, shakllari, o’zaro joylashuvlari va ularning mo’ljal olinayotgan jismga nisbatan vaziyatlarini o’z ichiga oladi, deb hisolaydilar.
Birmuncha torroq ma’noda fazoda mo’ljal olish” ifodasi joyda mo’ljal olish deyilganda, quyidagilar tushuniladi: a) “Turish nutqasi”ni, ya’ni subektning uni o’rab olgan obyektlarga nisbatan makonini aniqlash.
Masalan, men uydan o’ng tomonda turibman va h.k. b) atrofdagi ob`yektlarni fazoda mo’ljal olayotgan odamga nisbatan yakkalashtirish. Masalan, javon mendan o’ngda turibdi, eshik esa mendan chap tomonda; d) buyumlarning bir – biriga nisbatan fazoda joylashuvlarini, aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |