3. Maxsus maktabda ta’lim-tarbiyaviy ishlar tizimida sinf
rahbarining о‘rni va roli
Umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati О‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi», О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi
qarorlari, Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli meyoriy
hujjatlar va nizom asosida tashkil etiladi. Sinf rahbari ta’lim muassasasining
tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bо‘lib, о‘ziga biriktirilgan sinf
о‘quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.
Sinfda tarbiyaviy ishlarni asosiy yо‘lga qо‘yuvchi, о‘quvchilarning
birinchi tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Maktab direktori tajribali va
obrо‘li о‘qituvchilardan sinf rahbari tayinlaydi. Uniga bolalar hayotini yо‘lga
qо‘yish, jamoani uyushtirish va uni tarbiyalash mas’uliyati, sinfdagi о‘quv –
tarbiya ishlariga javobgarlik yuklanadi.
Sinf о‘quvchilarining ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda
о‘qituvchilar, bolalar yetakchisi, psixolog, ota-onalar, shuningdek ta’lim
muassasasi rahbariyati orqali voyaga yetmaganlar ishlari bо‘yicha komissiyalar,
mahalla, huquq-tartibot idoralari, xomiylik va vasiylik komissiyalari, tegishli
davlat va nodavlat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda ish tashkil
etadi. Sinf rahbari ta’lim muassasasida va keng jamoatchilik orasida sinf
о‘quvchilarining (ota-onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik darajasiga
javobgar shaxs hisoblanadi. Uning maqsadi har tomonlama yetuk, barkamol –
ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan Shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf
о‘quvchilarining qobiliyatlarini tо‘liq namoyon etishlari uchun yetarli pedagogik
sharoit yaratishdir. Bu borada ta’lim muassasalari pedogogik va о‘quvchilar
jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir о‘quvchining
о‘ziga hos xususiyatlariga qarab yondashishni yо‘lga qо‘yadi. Boshlang‘ich sinf
о‘qituvchilari о‘ziga biriktirilgan sinfga rahbar hisoblanadilar. 5-9-sinflarda sinf
rahbarlari tajribali о‘qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi ma’muriyati
31
tomonidan tanlab olinib, tayinlanadi. Bir о‘qituvchiga faqatgina bitta sinf
rahbarligi topshiriladi. Sinf rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy tarbiya
ishlari bо‘yicha direktor о‘rinbosari nazorat etadi va muvofiqlashtiradi.
Sinf rahbarlari о‘quvchilariga mehribon bо‘lishi, ularning о‘sib-
ulg‘ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etishi, yordamga muhtoj
о‘quvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy
g‘urur,
vatanparvarlik,
mehr-muruvvat,
mas’uliyat,
tashabbuskorlik,
ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg‘otadi.
Sinf rahbari ishini о‘quvchilarning yosh hususiyatlarini va umumiy
rivojlanish darajalarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli
tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi.
Aqli zaif о‘quvchilarga milliy istiqlol ruhida tarbiya berishning umumiy
rejasida sinf rahbarining shu sinfda dars beradigan barcha о‘qituvchilar bilan
hamkorlikda olib boradigan tarbiyaviy ishlari markaziy о‘rinni egallaydi.
Har bir zamonaviy о‘qituvchilarni о‘qitibgina qolmasdan, balki ularga
ta’lim ham beradi, ularning ilmiy dunyoqarashini va ma’naviy qiyofasini
shakllantiradi. U tarbiya berish vazifasini asosan ta’lim berish jarayonida darsda
xal etadi. Shu bilan birga, u darsdan (sinfdan) tanqari tarbiyaviy ishlarni yо‘lga
qо‘yishda ham ishtirok etadi. Masalan, о‘qituvchilar о‘quvchilarga ma’naviy
siyosiy tarbiya berishda sinf rahbarlariga yordam beradilar, о‘qituvchilar
madaniy dunyoqarashini boyitishda, ularga estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi
berishda kо‘maklashadilar.
U tarbiyachi sifatida о‘qituvchilarni har tomonlama kamol topishi
tо‘g‘risida, ularni mehnatsevarlik, jamoalik, e’tiqod ruhida tarbiyalash
tо‘g‘risida, о‘quvchilar bilimini oshirish va sinfda tartib intizomni
mustahkamlash tо‘g‘risida g‘amhо‘rlik qiladi. Sinf rahbari bu ishlarning
hammasini havaskor kishi sifatida emas, balki rasmiy, mas’ul shaxs sifatida
bajaradi. U maktab rahbarlari oldida, xalq maorifi organlari oldida о‘ziga
32
topshirilgan sinfda g‘oyaviy –siyosiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy
ishlarning mazmuni va yо‘lga qо‘yilishi uchun javobgardir.
Sinf rahbarining asosiy vazifasi-о‘quvchilarga tarbiya berish va ularni
dо‘stona bir jamoa qilib jipslashtirishdan iborat. Albatta, о‘z sinfidagi о‘quv
ishlari, о‘quvchilar bilim darajasini oshirish masalalari ham uning e’tiborini jalb
etadi. Ammo bu masalalarni hal etishga u avvalo tarbiyachi sifatida yondashadi.
Sinf rahbarining yana bir asosiy vazifasi-о‘quvchilarning tahlil guruhlarni,
aniq maqsadga yо‘naltirilgan ishchan jamoani tashkil qila olish va ularni ta’lim-
tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari,komil insonlar etib
voyaga yetkazishdir.
U eng asosan tarbiya berish vositalari orqali(о‘quvchilardaо‘quv
vazifasiga nisbatan ongli va mas’uliyat bilan munosabatda bо‘lishni tarbiyalash,
о‘qitishda о‘quvchilarning о‘zaro yordamini yо‘lga qо‘yish, ularni maktab
kundalik tartibga rioya qilishga о‘rgatish va shu kabilar) ta’lim berish sifatini
oshirishda shu sinfda dars beradigan barcha о‘qituvchilarga yordam beradi.
Har qaysi sinfda muayyan о‘qituvchilar jamoasi ish olib boradiki, bu
jamoa о‘quvchilarga qо‘yiladigan yagona talabga amal qilishi, ular bilan
individual ish olib borishni amalga oshirish ta’minlashning aniq yо‘llarini
belgilab chiqadi. О‘qituvchilarning sinflar bо‘yicha bо‘ladigan kengashlarida
sinfda va sinfdan tashqarida о‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarini yо‘lga quyish
masalalari kelishib olinadi.Sinf rahbari о‘z sinfidagi о‘quvchilar bilan boshqa
о‘qituvchilarga qaraganda kо‘proq muomala qilishi kerak.
Odatda jamoaning tashkilotchisi va yetakchisi sinf rahbari bо‘ladi. U
Sinfida dars beradigan о‘qutuvchilar olib boradigan о‘quv –tarbiya ishlarining
xususiyatlarini о‘rganadi, ularning о‘quvchilarga qо‘yadigan talablari hamda
о‘quvchilar bilan о‘zaro aloqalarini о‘rganadi, ayrim о‘quvchilar xulq – atvori
haqida, ularga ta’sir kо‘rsatish metolari haqida о‘qituvchilar xulq atvori haqida,
ularga ta’sir kо‘rsatish metodlari haqida о‘qituvchilar bilan fikrlashib turadi.
33
Uning muhim vazifasi о‘qituvchilarning tarbiyaviy ish faoliyatlarini birlashtirib
yо‘naltirib borishdan iborat.
Sinf rahbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogika kengashi
a’zosidadir. U barcha tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni faqat yolg‘iz о‘zi
emas, balki maktab derektori va uning yordamchilari rahbarligida, о‘z sinfida
dars beradigan boshqa о‘qituvchilar bilan mustahkam hamkorligida olib boradi.
О‘qituvchilar unga о‘quvchilar va ota-onalar majlislarini о‘tkazishda, sinfda
ijtimoiy foydali ishlarini tashkil etishda, ekskursiya hamda sayrlarga
tayyorlanish va ularni о‘tkazishda, kitobxonlar, konferensiyalari, yig‘ilishlar
kechalarni о‘tkazishda yordam beradilar.
Sinf rahbari ish rejasini tuzib chiqib, direktorga tasdiqlanadi.
Uning о‘quvchilar bilan muomalasini tanafus qо‘ng‘iroqlari cheklab
qо‘ymaydi. U darsdan keyin ham tarbiyachi, sinf jamoasi hayoti va faoliyatini
yо‘lga qо‘yuvchi sifatida ish olib boradi.
Shuningdek, sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining muvaffaqiyatli bо‘lishi
uning о‘quvchilar ota-onalari bilan mustahkam hamkorligiga ham bog‘liqdir. Bu
hamkorlik maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi birligini ta’minlash imkonini
beradi.
Direktor va uning о‘rinbosarlari sinf rahbari ish faoliyatini boshqarib
turadi. Sinf rahbarining burch va vazifalari «Sinf rahbari tо‘g‘isida » Nizomda
yoritib berilgan.
Sinf rahbarining burchi juda keng va kо‘p tomonlamadir. Ammo undan
direktor о‘rinbosari qilinishi kerak bо‘lgan ishlarni talab qilmaslik lozim.
Afsuski, ba’zi maktablarda bu hol sodir bо‘lib turibdi. Ba’zan maktab rahbarlari
sinfdagi tarbiya va talimning ahvoli uchun barcha mas’uliyatni sinf rahbarlari
zimmasiga yuklashga moyil bо‘ladilar. Ishga bunday yondashish notо‘g‘ri. Sinf
rahbari ma’muriy shaxs emas, balki tarbiyachidir, u sinfdan va maktabdan
34
tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi bо‘la olmaydi. Sinfda о‘quv tarbiya
ishlarining ahvoliga uning mas’uliyati juda katta, lekin bu mas’uliyatni boshqa
о‘qituvchilardan olib qо‘ymaslik zarur. Har qaysi о‘qituvchi о‘z sinfidagi
tarbiya hamda ta’lim sifati uchun, tartib –intizom uchun javob beradi, u noshud
va intizomsiz bolalarni tо‘g‘ri yо‘lga solishga qatnashmay tura olmaydi.
Maktabning tarbiyaviy roli kо‘p darajada oshib borayotgan hozirgi
sharoitda sinf rahbarlari barcha о‘qituvchilar bilan birgalikda maktabda juda
muhim va mas’uliyatli vazifalarni ado etmoqdalar. Ular faol va ongli, har
tomonlama barkamol quruvchisini tarbiyalab yetishtirishga katta yordam
bermoqdalar. О‘quvchilarga tarbiya va ta’lim berishning, о‘z-о‘zini
tarbiyalashni yо‘lga qо‘yishning muvaffaqiyatli bо‘lishi kо‘p jihatdan ularning
ishiga bog‘liq.
Sinf rahbari о‘quvchilar bilimi sifatini oshirishda yordam beradi. U bо‘sh
о‘zlashtiruvchi va о‘zlashtirmovchi о‘quvchilar bilan о‘tkaziladigan qо‘shimcha
mashg‘ulotlarni tashkil etishda ishtirok etadi, predmet tо‘garaklari tuzishda, fan
va texnika kechalari, ayrim о‘quv predmetlaridan konkurslar va olimpiadalar
о‘tkazishda yordam beradi. Madaniy ommaviy ishlar uchun mas’ul a’zo. Sinf
rahbari va sinfda ish olib boradigan о‘qituvchilar bilan birgalikda bо‘sh vaqtdan
madaniy va oqilona foydalanish tо‘g‘risida, о‘quvchilarni badiiy havaskorlik
tо‘garaklariga jalb etish tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qiladi. Sanitariya, о‘quvchilar
sog‘lig‘ini mustahkamlash tо‘g‘risida, ularning mehnat qilishlari va dam
olishlarini oqilona almashtirib borish tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qiladi. Sinf rahbari
hamda sinf faoli bilan birgalikda navbatchilik tashkil etadi, sinfda tozalik va
tartib bо‘lishiga erishadi. О‘quvchilarning ishga joylashishi va ta’lim olishni
davom ettirishlari tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qiladi. Sinf rahbari kuni о‘zaytirilgan
gruppalar tashkil etishda kо‘maklashadi.
Sinf rahbari о‘quvchilar bilan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda
maktabga katta yordam kо‘rsatadilar. U «Mohir Qо‘llar», qо‘l hunari, bichish -
tikish tо‘garaklarini, avtomobil chilangarligini о‘rganish tо‘garagi, ekologiya,
35
ona yurtni о‘rganish bо‘yicha о‘tkaziladigan ekskursiya va sayohatlar
о‘tkazishda, badiiy havaskorlik tashkil etishda rahbarlik qiladi. Ayniqsa, ular
о‘quvchilarga mehnat tarbiyasi berishda va ularni ishlab chiqarish mehnatiga
jalb etishda katta yordam beradilar. Sinf rahbari kо‘pincha ota-onalarni turli
bayramlar hamda xotira kunlariga bag‘ishlangan ertaliklar va kechalarga taqlif
qilib turadilar. Ular о‘z xotiralarini gapirib berishlari, bolalar oilani oldingi va
hozirgi hayoti tо‘g‘risida, о‘zlarining ishlab chiqarishdagi ishlari tо‘g‘risida
suhbatlar о‘tkazishlari mumkin. Kо‘pgina ota-onalar mamlakatimizda yangi
sanoatni va qishloq xо‘jaligini qaytadan barpo etish borasida olib borilgan
qahramonona ishlarning shohidi va bevosita ishtirokchilari bо‘lganlar. Ularning
hikoyalari о‘quvchilarni mehnatga mehr-muhabbat va hurmat ruhida
tarbiyalashda, ularning kasb tanlashlarida amaliy ta’sir kо‘rsatadi.
Sinf rahbari ota-onalarga tayanib, ayniqsa pedagogik yordamga muhtoj
bо‘lgan oilalar bilan tarbiyaviy ish olib boradilar. Sinf rahbari ota-onalar о‘z
bolalari tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan qaraydigan ayrim otalar va onalarga
nisbatan jamoat ta’siri о‘tkazishlari mumkin. Masalan, biron-bir о‘quvchining
otasi kо‘pincha uyga mast holda kelib, janjal kо‘tarishini, bolalari oldida
sо‘kinib beodoblik qilishini bilgach, sinf rahbari mazkur oilaga borib, bu ota
bilan gaplashadi. Agar bunday suhbatlar kor qilmasa, bu ota-onalarning ish
joylaridagi jamoat tashkilotlariga bunday ota-onalarga ta’sir etishni sо‘rab
murojaat qilish mumkin bо‘ladi.
Jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga jalb etish. Keyingi yillarda bolalar
tarbiyasiga jamoatchilik keng jalb etilib kelinmoqda. Ayniqsa mahalla va boshqa
jamoat tashkilotlari maktabga hamda oilaga bolalar tarbiyasida juda katta
yordam kо‘rsatmoqdalar.
Sinf rahbarining jamoatchilikni о‘quvchilar tarbiyasiga jalb etishda
sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi sifatida roli kattadir.
Tashkilotchi maktabning о‘ziga qarashli tumanda bolalar bilan tarbiyaviy ish
olib borishni tashkil etuvchi markaz bо‘lib qolmog‘i uchun chora-tadbirlar
kо‘radi. Shu maqsadda u о‘quvchilar ota-onalari ishlaydigan korxona va
36
muassasalar jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqa о‘rnatadi, maktabni
otaliqqa olgan tashkilot va uy boshqarmalari bilan bolalarning yashash joylarida
ular bilan tarbiyavni ishlar olib borish tо‘g‘risida suhbatlashadi.
Sinf rahbari jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqada bо‘lib, ularga
mumkin qadar kо‘proq yordam berishlari va qо‘llab-quvvatlashlari uchun ularga
murojaat qilib turmog‘i zarur.
Tarbiyasi qiyin bolalarni о‘z nazoratiga olib, ularni turli sport
tо‘garaklariga jalb qilindi. Kо‘pgina tarbiyasi qiyin bolalar о‘zlarining sang‘ib
«yurishlarini» va poyezdlarda, avtobuslarda, bozorlardagi «sayohatlarini»
tashlab, foydali ishlar bilan shug‘ullanadigan bо‘lishdi.
Sinf rahbarining ish rejasi oldindan о‘quv choragi boshlanishidan bir hafta
oldin maktab ma’muriyatiga tasdiq uchun beriladi. Maxsus maktablarda direktor
sinf rahbarlari rejalarini tasdiqlaydi, о‘zining о‘quv-tarbiya ishlar bо‘yicha
о‘rinbosariga yoki sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
tashkilotchisiga ijro nazoratini topshirishi mumkin.
Tarbiyaning umumiy vazifalari bolalar jamoasining kundalik hayoti va
faoliyatidan kelib chiqadigan xususiy vazifalarga hamda ayrim-ayrim
о‘quvchilar oldiga qо‘yiladigan vazifalarga hamisha ham mos kelavermay
qoladi.
Ayniqsa maxsus maktab yuqori sinflarida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish
qiyin. Aqli zaif о‘quvchilarni ma’naviy hayotlari boyib, ularning hayotiy
tajribalari, dunyoqarashlari kengayib boradi. Reja tuzishdan oldin о‘quvchilar
individual о‘rganib chiqib, (yoppasiga, gurux-guruxga bо‘lib va yakka tartibda)
«Sinfimiz hayoti va ish-faoliyatini qanday tashkil qilsa bо‘ladi», «Sinfimiz
dо‘stona jamoa bо‘lishi uchun nimalar qilmoq kerak» va shu kabi temalarda
suhbat о‘tkazilsa, yana yaxshi bо‘ladi.
Barcha xususiy tarbiyaviy vazifalar maxsus maktab oldiga qо‘yilgan
asosiy maqsadni— aqli zaif о‘quvchilarni har tomonlama kamol toptirish, ularni
hayotga, yangi jamiyat qurilishiga faol qatnashishga tayorlash, uz –uziga xizmat
kursata olish maqsadini amalga oshirishga qaratilmog‘i darkor. U eng avvalo
37
reja mazmunining g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy- foydali yо‘nalishini ta’minlamog‘i
lozimki, bunda ijtimoiy-foydali mehnat ishlari markaziy о‘rinni ishg‘ol qilmog‘i
kerak. Ba’zan ayrim sinf rahbarlarida kо‘ngil ochish о‘yinlarini kо‘proq
о‘tkazish tendensiyasi nazarga tashlanadi. Ularning rejalarida quvnoqlik va
topqirlik klubi, kо‘p о‘rin ishg‘ol qiladi. Tarbiyaviy ishlar rejasida, ayniqsa
yuqori sinflar tarbiyaviy ishlar rejasida jamoat ishlarining g‘oyaviy-siyosiy,
mehnat qilish mazmuni, ma’naviy-siyosiy tarbiya mazmuni yanada ochiq-oydin
va tо‘la aks ettirilmog‘i zarur.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |