Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Maxsus maktabda sinf rahbarining ish
faoliyati, uning korreksion tarbiyaviy ish tizimi dolzarb pedagogik muammo
sifatida о‘rganildi. Maxsus maktabda sinf rahbarining korreksion ish
faoliyatining mazmun va mohiyati aniqlandi. Maxsus maktabda sinf rahbarining
faoliyati va ish tizimini takomillashtirish bо‘yicha metodik tavsiyalar ishlab
chiqildi.
Himoyaga olib chiqiladigan asosiy holatlar:
1. Maxsus maktabda sinf rahbarining ta’lim-tarbiyaviy va korreksion ish
jarayonlari pedagogik muammo ekanligi;
2. Maxsus maktabda sinf rahbarining ta’lim-tarbiyaviy va korreksion ish
faoliyatining mazmun va mohiyati;
3. Maxsus maktabda sinf rahbarining ish tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |