Ilmiy tadqiqot ishimizning tuzilishi: Mazkur dissertatsiya kirish, uch
bob, har bir bob yuzasidan xulosalar, umumiy xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar rо‘yxatidan iborat.
9
I Bob. Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo
sifatida
1.Maxsus maktab о‘quvchilari ta’lim-tarbiya muammolari
Mustaqil О‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotida
amalga oshirilayotgan tub islohotlar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining
ustuvor yо‘nalishlaridan hisoblangan ta’lim mazmunini yangilash va yosh
avlodni zamon talablariga javob bera oladigan xolda о‘qitish va tarbiyalashdek
muhim vazifalarni qо‘ymoqda.
Tarbiya nihoyatda noziq ish, unda bolaning kо‘p jihatlarini inobatga olish
kerak bо‘ladi. Tarbiyada nogiron bolalarning induvidual xususiyatlarini hisobga
olish zarur. V.G.Belinskiy: «Tarbiya - buyuk ish, u bilan inson taqdiri hal
qilinadi», - degan edi. Darhaqiqat, tarbiya nihoyatda murakkab, lekin har bir
holatda induvidual va ijodiy ishdir. Boy hayotiy tajribaga ega bо‘lgan ota-
onalar, pedagoglar, olimlaru, mutaxassislar, tarbiyada bolalarning induvidual
xususiyatlarini hisobga olish tо‘g‘risida о‘z fikrlarini bildirishgan.
Oligofrenopedagogikaning boshlang‘ich davri buyuk vrach pedagog Jan
Demor (1871-1932) faoliyati bilan bog‘liq. J.Demor maxsus pedagogikada о‘z
xizmatlari bilan alohida о‘rin tutadi. U yuqori darajada e’tiborga molik bо‘lgan
«Nuqsonli bolalar, ularning uyda va maktabdagi tarbiyasi» deb nomlangan
asarida (1909 yilda chop etilgan) aqli zaiflikning klinikasini о‘rganishga juda
katta xissa qо‘shdi. U bolalardagi aqli zaiflikning sabablarini batafsil о‘rgandi.
Demorning fikricha markaziy nerv sistemasining organiq buzilishi asosida aqli
zaiflik kelib chiqadi.
Shif J.I bir qator mashqlar yordamida aqli zaif bolalarning diqqatini,
sezish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkinligini aytadi. Bundan tashqari Shif J.I
«Aqli zaiflar uchun ritmik mashqlarni alohida tarbiya yashashga, mehnat
qilishga о‘rgatishdir»
6
-deb yozadi. Xozirgi kunda «reabilitatsiya» - bu bolani
yashashga, mehnat qilishga о‘rgatishdir.
6
Шиф Ж.И. Особенности умственного развития учащихся вопомогательной школы. М, 1965, 20-33-бетлар.
10
V.I.Pinskiy «agar sinalayotgan katta kishilarda harakatlantiruvchi
malakaning shakllanishi yaxshi natijalar berishga kо‘maklashuvi oriyentirovkali
tanqidiy faoliyat bilan birlikda sodir bо‘lsa, aqli zaif о‘quvchilarda bunday
oriyentirovka bо‘lmaydi»
7
-deb, eksperiment orqali kо‘rsatib berdi. Normada
rivaojlanayotgan о‘quvchilarning hamda katta kishilarning mashqlari о‘z ichiga
analiz, sintez va harakatning ratsionalroq usuli bilan kо‘maklashadigan fikrlash
faoliyatining boshqa turlarini oladi. Aqli zaif bolalar amalning (harakatning)
ratsional usullarini kо‘p marta mashq qilganlaridan sо‘ng, yо‘l qо‘yilgan
xatolar, noaniqliklar, ularni keltirib chiqargan sabablarni kо‘rish va muhokama
qilgandan sо‘ngina natijaga erishganlar va topshiriqni eplay olganlar .
Kо‘pgina avtorlar xususan, G.M.Dulnev «Aqli zaif bolalarda
harakatlantiruvchi malakalarning, xususan ish malakalarining sekinlik bilan
avtomatlashuvi»ni qayd etadilar.
8
Sport kо‘nikmalari natijasida sodir bо‘lgan kuch-quvvat, fazoviy va
vaqtinchalik xususiyatlarning normal va aqli zaif bolalar о‘rtasida keskin
farqlarni V.M.Mozgovoy ham о‘z tadqiqotlarida aynan aqli zaif о‘quvchilarning
fazoviy va vaqtinchalik xususiyatlari haqida о‘z fikrlarini bildirgan. U fikrini
davom ettirib, aqli zaif о‘quvchilarning о‘zlarining ehtiyoj va qiziqishlari tufayli
tug‘ilgan motivlarni tarbiyalash lozim. Buning uchun idrok etilayotgan
materialni aqli zaif bola psixik faoliyatining motivlashgan konteksiga kiritish,
unga mehnat natijdalaridan qayerda va qanday foydalanishni tushuntirish
maqsadga muvofiq ekanligini aytgan. Vazifani hamda maqsadni anglamaslik
о‘qishni mexaniq ishga, me’daga tegadigan yumushga aylantiradi.
G.N.Merenyanova о‘quvchilarni rejalashtirishga о‘rgatishning quyidagi
usullaridan foydalanadi: bajarilgan ishning rejasini tuzish, о‘qituvchi tomonidan
berilgan reja bо‘yicha doska daftarlarga о‘quvchining yozib bajargan ishi.
I.G.Yeremenko mehnat maxsulotlarining u yoki bu bosqichda amalga oshirilish
xolatini aks ettiruvchi rejalarning sxematik suratlarini taklif etadi. Amaliyotda
7
Пинский Б.И.Психология трудовой деятельности учащихся вспомогательной школы . –М., 1969 165-182-бетлар
8
ДульневГ.М.Учебно-воспитательная работа во вспомогательной школе. М.1982 -159бетлар
11
maxsulotni tayyorlash bilan bog‘liq barcha operatsiyalar izchil bayon etilgan
instruktiv jadvallar qо‘llaniladi. Tabiiy materiallar bilan, ishlab chiqarish
jarayonini boshdan-oxirigacha aks ettiruvchi jadvallardan foydalaniladi. Jadval
mazkur narsa nima, u qanday detallardan tashkil topgan, uni tayyorlash uchun
zarur operatsiyalar, qurollar tо‘g‘risida tasavvur beradi.
9
Aqli zaif о‘quvchilar о‘quv vazifalarini bajarishda normal о‘quvchilarga
qaraganda boshqacha motivlarga amal qilishadi. Vazifalarni о‘ziga hos
bajarishlari ular faoliyatining qisqa motivatsiyasidan dalolat beradi. Bajarilishi
zarur bо‘lgan vazifani (buni aqli zaif bola anglash holatida bо‘lmaydi) u
о‘qituvchining talabini qanday bо‘lmasin qondirish maqsadida nomigagina
bajaradi. Bunda vazifa yaxlit tarzda emas, balki alohida-alohida harakatlar va
operatsiyalar bilan bajariladi. Aqli zaif о‘quvchilarni doimiy suratda harakatga
da’vat etish, ularga vazifaning oraliq xalqalarini anglab olishlari uchun yordam
berishi kerak.
Harakatlantiruvchi kо‘nikmalarning amalga oshirilishida sezgi, idrok
etish, tasavvurlar, fikrlash jarayonlari, idrok etiluvchi obyekt, о‘z-о‘zini kontrol
qilish uchun signallar bо‘lib qoladi.
Aqli zaif о‘quvchilar xatto о‘qituvchining talabi bо‘yicha о‘z-о‘zini
nazorat qilishning о‘zlariga ma’lum bо‘lgan misollaridan foydalanishgan
taqdirda ham, buni nomigagina amalga oshirishadi, ya’ni tekshirish uchun zarur
harakatni bajarishmasdan, notо‘g‘ri natijani mexaniq tarzda bajarishadi. Maxsus
maktab о‘quvchilarida intizomlilikni shakllantirishda ularga sabab va oqibat
qonuniyatlarini ongli anglatish, har qanday qilingan harakatga о‘zlari javob
berishlari lozimligi, intizomlilik har ishning boshi ekanligini ongli anglatish
kutilgan natijalarni beradi. Bularni esa qiziqtirish, takrorlash, nazorat qilishni
tizimli va uzviy holda amalga oshirilgandagina maqsadga erishish mumkin
bо‘ladi.
50-yillardan keyin I.Pavlov ta’limotini chuqurroq ijodiy о‘rganish asosida
aqli zaiflikni tor tushunishga chek qо‘yildi. Bu ta’limot asosida «ximoyalovchi -
9
Ерменко.И.Г. Олегофренопедагогика – К: 1989г.
12
saqlovchi» jarayoning mohiyati ochib berildi. Psixikaning reflektor nazariyasi
markaziy asab tizimining kasallanishida ish qilish qobilyatining buzilishini
oydinlashtirishtirib berdi.
Mashhur psixolog, oligofrenopedagogikaning asoschisi L.S.Vigotskiy
ta’limoti juda katta nazariy, amaliy ahamiyat kasb etdi. L.S.Vigotskiy ta’limoti
yanada dolzarblashib bormoqda. Turli etiologik omillar asosida kelib chiqadigan
aqli zaif nogiron bolalarni differensiyalashgan holda ta’limga jalb etish ishlari
ishlab chiqilmoqda.
20-60-yillarda L.S.Vigotskiy oliy psixik jarayonlarning rivojlanmay
qolishi xolati ikkilamchi bо‘lganligi tufayli, «... ular bir zanjirni eslatadi ... shu
zanjirning eng zaif joyiga tarbiyaning butun kuch- qudratini qaratib, uni
parchalab yuborish lozim»
10
, -deb kо‘rsatadi.
L.S.Vigotskiy, N.L.Kolominskiy tomonidan aqli zaif bolalar shaxsiy
sifatlarining shakllanishi Maxsus maktablarda qanday kechishi qator tajriba
ishlari bilan tekshiriladi. Bunda aqli zaif bolalarga sinf jamoasini ta’siri
masalalari ochib berildi. L.S.Vigotskiyning bu fikri aniq dalillar bilan
isbotlangan. Sog‘lom avlodning rivojlanishi uchun kritik jarayonlarda
shikastlantiruvchi omillar bо‘lmasligi kerakligi isbotlangan. Sezish va bilish
bevosita faoliyatining aks etishidir. Sezish va bilish analizatorlarga ta’sir etish
mumkin. Shartli reflekslarning yig‘ilishi bilish jarayonining asosini tashkil etadi.
Sog‘lom bolada bu jarayon tez va jonli harakter kasb etadi. Markaziy nerv
sistemasi organiq jarohatlangan bolalarda esa bilish va sezish sekin, kо‘pgina
о‘ziga hosliklar bilan shakllanadi.
L.S.Vigotskiy «Aqli zaif bolaning psixik taraqqiy topishi, asosiy
farqlanuvchi belgisi, har ikki holda taraqqiy topishning mos kelmasligi,
farqlanishidir»
11
, deb yozgan.
10
Выготский Л.С. Проблемы дефектологII . - М.: Просвещение, 1995. - 527с.
11
Выготский Л.С. Основы дефектологII // Собр. соч.: В 6 т. - М.: Педагогика, 1983. - Т 5. - 368 с.
13
Bolaning biologik jihatdan tо‘laqonli bо‘lmasligi uni о‘z vaqtida, ya’ni
gо‘daklik yoshidan, insoniy madaniyatlarni egallash imkoniyatlaridan maxrum
etadi. Bu xolat esa, sog‘lom bolaga mо‘ljallangan odatdagi usul va metodlar
shaklida о‘zlashtiriladi. Bolaning bosh miyasini organiq jarohatlanishi
natijadasida (oligofreniya kasalligi) natijasida psixik jarayonlarning о‘zgarishiga
olib keladi. Bu aqliy jihatdan aqli zaif bolaning о‘ziga hos bо‘lishiga olib keladi.
Psixologlardan L.D.Zankov, P.YE.Suhareva, G.M.Dulnev, P.A.Vlasova
va boshqalar tomonidan ta’kidlanishicha, aqli zaiflarda ruhiy nuqson murakkab
tuzilishga ega ekan. Ularning kо‘rsatishicha bir tomondan birlamchi nuqson
ta’sirida oddiy aqliy jarayonlar buzilsa, ikkilamchi nuqson sifatida ruhiyatning
oliy shakllari buzilar ekan.
T.A.Vlasova nuqsonli bolalarning differensial ta’lim muammosini keng
yoritib bergan. Maxsus maktabda differensial ta’limning samarali yо‘llarini
izlash ishlarini uning shogirdlari davom ettirdilar.
A.N.Smirnova о‘zining kо‘p yillik pedagogik faoliyati natijasida
«Korreksionno-vospitatelnaya rabota uchitelya vspomogatelnoy shkoli» nomli
kitobini yozdi. Bu kitobda maxsus maktab о‘qituvchilari uchun aqli zaif
bolalarni ta’lim-tarbiyasida korreksion tarbiyaviy ish tizimini yaratib,
о‘quvchilarda faollikni oshirish, biror-bir faoliyatga tayyorgarlik qо‘rish, bir
maqsadga yо‘naltirilgan faoliyat bilan doimo mashg‘ul bо‘lishni tavsiya etgan.
A.N.Smirnova о‘z pedagogik ish faoliyatida ta’lim va tarbiyaning har bir
bosqichida aqli zaif о‘quvchilarning individual imkoniyatlarini, ularning о‘ziga
hos xususiyatlarini hisobga olish zarurligini kо‘rsatib о‘tadi.
Muammoning psixologik asoslari D.V.Elkonin, S.Y.Rubinshteyn,
L.R.Luriya, Petrova V.G., I.V.Belyakova kabi va boshqa olimlarning ilmiy
izlanishlarida ham о‘zining aniq ifodasini topgan.
Ularning fikricha, aqliy rivojlanishida kamchiliklari bо‘lgan bolalarning
о‘ziga hos xususiyatlarini hisobga olgan xolda ta’lim tarbiya ishlarini tashkil
etish, takomillashtirish mumkin. Aqli zaif о‘quvchilarning bilish faoliyati о‘ziga
hos bо‘lsada, uning potensial imkoniyati baland.
14
Tо‘g‘ri tashkil etilgan korreksion rivojlantiruvchi ta’lim-tarbiya
jarayonida Maxsus maktab о‘quvchilariga mustaqil hayotda zarur bо‘lgan
xajmdagi bilim, kо‘nikma, va malakalarni о‘rgatish mumkin.
Maxsus sharoitda va maxsus usullar bilan olib boriladigan ta’lim tarbiya
ishlari orqali aqli zaif bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklari bartaraf
etiladi va ijodiy tafakkuri korreksiyalanadi.
Aqli zaiflik– bu bolaning psixik holatining buzilishiga bog‘liq xolda
rivojlanishning boshqa funksiyalarini ham buzilishiga sabab bо‘luvchi og‘ir
jarayon bо‘lib, nuqsonli rivojlanishning bir kо‘rinishidir.
Aqli zaif bolalar oliy asab faoliyatining xususiyalari borasida A.R.Luriya,
M.S.Pevzner tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlar juda katta nazariy
ahamiyatga ega bо‘ldi.
A.R.Luriya aqli zaif bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini tavsiflab,
ularning «nutqiy faoliyatining murakkab shakllari mavsumlashtirish va
umumlashtirish bilan bog‘langan bilish jarayonlari rivojlanmay qoladi»
12
. - deb
ta’kidlaydi. Meyoridagi bolaning ham, nogiron aqli zaif bolaning ham rivojlanib
borishidagi yetakchi omil bu - ta’lim - tarbiyadir. Tarbiya g‘oyat murakkab
jarayon bо‘lib, har davrning ijtimoiy - siyosiy hayotini о‘zida aks ettiradi. Uning
usullari, vositalari va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, о‘zini
urf-odatlar an’anasiga aylanatiradi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning о‘z
udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi tarbiya
vositalari bо‘ladi. Shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi
kerak.
Aqli
zaif
nogiron
bolalarning
nuqsonlari
korreksiyalanishi,
kompensatsiyalanishi mumkin. Ammo buning uchun ta’lim va tarbiyalashning
barcha harakatlari, eng avvalo, birlamchi nuqsonni bartaraf etish xususiyatidir.
О‘quv materialini idrok qilish va anglashning о‘ziga hos xususiyatlari aqli
zaif о‘quvchilarning xotiralari bilan bog‘liq. Xotiraning asosiy jarayonlaridan
12
Лурия А.Р. Умственно отсталый ребёнок.-М.,1969 -134-с
15
esda qolish, esga tushurish ulardan о‘ziga hos tarzda rivojlanadi. L.Z.Zankov,
V.G.Petrovalar kо‘rsatganlaridek, aqli zaif bolalar xotirasining sustligi ularning
ma’lumotlar olish va esda saqlashdagi qiyinchiliklari tufayligina emas, balki shu
ma’lumotlarni esga tushishi qiyinchiliklari bilan bog‘liqdir.
Maxsus maktabdagi dars, uning tuzilishi, tiplari, olib borilishi haqida
G.M.Dulnev,
L.V.Zankov,
A.R.Luriya,
M.M.Nudelman,
V.G.Petrova,
B.I.Pinskiy, I.M.Solovev, J.I.Shiflarning asarlarida keng yoritilgan. Ularning
fikriga kо‘ra aqli zaif о‘quvchilarning о‘z-о‘zini boshqarishdagi о‘ziga
hosliklar, bilish jarayonidagi nuqsonlarni chuqur о‘rganish, sabablarini bilish,
mehnatga о‘rgatish jaryonida muhim ahamiyatga ega. Bolani о‘lchashga, о‘z-
о‘zini boshqarishga, ma’lum narsani yasashga о‘rgatish bilan birga uning bilish
jarayonidagi nuqsonlarni korreksiyalab borish lozimligini ta’kidlab о‘tishgan.
О‘zbekistonda maxsus maktabda ta’lim olayotgan aqli zaif о‘quvchilari
va
ularning
ta’lim-tarbiyasining ayrim tomonlari ustida olimlardan
S.SH.Aytmetova, D.A.Gordiyenko, K.K.Mamedov, L.SH.Nurmuhammedova,
P.M.Pо‘latova, I.G.Radisheva, V.S.Raxmanova, N.V.Sosedova, G.A.Sodikova,
A.I.Sagatov, M.F.Xakimova, tomonidan tadqiq etilgan.
A.I.Sagatov, K.X.Mamedov, P.Pulatova, о‘z ilmiy izlanishlarida aqli zaif
bolalarning о‘ziga hos xususiyatlarini turli vaziyatlarda о‘rganib, yoritib
berganlar.
13
S.SH.Aytmetova aqli zaif bolalarning rivojlanishi uchun korreksion
tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish masalalari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini
olib borgan. Aqli zaif bolalardagi kamchilikning murakkabligi ontogenezda
uning rivojlanishini sifat jihatidan о‘zgartiradi. Aqli zaif bolalarning
rivojlanishida korreksion ta’limiy va tarbiyaviy tizimning yо‘qligi uning har
tomonlama rivojlanish imkoniyatlarini cheklab qо‘yadi.
Muallif aqli zaif о‘quvchilarini erta korreksiyalash zarurligi birinchi
darajali ahamiyatga ega bо‘lganligini ta’kidlab о‘tgan. S.SH.Aytmatova maxsus
maktabda shaxsga ta’sir о‘tkazish mohiyatini, uning harakterli xususiyatlarini
13
Saoatov A.I., Mamedova K.X., P.Pulatova – Oligafrenopedagogika asoslari. – T.: - О‘qituvchi – 1994 y.
16
ochib berishga muvaffaq bо‘lgan. Uning ishlarida mehnat faoliyatining
psixologik masalalari ham keng kо‘lamda yoritib berilgan. Korreksiya va
rivojlanishning о‘zaro chambarchas bog‘liqliklarini о‘z ishida ochib bergan.
N.V.Sosedova о‘z izlanishlarida «Aqli zaif о‘quvchilarning о‘qish
darslarda nutqini о‘stirish» masalasiga tо‘xtalib о‘tgan. Muallif maxsus maktab
о‘quvchilarining о‘qish darslarida lug‘at, analiz-sintez operatsiyalariga kо‘proq
ahamiyat berish, kо‘rgazmalilik va ularning о‘qish darslarida orttirgan
bilimlariga tayanish zarurligini о‘z ishlarida kо‘rsatib bergan. Birinchilardan
bо‘lib N.V.Sosedova tomonidan о‘qish darslarida aqli zaif bolalar nutqini
о‘stirishning yо‘llari, vositalari, faollashtirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan
asoslab berilgan.
V.S.Raxmanova,
R.SH.Shomahmudova
va
P.M.Pо‘latovalar
esa
birinchilardan bо‘lib, о‘zbek aqli zaif bolalarini ta’lim-tarbiya va korreksion
ishlarini metodikalarini yaratganlar.
14
V.S.Rahmanova maxsus maktab о‘quvchilarini ona tilida savodga
о‘rgatish bо‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. U maxsus maktabning
boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini ona tilini о‘rgash bо‘yicha metodikasini
yaratgan olimadir. Savodga о‘rgatish davrida aqli zaif bolalarning о‘qish va
yozuv malakalari, о‘zlashtirish darajalari aniqlangan. Savodga о‘rgatish
faoliyatining turli bosqichlarida birinchi sinf о‘quvchisi bо‘lmish aqli zaif
bolalarning о‘qishi va yozuvidagi о‘ziga hos holatlar aniqlanib, ona tilida aqli
zaif о‘quvchilarining о‘qish va yozuv malakalarini shakllantirishga qaratilgan
korreksion ta’limiy tizimi ishlab chiqilgan. R.Shomahmudova «2-3 sinf aqli zaif
о‘quvchilar nutqini о‘stirish bо‘yicha korreksion pedagogik ish tizimi»
mavzusida tadqiqot ishini olib borgan (1991). U aqli zaif о‘quvchilarning rus tili
darslarida nutqini о‘stirishning korreksion pedagogik hamda psixologik tizimini
ishlab chiqdi. Rus tili darslarida о‘zbek о‘quvchilari nutqni о‘stirish bо‘yicha
korreksion pedagogik, psixologik ish tizmini ilmiy jihatdan dalillab berilgan.
Maxsus maktabda о‘zbek tilida ta’lim oluvchi aqli zaif 2-3 sinf о‘quvchilarini
14
Raxmanova V.S – Defektologiya asoslari. T.: - О‘qituvchi – 1994.
17
ikkinchi tilni о‘zlashtirishning о‘ziga hos xususiyatlari aniqlagan. Maxsus
tashkil etilgan ta’lim sharoitida maxsus maktabning boshlang‘ich sinf о‘zbek
о‘quvchilariga rus tilini о‘rgatishning metodik asoslarini ishlab chiqqan.
P.M.Pо‘latova esa «Maxsus maktablarning 5-sinfidagi aqli zaif
о‘quvchilarning sinfdan tashqari о‘qish darslarida gazeta materiallari bilan
korreksion ishlarni amalga oshirish»ga oid о‘z izlanishlarini olib borgan (1993).
Gazeta materiallari bilan mustaqil faoliyat kо‘rsatish jarayonida aqli zaif
о‘quvchilarning bilishga nisbatan qiziqishi, aqliy faoliyatining о‘ziga hos
xususiyatlari va imkoniyatlari aniqlagan, о‘quvchilarning aqliy rivojlanishida
gazeta bilan ishlash jarayonida korreksion ta’sirning imkoniyatlari kо‘rsatilgan.
P.M.Pulatovaning tadqiqotida sinfdan tashqari mustaqil faoliyat uchun gazeta
materiallarini tanlash mezonlari asoslanadi, hamkorlikning ustivor tomonlari
ta’kidlanadi. Gazeta bilan ishlashda aqli zaif о‘quvchilarning nutqini о‘stirish,
aqliy faoliyatini faollashtirish, shaxsini shakllantirish omillari kо‘rsatib berilgan.
Gazeta bilan ishlash metod, usullari, vositalari tizimi yaratilgan.
О‘zbekistonda nogiron farzandi bо‘lgan oilalarda korreksion ishlarni olib
borish jarayoni haqida L.SH.Nurmuhamedova tadqiqot ishlarini olib borgan,
ammo bu tadqiqot shahar sharoitida nogiron bolani tarbiyalashga bag‘ishlangan
bо‘lib, qishloq sharoitidagi oilalarda nogiron bola ota-onalarni bola
tarbiyalashga tayyorlash muammolari о‘rganilmagan.
Maxsus maktab о‘qituvchilari aqli zaif bolalarga yozish, о‘qish
malakalarini о‘rgatishda kо‘p qiyinchiliklarga duch keladilar. Aqli zaif
bolalardagi fonematik ezshitishning yomonligi, turli talaffuz kamchiliklari
bolalarning yozish va о‘qish faoliyatlariga ta’sir qilmay qolmaydi.
Shunday qilib, maxsus maxsus maktabida olib boriladigan korreksion
rivojlantiruvchi ta’lim-tarbiyaviy ishlar jarayoni haqidagi adabiyotlar tahlili
shuni kо‘rsatdiki, ushbu muammo chet el va О‘zbekiston olimlari ishlarida keng
yoritilgan. Aqli zaif bolalar bilan barcha ishlar korreksion yо‘nalishda amalga
oshirilishi maxsus maxsus maktabining asosiy vazifalaridan biridir.
18
Q.Mamedov.
M.U.Coatov
P.M.Pо‘latova.
«Oligofrenopedagogika
acoclari» qо‘llanmada Recpublikamizda defektologiya fanining taraqiyoti
oligofrenopedagogikaning umumiy macalalari birinchi bobida batavsil yoritib
berilgan. Ikkinchi bob esa maxsus maktablardan ta’lim jarayonining mohiyati,
prinsiplari, ta’lim mazmuni, maxcuc maktablarda о‘qitish uclubining qо‘llanish
xucuciyatlari darc, darclar tizimi, baholash, mehnat ta’lim tashkil etadi.
Uchinchi bobda maxsus maktab о‘quvchilarini tarbiyalashning maqcadi,
vazifaci, tarbiya prinsiplarining qо‘llanishi, ucullari ahloqiy tarbiya, mehnat,
ectetik, jicmoniy tarbiya haqida yoritilgan.
P.M.Pо‘latova «Maxcuc pedagogika» (Oligofrenopedagogika) darcliigida
oligofrenopedagogika fanini о‘qitish uclubiyati,tarbiyaviy ahamiyati, maqcad va
vazifalari, uni о‘qitishning о‘ziga xocligi haqida fikr yuritadi.
15
Oligofrenopedagogikaning umumiy macalalari haqida tо‘xtalib о‘tilgan.
Maxcuc ta’lim tizimi-maxcuc muaccacalar, Maxsus maktabni boshqarish va
unda rahbarlik qilish, Maxsus maktab, uning maqcad va vazifalaridan iborat.
Maxsus maktablardan ta’lim nazariyaci bо‘lishida Maxsus maktablarda ta’lim
jarayonining mohiyati, Maxsus maktablarda ta’lim tamoyillarining qо‘llanish
xucuciyatlari, ta’lim mazmuni Maxsus maktablarda о‘qitishni tashkil qilish, darc
va darc turlari, о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini tekshirish
haqida baholash darclaridan tashkil topgan. Maxsus maktablarda tarbiya
nazariyaci bо‘limidir. Unda maxcuc maktab о‘quvchilarini tarbiyalashning
maqcadi, vazifaci, tamoyillari va ucullari, bu о‘quvchilar komolati shoiru
mutafakkirlarining ma’naviy-ahloqiy tarbiya berish haqida baxc yuritildi.
Maxsus matablarda mehnat ta’limi va uning о‘rni va roli, kacb-hunarga
yо‘naltirish va ularni mehnatga jalb qilishdan iboratdir.Tarbiya ucullari va
tarbiya turlari haqida fikr yuritadi. Bolalar jamoacini о‘rganish, tashkil qilish va
tarbiyalash haqidagi bо‘lim bо‘lib aynan bizning diccertatciyamizga moc
mavzular keltirilgan ekan.
15
Pо‘latova P.M. Maxsus pedagogika. – T.: G‘.G‘ulom. 2005 y -35 bet.
19
Maxsus maktablarda cinfdan va maktabdan tashqari ishlar, pedagogik
mahorat, Maxsus maktabda (maxcuc maktab) cinf rahbari va tarbiyachici
mavzuci olib borilayotgan ilmiy ishimizga dahildor hicoblanadi. Cinf
rahbarining acociy vazifalari, bolalar jamoacini uyushtirish, mehnat- cevarlikni,
jamoatchilik xiccini tarbiyalash, ularni har tomonlama rivojlanish, jamoat
ishlariga faol jalb etishdan iborat.
Maxsus maktabda о‘quvchilarni о‘rganish vazifalari va ularga individual
yondashishning zarur sharoitlarini amalga oshirish korreksion ta’lim-tarbiya
berish tamoyillaridan biridir.
Jamiyatni rivojlantirishning hozirgi bocqichida bolalarni tarbiyalashda
oilaning roli kattadir. Bu bobda oila haqida Maxsus maktab aqli zaif
о‘quvchilarni oilaga tayyorlash, turmushga tayyorlash ishlari olib boriladi.
Bundan tashqari о‘quvchilarni tarbiyalashda maxallaning о‘rni, ularning
ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, qiz va о‘g‘il bolalar tarbiyacining о‘ziga xoc
tomonlari haqida baxc yuritiladi.
Cinf rahbar о‘quvchilarni har birini pcixologik jihatdan о‘rganishi, bilishi
va shunga qarab munocabat, muomala qilish uchun zarur hicoblanadi.
V.Maqulova, S.Sadiyeva umumta’lim maktablar uchun «Sinfdan tashqari
о‘qish mashg‘ulotlari» metodik qо‘llanmasida sinfdan tashqari о‘qish
bolalarning darsda olgan bilimlarini mustahkamlash va boyitishga yordam
beradi. Bu qо‘llanmada sinfdan tashqari о‘qish mashg‘ulotlari uchun 16 ta о‘quv
ishlanmasi berilgan har bir mashg‘ulot о‘ziga hos ravishda tashkil qilingan.
Qо‘shiqlar, hikoyalar, milliy kiyim va milliy an’analar haqida hikoya va ertaklar
asosida tuzilgan. Bu qо‘llanma sinf rahbari uchun ham kerakli manba bо‘lib
xizmat qiladi.
M.Asqarova M.Xayitboyev M.S.Nishonovalar «Pedagogika»darsligida
didaktika ta’lim nazariyasi, ta’lim mazmuni, ta’lim qonuniyatlari va qoidalari,
о‘qitish metodlari va vositalari, ta’limni tashkil etish shakllaridan iboratdir.
Tarbiya nazariyasi о‘z ichiga tarbiya jarayoni, tarbiya qoidalari, tarbiyaning
umumiy metodlari va vositalarini oladi. О‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni
20
shakllantirishni, milliy istiqlol g‘oyasi va fuqarolik tarbiyasi, ahloqiy tarbiya,
jinsiy, huquqiy, estetik, iqtisodiy, mehnat va kasbga yо‘naltirish, ekologik,
jismoniy tarbiya, о‘quvchilar jamiyatini shakllantirish, oilaviy tarbiya asoslari,
sinf rahbari, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlardan tashkil
topgan. Mana shu bо‘limda bizning ilmiy ishimizga oid sinf rahbarligi, sinfdan
tashqari maktabdan tashqari ishlar tо‘planayotgan manbalarimizni boyitmoqda.
Bu mavzuda sinf rahbarining va vazifalari, jamoatchi, tashkilotchi, yetakchi
hisoblanadi. Darsdan tashqari ish usullari, sinfdan va maktabdan tashqari
tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish maktabda о‘quvchilar о‘rtasida turli mavzularda
anjumanlar, kechalar, ekskursiyalar о‘tkazish, kino va teatrlarga jamoa bо‘lib
borish, uchrashuvlar tashkil qilish, devoriy gazetalar chiqarishni yо‘lga qо‘yish
kabi ishlar belgilanadi. Ta’lim tizimini boshqarish, maktabga rahbarlik,
pedagogik jarayonda maktab, oila va maxalla hamkorligidan juda muhim
hisoblanadi. Sinf rahbari о‘quvchisini ota-onasi, (oila) maxallasi bilan
birgalikdagi hamkorligi ham muhim hisoblanadi.
Har bir sinf rahbari aqli zaif bolalarni psixologiyasini bilmasdan, ularni
о‘ziga hos xususiyatlarini, bilish jarayonlari va shaxs sifatlarini о‘rganmasdan
turib ular bilan samarali ish olib borib bо‘lmaydi.
«Tarbiyaviy ishlar maxsus metodikasi» о‘quv qо‘llanmada maxsus
maktabda tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari, tarbiyaviy ish metodikasi,
fanni korreksion yо‘nalganligi haqida, maxsus maktablarda ertaliklarni
о‘tkazish, ekalogik tarbiya berish, darsdan tashqari vaqtda tarbiyaviy ishlarni
tashkil etish, tarbiyada oila va jamoat hamkorligi borasida о‘quvchilarni har
tomonlama rivojlanishda darsdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning
ahamiyati, ota-onalar bilan о‘tkazilgan suhbatlarning ahamiyati haqida yoritib
berilgan. Maxsus maktablarda ijtimoiy foydali ishlarning ahamiyati va ularni
tashkil etishda ishlarni turlari, ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etish metodikasi
bularga- tо‘garaklar, tarbiyaviy ishlar bilan turli xil doimiy navbatchiliklarni
tashkil etish: oshxonada, sinfda, yotoqxona, bog‘ maydonchasida va xokazolar.
Mehnat bilan shug‘ullanish bu ishlar sinf rahbari yoki mehnat о‘qituvchisi olib
21
boradi. Kasbga yо‘naltirish yuzasidan ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar,
kasblar bilan tanishtirish, qiziqishlarini rivojlantirish, aniqlash ishlari olib
borilgan. Bu ma’lumotlar, yuqorida keltirilgan tahlillar ilmiy ishimizni yanada
boyitib boradi
Ba’zi mualliflarning fikricha, aqli zaiflikning kelib chiqishida irsiy omillar
ham yetakchi rol о‘ynaydi. L.Ternopolning kо‘rsatishicha, aqli zaiflikning
14%da miyaning minimal disfunksiyasi irsiy kelib chiqishga ega. Bu о‘rinda
turli giyoxvandlik moddalarini ite’mol qilish, qonning yaqinlashishi,
qarindoshlar orasida nikoh qurish, qishloq xо‘jaligidagi turli gerbetsid, dori-
darmonlar, ekologiya ham salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
M.S.Pevzner, aqli zaiflikning kelib chiqishida bosh miya peshona
qismidagi nerv xо‘jayralarining yetuksizligini ta’kidlagan. Uning fikricha bu
nuqson nerv xо‘jayralarining о‘z vaqtida «pishib» yetilmaganligidadir.
Maxcuc maktablarda cinfdan va maktabdan tashqari ishlar, maxcuc
maktab о‘qituvchici cinf rahbari sifatida faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy
tadqiqotlar respublikamizda defektolog olimlari tomonidan olib borilmaganligi
aniqlandi va bizning tanlagan tadqiqot mavzuimizning dolzarbligi isbotlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |