О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/36
Sana22.07.2021
Hajmi1,35 Mb.
#126034
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
maxsus maktabda sinf rahbarining ish tizimi

1. Intizomli xulq – atvor, kunikma va odatlarni tarbiyalash; 
- kun tartibini bajarish kunikmasi; 
- darsga zarur bо‘lgan jixozlarni tanlash kunikmasi; 
- uy vazifasini bajarishda tinchlik, osoyishtalik va tartibga rioya qilish; 
- darsda о‘zini tо‘g‘ri tutish kunikmasi; 
- jamoa joylarda xulq–atvor qoidasiga amal qilish kunikmasi; 
- shahar transportidan tо‘g‘ri foydalana olish kunikmasi; 
- kuchadan tо‘g‘ri utish qoidasiga rioya qilish; 
2. Atrofdagilar bilan xush muamola bо‘lish kunikma va malaka, adatlari 
vujudga keltirish: 
-  odobli  salomlashish,  xayrlashish,  e’tibor,  diqqat  va  xizmati  uchun 
tashakkur bildirish kunikmasi; 
- urtoklarining iltimosini bajonu dil, vijdonan bajarish odobi. 
3.  Hamkorlik,  mexribonlik  kо‘rsatish  kunikma,  malaka  va  odatlarini 
tarbiyalash; 
4. Jamoani tashkil qilish; 
- jamoatchilikka oid topshiriklarni vijdonan bajarish kunikmasi; 
- turli kо‘rinishdagi jamoa faoliyatida faol katnashish kunikmasi; 
-  jamoadagi  xulq  –  atvor  meyori  va  qoidalarining  buzilishlariga  befark 
bо‘lmaslik kunikmasi. 
IV-IX sinflar 
Ijtimoiy xulq – atvor kunikma va odatlarini tarbiyalash 
1. Ijtimoiy xulq – atvor kunikma, malaka va odatlarini vujudga keltirish. 
2. Atrofdagilar  bilan  xushmuomalada  bо‘lish  kunikma,  malaka  va 
odatlarni vujudga keltirish. 
3. G‘amxurlik,  mehribonlik  kо‘rsatish  kunikmasi,  malaka  odatlarini 
tarbiyalash. 
4. Jamoani tashkil etish. 


46 
 
Ahloqiy tasavvur, tushuncha va sezgilarini vujudga keltirish 
1. Vatanga  nisbatan  sevgi,  xalqlar  dustligi  haqida  tushuncha  va 
tasavvurlarni vujudga keltirish. 
2. Burch,  vijdon,  inson  haqidagi  tasavvurlarni  vujudga  keltirish, 
kengaytirish. 
3. О‘rtovlik, dо‘stlik haqidagi tasavvurlarni kengaytirish. 
4. Birlamchi  ahloqiy  –  estetik  tasavvurlarni  vujudga  keltirish  va 
rivojlantirish. 
Ahloqiy  yordamga  muhtoj  о‘quvchilarga  ahloqiy  tarbiya  berish  orqali 
mehnatga tayyorlash katta ahamiyatga ega. 
Bunda о‘quvchilarda quyidagi xislatlar tarbiyalanadi: 
1. О‘quvchilarda  mehnatga  nisbatan  javobgarlik  hissini  tarbiyalash, 
jamoada  ishlashni  о‘rgatish  mustaqillikni  namoyon  etish  mehnat  yutuqlariga 
erishishga intilish, о‘z-о‘zini tanqidiy baholash. 
2. Jismoniy,  aqliy  va  nutqdagi  nuqsonlarni  korreksiyalashga  yordam 
berish. 
3. Aqli  zaif  о‘quvchilarda  mehnat  bilimlarini,  kо‘nikma  va  malakalarni 
shakllantirish.  
4. Ishlab chiqarish mehnatga tayyorgarlik. 
Maxsus  maktablarda  ahloqiy  tarbiya  orqali  mehnat  tarbiyasini  oshirish, 
ta’limning turmush bilan aloqasini mustaxkamlash, kasb tanlashni kuchaytirish, 
maxsus  maktab  о‘quvchilarini  ijtimoiy  –  foydali  mehnatga  tayyorlash  va  har 
tomonlama  kamol  toptirish  ishlarini  asosiy  yо‘nalishlaridan  birini  о‘rgatishni 
unumli  mehnat  bilan  tanlashning  shakl  va  usullarini  shakllantirishdir.  Shunga 
muvofik nazariy va amaliyotda avvalo quyidagi masalalar xal qilinishi kerak: 
-  maxsus  maktab  о‘quvchilari  unumli  mehnatini  rejali  tashkil  etish  va 
kasblarni tartib etishni kuchaytirish; 
-  maktab,  oila  jamoatchilik  kasb  –  xunar  muassasalari  aloqasini 
mustahkamlash; 


47 
 
- maxsus maktab о‘quvchilarining unumli mehnatini ma’naviy va moddiy 
rag‘barlantirishning samaradi yо‘llarini ishlab chiqish va amalda tadbik etish. 
Mehnat  tarbiyasi  ahloqiy  tarbiya  berish  orqali  maxsus  maktab 
о‘quvchilarida kelajakda tо‘g‘ri kasb tanlashlari amalga oshiriladi. 
Ahloqiy tarbiyaning quyidagi tamoyillari mavjud; 
- ahloqiy tarbiyaning maqsad sari yо‘nalganligi; 
- hayot bilan bog‘lab olib borilishi; 
- jamoa uchun va jamoa orqali tarbiyalash; 
-  bolaning  shaxsiga  nisbatan  xurmat  va  uning  xulqiga  nisbatan 
talabchanlik; 
- tarbiyaning yagona bir butun jarayon ekanligi; 
- ahloqiy tarbiyada onglilik va izchillik. 
Aqli zaif va jimsonan kamchiligi bor bolalarni ahloqiy tarbiyalash uchun 
quyidagilarga ahamiyat berish lozim; 
1. Ma’lum  toifadagi  nuqsonli  bolalarga  tegishli  umumiy  individual 
xususiyatlarni  aniqlash  uchun  ularni  atroflicha  о‘rganish.  Birlamchi  va 
ikkilamchi nuqsonlarni tahlil etish. 
2. Nuqsonli  bolalarning  nisbatan  saklangan  kuli  imkoniyatlarini  aniqlash 
va shunga asoslanib ish olib borish. 
3. Pedagogik  jarayonning  bolalar  nukchonlarini  tо‘g‘irlash  va  ularning 
о‘rnini  tо‘ldirishga  qaratilishi.  Asosiy  e’tiborni  tarbiyaga  oson  beriladigan 
ikkilamchi nuqsonlarga qaratish. 
4. Ayrim  bolalarga  individual  yondoshish.  Maxsus  maktabning  maxsus 
tarbiyaviy  faoliyati  shaxsni  tarbiyalashga  qaratilgan  bо‘lib,  u  ahloqiy 
tarbiyaning quyidagi vazifalarini xal etadi: 

  ahloqiy ongni mustaxkam ahloqiy e’tikodni tarbiyalash maxsus maktab 
о‘quvchilarining Vatanga, jamiyatga, mehnatga о‘ziga boshqalrga munosabatini 
anglab olishga qaratilgan ahloqiy tuyg‘ularni tarbiyalash; 


48 
 

  odob kunikmalari va odatlarini tarbiyalash. Ahloqiy tarbiyaning asosiy 
maqsadi  va  vazifasi  har  bir  bolada  faol  hayotiy  nuqtai  nazar  hosil  qilishdan 
iborat. 
Mehnat  va  inson  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘langan.  Mehnat  insonni 
о‘zini  yaratadi.  K.D.  Ushinskiy  bunday  deb  yozgan  «Tarbiyaning  о‘zi,  agar  u 
kishining baxtiyor bо‘lishini istar ekan, uni baxt uchun tarbiyalash kerak emas, 
balki turmush mehnatiga tayyorlash lozim»
18

Mehnat  faoliyati  bolaning  tevarak  atrofidagi  muhitni,  real  buyumlarni 
anglab,  bilib  olishning  mustaxkam  vositasi  bо‘lib  unga  nazariy  bilimlarni 
qо‘llanish  imkoniyatini  yaratib  beradi.  Uning  ongini  hissini  tasavvurlar  bilan 
boyitadi, ularni aniqlaydi. Mehnat faoliyatini tayyorlash, biron-bir kasb bо‘yicha 
malaka  va  kunikmalar  hosil  qilish,  yani  mehnat  adaptatsiyasiga  erishish  lozim. 
Bu  vazifa  aqli  zaif  bolalarga  ishlab  chiqarish  korxonalariga  mumkin  qadar 
moslashgan sharoitlarda bilim berish orqali amalga oshiriladi mehnat tarbiyasida 
о‘qituvchi umumiy talablarga rioya qilishi kerak. 
1. Topshiriqlar bola yoshiga mos bо‘lishi kerak. 
2. Ma’lum  bir  tо‘rini  tanlashda  bolaning  psixofizik  xususiyatlari  uning 
imkoniyatlariga individual munosabatda bо‘lish. 
3. Ijtimoiy  foydali  mehnatni  tashkil  etishda  о‘quvchilarga  tо‘g‘ri 
instruksiya berish, tushuntirish, kо‘rsatma berish. 
4. Har bir mashg‘ulot tо‘rini topshirishda bolaga rahbarlik qilish, nazorat 
qilish rag‘barlantirish va baholash metodlaridan unumli foydalanish. 
Mehnat  insonni  jismoniy,  aqliy  ahloqiy  jihatdan  tо‘g‘ri  rivojlanishning 
sharoitidir. Mehnat tarbiyasi shaxsning butun ma’naviy yо‘nalishini belgilaydi. 
О‘quvchilarni  mehnatga  tarbiyalash  dastlab  oilada,  maktabda,  о‘quv 
tarbiya  ishlarining  butun  sistemasida,  bolalar  tashkiloti  faoliyatida,  ishlab 
chiqarish  jarayonida  amalga  oshadi.  Mehnat  tarbiyasi  keng  tushuncha  bо‘lib, 
maxsus  maktab  о‘quvchilarini  mustaqil  hayotga,  mehnatga  tayyorlash  ularni 
kasb  xunar  о‘rgatish  mehnat  faoliyatida  zarur  bо‘lgan  intellektual  jismoniy, 
                                                 
18
 К.Д. Ушинский, Собрание сочинений , 8-том, 490-491-бетлари    


49 
 
ahloqiy,  bilim,  kunikma  va  malakalari  bilan  qurollantirish  va  malakalar  bilan 
qurollantirish  о‘z  ichiga  kamrab  olgan,  jamoa  bо‘lib  mehnat  qilishi  asosida 
о‘quvchilar  aqliy,  estetik  jismoniy  rivojlanib  ularning  dunyokarashlari  ahloqiy 
sifatlari harakteri shakllanib boradi. 
Aqli  zaif  bolalarni  mehnat  tarbiyasini  amalga  oshirishda  mehnat  haqida 
suhbatlar,  ayrim  mehnat  jamoalari  haqida  hikoya  qilib  berish  mashhur,  ilg‘or 
kishilar  tо‘g‘risida  ma’lumot  berish,  qishloq  mehnatkashlari  haqida  savol-
javoblar  tashkil  etish  yaxshi  natijalar  beradi.  Maxsus  maktablardagi  mehnat 
tarbiyasini  amalga  oshirishda  qо‘l  mehnati  ham  muhim  ahamiyatga  ega. 
О‘quvchilarda  umumiy  ish  madaniyati,  о‘z  ish  о‘rnini  tashkil  eta  bilish, 
qurollarni hamisha tartibli, ozoda xolda saqlash, ish vaqti va materiallarn, tejash-
mehnatni uyushtira bilish qiyinchilik tug‘ilganda yordam kо‘rsatish kabi shaxsiy 
sifatlar shakllanadi. 
Qо‘l  mehnati  kirgan  topshiriqlarning  xilma-xilligi  (plastlin,  loy  bilan 
ishlash, tikish, tekstil mahsulotlari, ipak tabiiy materiallar bilan ishlash) aktiv va 
har tomonlama ishlashni ta’minlaydi. 
2. Ijtimoiy – foydali mehnat. 
Ijtitmoiy – foydali mehnati maktab binosi, sinf xonasini toza tutish, о‘quv 
anjomlarini  remont  qilish  kabi  ishlar  amalga  oshiriladi.  Bundan  tashqari  sinfda 
tarix  burchaklar  tashkil  qilish,  makalatura,  metallalomlar  yig‘ish,  kо‘rgazmali 
qurollarni tayyorlash va boshqalar ijtimoiy foydali mehnat turiga kiradi. Ijtimoiy 
–  foydali  mehnat  о‘quvchilarni  mehnat  jihatidan  tayyorlashning  va  tashkiliy 
formalarining  turmush  bilan  uzluksiz  bog‘lanishda  bо‘lish,  bolalar  texnikaga, 
ishlab  chiqarishga  kiritish,  boshqalarning  mehnatini  kuzatish  ularda  muhim 
ijtimoiy  foydali  mehnat  masalalarini  hal  etish  ehtiyojlarini  vujudga  keltirishga 
yordam beradi. 
3.Kasbga yо‘naltirish. 
Maxsus  maktabda  kasbni  tо‘g‘ri  tanlash  aqli  zaif  bolalarni  hayotga 
tayyorlashning  bosh  omilidir.  Aqli  zaif  о‘quvchilarni  mehnat  faoliyatiga 
tayyorlashning  asosiy  muammolardan  biri  mahsus  maktabda  mehnat  ta’limi 


50 
 
jarayonida biror bir kasbni tanlashdan iboratdir. Kasb mehnati о‘qituvchisi duch 
keladigan asosiy qiyinchilik–kasb malakalarini maxsus maktab о‘quvchilarining 
psixo-fizik  xususiyatlarining  rivojlanishiga  mos  kelmasligidir.  Shu  bilan  birga 
har bir kasb uchun maxsus tushuntirishlar olib borish kerak. 
«Bolalar huquqlari tо‘g‘risida»gi halqaro Konvetsiyaning asosiy maqsadi 
bolalar  man’faatlarini  maksimal  ximoyalashdir.  Konvensiya  nizomlari 
bolalarning  yashashi,  rivojlanishi, ximoyalashni,  jamiyat  hayotida  faol ishtiroki 
kabi huquqlarini ta’minlanishi kerak. 
Konvensiyaning  23-moddasida  aqliy  va  jismoniy  kamchiligi  bо‘lgan 
bо‘lgan  bolalarning  jamiyatda  munosib  hayot  kechirish  tan  olingan.  23-
moddasining 1-bandida aqli zaif bolaning ta’lim olish, kasbga tayyorlash, unga 
tibbiy  xizmat  kо‘rsatish,  sog‘ligini  ta’minlash,  mehnat  faoliyatiga  tayyorlashga 
doir ehtiyojlarining ustuvorligi taminlanishi zarurligi nazarda tutilgan. 
Nogironlar  va  imkoniyati  cheklangan  shaxslar  alohida  huquqlarga  ham 
ega bо‘ladilar. Alohida huquqlar kо‘pgina qonunchilik xujjatlarda ta’kidlangan. 
О‘zbekiston  Respublikasining  Nogironlarni  ijtimoiy  ximoyalash 
tо‘g‘risidagi  qonunda  nogironlarning  mehnat  qilish,  ularga  tibbiy  xizmat 
kо‘rsatish,  uy  joyga  ega  bо‘lish  soxasidagi  alohida  huquq  va  imtiyozlar 
imkoniyati 
cheklangan 
insonning 
jamiyatda 
о‘z  ijtimoiy  mavqeyini 
kо‘tarilishiga xizmat qildi. 
О‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi Konstitusiyaga mos ravishda oila 
munosabatlarini  muvofiklashtiriga  xizmat  qiladi.  Kodeksda  bola  huquqining 
mustaqil subyekti sifatida kuriladi.  
Kodeksda  ota-onalarning  farzandani  talim  olishi  kasbga  yо‘naltirish, 
ularning huquq va ma’nfatlarini ximoyalash borasidagi huquq va majburiyatlari 
belgilangan. 
Tarbiyalash  aqli  zaif  bolalarga  qanday  ishlarni  qilish-qilmaslik  haqida 
kо‘rsatma  berishdangina  iborat  emas.  Tarbiyalovchi  ana  shunday  xatti-
harakatlarning ijtimoiy mazmunini anglab olishga, unda tо‘g‘ri xatti-harakatlarni 


51 
 
ijtimoiy  mazmunini  anglab  olishga,  unda  tо‘g‘ri  xatti-  harakatlarni  ijtimoiy  va 
shaxsiy qadri borligiga ishonch hosil bо‘lishiga erishish kerak. 
Huquqiy  tarbiya  boshqa  tarbiya  usullari  bilan  uzviy,  chambarchas 
bog‘langan xolda olib boriladi. 
Aqli zaif bola maktabga kirgan ilk davirdan boshlab huquqiy tarbiya ham 
berladi. 
Buning  uchun  eng  avval  bolaga  о‘z  huquq  va  burchlari  haqida  malumot 
beriladi. Boshlag‘ich sinflarda huquqiy tarbiya berishda ishni maktab tartiblarini 
о‘rgatishdan  boshlanadi.  Shu  bilan  birga  talim  berish  jarayonida  aqli  zaif  bola 
yashayotgan davlat ramzlari haqida malumot berib boriladi. 
Yuqori  sinflarga  о‘tganda  esa  oddiydan  murakkabga  tomon  tamoiyilga 
asosan huquqiy tarbiya mazmuni kengayib, boyib, qisman murakkablashadi. 
Yuqori  sinflarda  о‘quvchilarga  asosan  huquqlari  bilan  birgalikda 
burchlari, majburiyatlari haqida malumot beriladi. 
Aqli zaif о‘quvchilarda hissiy ta’sirchanlik kuchli bо‘ladi. Shuning uchun 
bu  bolalarga  huquqiy  tarbiya  berishda  jamiyatchilik,  uning  turlari,  salbiy 
oqibatlari  insonlarga  va  jamiyatga  bо‘lgan  salbiy  tasiri  tо‘g‘risida  tarbiya 
beriladi. 
 О‘smirlar  va  о‘spirinlar  orasidagi  noqobil  bolalarni  qilgan  jinoiy  yoki 
salbiy ishlarga albatta jazo berilishi ham ta’kidlanadi. 
Aqli  zaif  о‘quvchiga  nazariy  tarbiyani  kanchalik  zur  bermang,  agar  bola 
shu  vaziyatga  hayotiy  misol  kо‘rsatmasa,  undan  ta’sirlanmasa  kо‘ngildagi 
natijaga erishib bо‘lmaydi. Shuning uchun maxsus maktabda tarbiya ishining asl 
moxiyati  bola  bilan  о‘tkaziladigan  turli  suhbatlarda  emas,  balki  bola  hayotini 
tashkil etishdadir. 
Shu  sababli  bolaga  huquqiy  tarbiya  berish  jarayoni  hayotiy  misollar, 
qadim о‘tmishda yashagan ota-bobolar hikoyatlari ham juda yaxshi ta’sir etadi. 
Aqli zaif bolalar bilish faoliyatining buzilishi natijasida ularning tevarak-
atrof  bilan  munosabati  qiyinlashadi.  Natijada  aqli  zaif  bola  maxsus  maktabga 
qabul qilinishida yetarli darajada ahloqiy va huquqiy tajribaga ega bо‘lmaydi. U 


52 
 
haqiqatni bilishda ularni tushunib yetmaydi, kishilar va ijtimoiy hayot voqealari 
о‘rtasidagi  munosabatni tushunmaydi.  Shuning  u  о‘z xulq  atvorini  atrofdagilar 
xulq-atvori  bilan  taqqoslamaydi.  U  yoki  bu  muomalaning  oqibatini  о‘zicha 
tasavvur eta olmaydi. О‘z istaklariga tо‘g‘ri baho bera olmaydi. 
Buning hammasi aqli zaif bolalarning xulq-atvor normalarini buzilishiga, 
ahloqiy, huquqiy nojо‘ya ishlar qilinishiga olib keladi. 
Mxsus maktabda huquqiy talim berish 2-davrga bо‘lib о‘rgatiladi. 
1. Tayyorlov davri. 
2.  Asosiy davr (tarix darslarida) 
Tayyorlov  davri,  о‘z  ichiga  ona  tili,  о‘qish,  geografiya,  tabiatshunoslik 
darslar  bо‘lib  bunda  huquqiy  talimning  asoslari  berilib  boriladi.  Bu  darslarda 
о‘quvchilar  о‘z  Vataniga  muxabbat,  mexnanga  qiziqish,  о‘zining  va 
о‘zgalarning mehnatlarini xurmat qilishga о‘rganib boradilar.  
Asosiy davr. Tarix darslarida о‘quvchilar о‘z Vatani, unga xizmat qilish, 
Vataniga  sadokatli  bо‘lish,  jamiyat  qonunlari  va  ularga  rioya  qilish,  hamda 
bо‘ysinish, qonunlarni buzganda esa jinoiy javobgarlikka tortishlari mumkinligi 
haqida tushunchaga ega bо‘ladilar. 
Yuqori sinf о‘quvchilariga jamiyat, insonni jamiyatda tо‘tgan о‘rni, inson 
huquqi, о‘z-о‘zini ximoya qilish kabi bilimlar beriladi. 
О‘quvchilar quyidagi tushunchalarni albatta egallagan bо‘lishlari zarur; 

  Davlat qonuni 

  Davlat va jamiyat tashkilotlari 

  Mehnat, oila va oila kо‘rishning qonun-qoidalari. 

  Fuqarolarning huquqlari, davlat konstitusiyasi. 

  Mehnat qonunlari va  qoidalari,  voyaga  yetmagan  fuqorolarning о‘ziga 
hos majburiyatlari. 
- Sud, prokо‘ratura va jamiyat haqida tushunchalar.  
Maxsus maktab rahbarining asosiy vazifasidan bir, aqli zaif о‘quvchilarga 
huquqiy  tarbiyaning  quyidagi  turlari  haqida  albatta  bilish  va  tushunchalar 
berishdir. Yani:  


53 
 
Yuqorida 
kо‘rsatilgan 
huquqlardan 
tashkari 
maxsus 
maktab 
о‘quvchilariga davlat konstitusiyasi haqida ham umumiy tushunchalar beriladi. 
Ayniksa  о‘quvchilar qonun  haqida  mukammal  bilimlarga  ega  bо‘lishlari kerak. 
Chunki  jamiyatimizda:  Mustaqil  О‘zbekistonda  qabul  qilingan  qonunlar  shu 
davlatda yashayotgan har bir fuqaro uchun majburiyligini rivojlanishida nuqsoni 
bor о‘quvchilar bilishlari zarur. Qonun oldida hamma barobardir. Davlatimizda 
yashayotgan har bir fuqoro millati, dini, kasbi, jamiyatda tо‘tgan о‘rnidan kat’iy 
nazar qonunga bо‘ysinishi,  agar qonunnni  bо‘zsa  jinoiy  javobgarlikka  tortilishi 
haqida о‘quvchilarga misollar bilan tushintirib borish kerak. Militsiya organlari 
xodimlari  bilan  tashkil  etilgan  suhbat  kechalari  ijobiy  natijalar  beradi.  Chunki 
aqli  zaif  bolalar  orasida  yomon  xulq  odobga  ega  bо‘lgan  bolalar  jinoyat, 
giyoxvandlik yо‘liga kirib ketishi xollari uchrab turadi.  
Maxsus  maktab  о‘quvchisi  va  tarbiyachisining  asosiy  vazifalaridan  biri 
aqli  zaif  о‘quvchilarga  maqsadga  yо‘naltirlgan,  reja  asosida  mukammal  talim-
tarbiya  berishdan  iboratdir.  Sistemali  ravishda  uzluksiz  berib  borilgan  talim-
tarbiya  asosida  о‘quvchilarda  kuzatiladigan  salbiy  xislatlarni  korreksiyalab 
borish,  ularni  hayotda  о‘z  о‘rinlarini  topishga  yordam  berish  mumkin,  ularda 
xuquqiy  bilim  sifatlari  ham  takomillashib  boradi.  Kollektivda  xulq-atvor 
normasini  о‘zlashtiradi,  huquqiy  tarbiya  berishda  aqli  zaif  bolaning  individual 
xususiyatlarini hisobga olish kerak. Bu jarayon nafaqat darsda, sinfdan, darsdan 
tashkari  vaqtlarda  о‘quvchilar  bilan  suhbat,  baxs  orqali  olib  borilsa  maqsadga 
muvofik bо‘ladi.  
Maxsus  maktabda  estetik  tarbiya  bir  butun  korreksion  tarbiyaviy 
jarayonning  ajralmas  qismidir.  Tо‘g‘ri  sharoit  yaratilganda  rivojlanishida 
nuqsoni  bor  о‘quvchilar  ommaviy  maktabda  talim  olayotgan  tengdoshlari 
darajasiga  yetishi  imkoniga  ega  bо‘lmasalarda  estetik  rivojlanishda  ancha 
oldinga kadam kuyadilar.  
Aqli  zaif  bolalarni  estetik  tarbiyalash  masalasi  juda  dolzarbdir.  Chunki 
estetik  tarbiya  Maxsus  maktab  о‘quvchilarining  umumiy  rivojlantirishdagi 
asosiy  omillaridan  biridir.  Maxsus  maktab  о‘quvchilarining  estetik  tarbiyalash 


54 
 
masalalarini  rossiya  olimlari  I.A.Valsev,  I.A.Groshenkov,  T.N.Golovina, 
A.D.Shishkova,  I.A.Yaroshenko,  S.I.Milovskaya,  N.P.Pavlova  va  boshqa 
tadqiqotchilar о‘z ishlarda yoritganlar.  
T.N.Golovina  «Maxsus  maktabda  estetik  tarbiya»  kitobida  Maxsus 
maktablarda rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni tarbiyalash tajribalarini yoritib 
bergan ba’zi mualiflarning maqolalari ham keltirilgan. 
Mualiflar estetik did va estetik idrokni maxsus maktab о‘quvchilari uchun 
tushunarli  bо‘lgan  ijodiylik  elementlarini  shakllantirish  masalalarini  tahlil 
qilganlar.  Shuningdek  ular  estetik  tarbiyaning  korreksion  ahamiyatini  alohida 
ta’kidlaganlar.  
Aqli  zaif  bolalarni  gо‘zallikga  oshno  qilish,  ularda  hayotiy  voqeylikni 
tо‘g‘ri  tushuntirish,  oliyjanob  xis-tuyg‘ularni  va  intilishlarni  shakllantirishga 
yordam  beradi.  Bolalarda  gо‘zallikni  idrok  qilishni  tarbiyalash  orqali  ularda 
boshqa 
kishilarning 
kechinmalarini 
xis 
eta 
bilish, 
kishilarning 
xursandchiliklariga  sherik  bо‘lish,  qayg‘usini  birga  baham  kо‘rish  kabi 
xususiyatlar tarkib topgan. 
Estetik  taraqqiyot  shaxsning  estetik  ongi  va  munosabati,  estetik 
faoliyatining  shakllanishi  va  takomillashuvida  uzoq  vaqtni  talab  etadigan 
jarayondir.  Shuningdek  estetik  taraqqiyoti  ijtimoiy-tarixiy  va  estetik  tajribani 
ijodiy о‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi, bu har xil yо‘llar va shakllar bilan 
amalga  oshiriladi.  Shaxsning  estetik  jihatdan  rivojlanishiga  ma’lum  maqsadga 
qaratilgan  ta’lim  va  tarbiya  hal  etuvchi  rol  о‘ynaydi.  Estetik  ehtiyoj  -  kishi 
borlikni,  badiiy  faoliyatni  uning  har  xil  kо‘rinishlarida  estetik  idrok  etishga 
undovchi  subyektiv  omildir.  Estetik  ehtiyoj  gо‘zallik  tо‘g‘risidagi  fannning 
rivojlanishi qonuniyatlarini yanada chuqurroq о‘rganishga undaydi. 
Maxsus  maktab  tarbiyaviy  vazifalarni  hal  qilishda  turli  kо‘rgazmali 
malumotlar, maktab muhim ahamiyatga ega. 
Maxsus  maktab  о‘quvchilari  tevarak-atrofga  befark  bо‘lmaganliklari 
uchun maktabdagi sharoit ham muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. 


55 
 
Maxsus  maktab  rivojlanishida  nuqsoni  bor  о‘quvchilarning  badiiy 
tarbiyasining vazifalariga mos kelishi mumkin. 
Bolalar  kunning  bush  vaqtini  maktabda  о‘tkazadilar,  shuning  uchun 
maktab о‘quvchilarda badiiiy didni tarbiyalash kerak. Bunda maktabning badiiy 
bezashning  ahamiyati  katta.  Yaxshi  bezalgan,  bezalishi  maxsus  maktablar 
vazifalariga,  talablariga  mos  kelishi  о‘quvchilarning  bilim  faoliyatini 
rivojlantiradi, ularning idroki, hayol va fazilatlarini boyitadi. 
О‘qituvchining  vazifasi  shundan  iborotki,  u  bolalarga  maktabda 
kо‘rgazmali  malumot  va  bezatilishni  tо‘g‘ri  idrok  etishga  о‘rganish  lozim. 
Mavzuga  doir  kо‘rgazma  va  stendlar  uchun  material  sinchklab  tanlanishi,  ular 
rivojlanishida  nuqsoni  bor  bolalar  uchun  aniq,  sodda  va  tushunarli  mazmunga 
ega  bо‘lishi  zarur.  Bu  materiallar  ritmi,  о‘lchovlari,  mayda  qismlarini  idrok 
etishga  qiyinchilik  tug‘dirmasligi  kerak,  chunki  rivjolanishida  nuqsoni  bor 
bolalar  ularga  e’tibor  bermasliklari  mumkin.  Informatsiya  materillari  darsda 
olingan bilimlarni mustahkamlash chuqurlashtirishga yordam beradi. 
Maxsus maktabda olib boriladigan ashula va musiqa darslarining bolalarni 
estetik  tarbiyalash  maxsus  korreksion  vazifalarni  ham,  ya’ni  bolalarning  bilim 
faoliyatidagi  va  hissiy-irodaviy  doirasidagi  nuqsonlarni  korreksiyalash, 
vazifasini  bajaradi.  Rivjolanishida  nuqsoni  bor  о‘quvchilarni  tarbiyalash  va 
о‘qitishdagi  musiqaning  muhim  ahamiyatini  maxsus  pedagogika  asoschilari 
kо‘rsatib  о‘tganlar.  S.M.Milovskayaning  tadqiqotlari  musiqa  darslarida 
о‘quvchilarda  fikrlash,  faollashishini,  maqsadga  yо‘naltirilgan  faoliyat  va 
diqqatning  turg‘unligi  shakillanishi  kо‘rsatdi.  Jamoa  bо‘lib  qо‘shiq  aytishi  va 
ritmik  harakatlar  bolalarni  intizomlaydi,  tashkillikni  tarbiyalaydi.  Bolalar 
musiqa  tinglashni  va  uning  mazmuniga  tushunishni  о‘rganadilar.  Ular  ashula 
aytish  malakalarini  о‘zlashtirib  oladilar.  Shu  asosda  musiqani  sevish,  uni 
tinglashdan  estetik  zavqlanish  xislari  shakllanadi,  musiqali  did  elementlari 
uyg‘onadi. Musiqa kayfiyatni kо‘taradi. 
Maxsus  maktabdagi  estetik  tarbiya  tizimida  о‘qish  darslari  ham  alohida 
о‘ringa  ega.  О‘quv  dasturi  tomonidan  tavsiya  etilgan  bolalar  badiiy  adabiyoti, 


56 
 
halq  ijodi  asarlari  rivojlanishida  nuqsoni  bor  bolaning  shaxsining  rivojlanishi 
uchun  boy  material  beradi.  Mashg‘ulotlar  jarayonida  о‘quvchilar  matni  о‘qish 
malakalarini orfoepiya normalarigi rioya qilgan xolda rivojlantiradalar, asarning 
asosiy mazmunini ajratadilar, badiiy qahramonlarga tavsif berishni о‘rganadilar. 
Badiiy  sо‘z  ular  oldida  ona  tilining  gо‘zalligini  va  boyligini  ochib  beradi,  bu 
tilni о‘zlashtirishga yordam beradi. 
Aqli zaif о‘quvchilarni estetik tarbiyalashda bolalar tomonidan she’rlar va 
badiiy  asarlardan  parchalar  yod  olish,  havaskorlik  kechalarida  ifodali  о‘qish 
qayta estetik ahamiyatga ega. 
Jismoniy  tarbiya  darslari  rivojlanishida  nuqsoni  bor  о‘quvchilarni 
mustaqil  hayotga  va  ishlab  chiqarish  mehnatiga  tayyorlashda  muhim  о‘rin 
egallaydi.  О‘quv  dasturi  materiali  gimnastika,  yengil  atletika  о‘yinlarini  о‘z 
ichiga  oladi.  Jismoniy  tarbiya  darslari  rivojlanishida  nuqsoni  bor  о‘quvchilarni 
mustaqil  hayotga  va  ishlab  chiqarish  mehnatiga  tayyorlashda  muhim  о‘rin 
egallaydi.  Dars  vaqtida  predmetlar  bilan  mashq  qilishdan  (gimnastik  tayoqlar, 
koptoklar, obruchlar, bayroqchalar va hokazo) keng foydalaniladi. 
 Jismoniy  tarbiya  darslari  boshqa  predmetlar  qatori  о‘quvchilarning 
estetik jihatdan tarbiyalashga katta xissa qо‘shadi. 
Aqli zaif bolalar tabiatga juda qiziqadilar, ammo ularni doimo yо‘naltirib 
va  boshqarib  borish  zarur.  Bunda  ekskursiyalar,  agarda  ular  izchillik  bilan 
tayyorlangan  bulsa  katta  xizmat  qiladi.  Ekskursiyaning  maqsad  va  rejasini 
avvaldan aniqlash,  о‘quvchilar  bilan suhbat о‘tkazib ular qanday  malumotlarga 
ega  ekanliklari  aniqlanadi  va  kuzatishda  nimalarga  e’tiborini  qaratishlarini 
kо‘rsatish,  ularga  savollar  berish,  bu  savollarga  о‘quvchilar  ekskursiya  vaqtida 
о‘qvchilarning  diqqatini  tabiatdagi  ranglarini  о‘ziga  hosli  yil  fasllari  bо‘yicha 
о‘zgarishni,  tovushlar,  ovozlar,  shakllarning  rang-barangligi  jalb  etiladi  va 
hokazo. 
Aqli  zaif  bolalar  rivojlanishining  о‘ziga  hos  harakterdaligi  pedagogdan 
ularda  atrofdagi  gо‘zallikni,  sezishga,  ajratishga,  undan  zavklanishga,  tabiat 
ovozlarini, tovushlarini eta oladilar. 


57 
 
Tabiatni muhofaza qilishga, uni asrashga о‘rgatib boriladi.  
Ekologiya  bugungi  kunga  kelib  geografiya,  tabiatshunoslik,  biologiya 
fanlariga  suyangan  xolda  tabiatdagi  moddiy  resurslarni  ishlata  bilish  va 
muxofaza qilish haqidagi fanga aylandi. Olimlar о‘z moxiyatiga kо‘ra bu fanni 
global ekologiya yoki inson ekologiyasi deb atamoqdalar. 
Global  ekologik  uchta  asosiy  sistema,  tabiat,  insoniyat  jamiyati  va  u 
yaratgan  texnikaning  о‘zaro  ta’siri  tо‘g‘risidagi  fandir.  Tabiat  deganda  yer, 
urmonlar, usimliklar va xayvonot dunyosi, iklim, yer sharida inson yashaydigan 
tabiiy  sharoit  va  muhit  mujassamlashadi.  Inson  va  tabiat  bir-biri  bilan 
chambarchas bog‘liq. Tabiat inson uchun uning hayoti va yashashi uchun zarur 
bо‘lgan suv, oziq-ovqat, havo, xom-ashyo va boshqalarni beradi. 
Inson  uchun  eng  asosiy  masala  –  tabiatda  mavjud  bо‘lgan  boyliklar 
miqdorini  undan  foydalanish  maqsadida  aniq  hisobga  olish,  ulardan  ratsional 
foydalanishning forma va metodlarini ishlab chiqish, yangi enegriya manbalarini 
qidirib topish va turli xil radiaktiv chiqindilarni zararsizlantirish, ularni saqlash, 
kayta foydalanish va kelajak avlodlarga muhitni tabiiy xolda qoldirishdan iborat. 
Tabiatni qо‘riqlash va uning boyliklaridan ongli ravishda foydalanish har 
bir  insonning  muqaddas  burchidir.  Tabiat  boyliklaridan  unumli  foydalanish, 
tabiatni  qо‘riqlash  masalalarini  ongli  ravishda  xal  etish  uchun  oila,  bog‘cha, 
maktab, о‘rta va oliy о‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va jamoat joylarida kamol 
topayotgan  yoshlar  tabiat  sirlarini  va  metodlarini  har  tamonlama  puxta  bilib 
olishlari  shart.  Shu  sababli  biz  ham  aqli  zaif  о‘quvchilarni  tabiatni  kо‘riqlash, 
uning boyliklaridan tejab-tergab foydalanishga oid bilimlar bilan ilmiy jihatdan 
shunday  qurollantirish  kerakki,  ular  natijada  kelajakda  tabiiy  boyliklarni 
muhofaza  qila  oladigan  va  ulardan  oqilona  foydalana  oladigan  malaka  va 
kо‘nikmaga ega bо‘lsinlar.  


58 
 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish