O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti madaniyatshunoslik fanidan ma’ruza matni tuzuvchi: f f. n dos



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana27.06.2022
Hajmi2,91 Mb.
#711504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Screenshot 2022-04-05 at 16.14.34

Qadriyatlar (aksiologiya)da 
madaniyat insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy
qimmatlarning yig‘indisidan iborat deb talqin etiladi. Baholash qadriyat nuqtai nazaridan voqelikni
tahlil qilish faoliyatining tabiiy va zarur bo‘lgan shartidir. Madaniyat nimada namoyon bo‘lishidan
qat’iy nazar muayyan qadriyat o‘lchoviga ega bo‘ladi.
Informatsion ta’rif.
Madaniyat «barcha irsiy bo‘lmagan informatsiyalar yig‘indisi», uni
tashkil etish va saqlash uslublari sifatida ta’riflanadi. U informatsiyani doimiy ravishda eng foydali va
qulay uslublarni ishlab chiqqan holda qabul qiladi va saqlaydi, yangi informatsiyalarni bir tizimidan
boshqasiga o‘tkazadi.
Misol uchun «Barcha irsiy bo‘lmagan informatsiyalar yig‘indisi» deganda biz xotirani
tushunishimiz mumkin. Chunki xotira mexanik mazmunga ega emas, balki ijodiy jarayon hisoblanadi.
Xotiraning eng muhim ma’naviy ahamiyati shundaki, u vaqt to‘sig‘ini yengib, bilim va tafakkur
doirasini kengaytiradi. Umumiy xususiyatlariga ko‘ra, madaniyatni xotira bilan qiyoslash mumkin.
Bunda alohida olingan shaxsning xotirasi emas, balki jamiyat xotirasi nazarda tutiladi.
Yu.M.Lotmanning fikricha, bir qator qoidalar, cheklashlar sifatida namoyon bo‘luvchi tashkiliy
vaziyat madaniyatni belgilovchi xususiyat hisoblanadi. K.Levi-Strosning fikriga ko‘ra, «qaerda qoida
bo‘lsa, shu yerda madaniyat boshlanadi. Inson tabiatidagi barcha umumiylik tabiatga tegishli bo‘ladi va
stixiyali avtomatizm bilan xarakterlanadi, majburlash normalari bilan belgilanuvchi sifatlar madaniyat
sohasiga tegishli bo‘lib o‘zida nisbiylik va xususiylikni mujassamlashtiradi» .
Shunday qilib, madaniyatshunoslik kursini gumanitar fanlar qatorida oliy o‘quv yurtlarida
o‘rganilishi hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan bo‘lib, jamiyatdagi mavjud muammolarni faqat
iqtisodiy, siyosiy tadbirlar, huquq-tartibotni mustahkamlash bilangina to‘la hal qilib bo‘lmaydi. Buning
uchun jamiyatning ma’naviy va madaniy hayotini ham qayta qurish talab etiladi.
Madaniyatshunoslik talabalarga jahon madaniyati va uning tarkibiy qismi bo‘lgan O‘zbekiston
madaniy hayotining rivojlanish tarixi, xususiyatlari, o‘zaro aloqadorligi muammolari va istiqbollari
to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakalarni berish bilan ularni milliy madaniyatga va o‘zga millatlar
madaniyatlariga, qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalashda, madaniy va ma’naviy yodgorliklarga ijodiy
munosabatda bo‘lishlarida ko‘maklashadi.
Madaniy rivojlanish jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, madaniyat hodisasi har doim shakl va
mazmun, borliq va munosabat, narsaning mavjudligi va uning ramziy mazmuni uyg‘unligiga ega
bo‘ladi. Madaniyat moddiy va ma’naviy qismlarga bo‘linib, ular bir-birlarini taqozo qilgan holda
o‘zaro aloqada, o‘zaro ta’sirda rivojlanadi. Moddiy madaniyat har doim ma’lum bir ma’naviy
madaniyatning timsoli hisoblanadi, o‘z navbatida ma’naviy madaniyat ham qaysidir narsa, belgi, tasvir,
ramzlarda moddiy uyg‘unlikda mujassam bo‘ladi.
Moddiy madaniyatning ma’naviyatdan tarixan ayriligi faqat insoniyat taraqqiyotining boshlang‘ich
davrlarigagina xosdir. Jamiyatda ma’naviy faoliyat maxsus sohaga aylangach ahloqiy mezonlar, din,
san’at, huquq, siyosat, fan shakllanib, ma’lum doiradagi kishilar bu soha bilan shug‘ullana boshlaydi.


Uzoq vaqtlar mobaynida fanda madaniyat deganda faqat ma’naviy madaniyat nazarda tutilgan.
Chunki, borliqni haqiqat, yaxshilik, go‘zallik belgilaydi deb hisoblangan. O‘sha davrda ilmiy
tadqiqotlarning asosini fan, axloq, nafosat tashkil etgan. Natijada, jamiyatning moddiy hayotini, uning
iqtisodiyotini o‘rganishga e’tibor berilmadi. Moddiy madaniyat tadqiqot uchun zarur deb
hisoblanmagan.
Industrial jamiyatining vujudga kelishi, uning texnikaviy taraqqiyoti va yangi texnologiyalarning
joriy etilishi madaniyatshunoslarni inosniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyatning barcha
namunalarini o‘rganishga majbur qildi.
Kishilarning tabiat va jamiyatni qayta o‘zgartirish borasidagi amaliy faoliyati, ularni ijtimoiy ishlab
chiqarish va takroriy ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi, moddiy madaniyatning o‘ziga xos sohalarga
bo‘linishi madaniyatshunoslikda muayyan tadqiqotlarga zaruriyat tug‘dirdi.
Moddiy madaniyatning 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish