mafkuraviy immunitetini
kuchaytirishimiz zarur», deb ta’kidladi.
Har bir inson ikki yo‘ldan birini tanlamog‘i yo iste’molchi tarzida oqim bilan suzmog‘i, yohud
o‘ziga, o‘zligiga nisbatan talabchan bo‘lib girdobdan chiqmog‘i lozim. Insoniyat tobora texnika
taraqqiyoti va ommaviy kommunikatsiyaning sotsial va ekologik jihatdan nazoratga olishi, bugungi
odam ma’naviy qiyofasini bir xillashtirish (standartlash)ga qarshi jiddiy to‘siq qo‘yish zaruriyatini
anglamoqda. Ushbu masalani o‘ta keskinligiga e’tiborni qaratish, mavjud muammolarning yechish
yo‘llarini belgilashda 1990 yillarda BMT-Bosh Assambleyasi e’lon qilgan Madaniyatning umumjahon
o‘n yilligi muhim bosqich bo‘ldi. «O‘n yillik»ning asosiy maqsadi – iqtisod va texnika tezkor
rivojlanayotgan hozirgi davrda umuminsoniy madaniy qadriyatlarning birinchi darajali ahamiyatini
tiklashdan iborat bo‘lib, bunda amaliy jihatdan quyidagi vazifalarni hal etish masalasi qo‘yiladi:
taraqqiyotni madaniy yuksaltirish zarurligi va madaniy o‘ziga xoslikni hamda madaniy muloqotlarni tan
olish, moddiy ishlab chiqarish bilan ijodkorlikning aloqadorlik yo‘llarini belgilash, individual va jamoat
timsolida ijodiy potensial va tashabbuskorlikni qo‘llab quvvatlash, halqaro madaniy hamkorlikni
rivojlantirish va b.
Mustaqillik tufayli O‘zbekistonning asosiy maqsadi madaniyatlarni yanada rivojlantirish va bir-
birini boyitishga yo‘naltirilgan BMT Boshchiligida o‘tkazilgan qator halqaro dasturlarida jumladan,
«Umumjahon madaniy meros», «Buyuk Ipak yo‘li» dasturlarida bevosita va faol ishtirok etdi. Bugungi
kunda Respublikada umumjahon ahamiyatga moyillik maqomidagi Samarqand, Buxor, Xiva va
Shahrisabz yodgorliklari mavjud, shulardan keyingi uchtasi maskur maqomga 1991 yildan so‘ng
erishdi.
«Buyuk Ipak yo‘li» - bu nafaqat tarix, u bugungi kun hamdir. 1993 yilning mayida Yevropa
komissiyasi Bryusselda Markaziy Osiyo Kavkaz hamda Yevropa itiffoqi davlatlari vakillarini to‘pladi.
Maqsad-ajdodlarda qolgan qadim yo‘llarni tiklash orqali Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi
mustaqil davlatlarni jahon iqtisodiyotiga integratsiyasini ta’lim etish; uchrashuvda Yevropa – Kavkaz-
Osiyo transport yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi. I.A.Karimov
ta’kidlaganidek, TRASEK (transport yo‘lagi) loyihasini amalga oshirish- Buyuk Ipak yo‘lini qayta
tiklash; ayrim shaxslar faoliyatining mahsuli emas, u zamon, jahon taraqqiyotining ob’ektiv
zaruriyatidir. Bu borada YuNESKOning «Ipak yo‘li – muloqot yo‘l dasturi» asosida Samarqandda
tashkil etilgan Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixini o‘rganish ilmiy tadqiqot instituti dastlabki
amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.
Mustaqil davlatimizning milliy madaniyati tiklash, rivojlantirish va umuminsoniy qadriyatlar
asosida boyitish yo‘lidagi yutuqlari tufayli 1997 yili O‘zbekiston YuNESKO Ijroiya kengashning a’zosi
etib saylandi. 2000 yil O‘zbekistonda «Sog‘lom avlod yili» deb belgilandi.buni mohiyati shundaki,
kechayotgan islohatlarning mohiyati insonga qaratilgan va u inson uchun amalga oshirilmoqda.
Binobarin sog‘lom avlod – millat, yurt kelajagi demakdir. Yurtimizni birinchi ordenini ham «Sog‘lom
avlod uchun» deb nomlangani bejiz emas. Bu yosh avlodga katta e’tibor berilayotganining namunasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |