3-topshiriq
Qanday?” Texnologiyasi
Maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun maxsus muassasalar tashkil etiladi
qanday?
qanday?
qanday?
qanday?
qanday?
qanday?
qanday?
qanday?
qanday?
qanday?
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ni tashkil etish va u yerga bolalarni joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentyabrda qabul qilingan “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari taʼlim-tarbiya berish, korreksiyalash va davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda jismoniy yoki psixik rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida koʻmaklashish, shuningdek ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga taʼlim berishda yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan mintaqadagi jismoniy va psixik rivojlanishda imkoniyati cheklangan, maxsus sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar oʻrtasida tegishli kasalliklarning koʻpayganligini koʻrsatadigan sogʻliqni saqlash organlarining rasmiy statistika maʼlumotlari bilan asoslanishi kerak.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I—VIII) turlarga boʻlinadi:
I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;
II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-boʻlim);
III — koʻzi ojiz (koʻr) bolalar uchun maktab-internatlar;
IV — zaif koʻradigan va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;
V — nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VII — psixik rivojlanishi sust boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.
Zarur hollarda I va II turlar, shuningdek III va IV turlar aralash holdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tashkil etilishi mumkin.
4-topshiriq
“Swot- tahlil” jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |