184
jabrlanuvchini transportda olib ketishda son arteriyasini
zararlantirishi mumkin, natijada qon
ketib, jabrlanuvchi shok holatiga tushishi kuzatiladi.
Tizza shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish
Hamma turdagi sinishda bo`lganidek, bunda ham jabrlanuvchiga qulay o`rnashib olishida
yordam beriladi. Agar tizzasi bukilgan bo`lsa, uning ostiga lo`la qilib taxlangan adyol yoki
yostiq qo`yib, bukilgan qolida qimirlatmaslik, tizza to`g’rilangan bo`lsa,
shikastlangan oyoqni
sog’ oyoqqa bog’lab, qotirib, sovuq kompress qo`yiladi.
Bilak shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish:
qattiq shina qo`yish
Jarohatlangan qo`lning qimirlamasligini ta'minlash uchun qattiq shina qo`yiladi. Bunda
jabrlanuvchi qo`lini tutib turishga qodir bo`lmasa, uning qo`lini shikastlangan joyning yuqorisi
va quyisidan tutib turiladi.
Barmoqlari tekshiriladi, ya'ni ular ushlaganda
iliq tuyulishi va tirnoq atrofi
pushti rangda
bo`lishi lozim. Jabrlanuvchining qo`lidan iloji
boricha barcha uzuklarini yechib olish, barmoq
uchlari uvishgan-uvishmaganligini
jabrlanuvchidan so`rash, shinani qatlam bilan
shikastlangan bilak ostiga qo`yish va
jabrlanuvchidan yoki yon-atrofdagi bironta kishidan shinani o`sha joyda
ushlab turishni iltimos qilinadi. Panjaning tabiiy holatini saqlab qolish
uchun jabrlanuvchining
kaftiga bironta yumshoq narsa qo`yiladi. Shinani shikastlangan joyning yuqorisi va quyisidan
bog’lab, bog’lam uchini, singan joydan imkoni boricha nari- beri qilib bog’lanadi.
Bilak shikastlanganda ro`mol bilan bog’lam qo`yish mumkin. Buning uchun
jarog’atlangan qo`lni tutib turishni jabrlanuvchidan yoki yon-atrofdagi bironta odamdan iltimos
qilinadi. Bog’lamning bir uchini jarohatlangan qo`l ostidan, sog’ yelka ustidan o`tkazib,
ro`molning to`g’ri burchagi uchini jarohatlangan qo`l tirsagi ostidan o`tkaziladi. Agar tirsak
shikastlangani gumon qilinmayotgan bo`lsa, qo`l 90° qilib bukiladi.
Ro`molning bir uchini boshqa yelkasi osha o`tkaziladi. Bog’lam
uchini shikastlangan
tarafning qarshi tomonidan bo`yinga bog’lab, bog’lam tuguni ostiga yumshoq mato qo`yiladi.
Bog’lamni tirsak yonidan imkoni boricha tortib qo`ying yoki to`g’nog’ich bilan to`qnab
qo`yiladi. Bog’lamni jarohatlangan qo`l tomonidan ko`krak atrofidan tortib, bog’lam uchlarini
185
qarama-qarshi tomondan sog’ qo`l ostidan bog’lab, bog’lam tuguni ostiga yumshoq mato
qo`yiladi.
O`mrov suyagi shikastlanganda jarohatlangan
tomondagi bilakni
ko`krakka shunday ko`ndalang qilib qo`yiladiki, barmoqlar qarama-qarshi
yelkaga qaratilgan bo`lishi, yozilgan bog’lamni bilak va panja ustidan
qo`yilishi, bog’lam tirsak va yelkani yopib turishi kerak. Bilakni tutib
turgan qolda bog’lamning ostki uchini panja, bilak va tirsak ostidan o`rab,
bog’lamning quyi uchini orqadan o`tkazib, uchlarini bog’lab qo`yiladi. Tana
bilan qo`l orasidagi tabiiy botiqlarga mustahkam
yumshoq materialdan
qatlam joylab qo`yib, shikastlangan tomon tirsagidan gavda orqali aylantirib
bog’lam tortib, yaxshilab qotiriladi va bog’lam uchini qarama-qarshi
tomonda sog’lom qo`l ostidan o`tkazib bog’lab qo`yiladi.
Boldir-panja bo`g’imi shikastlanganda jabrlanuvchining poyabzali
va paypog’ini yechmasdan uchta bog’lam: birini — oyoq panjasi (kafti) ostidan va ikkitasini
boldir ostidan qo`yiladi. Boldir-panja bo`g’imi atrofiga yostiqni asta taxlab yoki o`rab qo`yiladi.
Adyol yoki yostiqni
boldir
atrofida ikkita bog’lam bilan mustahkamlab, uchinchi bog’lamni panja atrofidan bog’lanadi.
Bog’lamlar mahkam, lekin qattiq qismay bog’langan bo`lishi kerak. Agar bog’lam ostidan
bittadan ko`p barmoq o`tgan bo`lsa, bog’lamni qattiqroq tortib tugiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: