O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/179
Sana02.06.2022
Hajmi4,01 Mb.
#630364
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   179
Bog'liq
fayl 1044 20210522

 
Mavzu bayoni: 
 
Reja: 
1. Jabrlanuvchilarni saralash
2. Erkin qutqaruvchilar xafsizlikka rioya qilishlari lozim.
3. Xavfsizlikning muhim choralari.
O`zbekiston Respublikasi VM 1997 yil 23.12 558-sonli “FV da ogohlantirish va unda
harakat qilish davlat tizimi (FVDT)” qarorida aholi va hududlarni tinchlik va urush
davrlarida muhofaza qilish chora – tadbirlari ko`rsatilgan. 
FVVda shunday vaziyatlarda yordam ko`rsatadigan maxsus tashkiliy guruhlar va
professional qutqaruv otryadlari bor. Ular shikastlanganlarga yordam ko`rsatish uchun
kerak bulgan barcha zamonaviy texnik vositalar bilan ta'minlangan. Lekin shunga
qaramasdan aholi va hududlarni katta FV larda to`liq himoya qila olmaydi. Shuning 
uchun aholining tayyorgarligi yaxshi bo`lishi kerak. Bino va inshoatlar mustahkam qurilgan
bo`lishi shart.


156 
Buzilgan vayronalar ostidan shikastlanganlarni qutqarishda qavmu-qarindoshlari
yordamida 50% i, erkin jamoa qutqaruvchilari yordamida 30 % i topiladi va qutqariladi.
Shikastlanganlarni qidirish usullari: 
1.
Shikastlanganlarni 
mexanizatsiyalashgan vositalar (vertolet, samolyot, maxsus 
mashinalar) bilan qidirish. 
2.
Kuzatish yo`li bilan qidirish. 
3.
Qidiruv guruhi bilan qidirish. 
4.
Sanitariya patrullari. 
5.
Sanitariya-haskashlash yo`li bilan qidirish. 
6.
Yoritish moslamalari bilan kechasi qidirish. 
Bino va inshootlar qulaganda insonlar vayronalar ostida qolib ketadi va har xil
shikast, jarohatlar oladi. Shuning uchun erkin jamoa qutqaruvchilari o`qitilgan, birinchi 
tibbiy yordam bera oladigan bo`lashlari kerak. 
Qutqaruvchilar quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishlari kerak: 
1. Erkin qutqaruvchilar xafsizlikka rioya qilishlari lozim. 
2. Xafsizlikning eng muhim choralaridan biri birgalikda ishlashdir.
qutqaruvchilar 2 , 3 , 4 va 5 tadan bo`lib ishlashlari kerak.
3. qutqaruvchi keraksiz bo`lgan xavfga, ya'ni o`zini ochiqdan –ochiq xavfli vaziyatga
solib, muammo keltirib chiqarmasligi kerak. Sherik bilan ishlaganda birinchisi qutqarish
ishlari bilan band bo`lganda, ikkinchisi uni kuzatib turadi va xavfsizligini ta'minlaydi.
4. Shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash uchun kerak bo`ladigan narsalar: kaska (qalpoq),
ko`zoynak, changdan saqlovchi niqob (protivogazlar, respiratorlar, paxta dokali
bog`lamlar), qo`lqoplar, rezina yoki lateks qo`lqoplar, pishiq oyoq kiyimlar, fonar, arqon, 
tizzani himoya qilish uchun “nakolennik” va markerlar.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga qarashli qidiruv va qutqaruv xalqaro
tashkiloti odamlarni vayronalar ostida qutqarishning 6 ta bosqichini ajratadi:
1.
Vaziyatga baho berish. 
2.
Injener tarmoqlarini uzish.
3.
Voqea joyini ko`zdan kechirish. 
4.
Buzilgan, qulagan binolar ostini tekshirish.
5.
Vayronalarni qisman tozalangandan so`ng tekshirish.
6.
hech kim qolmaganligiga ishonch hosil qilib, vayronalarni tozalash 
Yuqoridagi 3 ta bosqich “yengil qidiruv va qutqaruv” ishlarini tashkil qiladi va uni
erkin jamoat qutqaruvchilari amalga oshira oladi.
Keyingi 3 ta bosqich professional qutqaruvchilar ishtirokida amalga oshiriladi .
Talofatning birinchi kuni, ya'ni dastlabki 24 soat “oltinga teng soatlar“ hisoblanadi,
chunki aynan shu daqiqalarda insonlar tirik qolishga, ularni hayotini saqlab qolishga
imkon bo`ladi. Afsuski, bu vaziyatlarda o`sha joyda bo`lgan odamlargina bir-biriga
yordam bera oladilar. Ko`pchilik hollarda qutqaruv ishlari qo`shnilar va qarindoshlar
tomonidan amalga oshiriladi .
Halokatning ilk daqiqalarida har qanday odam yordam ko`rsatishni bilishi kerak. 
Odam resurslariga quyidagilar kiradi:
1.
Harbiylar 
2.
O`t o`chiruvchilar 
3.
Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi (FVV) xodimlari 
4.
Militsionerlar 
5.
Vrach, hamshira, sanitarlar 
6.
O`rgatilgan erkin qutqaruvchilar 
7.
Elektriklar 
8.
Tarjimonlar 
9.
Injenerlar 
10.
Arxitektorlar 


157 
Birinchi yordam ko`rsatishda dastavval qilinadigan ish — hodisa sodir bo`lgan joyni 
ko`zdan kechirib, qutqaruvchiga, atrofdagilarga yoki jabrlanuvchilarga nisbatan tahdid 
tug`diradigan narsa bor-yo`qligini aniqlashdan iborat. Agar qutqaruvchining o`zi ham qurbon 
bo`lsa, u boshqalarga ko`mak bera olmay qoladi. Jiddiy avariya yoki hodisa sodir bo`lgan joyga 
juda ehtiyotkorlik bilan yaqinlashish kerak. hodisa sodir bo`lgan joyda aniq xavf mavjud bo`lsa, 
kutqaruvchining imkoniyatlari cheklangan bo`ladi. Joyni ko`zdan kechirish paytida o`ziga va 
atrofdagilarga nisbatan aniq xavf tug`diruvchi hamma narsaga e'tibor berish lozim. Bular: 
to`kilgan yoqilg`i, chiqayotgan gaz, uzilgan elektr simi, bosib kelayotgan suv oqimi singari 
tabiiy omillar va hokazolar bo`lishi mumkin. Bunday holatda birinchi yordam ko`rsatish 
qoidalari asosida harakat qilish lozim. Tez yordam chaqirganda baxtsiz hodisa turi hamda 
jabrlanganlar soni to`g`risida imkoni boricha aniq, ma'lumot berish, atrofdagilarning hammasini 
jabrlanuvchilarga yordam ko`rsatishga jalb qilish kerak. 

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish