156
Buzilgan vayronalar ostidan shikastlanganlarni qutqarishda
qavmu-qarindoshlari
yordamida 50% i, erkin jamoa qutqaruvchilari yordamida 30 % i topiladi va qutqariladi.
Shikastlanganlarni qidirish usullari:
1.
Shikastlanganlarni
mexanizatsiyalashgan vositalar (vertolet, samolyot, maxsus
mashinalar) bilan qidirish.
2.
Kuzatish yo`li bilan qidirish.
3.
Qidiruv guruhi bilan qidirish.
4.
Sanitariya patrullari.
5.
Sanitariya-haskashlash yo`li bilan qidirish.
6.
Yoritish moslamalari bilan kechasi qidirish.
Bino va inshootlar qulaganda insonlar vayronalar ostida qolib ketadi va har xil
shikast, jarohatlar oladi. Shuning uchun erkin jamoa qutqaruvchilari o`qitilgan,
birinchi
tibbiy yordam bera oladigan bo`lashlari kerak.
Qutqaruvchilar quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishlari kerak:
1. Erkin qutqaruvchilar xafsizlikka rioya qilishlari lozim.
2. Xafsizlikning eng muhim choralaridan biri birgalikda ishlashdir.
qutqaruvchilar 2 , 3 , 4 va 5 tadan bo`lib ishlashlari kerak.
3. qutqaruvchi keraksiz bo`lgan xavfga, ya'ni o`zini ochiqdan –ochiq xavfli vaziyatga
solib, muammo keltirib chiqarmasligi kerak. Sherik bilan ishlaganda birinchisi qutqarish
ishlari bilan band bo`lganda, ikkinchisi uni kuzatib turadi va xavfsizligini ta'minlaydi.
4. Shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash uchun kerak bo`ladigan narsalar: kaska (qalpoq),
ko`zoynak, changdan saqlovchi niqob (protivogazlar, respiratorlar,
paxta dokali
bog`lamlar), qo`lqoplar, rezina yoki lateks qo`lqoplar, pishiq oyoq kiyimlar, fonar, arqon,
tizzani himoya qilish uchun “nakolennik” va markerlar.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga qarashli qidiruv va qutqaruv xalqaro
tashkiloti odamlarni vayronalar ostida qutqarishning 6 ta bosqichini ajratadi:
1.
Vaziyatga baho berish.
2.
Injener tarmoqlarini uzish.
3.
Voqea joyini ko`zdan kechirish.
4.
Buzilgan, qulagan binolar ostini tekshirish.
5.
Vayronalarni qisman tozalangandan so`ng tekshirish.
6.
hech kim qolmaganligiga ishonch hosil qilib, vayronalarni
tozalash
Yuqoridagi 3 ta bosqich “yengil qidiruv va qutqaruv” ishlarini tashkil qiladi va uni
erkin jamoat qutqaruvchilari amalga oshira oladi.
Keyingi 3 ta bosqich professional qutqaruvchilar ishtirokida amalga oshiriladi .
Talofatning birinchi kuni, ya'ni dastlabki 24 soat “oltinga teng soatlar“ hisoblanadi,
chunki aynan shu daqiqalarda
insonlar tirik qolishga, ularni hayotini saqlab qolishga
imkon bo`ladi. Afsuski, bu vaziyatlarda o`sha joyda bo`lgan odamlargina bir-biriga
yordam bera oladilar. Ko`pchilik hollarda qutqaruv ishlari qo`shnilar va qarindoshlar
tomonidan amalga oshiriladi .
Halokatning ilk daqiqalarida har qanday odam yordam ko`rsatishni bilishi kerak.
Odam resurslariga quyidagilar kiradi:
1.
Harbiylar
2.
O`t o`chiruvchilar
3.
Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi (FVV) xodimlari
4.
Militsionerlar
5.
Vrach,
hamshira, sanitarlar
6.
O`rgatilgan erkin qutqaruvchilar
7.
Elektriklar
8.
Tarjimonlar
9.
Injenerlar
10.
Arxitektorlar
157
Birinchi yordam ko`rsatishda dastavval qilinadigan ish — hodisa sodir bo`lgan joyni
ko`zdan
kechirib, qutqaruvchiga, atrofdagilarga yoki jabrlanuvchilarga nisbatan tahdid
tug`diradigan narsa bor-yo`qligini aniqlashdan iborat. Agar qutqaruvchining o`zi ham qurbon
bo`lsa, u boshqalarga ko`mak bera olmay qoladi. Jiddiy avariya yoki hodisa sodir bo`lgan joyga
juda ehtiyotkorlik bilan yaqinlashish kerak. hodisa sodir bo`lgan joyda aniq xavf mavjud bo`lsa,
kutqaruvchining imkoniyatlari cheklangan bo`ladi. Joyni ko`zdan kechirish paytida o`ziga va
atrofdagilarga nisbatan aniq xavf tug`diruvchi hamma narsaga e'tibor berish lozim. Bular:
to`kilgan yoqilg`i,
chiqayotgan gaz, uzilgan elektr simi, bosib kelayotgan suv oqimi singari
tabiiy omillar va hokazolar bo`lishi mumkin. Bunday holatda birinchi yordam ko`rsatish
qoidalari asosida harakat qilish lozim. Tez yordam chaqirganda baxtsiz hodisa turi hamda
jabrlanganlar soni to`g`risida imkoni boricha aniq, ma'lumot berish, atrofdagilarning hammasini
jabrlanuvchilarga yordam ko`rsatishga jalb qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: