O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/179
Sana02.06.2022
Hajmi4,01 Mb.
#630364
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   179
Bog'liq
fayl 1044 20210522

Tashqi qon ketishi 
Qon tomirlari jarohatlanib, qon teri ustki qatlamiga chiqqan holatlar tashqi qon ketishini 
keltirib chiqaradi. Bir oz kesib olgandagi kabi ozgina qon oqishi, qonning ivishiga qarab, 10 
minut ichida o`z-o`zidan to`xtaydi. Lekin yirik qon tomirlari jarohatlanib, qon tez oqib chiqib, 
ivishga ulgurmagan hollarda qon oqishi, ayniqsa, kattalarga qaraganda kamroq qonga ega 
bo`lgan bolalar va go`daklar hayotini xavf ostiga qo`yishi mumkin. 
Qon ketishining jadalligi qon tomirning jarohatlanish turiga boqliq.
Arterial qon oqishi belgilari

• qon tez va ko`p oqadi, 
• tananing jarohatlangan qismida qattiq og’riq seziladi, 
• behollik, 
• qon och qizil rangda bo`lishi (kislorod kontsentratsiyasi yuqoriligi), 
• qon nisbatan kuchli bosim ostida oqadi
• qon, odatda, jarohatdan favvoradek otilib chiqadi. Arterial qon ketishini to`xtatish ancha qiyin. 
Venoz qon ketishi belgilari: 
• qon jarohatdan favvoradek otilmay, bir tekis oqib chiqishi
• qon to`q qizil yoki jigar rang bo`ladi (kislorod kontsentratsiyasi kamligi hisobiga).
Tashqi qon ketishida birinchi yordam ko`rsatish 
• Jarohat siqiladi. 
• Shikastlangan qo`l yoki oyoqni balandroq ko`tariladi. 
• Jabrlanuvchini orqasi bilan yotqiziladi. 
• Bosib turuvchi bog’lam qo`yiladi. 
• Shokka qarshi chora qo`llaniladi. 
Arterial qon ketishida arteriyani barmoq bilan bosish uslubi arterial qon ketishini 
to`xtatishning bir usulidir. Uni jarohatni bevosita bosish bilan birga qo`llaniladi. Bu usulda 
birinchi yordam ko`rsatayotgan odam o`z qo`li bilan arteriyani shikastlangan joydan 


174 
yuqoriroqdan bosadi. Arteriyaning barmoq bilan bosiladigan nuqtalari ko`p, lekin ikki asosiy: 
yelka va son arteriyalarini eslab qolish kerak. Bu ishni kamida o`n minut davomida qilish zarur. 
Buning asosiy kamchiligi shundaki, yordam ko`rsatayotgan odam bu vaqt ichida boshqa ish qila 
olmaydi.
Qo`l-oyoqdagi nazorat qilib bo`lmaydigan qon ketishida bog’lam (jgut) qo`yish arterial 
qon ketishini to`la to`xtatishning samarali usulidir. Quyida bog’lam qo`yish qoidalari keltirilgan: 

bog’lam jarohatlangan joydan taxminan 5 sm yuqori qo`yilishi kerak 

shikastlangan qo`l yoki oyoq bilan bog’lam orasiga qatlam qo`yiladi 

bog’lam sifatida bir necha bor taxlangan uchburchak bog’ichga o`xshash gazlamadan 
foydalanish mumkin, u qo`l yoki oyoq atrofiga ikki marta o`raladi. Arqon yoki chilvirdan 
foydalanish mumkin emas, chunki ular quyida joylashgan to`qimani zararlantirishi 
mumkin. 
• Bog’lamni bir bor bog’lab, bironta narsa (ruchka, qaychi, taxtacha)ni ustiga qo`yib, uning 
ustidan yana bir bor bog’lab qo`yiladi, so`ng qon oqishi to`xtamagunicha aylantiriladi. Narsani 
ikki marta tugib mahkamlab qo`yiladi, 
• Bog’lamni har 15-20 daqiqada bo`shatib turiladi. Jgut qo`yilgan vaqt va sana yozib qo`yiladi. 

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish