O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi boshlang’ich ta’limda pedagogik diagnostika



Download 1,38 Mb.
bet65/104
Sana19.05.2022
Hajmi1,38 Mb.
#604464
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104
Bog'liq
Ped.diag O\'UM

6-8-sinflar
Vatanparvarlik: O’z Vatanining o’tmishi va mamlakatda sodir bo’layotgan hozirgi eng muhim voqea-hodisalarni bilish, o’z ona Vatani bilan, uning buyuk kishilari bilan faxrlanish tuyg’usi; umum foydasi uchun qilinadigan mehnatda ko’ngilli ravishda ishtirok etish; tabiatga mehr qo’yish va uni asrab-avaylash; jamiyat mulkini ehtiyotlash.
Jamoaviylik: o’z sinfida amalga oshirilayotgan barcha ishlarda faol ishtirok etish; o’z o’rtoqlariga beg’araz yordam ko’rsatishni odat qilish; jamoa qaror qabul qilgan qarorlarni bajarish; o’rtoqlariga talabchan bo’lish; shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni birga qo’shib ado etish; o’g’il va qiz bolalar o’rtasida o’rtoqlarcha munosabat o’rnatish.
Insoniylik: tevarak-atrofdagi barcha kishilarga xolisona munosabatda bo’lish; kattalarni hurmat qilish; yordamga muhtoj bo’lgan kishilarga ko’maklashish; mehribon bo’lish, barcha jonli mavjudotlarga mehr-shavqatli bo’lish va ularga g’amxo’rlik qilish.
Halollik: samimiylik, va’daga vafoli bo’lish, o’zgalarning buyumlarini ularning ruxsatisiz olmaslikni odat qilish, yolg’onchilik, aldoqchilik, o’g’irlikka murosasiz bo’lish.
Mehnatga sidqidildan munosabat: vijdonan o’qish; doimiy ravishda foydali ishlar bilan mashg’ul bo’lish; hech bir ishdan hazar qilmaslik, bajarilgan ish natijalarining yuksak darajada sifatli bo’lishiga erishish; uy-ro’zg’or ishlariga muntazam yordam berish; kelajakda biror hunar egasi bo’lish uchun kasb tanlashga intilish.
Intizomlilik: o’quvchilar qoidalariga har kuni va hamma joyda rioya qilish; katta kishilarning topshiriqlarini tez va aniq bajarish; sinf jamoasini talablarini bajarish, jamoada yuksak intizom bo’lishi uchun kurashish.
Faollik: darslarda javob berishga, boshqalarning javoblarini to’ldirishga intilish, sinf va maktabning jamoat hayotida ko’ngilli ravishda ishtirok etish; tashabbuskorlik ko’rsatish; kamchiliklarga(o’tmish sarqitlariga ) murosasiz bo’lish.
Jasurlik: qo’rquv hissini yenga olish qobiliyati; hayoti uchun xavfli sharoitda o’zgalarga yordam berishga tayyor turish; o’z o’rtoqlarining kamchiliklarini oshkoro tanqid qilish; o’z shaxsiy fikrini himoya qilishga tayyor turish; qat’iyat, adolatsizlikka murosasiz bo’lish.
Irodali bo’lish: biror ishni bajarish uchun xoxish bo’lmaganda ham o’z-o’zini ishlashga majbur qila olish qobiliyati, boshlagan ishni oxirigacha yetkazib bajarish odati; o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishishda qat’iyatli bo’lish; qiyinchiliklarni yengib o’tishga bo’lgan intilish va qobiliyat; o’z-o’zini tarbiya qilish sohasida sezilarli yutuqlarga erishish;
O’z-o’zini tanqid qilish: o’rtoqlarining tanqidlariga quloq solish; o’z xatolarini tan ola bilish qobiliyati; o’z mehnati natijalariga tanqidiy munosabatda bo’lish; mavjud kamchiliklardan qutulishga intilish.
Kamtarlik: tevarak-atrofdagi kishilar orasida (tashqi ko’rinishi va xulq-atvori bilan) ko’zga tashlanib turishga harakat qilmaslik: maqtanchoq bo’lmaslikni odat qilish; bosiq bo’lish, oddiylik.
Qiziquvchanlik: darslardan yaxshi o’zlashtirish; turli adabiyotlarni, vaqtli matbuotni muntazam o’qib boorish; lug’atlardan va adabiyotlardan foydalanishni odat qilish; to’garak mashg’ulotlariga qatnashish.
Estetik kamolot: ozoda tashqi ko’rinishga ega bo’lish; adabiyot, rasm, ashula darslariga qiziqish bilan qatnashish; teatrlarga, ko’rgazmalarga, konsertlarga va shu singari tomoshaxonalarga muntazam borib turish; adabiyot va san’at sohasidagi mashhur asarlarni bilish va tushunish; badiiy havaskorlik to’garaklarida, va hokozolarda ishtirok etish; har bir ishni chiroyli bajarishga harakat qilish.
Kuchli, chaqqon, chiniqqan kishi bo’lishga intilish; xushbichim bo’lish; ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish; sport o’yinlarida, musobaqalarda, poxodlarda va hokozolarda ishtirok etish, sportning biror turi bilan muntazam shug’ullanish.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish