Normalar pedagogik diagnostikada u yoki bu o'quvchilarning ma'naviy darajasini baholash uchun kerak bo’ladigan axborotlar to’plashni bildiradi. Masalan, biz to’plagan axborotlar intellektni o’lchovchi quyidagi ma'lumotlar bo'lishi mumkin: diktantda yo'l qo'yilgan xatolar soni, matematikadan to'g'ri yechilgan misollar soni, uchta mashg'ulot davomida olingan spontan javoblar soni, testdan to'g'ri bajarilgan topshiriqlar soni yoki shaxsning tarbiyalanganligini bildiruvchi axloqiy kategoriyalar: qiyin vaziyatda o'zini tuta bilishi, to'g'ri ma’nodagi sovuqqonlik, ijtimoiy foydali mehnatda ko'rsatgan ko'rsatkichlari, bo’sh vaqtdan oqilona foydalanish darajasi kabilar. Lekin bu axborotlar to'la informativ emas. Bizga ayrim holatlarda kriteriya va normalar yetishmaydi. Agar o'quvchi yoshlarimiz yozma ishda 9 ta xatoga yo'l qo'yganligi ma'lum bo'lsa uni baholash uchun yozma ishning qiyinlik darajasini bilishimiz kerak. Bundan tashqari xuddi shu sharoitda boshqa ta'lim oluvchilar yozma ishni qanday yozganliklarini, yoki o'quv maqsadiga erishish uchun qancha xatogacha yo'l qo'yilishi mumkinligini bilishimiz kerak. Boshqacha so'z bilan aytganda solishtirma tahlil kerak bo'ladi.
Pedagogik tashxisning noeksperimental metodlari: kuzatish, anketa, so‘rovnoma, suhbat, intervyu. O'quvchi yoshlarning turli sifatlarini o'rganish uchun mashhur kuzatuv metodidan foydalanishi mumkin. Ma’lumki, kuzatish metodi ancha murakkab bo'lib, nazarda tutilgan maqsad: kattalar va yoshlar o'rtasidagi muloqotning ta’sir kuchini, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo'llaniladi.
Kuzatish metodlari orqali o'quvchilarning o'zaio aloqalari, tengdoshlari bilan muloqoti, individual-psixologik farqlarini qiyoslash, nlarningfanlarni o’zlashtirishi, xulq-atvori va mavjud muammolandagi o'zgarishlarni hisobga olish va tegishli ma’naviy-ma’rifiy ta’sir ko rsatish yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi. Kuzatish metodi o'quvchi-yoshlarning ilmiy dunyoqarashi, intellectual rivojlanishi, fikrlash jarayonining dinamikasi, xulosalar chiqarishdagi mustaqilligi, faolligi va ularni tahlil qilishga yordam beradi.
Tajribalar ko'rsatishicha, o'quvchi-yoshlarning markaziy nerv sistemasidagi psixik qo'zg'alish kuchiga qarab, umumiy ta’limiy-tarbiyaviy jarayonga kirishish faolligini aniqlash mumkin. Kuchsiz nerv sistemasiga mansub o'quvchi-yoshlarda sezgirlik chegarasi o'ta nozikligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli ular zarracha ahamiyatga molik bo'lmagan psixotravmatik ta’sirlarga ham uzoq muddat davomida qayg'urib yurishadi. Pedagogik tashxislashda va korreksiyalashda shu jihatlarga alohida e’tibor berish joizdir.
O'spirin va o'smirlarning “kuchli nerv sistemasi”ga mansubliligi quyidagi kо'rsatkichlar orqali namoyon bo'ladi:
1. O'z faoliyatidagi intensivlik va mahsuldorlikni yo'qotmagan holda uzoq muddat mobaynida u darajada qiziqarli bo'lmagan topshiriqlarni bajarish imkoniyatiga ega bo'lishlan;
2. Ta’lim jarayonida qiyinchiliklarni bartaraf qila olish, maqsadga erishish yo'lidagi qaysarlik xususiyatlarining mavjudligi;
3. Mushkul vaziyatlarda ish mahsuldorligi va qat’iyatliligining oshishi (ayniqsa xavfli vaziyatlarda);
4. Xatti-harakatlari va xulq-atvorida mustaqillikka intilish xususiyatlarining mavjudligi, ayniqsa yangi, notanish vaziyatlarda ularning kashf qilinmagan qirralarining namoyon bo'lishi.
Demak, pedagogik tashxislashda kuzatish metodi muhim ahamiyatni kasb etadi. “Ilmiy kuzatish maqsadga qaratilganligi, konstantligi va nazorat qilinishi bilan oddiy kuzatishlardan farq qiladi”,- deb hisoblaydi ingliz olimi G.Jenks.
Do'stlaringiz bilan baham: |