Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.Abdullayeva Sh.A. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2009.
2.Abdullayeva Sh.A., Ro`ziyeva D.I. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: TDPU nashriyoti, 2018.
3.Tolipova J.O. Pedagogik testologiya. – T.:, 2015
8-MAVZU: O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISHDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA
REJA:
Bo‘lajak kasbni tanlashda irsiyat va tabiiy layoqatning roli.
Psixik rivojlanishning o‘ziga xoliklarini hisobga olgan holda shaxsning kasbiy yo‘nalganligini tashxis etish
Axborot texnologiyalari vositasida o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalganligini tashxis etish.
Bo‘lajak kasbni tanlashda irsiyat va tabiiy layoqatning roli. Hozirgi davrda yoshlarning kasbiga oid bilimlarini hayotda qo’llay olishlari uchun keng imkoniyat yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifa ta’lim sifatini yuksak darajada ko’tarishni, puxta va bilimli raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashni, boshqacha qilib aytganda, ta’lim va tarbiya tizimida tub sifat o’zgarishlarini sodir etishni talab qiladi. Shunday ekan, pedagogik diagnostika asosida tashkil qilingan ta’lim va tarbiya o’quvchi shaxsining “Men”ini yorqinroq namoyish etishga, qobiliyat va iqtidorini anglashga, uni rivojlantirishga xizmat qiladi. Pedagogik diagnostika ta’lim jarayoni sifatini loyihalashtirish, unga erishish va qo’llab-quwatlash hamda uni amalga oshirish yo’llarini o’rganadi, natijalarini tashxislaydi. Bu jarayonda ta’lim sifatini ta’minlash, zamonaviy yondashuvlarining asosiy negizi- turli xil boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta’limga joriy etish xam amalga oshiriladi. Bo’lajak kasbni tanlash uchun o’quvchilarni maktab davridanoq kasb egallashga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, ularning irsiy va kasb tanlashga bo’lgan hohishini o’rganish - zamonaviy pedagogik diagnostika metodlariga murojaaat etishni talab etadi. O’z kasbini sevgan inson ijodkorlikka intiladi, yangilik yaratishga qodir bo’ladi. Germaniyaning «Ta'limni rivojlantirish yagona rejasi»da shunday deyiladi:
«Pedagogik diagnostika tushunchasi pedagogika sohasidagi barcha jarayon va muammolarni yoritilishini, ozlashtirishni va o'quv jarayoni samaradorligini oshirishni, ta'lim olish sohasidagi har bir kishining imkoniyatlarini aniqlash choralarini, ayniqsa, maktab ta'limi tizimida xohlagan kasbni va ta'limning uchinchi bosqichini tanlsh choralarini nazarda tutadi». Yoshlarning kasb-hunarga layoqatini o’rganish uchun ularning aqliy, jismoniy qobiliyatlarini bilish, malaka va ko’nikmalarini o’rganish lozim. Kasb tanlash - jiddiy va mas’uliyatli ishdir. O’z hayot yo’lini jiddiy suratda belgilab olish - oson ish emas. Buning uchun uzoq vaqt, maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi. Yoshlarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb-hunarini o’z qobiliyatlariga yarasha to’g’ri tanlashlariga erishish uchun maktab o’qituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek, akademik, tashki'lotchilik, perseptiv va h.k.) qobiliyatlar yuksak bo’lishi, fan asoslarini turmush bilan bog’lab o’rganilishi, to’garak va qo’shimcha, yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb-hunar to’g’risida ma’ruzalar o’qilishi, suhbatlar, munozaralar, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, kasb-hunar fotoko’rgazmalari tashkil qilinishi zarur. Kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish o’qituvchining pedagogik faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Mehnat ta’limini turmush bilan bog’lash, uyg’unlashtirish, o’quvchilarning individual-tipologik, yosh davrlari xususiyatlari, texnik qobiliyatlari, intellektual darajalari va imkoniyatlarini hisobga olish ijobiy samara beradi. Chunki har bir kasb-hunar shaxsdan irodaviy zo’r berishni, aqliy jiddiylikni va sinovlarga bardosh bera oladigan yigit — qizlarnigina mazkur tanlangan kasbga nisbatan yaroqli bo’lishga undaydi. O’quvchini u yoki bu kasbga maqsadli u o’naltirishdan awal uning shaxsini o’rganish lozim. Buning uchun uni kuzatish ( bevosita, bilvosita ) o’quvchining maktabdagi, jamoat joylaridagi, oila va mehnatdagi amaliy harakatlarini tahlil qilish, so’rovnoma o’tkazish, suhbat, test, olish mumkin. Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimizda qaysi soha mutaxassislanga ehtiyoj mavjudligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab o’quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligim aniqlab, so’ng kasbga yo’llash lozim. Kasbga yo’naltirishda turli kasblar, ularga qoyiladigan talablar, bu kasbni qayerda egallashlari mumkinligi to’g’risida o’quvchilarga ma’lumot berish katta ahamiyatga ega. Kasb mahorati va insoniy tafakkuming rivojlanishi, fandagi mavjud muammolarni va ularni hal etish yo’llarini ko’ra bilish qobiliyati bularning hammasi muammoli - evristik saviyadir.
Shu o’rinda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishning nazariy va amaliy aspektlari mavjud, ular quykiagilarda o’z ifodasini topadi:
Kasbga yo’naltirishning nazariy aspekti kasb faoliyatining barcha tomonlari to’g’risidagi chuqur bilimlarning shakllanishi, shu bilimlarga tayangan holda ta’lim olishni, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish va buning aksi bo’lgan amaliyotning nazariyaga ko’chirish yo’llarini o’rganishni nazarda tutadi Kasbga yo’naltirishning amaliy aspekti esa egallangan bilimlarni hayotiy faoliyatning ma’lum bir sohasida qo’llashni o ’rganishdan iboratdir.
Bu esa yoshlarni biror kasbni tanlashga ongli munosabatda bo’lishga tayyorlaydi. O’quvchilar kasblar to’g ’risidagi ma’lumotlarni, bilimlarni faqat maktabda emas, balki ommaviy axborot vositalaridan, tanishlari yoki qarindoshlaridan ham bilib oladilar. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda yoshlarni kasbga yo’naltirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim bo’ladi:
— o’quvchilarning faolligi, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu — niyatlari, xususan kasbga bo’lgan qiziqishlarini vaqtida aniqlash;
— o’quvchilarning individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo’llash;
— kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun yoshlarning aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqligini aniqlab, so’ng kasbga yo’llash kerak;
— ota-onalar bilan mustahkam aloqa o’matish;
— kasbga yo’naltirish boyicha maslahatlar uyushtirish lozim bo’ladi.
O’quvchi - yoshlarni kasbga yo’naltirish - ularga kelajakda o’z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish — texnik tadbirlarning asoslangan tizimi hisoblanadi. Yoshlar mehnatining mazmuni mamlakat oldida turgan ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi kadrlarga bo’lgan ehtiyoj, o’quv yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida belgilanadi. Kasb egallash istagi o’quvchilarda atrof muhit omillari va maktabda o’tkaziladigan kasb hunarga yo’naltimvchi ishlar orqali shakllanadi.
Kasbiy motivatsiya o’zgaruvchan bo’lib, uning shakllanishi uzluksiz jarayon hisoblanadi va u ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sinda kechadi. Shu sababli kasbiy
motivatsiyani ilk bosqichlarda aniqlab, zarurat tug’ilsa, uni korreksiyalash maqsadga muvofiqdir. Kasbiy motivatsiya (moyillik) kasb tanlashga sabab bo’ladigan aniq rag’batlantiruvchi harakatdir. Shu sababli zamonaviy o’qituvchi tahsil oluvchilarda kasbiy motivatsiyani shakllantirishi, turli metodlar orqali ularda tanlangan kasbiga bo’lgan ishtiyoqni rivojlantirishga harakat qilishi va bu boradagi ilg’or metodikalardan xabardor bo’lishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |