Pedagogik diagnostika (tashxis qilish) texnologiyalari. Agar texnologiyani bosqichlar ketma-ketligi tizimi sifatida ko’radigan bo’lsak, unda pedagogik diagnostika texnologiyasi uyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
1. Ob’ektni, pedagogik diagnostikaning maqsadi va vazifalarini aniqlash.
2. O’tkaziladigan diagnostikani rejalashtirish.
3. Qulay diagnostik vositalarni (omil, daraja, usul) tanlash.
4. Diagnostika qilinadigan ob’ekt to’g’risida ma’lumot yig’ish (aniq va mukobil, kulay holatlarning nisbati).
5. O’tkazilgan diagnostika natijasida olingan ma’lumotni qayta ishlash, tahlil qilish.
6. Haqqoniy ma’lumotnn tahlil qilish asosida diagnostika qilinayotgan ob’ekt komponentlarini yangi birlikka sintezlash.
7. Ob’ektning rivojlanish istiqbollari.
8. Pedagogik tashxisni asoslash va baholash.
9. Pedagogik tashxis natijalarini amalda qo’llash.
10. Ob’ektni o’zgartirish maqsadida pedagogik jarayonni boshqarish korrektsiyasi (to’g’rilash)ni amalga oshirish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Abdullayeva Sh.A. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2009.
Abdullayeva Sh.A., Ro`ziyeva D.I. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: TDPU nashriyoti, 2018.
Tolipova J.O. Pedagogik testologiya. – T.:, 2015.
4-MAVZU: BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING UMUMIY METODLARI
REJA:
Pedagogik tashxis metodlari tasnifi
Pedagogik tashxisning noeksperimental metodlari
Pedagogik tashxisning eksperimental metodlari
Asosiy tushunchalar: ilmiy-tadqiqot metodlari. kuzatuv, imkoniyat. o'quvchi -
talabaning fikrlash ketma-ketligi. asosiy ко 'rsatkich, so roqlash, suhbat. anketa,intenyu, pedagogik tahlil, test, pedagogik tajriba.
Pedagogik diagnostika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib bonlgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogic shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik diagnostikaning samarali kechishi bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bo’lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshinsh hamda bilish usullaridir. Demak, ilmiy-tadqiqot metodlari pedagogik diagnostikada ham muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida pedagogika yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondoshuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarini aniqlashda bunday yondoshuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji, uning psixologik, intellektual jihatdan takomillashib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o'rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarming ahamiyatini e’tirof etadi.
Pedagogik diagnostikada ilmiy tadqiqot metodlarini amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo’lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo’lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
1) muammoning dolzarbligi va masadning aniq belgilanganligi;
2) ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi;
3) vazifalarning diagnostika maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi;
4) diagnostika metodlari tizimiga nisbatan ob’yektiv yondoshuv;
5) pedagogik diagnostika ishlari jarayoniga jalb etiluvchi o‘quvchi-talabalarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari hamda shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi;
6) diagnostika natijalanni oldindan tashxislash va bashoratlash;
7) diagnostika natijalarning kafolatlanganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |