O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Germaniyada o‘rta maktab tiplari: asosiy, real, aralash maktablar va gimnaziyalar



Download 3,13 Mb.
bet20/176
Sana24.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#579418
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   176
Bog'liq
УМК 601 11200 ЖМН ва М 1 курс22222

Germaniyada o‘rta maktab tiplari: asosiy, real, aralash maktablar va gimnaziyalar

Nemis o‘quvchilari boshlang‘ich maktabni bitirganlaridan so‘ng umumta’lim maktabining 2-pog‘onasiga boradilar. 5 va 6-sinflar, ularning tashkiliy jihatidan qat’iy nazar, avvalambor, bola kamol topadigan davr bo‘lib hisoblanadi, bolalarning keyingi o‘qish shakliga yo‘naltirish maqsadida kuzatuv olib boriladi.


GFRning ba’zi Federal Yerlarida mavjud bo‘lgan yo‘nalishli bosqich (“Orientierungsstufe”) ota-onalarga, o‘quvchi va o‘qituvchilarga II bosqichdagi maktabga o‘tishni hal qiluvchi ishonarli asosni berishga mo‘ljallangan. Yo‘naltiruvchi bosqich mustaqil o‘quv muassasasi yoki II bosqichdagi maktabning 1 qismi sifatida tashkil etilgan. Berlinda bu bosqich boshlang‘ich maktabning 5-6-sinf shaklida olib boriladi. GFRda o‘rta maktablar 4ta tipga bo‘linadi: gimnaziyalar, real maktablar, asosiy maktablar, umumlashgan maktablar.

Asosiy maktab
Asosiy yoki to‘liq xalq maktabi boshlang‘ich maktabni bitirib, real maktab yoki gimnaziyaga bormagan barcha o‘quvchilar uchun majburiydir. Bu maktabda oxirgi majburiy sinf 9-sinf, ba’zi FElarda 10-sinf hisoblanadi. Ko‘pchilik FElarda o‘quvchilarga qo‘shimcha 10-sinfga erkin qatnash imkoni berilgan.
Asosiy maktabning maqsadi – o‘quvchilarni ikkinchi bosqich I doirasidagi ta’lim va kasbiy ta’limni davom ettirishga tayyorlash va umumta’lim kurslariga qatnashishdir. Asosiy maktablarda o‘quvchilarni ishchi kasbi olami bilan tanishtirish orqali kasb tanlashga yordamlashishga e’tibor qaratiladi. Asosiy maktabda asosan eng kuchsiz o‘quvchilar, ijobiy ta’rif berganda, amaliy qiziqishlari bor bolalar qolishadi. Shunga ko‘ra asosiy maktablarda e’tibor texnik predmetlarga, chizmalar, qo‘l mehnati, uy yuritish, ya’ni, bo‘lajak kasbiy faoliyat bilan amaliy bog‘lanishga qaratiladi. Bunga o‘quvchilarning 8-sinfda o‘tadigan amaliyoti ham kiradi. Hunurmandchilik va sanoat muassasalaridagi “xaqiqiy” ish paytida ular aniq kasbiy talablar bilan tanishadilar.
Asosiy maktabdagi o‘qituvchilar o‘zlari o‘qimagan sohalar bilan ham shug‘ullanishga majbur bo‘ladilar. Masalan nemis va ingliz tili o‘qituvchilari texnikani ham o‘zlashtiradilar. Bunday kasbiy aralashuvning pedagogik vazifasi ham bor: sinf rahbari bolalar uchun ishonchli shaxsga aylanishi va o‘z tarbiyalanuvchilari bilan imkon boricha ko‘p vaqt birga bo‘lishidadir.
Asosiy maktab o‘qituvchilari o‘zlarini o‘qituvchi emas, ijtimoiy pedagog deb his qiladilar. Lekin asosiy maktabdagi o‘quvchilar yomon o‘zlashtirishiga qaramasdan ko‘pchiligi kasbiy ta’lim olishga muvaffaq bo‘lishadi.
Hozirgi kunda Ta’lim vazirligi asosiy maktabni isloh qilish zarurati xaqida fikr bildirmoqda. Bunda asosiy maktab o‘qituvchilari boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari kabi ixtisoslikka ega bo‘lishlari kerak deyiladi.


Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish