48.Reyting nazorati - oliy ta’lim muassasasida davlat ta’lim standartlariga kiradigan fanlar bo‘yicha talabalarning bilim va mahoratlarining attestatsion sinovlari.
49.O‘quv reja - oliy ta’lim muassasalarining aniq bir ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun o‘rnatilgan tartibda Davlat ta’lim standartlariga asosan tayanch oliy ta’lim muassasalarining tegishli kafedrasining yetuk professor-o‘qituvchilari tomonidan turdosh oliy ta’lim muassasalarining shu soxa bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarini xamda kadrlarni buyurtmachilarini jalb etgan holda ishlab chiqiladigan - normativ huquqiy hujjat.
50.Ishchi o‘quv reja - oliy ta’lim muassasasining aniq bir ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun Davlat ta’lim standartlariga asosan tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv rejaga asosan xar o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan va o‘rnatilgan tartibda OTMning o‘quv ishlari bo‘yicha rektori (prorektori) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv jarayonining normativ hujjati.
51.Namunaviy o‘quv dasturi - o‘quv rejadagi aniq fanlar bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga asosan tayanch OTMlarining tegishli kafedralari tomonidan ishlab chiqiladigan, o‘quv materiallarni o‘zlashtirishga va o‘qitish mazmuniga qo‘yiladigan majburiy talablarni o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, OTMlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun tavsiya etiladigan me’yoriy hujjat.
52.Ishchi o‘quv dasturi – oliy ta’lim muassasasining aniq bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi talabalari uchun o‘quv rejadagi aniq xar bir fan bo‘yicha o‘quv dasturiga asosan professor-o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqiladigan, fanning mazmuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan, mavzularning o‘qitish ketma-ketligiga rioya qilingan xolda fanga ajratilgan soatlar aniq ko‘rsatilgan me’yoriy hujjat.
53.Magistrlik dissertatsiyasi - magistrlik dissertatsiyasi magistraturada ta’lim olayotgan talabaning o‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi.
54.Kafedra – oliy ta’lim muassasasi yoki fakultet tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlari shuningdek ilmiy va ilmiy- pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash xamda tashkiliy, ma’naviy ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiruvchi asosiy tarmoq.
55.Fakultet - oliy ta’lim muassasasi boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi. Uning faoliyati tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim va tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedogogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyixalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |